O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Qumloq bo’znоchi (Бессмертник песчаный)



Download 7,92 Mb.
bet77/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Qumloq bo’znоchi (Бессмертник песчаный) - Helichrysum arenarium (L.) Moench.
Gulining dorivor preparatlari (qaynatma, tabletka holidagi quruq qonsentrati - flamin quruq ekstrakti va o’t haydovchi yig’ma- choylar tarkibida) jigar (sariq) kasalligi, xronik xoletsistit, o’t-tosh, o’t yo’llari kasalliklarida o’t haydovchi vosita sifatida qo’llanadi.
Gulining flavonoidlar summasi - arinarindan tayyorlangan surtmasi ko’z kasalliklarini (ko’z shikastlanishi, ko’z shox pardasining yarasi, kuyish va boshqa kasalliklar) davolashda ishlatiladi.
Bo’znoch gulining damlamasi yoki qaynatmasi xalq tabobatida jigar kasalliklarida, buyrakka, siydik va о‘t yo‘llariga tosh yig’ ilganda hamda siydik haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi.


Gazanda o’ti (Крапива двудомная) - Urtica dioica L.
Gazanda o’ti Gazandadoshlar - Urticaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 60-120 (150) sm keladigan ko’p yillik o’t o’simlik hi­soblanadi. Poyasi tik o’sadi, to’mtoq to’rt qirrali, shoxlanmagan yoki qarama-qarshi shoxlangan. Barglari keng tuxumsimon, o’tkir uchli, sertuq yirik arrasimon qirrali bo’lib, poya va shoxlarida bandi yor­damida qarama-qarshi o’mashgan. Bir jinsli, mayda, ko’rimsiz, ya­shil rangli, to’rt bo’lakli gullari barg qo’ltig’idan chiqqan boshoqqa to’plangan. Mevasi -yong’oqcha. O’simlikning hamma qismi achituvchi tuklar bilan qoplangan. May- sentabr oylarida gullaydi va mevasi etiladi.


Gazanda o’ti (Крапива двудомная)Urtica dioica L.
Gazanda o’ti Ukraina, Belorussiya va Rossiyaning Yevropa qismi, Sibir, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Qozog’iston, qisman Uzoq Sharqdagi suvga yaqin yerlarda, O’zbekistonning tog’li o’rmonlarda, yo’l yoqalarida, butazorlarda, aholi yashaydigan yerlarga yaqin joy- larda, tog’ etaklarida o’sadi. Gazanda o’tining bargi tibbiyotda ishla­tiladi. O’simlik gullaganda barglari qo’lqop kiyib terib olinadi yoki yer ustki qismini о’rib olib so‘litiladi (o’simlikni quritish jarayonida uning achituvchi xususiyati yo’qoladi), so’ngra bargi terib olinadi va soya yerda quritiladi.
Bargi tarkibida 100-600 mg% C vitamini, K, B2 vitaminlari, 14- 30 mg% karotinoidlar, pantoten kislota, kversetin, atsetilxolin, efir moyi, organik kislotalar, 2-5% xlorofill, mikroelementlar, oshlovchi va boshqa faol moddalar bor.
Gazanda o’tining dori preparatlari (damlama, suyuq ekstrakti, vitaminli choy-yig’ malar tarkibida) qon to’xtatuvchi vosita sifa­tida hamda surunkali yaralami, vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqqan kasalliklami - avitaminozlarni davolash uchun ishlatiladi. Bargi yana jigar kasalliklarida qo’llaniladigan o’t haydovchi allaxol preparati tarkibiga kiradi.
Gazanda o’simligi mevasini Abu Ali ibn Sino nafas qisishi kasalligini davolash uchun, bargini qon oqishini to’xtatuvchi va surgi vosita sifatida qo’llagan. O’simlik bargidan tayyorlangan damlama, qaynatma va barg kukuni xalq tabobatida ko’krak og’rig’i, nafas qi­sishi, diabet, isitma va bod kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Bulardan tashqari, bargidan tayyorlangan damlama va poroshogi nafas yo’llari kasalligida balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi (siydik yo’llari va buyrak-tosh kasalliklarida) hamda qon oqishini to’xtatuvchi dori sifatida qo’llaniladi.
Soch to’qilishini to’xtatish uchun gazanda bargi damlamasi bilan bosh yuviladi. Bargidan ajratib olingan xlorofilldan farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan bezarar bo’yok tayyorlanadi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish