Islom ta`siri ostida yaratilgan adabiyot
(2 soat ma`ruza , 2 soat seminar)
Mahmud Qoshg`ariyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma`lumot. «Devonu lug`atit-turk» asarining yaratilishi va tuzilishi. Asarda turkiy tillar leksikasi va morfologiyasining izohlanishi.
Mahmud Qoshg`ariyning turkiy tillar fonetik qonuniyatlarining kashfiyotchisi ekanligi. «Devonu lug`atit-turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati.
Yusuf Xos Hojib –XI asrning mutafakkir shoiri. Uning hayoti va ijodini o`rganish tarixi. «Qutadg`u bilig» dostoni. Uning yaratilish tarixi.
Dostonda didaktika. Unda muhim ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta`limiy masalalarning qo`yilganligi. Asardagi diniy-tasavvufiy fikrlar. Dostonning syujeti va kompozision qurilishi. Undagi obrazlarning majoziy xarakteri.
O`zbek adabiyoti rivojida Yusuf Xos Hojib dostonining tutgan o`rni va ahamiyati.
Ahmad Yugnakiy – o`zbek didaktik adabiyotining namoyandasi sifatida. Shoir hayoti va ijodini o`rganish tarixi.«Hibat-ul haqoyiq» dostonida didaktika. Asardagi ijtimoiy, falsafiy va axloqiy masalalar. Diniy-tasavvufiy fikrlar.Dostonning qurilishi, badiiy qimmati, badiiy ifoda uslubi, she`riy san`atlar, vazn va qofiya.Asarning til xususiyatlari. Shoir ijodining turkiy xalqlar adabiyoti rivojidagi o`rni.
Ahmad Yassaviy –turkiy adabiyotning yirik vakili. Shoir hayoti va ijodining o`rganilish tarixi. Ahmad Yassaviy hayoti va faoliyati. Tasavvuf – shoir ijodining bosh mavzusi sifatida. Ahmad Yassaviy «Hikmat»lari – turkiy adabiyotning nodir namunasi.Ahmad Yassaviy «Hikmat»larining badiiy qimmati.Ahmad Yassaviyning turkiy hikmat maktabini ta`sis etishi. Adabiyot rivojida Ahmad Yassaviy ijodining ahamiyati.
XIV-XVI asarlarda ijtimoiy-siyosiy hayot
(2 soat ma`ruza , 2 soat amaliy)
Mo`g`ul xukmronligining zaiflashishi. Temur imperiyasining yemirilishi. Shayboniylar imperiyasining yuzaga kelishi. Shayboniylar haqida ma`lumot. XIV-XVII asarlarda ilm –fan taraqqiyoti.
Davr adabiyotining yetakchi xususiyatlari: dunyoviy adabiyotning maydonga kelishi, o`zbek adabiyotining boshqa xalqlar adabiyoti bilan aloqasining kuchayishi, yozma adabiyot bilan xalq og`zaki ijodi o`rtasidagi munosabatning rivoji, turkiy tilning adabiy til darajasigi ko`tarilishi, o`zbek adabiyotining eng yuqori cho`qqiga ko`tarilishi.
Rabg`uziy XIV asr o`zbek adabiyotining yirik vakili. Rabg`uziyning hayoti va ijodiy faoliyati. «Qissasi Rabg`uziy» asari. Uning yaratilish tarixi, tuzilishi, g`oyaviy mazmuni. Hikoyatlarning badiiy xususiyatlari.
Asarning tarbiyaviy ahamiyati. O`zbek nasri rivojidagi ahamiyati.
Xorazmiy- yirik shoir. Xorazmiy haqida ma`lumot beruvchi manbalar. Shoir ijodining o`rganilish tarixi. Xorazmiy ijodiga eskicha qarashlarga munosabat.
Sharq adabiyotida noma janri. «Muhabbatnoma asarining yaratilish tarixi, kompozisiya xususiyatlari. Noma janrining xususiyatlari. «Muhabbatnoma» asarida timsollar, g`oyaviy yo`nalishlar. Asar badiiyati. O`zbek adabiyoti tarixida, XX asr adabiyotida «Muhabbatnoma» an`analari.
Sakkokiy- lirik shoir. Shoir hayoti va ijodi haqida ma`lumot beruvchi manbalar. Sakkokiy ijodining o`rganilish tarixi, ularga munosabat. Adabiy merosi. Shoir devonining kompozisiyasi.
Sakkokiy lirikasining mavzulari, timsollar tizimi, g`oyaviy yo`nalishlari, badiiy xususiyatlari. Shoir ijodida ilohiy muhabbat mavzusi. Shoir g`azallarining badiiy go`zalligi.Sakkokiy lirikasida insoniy muhabbat masalasi.
Sakkokiy-qasidanavis. Qasida janri xususiyatari. Shoir qasidalari tahlili. O`zbek adabiyoti tarixida, XX asr adabiyotida shoir ijodi an`analari. Shoir lirikasining tarbiyaviy ahamiyati.
Shoir hayoti va ijodi haqida ma`lumot beruvchi manbalar. Otoiy ijodining o`rganilish tarixi. Shoirning taxallusi masalasi. Uning lirik merosi.
Atoiy lirikasining mavzulari, timsollar tizimi, g`oyaviy yo`nalishlari, badiiy xususiyatlari. Shoir lirikasida haqiqiy va majoziy ishq talqini. O`zbek adabiyotining g`oyaviy-badiiy takomilida Atoiy ijodining o`rni.
Do'stlaringiz bilan baham: |