3-LABORATORIYA ISHI
Yengil alangalanuvchi suyuqliklarning yonish va portlash xususiyatini aniqlash.
Mashg`ulotning maqsadi:
Xalq xo`jaligida qollaniladigan yengil alangalanuvchi moddalar bilan tanishish.
Umumiy ma’lumotlar
Suyuqliklar gazsimon muhitda yonib, bug‘ga aylanish jarayoni tezligi suyuqlikning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. SHuningdek, bug‘ga aylanish jarayoni tashqi muhit haroratiga ham bog‘liq.Ma’lum harorat va bosimdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik bug‘i hosil bo‘ladi. Bu bug‘ miqdori harorat o‘zgarmagan holatda ortib yoki kamayib ketmaydi. Uni to‘yingan bug‘ deb ataladi.To‘yingan bug‘ga aylanayotgan molekulalar soni suyuqlikka aylanayotgan molekulalar soniga teng bo‘lganligidan uning miqdori havo muhitida bir xil saqlanib turadi va aralashmaning miqdoriy bosimini belgilaydi.
Agar to‘yingan bug‘ning miqdor bosimi ma’lum bo‘lsa, shu haroratda havo muhitidagi zichligini aniqlash mumkin.
Gazlarning yonishi, ma’lum havo muhitida ro‘y berishi mumkin. Havodagi yonuvchi gazning hajmi, umuman to‘yingan holatdagi hajmdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin va bu hajm yonuvchi moddaning yuqori chegarasi deb yuritiladi. Suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to‘yinish nuqtasidan past bo‘lgan hollarda ham ma’lum haroratda alangalanish hodisasi ro‘y berishi mumkin. Har qanday suyuqliklarning yonishi uchun u ma’lum haroratgacha qizdirilishi va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug‘ miqdori alangani davqom ettira oladigan miqdorda bo‘lishi kerak. Suyuqliklarning ana shu xususiyatlari asosida ularning chaqnash va alangalanishi o‘rganiladi. Chaqnash harorati deb, uncha yuqori bo‘lmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida bug‘larning havo bilan aralashmasi hosil bo‘lib, aralashma tashqaridan qizdirilsa, yonib ketishi mumkin bo‘lgan haroratga aytiladi.
Mana shu xossaga asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga bo‘linadi:
1.Agar suyuqliknging chaqnash harorati 6150S ga teng yoki kichik bo‘lsa, yengil alangalanuvchi suyuqlik deb ataladi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarga benzin, spirt va boshqa moddalar misol bo‘ladi.
2.CHaqnash harorati 610 dan yuqori bo‘lgan suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar deb ataladi.
Alangalanish harorati deb, suyuqlikning minimal haroratdagi chaqnashida suyuqlikdan ma’lum darajada bug‘lar ajralib chiqishi natijasida alangalanish davom etadigan holatga aytiladi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat chaqnash haroratidan 1 – 50S yuqoriroq bo‘ladi, yonuvchi suyuqliklar uchun esa 30 – 350S ga ortishi mumkin.
Moddalarning yonish xususiyati deb, qizdirish natijasida ularning parchalanib yonuvchi gazsimon va bug‘simon moddalar hosil qilishi tushuniladi. Yonuvchi moddalarning parchalanish holatini uchuvchi qismining yonish qonuniyatini o‘rganishda qo‘llash mumkin.
To‘rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin, stibin, fostin, yog‘och, ko‘mir, kul, metalloorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar - kaliy, kalsiy, metalloorganik birikmalar, natriy sulfatlari oksidlanib o‘zidan o‘zi yonib ketadi
Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta'sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda aJohida saqlanishi va ko‘rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |