DORIVOR GULXAYRI - ALTEY LEKARSTVENNЫY - ALTHAEA OFFICINALIS L.
Tibbiyotda qo’llanilishi va kimyoviy tarkibi.Gulxayridan tayyorlangan preparatlar himoyalovchi, yumshatuvchi, va shamollashga qarshi xususiyatlarga ega bo’lib, balg’am kuchiruvchi va og’rik qoldiruvchi ta’sirga ega. Undan surunkali bronxit, traxeit, laringit, o’pka pnevmaniyasi va o’pka astmasida foydalaniladi. Shuningdek undan oshqozon gastriti va oshqozon hamda 12-barmoqli ichak yalig’lanishida foydalaniladi. Dorivor gulxayri ildizining damlamasi. 6 gr (2 osh qoshiq) xomashyoni sirlangan idishga solib ustiga 200 ml (1 stakan) issiq qaynagan suv quyiladi, so’ngra qopqog’i yopiladi va (suv hammomida) 30 minut davomida qaynatiladi, xona xaroratida 10 minut davomida sovutiladi va suzib olinadi. Suzilgan damlamaga 200 ml ga etkuncha qaynatilgan suv qo’shiladi. Sovuq joyda 2 kungacha saqlanadi. Damlamani kuniga 3 maxal ovqatdan so’ng ichiladi. Bundan tashqari gulxayri ildizi damlamasidan tomoqni chayish, bug’lash va ichakni yuvishda foydalaniladi.
Dorivor gulxayrining ildizi 35% shilimshiq, pentozan va geksozandan iborat. Shuningdek uning ildizida 16% gacha pektin moddalari, 37% gacha kraxmal, 10% gacha saxaroza, 2% gacha asparagin, 4% gacha betain, 1,7% gacha yog’ moddalari mavjud. Bargi va gullarida 0,02% gacha qattiq efir moylari mavjud.
O’simlikning tarqalishi. Dorivor gulxayri dasht zonalarda hamda O’rta Osiyo va Kavkazning ayrim xududlarida tarqalgan. Dorivor gulxayri dasht zonalarining nam bilan yaxshi ta’minlangan joylarida yaxshi o’sadi, daryo ariq, ko’l bo’ylarida, nam joylarda bevosita o’tloqlarda o’sadi. Odatda bu o’simlik uncha katta bo’lmagan guruhlar hosil qiladi.
Xom ashyoni tayyorlash va uning sifati. Gulxayri o’simligining xomashyosini kuzda (sentyabr-oktyabr) er ustki qismi nobud bo’lgach yoki bahorda aprel va may oyining birinchi yarmida o’simlik hali ko’karmasidan oldin ildiz va ildizpoyasini yig’ib olinadi. Hozirgi paytda dorivor gulxayrini Moldaviyada 300-350 ga. maydonga ekib, yiliga 50-60 tonna ildiz va 150-200 tonna o’t qismi yig’ib olinayapti. Quruq ildizning xosildorligi gektarga 10-25 stentnerni tashkil etayapti.
Gulxayri asosan urug’idan ko’payadi, ba’zan vegetativ yo’l bilan yoki ko’chatlaridan kupaytiriladi. Gulxayri urug’ini ekish erta bahorda qish fasli tugashidan avval amalga oshiriladi. Gulxayri ildizi va o’t qismini o’simlik vegetatstiyasining 2-3 yili yig’iladi. Ildiz yig’ishni erta bahor yoki kuzda o’tkaziladi. Tuproq ustki kismidan 25 sm balandlikda o’rilgan o’tni suvsizlantiriladi so’ngra usti yopiq ayvonlarda 50 sm dan oshmagan qalinlikda yoyib quritiladi. Tozalangan ildiz bo’laklarini eni 0,5-1,5 (2 sm), uzunligi 35 sm kesilgan bulaklarning shakli turlicha bo’lib ulchami 3-8 sm ga teng. Xomashyoning namligi 14 % dan, umumiy kul miqdori 7 % dan, shuningdek 10 % - li sulfat kislotasida erimaydigan kul mikdori 0,5% dan, yoqochlashgan ildiz 3 % dan, pustdan tozalangani 3% dan, organik aralashmalar 0,5% dan, mineral aralashmalar (tuproq, qum, tosh) 0,5% dan oshmasligi kerak. Quruq xomashyoni shamol yaxshi aylanadigan xonalarda 3 yilgacha saqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |