23
Prezident Sh.M. Mirziyoyevning mazkur Farmoni bilan quyidagilar
Vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali
joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-
ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish
organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish;
oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila —
sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat
siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni
tashkil etish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali
amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar
va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash;
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj
bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga
tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan
nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam
ko‘rsatish;
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash,
xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy
tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama
manzilli qo‘llab-quvvatlash;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash, ularning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, mahalla
tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini
kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish;
mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning
oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat
tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;
yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan
oilalarga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda
huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy
tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda
vatanparvarlik ruhini
mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish;
fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Farmonga
ko‘ra,
2020-yil
1-apreldan
boshlab,
fuqarolik
holati
dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat
xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi (
https://lex.uz/ru/docs/-4740345
).
2020-yil 18-fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston
Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish
1
to‘g‘risida»
gi PQ-4602-sonli Qarori ham qabul qilindi. Bu bilan vazirlik
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Qarorga ko‘ra, vazirlik va uning
hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan
tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikka tegishli vazifalarni
amalga oshirish uchun, zarur hollarda,
davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda
mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va
tashkilotlardan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma'lumotlarni
so‘rash va olish;
davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib
chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi
majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqlari va qonuniy
manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza (shikoyat) va da'volarni kiritish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.
Hujjat bilan, Iqtisodiyot va sanoat, Moliya, Qurilish vazirliklari, Markaziy
bank,
Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
har bir mahallada tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaxslarni faol jalb
qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksini davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida qurish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy
asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini
kengaytirish maqsadida fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi,
«Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz»
dasturi
asosida imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Hujjat bilan, 2020 yil 1 iyulga qadar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla
markazi» majmualari binolari namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar
asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta'mirlash), shuningdek, ularni zarur mebel
jamlanmasi, kompyuter texnikasi bilan jihozlash; «Mahalla markazi»
majmualarida vazirlikning hamda O‘zbekiston «Mahalla»
xayriya jamoat
fondining hududiy bo‘linmalarini joylashtirish ishlarini yakunlash belgilab
qo‘yildi. Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar «Mahalla» elektron ma’lumotlar bazasini
yanada takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash va o‘zaro ma'lumot
almashinuvini joriy etish choralarini ko‘radi (
https://lex.uz/ru/docs/-4740335
).
Do'stlaringiz bilan baham: