Analitik psixologiya - psixologiyadagi oqim, unga 1913 yili K.G. Yung
asos solgan u psixikani idealistik talqin etib, ong bilan g‘ayrishuuriylikning
o‘zaro kompensatsiyasiga asoslangan o‘z-o‘zini boshqaruvchi sistema deb
qaraydi; shunga ko‘ra ong va g‘ayrishuuriylik integratsiyasi shaxsning bir
butunlikka erishishi individuallashish yo‘lidir. A.p. psixopatologiya va
psixoterapiya, shuningdek, falsafa, antropologiya, madaniyat tarixi, etnologiya,
mifologiya va b. fanlar bilan bog‘liq va ularga tahsir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |