45
4.3. Arzon uy-joylar qurish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining
hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi
yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
hamda modernizatsiya qilish: aholining, eng avvalo,
yosh oilalar, eskirgan uylarda
yashovchilar va fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining
yashash shart-sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va
qishloq joylarida arzon uylarni qurish orqali yanada yaxshilash;kommunal-maishiy
xizmatlar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv oʻtkazish
tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich
joriy etish orqali qishloq joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishini tubdan
yaxshilash; odamlar yashashining ekologik xavfsizligini taʼminlash, maishiy chiqindilarni
qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi yoʻq qilishning zamonaviy obyektlari bilan
taʼminlash;
aholiga transport xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yoʻlovchi
tashish
xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi
har tomonlama qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda
rekonstruksiya qilish;
yoʻl infrastrukturasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng
avvalo, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil
yoʻllarini, aholi punkti koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash; yangi elektr ishlab chiqarish
quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish asosida aholini elektr energiyasi
bilan taʼminlashni yaxshilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator
punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilgʻi-energiya resurslari bilan
taʼminlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanishni
kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; teatr-tamosha, madaniy-maʼrifiy
tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash.
4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, sifatli taʼlim
xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish,
kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi
va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish
orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan
chora-tadbirlarni koʻrish; bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish,
bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha
taʼlim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim
bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini taʼminlash,
pedagog va
mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan
46
oshirish, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim
va talab yuqori boʻlgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilish, ularni musiqa va
sanʼat olami bilan bogʻlash maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va
sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar kollejlari
oʻquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan
mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni
takomillashtirish; taʼlim va oʻqitish sifatini baholashning xalqaro
standartlarini joriy etish
asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy
taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish; ilmiy-tadqiqot va
innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy
etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari
huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya
markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: jismonan sogʻlom, ruhiy va
intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy nuqtai-nazariga ega, Vatanga
sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish; yosh avlodning ijodiy va
intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda amalga oshirish,
bolalar va yoshlar
oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb
etish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy
va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga
oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari, yoshlar va boshqa
tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: