O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/69
Sana06.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#110751
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Bog'liq
ozbekiston tarixi (2)

odami»degan nom qo'yildi. Qadimgi tosh davri (paleolit) ning o'rta bosqichi (bundan qariyb 100-
40  ming  yil  avval)  arxeologiya  fanida  Must’e  davrideb  ataladi.  Bu  davrda  muzlash  keng  tarqala 
boshlagan,  iqlim  sharoiti  ancha  yomonlashgan.  Bu  hoi  ibtidoiy  odamlarni  tabiat  kuchlariga  qarshi 
kurashga  va  himoyalanishga  majbur  qilganlar  ilgarigidek  yirik  hayvonlarni  ovlaganlar,  o't 
chiqarishning  turli  yo’llarini  ixtiro  qilganlar,  turli  sharoitlarda  yashash  uchun  o'zlariga 
boshpanalar, izlaganlar va qurganlar. Vu davrda yangi mehnat qurollaridan qo'l cho'qmori paydo 
bo’lgan. Tg'da-tg'da bo’lib  yurish bu davrda ham  davom etgan. Insoniyat tarixi shajarasida bu 
davrning  odami  neandertal  odami nomi bilan  yuritiladi. Neandertal odamlar  yashagan  madaniyat 
makonlari  Markaziy  Osiyo  hududining  50  dan  ortiq,  joyida  topilgan.  Surxondaryo  (Teshiktosh), 
Samarqand  (Omonqo'ton,  Qo'tirbuloq  Zirabuloq,  Xo'jamazgil  deb  nomlangan  buloq  yoqalari)  , 
Toshkent  (Obirahmat,  Xo'jakent,  Paltov  nomli  ungur  va  g'orlarida  Ko'lbuloq,  yoqasi),  Navoiy 
(Uchtut)  hududlari, qo'shni Tojikiston  (Qorabura,  Jarqo'rg'on) va  Qirg'iziston  (Tossar va  Georgiy 
do'ngligi) hududlarida musthe davriga oid yodgorliklar juda ko’plab topilgan. Xususan, 1938 yilda 
Boysun tog'ining Teshiktosh deb atalgan g'oridan topilgan yodgorliklar alohida qimmatga egadir. Bu 
yerda  o'tkazilgan  arxeologiyaga  oid  izlanish  natijasida  ko’pgina  ashyoviy  dalillar  bilan  bir 
qatorda  g'or  devorining  ostidan  9  yashar  bolaning  qabri  topilgan.  Undagi  suyak  qoldiqlari 
mayitning chalqanchasiga yotqizilgani va qabr atrofi hayvon shoxlari bilan o'ralganligidan dalolat 
beradi. Bundan shu narsa matlum bo’ladiki, neandertal odamlarnnng  asosiy mashg'yloti hayvon 
ovi  bo’lgan.  Shu  sababdan  bo’lsa  kerak,  teshiktoshliklar  o'zlari  uchun  muqaddas  hisoblangan 
hayvon shoxlari bilan bolalarini o'rab, «narigi dunyoga» jo'natganlar. Bu hoi neandertal odamlar 
yashagan  zamonda  asta-sekinlik  bilan  diniy  tasawurlarning  dastlabki  belgilari  paydo  bo’la 
boshlaganligini ko'rsatadi. 
Teshiktosh g'oridan topilgan arxeologiyaga oid matlumotlarni chuqur o’rganish asosida uning 
yoshi  aniqlandi  va  olimlar  bu  ashyolar  muste  davrining  ilk  bosqichiga  tegishlidir,  deb  xulosa 
chiqardilar. 
Qdimgi  tosh  davrining  so'nggi  bosqichi  bundan  35-40  ming  yil  ilgari  boshlangan  va 
milodimizdan  ilgargi  12-10  ming  yillikkacha  davom  etgan.  Bu  davr  tarixda  yuqori  paleolit  nomi 
bilan ataladi. Yuqori paleolit davrida Markaziy Osiyo hududida iqlim quruq va mo'tadil bo’lgan. 
Sovuq  iqlim  sharoitida  yashagan  hqyvonlar  -  serjun  karkidonlar,  yovvoyi  otlar,  kiyoiklarpaydo 
bo’lgan. 
Yuqori  paleolit  bosqichiga  kelib,  ibtidoiy  to'da  davrining  vayronalarida  kishilik  jamiyatining 
dastlabki bo'g'ini - ibtidoiy jamoa davri tarkib topdi. Bu davrda toshdan mehnat qurollari  yasash 
uslubida,  ibtidoiy  xo'jalik  shakllarida,  ibtidoiy  odamning  turmush  tarzida,  ularning  ijtimoiy 
munosabatlarida, odamlar dunyoqarashida, hatto uning jismoniy tuzilishida ham  keskin va jiddiy 
o'zgarishlar  yuz beradi.  Jumladan, bu  davr  odamida  rosmana  peshana  va  pastki  jag'  shakllanadi. 
Bu  davr  odamlarining  suyaklari  neandertal  davri  odamlariniki  singari  yirik  emas,  oyoq,  qo'l 
harakatlarida  ham    chaqqonlik  paydo bo’ladi, xozirgi zamon odamlariga hos jismoniy xususiyatlari 
vujudga  keladi.  Olimlar  bu  davr  odamini  homo  Sapiens  (aqlli,  ongli  odam)  deb  atadilar. 
Antropolog olimlarning  olmiy  kuzatuv va xulosalariga ko’ra keyingi  35-40 ming  yillar  davomida 
odamzodning  biologik  va  jismoniy  tuzilishida  aytarlik  katta  o'zgarishlar  bo’lmagan.  Xudi  shu 
davrda dunyoning barcha qitalarida bo’lgani singari Markaziy Osiyo hududida ham  mongoloid 
irqiga  mansub  hozirgi  zamon  ko'rinishidagi  avlod  shakllandi. Bu irqqa amnsub vakillar Shimoliy, 
Markaziy  va  Sharqiy  Osiyo  xududlarida  yashaganlar.  Ularning  bo’ylari  past,  bosh  suyaklari 
dumaloq, qosh-ko’zlari, sochlari qora, yuzlari va peshanalari keng, ko’zlari qisiq bo’lgan. Buning 
asosiy  sababi  avlod-ajdodlarimiz  yashagan  mo'tadil  geografik  iqlim  sharoitining  uzoq  yillar 
davomida  ularning tanasiga  tabiiy  tasirini  natijasidir.  Ovrupadagi  oq  tanlilar  va Afrika qitasidagi 
qora tanli negrlar xususida ham  xuddi shu fikr va g'oya asoslidir. Aytmoqchimizki, oq tanlilarning 
"Oliy  irq"  ekanligi,  ularning  boshqa  Irq  vakillari  ustidan  hukmron  bo’lishlari  va  butun  dunyoga 
egalik  qilish  huquqini  davo  qilishlari  butunlay  noto'g'ri  qarashdir.  Bu  g'oya  va  qarash  fashistik 
irqchilik  nazariyasining  asoiy  o'zagidir.  Bu  nazariyasidan  fashistlar  Germaniyasi  1939-1945 


