75
arxyeоlоglar ish оlib bоrdi. Aniqlanishicha, bu shahar qadimgi Xоrazm davlatining milоddan
avvalgi IV va milоdiy I asrga tegishli оbоd shaharlaridan biri bо’lgan.Shahar dоira shaklida
qurilgan bahaybat qalъa bо’lgan. Qalъaning tashqi dyebоrida 9 ta burj bо’lgan ekan. Tashqi
dyebоr ichkarisi behisоb qalin xоnalar bilan qоplangan. Qо’yqirilgan qalъa tо’rt asr dabоmida bir
necha bоr taъminlanib, uning ichki tuzilishiga aniqliklar kiritib bоrilgan. Qalъa ichida uning
markaziy maydоnida dоira shaklida qurilgan ikki qavatli mоnumental binо qad kо’targan. Bu
markaziy binоning birinchi qavati tо’liq saqlangan.
Binоning markaziy chizig’i bо’ylab gumbazli xоna qad kо’targan . Uning ikki yonida yuqоri
qavatga оlib chiqubchi pillapоyalar jоylashtirilgan
Qadimgi manbalarda bu davrda Farg’ona (Davan, Parkan) davlati bo’lganligi haqida ham
yoziladi.
Farg’ona vodiysining qadimgi tarixi haqida gap ketganida, odatda, uning miloddan avvalgi
VII-VI asrlardan to milodiy eraning V asriga qadar bo’lgan davr tarixini ko’z o’ngimizga
keltiramiz. Chunki, undan avvalgi davr qadimgi Farg’ona tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi va V
asrdan boshlab esa uning feodal davri tarixi boshlandi. Bu davr ijtimoiy-siyosiy hayotida erkin
jamoa xo’jaligi jamiyat rivojida asosiy qatlamni tashkil etardi.
Farg’ona ahamoniylarga ham , makedoniyaliklarga ham tobe bo’lmagan. Xitoy
manbalarida yozilishicha, miloddan avvalgi II-I asrlarda Davan aholisi dehqonchilik va
Hunarmandchilik bilan shuullangan, xO’jaliklari yuksak rivojlangan. Davan davlati boy shahar
larga va kuchli qo’shinga ega bo’lgan.
Davlatchiligimiz tarixida Farg’ona davlat tuzumi muhim, Hatto ibratli aham iyat kasb
o’tdi.
Miloddan avvalgi II asrda (Xitoy elchisi Chjan Tzyan bu yurtga kelgan davrlarda) qadimgi
Farg’onada kuchli siyosiy davlat tizimi shakllangan edi. Podsholik tepasida mahal liy aholining
aslzodalaridan chiqqan Hukmdor turardi. Ulardan baozilarining nomlari xitoychada Mugua,
Chan, Fin, Yan’lyu deb berilgan. Hukmdorning yonida eng yaqin qarindoshlaridan ikkita
yordamchi bo’lgan. Hukmdor davlat ishlarini olib borishda oqsoqollar kengashiga suyangan.
Oqsoqollar kengashi hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va
diniy masalalarni hal etgan. Shu bilan birga, oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini muhim
masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan edi.
Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal qiluvchi kuch va huquq oliy kengash
qo’lida edi. Oliy kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning o’rniga yangisini saylashi
mumkin bo’lgan. Xitoy manbalarining xabar berishiga qaraganda, O’zga davlat va uning qo’shini
bilan bo’lgan janglarda davanliklarning malubiyati uchun oliy hokimiyat egasi-Hukmdor
oqsoqollar kengashi qarori bilan o’lim jazosiga tortilgan.
Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar larning yoki voha-davlatlarining erkin ittifoqidan
tashkil topgan konfederatsiya edi.
Xitoy ayoqchisi Chjan Tzyanning Davan davlatining qudrati haqidagi maolumotlari ham
eotiborga loyiqdir. Davan 60 ming qo’shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq
qo’shin Harbiy mahoratda tengsiz bo’lgan. Ularning ot ustida turib kamondan uzgan o’qlari
dushmanni dog’da qoldirardi. Ularning ayollari ham qamondan o’q uzishda o’z erlaridan
qolishmagan.
Davanliklar g’arbda Qang’liklar, shimolda usunlar, sharqda esa uyurlar bilan yaqin aloqada
bo’lishgan. Xitoy bilan bo’lgan janglarda ularni har doim Qang’o’ylar qo’llab-quvvatlaganlar.
Qadimgi Farg’ona davlatini milodiy eraning dastlabki yuz yilliklarida mahal liy aslzodalar
sulosasi boshqargan. Xitoy manbalariga qaraganda, qadimgi Farg’onani 419 yilgacha bir sulola
(xonadon) vakillari uzluksiz boshqarib kelgan. O’rta osiyo hududlarida Eftalitlar davlati qaror
topgach, qadimgi Farg’ona davlati O’z mustaqilligini yo’qotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: