Affekt holati - tez va kuchli paydo bo’lib, shiddat bilan o’tadigan qisqa
muddatli emotsional xolat (qurqinch, daxshat, quvonch).
Affektiv komponent-ustanovka ob’ektiga nisbatan su’bekt xis qiladigan real
xissiyotlar.
Afferent nervlar (asablar) - (lotincha afferens - olib keluvchi) - refleks
jarayonida retseptorlarda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishni tegishli markazga eltuvchi
asablar.
Afaziya - (yunon. a-inkor yuklamasi, hasia-nutq) - bosh miya qobig‘ining
ayrim qismlari zararlanishi natijasida nutqning izdan chiqishidan iborat
psixopotologik nuqson.
Afoniya-Tovushning vaqtincha funksional buzilish xolati.
Do'stlaringiz bilan baham: |