 
 
27 
yillardagi ikkinchi jahon urushi yillarida dunyoga hokimlik qilishni davo qilib foydalangan edilar. 
Yuqori paleolit davrida Markaziy Osiyo hududida yashagan odamlarning mehnat qurollari ham  
ancha  takomillashdi,  suyak  va  shoxdan  yasalgan  buyumlar:  igna  qarmoq,  har  xil  bezaklar 
shakllangan,  tosh  qurollar  ancha  ixcham  lashgan.  Parma  paydo  bo’lgan,  asosan  bu  davrda  tosh  va 
suyaklarni parmalaganlar. 
So'nggi  paleolit  davrining  yutuqlaridan  biri  -  nayzaning  ixtiro  qilinishi  bo’ldi.  Nayza  tufayli 
ovchilik rivojlandi, xususan tirik hayvonlarni birgalashib ovlash axamiyat o’tdi. 
Paleolit davrida tasviriy san’at rivoj topdi. Bu davrda odamlar yashash uchun o'zlariga uylar 
qurganlar,  toshlarga  rasm  solganlar,  to  shva  suyaklarga  hayvonlar,  baliqlar  va  odamlarning 
qiyofalarini  o'yganlar.  Tosh  va  suyakdan  yasalgan  haykalchalarda  ona  urug'iga  etiqod  qilinganligi 
tasvirlanadi. Demak, bu davrda jamiyatda «ibtidoiy to'da» o'rnini Matriarxat - ona urug'i jamiyati, 
yani  «urug'chilik  jamoasi»  egallaganligini  ko’ramiz.bu  davrga  kelib  ayollar  jamiyatda  yetakchi 
mavqeni  egallaganlar.  Jinslar  o'rtasida  mexnat  taqsimoti  kelib  chiqqan.  Ayollar  oziq-ovqatlarni 
saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur yoqilgi bilan tauninlash, bola boqish va tarbiyalash ishlari 
bilan  mashg'ul  bo’lganlar.  Erkaklar  esa  asosan  ovchilik  bilan  shug'ullanganlar,  mehnat  qurollari 
tayyorlaganlar.  Bu  davrda  qarindosh-urug'lar  o'rtasidagi  nikoh  taqiqlangan,  yani  Ekzogamiya 
paydo bo’lgan. Bu esa insonning biologik jihatdan takomillashib borishini taminlagan. 
Odamlar  o'rtasida  o'troq  hayot  kechirish  tobora  ustun  mavqega  ega  bo’la  borgan.  Urug'chilik 
jamiyatida  dastlabki  diniy  etiqodlar  va  marosimlar  kelib  chiqqan:  Animizm  (ruhga  sig'inish), 
Totemizm (ajdodlar ruhiga sig'inish), Magiya (sehrgarlik) shular jumlasidandir. 
Markaziy  Osiyoda  so'nggi  paleolit  davriga  mansub  topilmalar,  yodgorliklar  kam,  albatta  bu 
tarixiy  o'tmishimizni  yetarli  darajada  o’rganilmaganligi  oqibatidir.  Paleolit  davrida  odamlar 
yashagan  makonlar  Samarqand  shahar    istirohat  bog'i  hududida,  Buxoro  viloyati  Qoratov  tog'ining 
yon  bag'rida,  Ohangaron  ustaxonalari,  To'ytepadagi  Ko’kbuloq  makonlari  va  Oqtosh  g'oridan 
topilgan. 
Markaziy  Osiyo  hududida  bugungi  kunda  yuqori  paleolit  davriga  oid  30  dan  ortiq  yodgorlik 
madaniyatlari topib o’rganildi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish