O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
 
 
 
 
 


1-bob. YUQUMLI KASALLIKLAR HAQIDA UMUMIY
MA‟LUMOT
Yuqumli kasalliklar qadim zamonlardan buyon uchrab, vaqti-vaqti bilan keng 
tarqalib millionlab kishilarning yostig‗ini quritgan, jamiyatga ko‗p talafot 
yetkazgan. Yuqumli kasalliklarning mohiyati, ularning kelib chiqish, tarkalish 
sabablari uzoq vaqt davomida noma‘lum bo‗lib kelgan. Qadimda bunday 
kasalliklarni qo‗zg‗atadigan sababni «kontagium» va kasalliklarning o‗zini esa 
«kontagioz kasalliklar» deb yuritish rasm bo‗lgan. 
O‗rta asrning mashhur olimi va shifokori vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino 
(980—1037) o‗z asarlarida, xususan «Al-qonun»da, «O‗lat, chinchechak, qizamiq 
va boshqa yuqumli kasalliklarni ko‗zga ko‗rinmaydigan jonivorlar qo‗zg‗atsa 
kerak» deb gumon qilgan. U kasalliklarning bemorlardan sog‗lom kishilarga 
yuqish mumkinligini bilgan va qarshi kurash choralarini ko‗rishga xarakat qilgan. 
Oradan 400 yil o‗tib 1478—1553 yillarda yashagan italiyalik olim Frakastoro ham 
yuqumli kasalliklarni ko‗zg‗atuvchi omil tirik jonivor ekanligi haqida ishonch 
bilan gapirib, bu omil o‗ziga hos xususiy tabiatga ega degan fikrni olg‗a surgan. 
Frakastoro yuqumli kasallik uch xil yo‗l bilan: 1) muloqot yo‗li; 2) bemor 
foydalangan turli buyumlar (o‗rin-ko‗rpa, kiyim-kechak va boshka buyumlar) va 3) 
havo orqali yuqishini ta‘kidlaydi. 
Angliyalik shifokor Eduard Jenner (1749—1823 yillar) sigir chechagini 
odamlarga emlash yo‗li bilan kuchli immunitet hosil qilib, chinchechakka qarshi 
yaxshi natija beradigan profilaktika usulini ishlab chiqdi. Chechakka qarshi emlash 
usuli qisqa muddatda, deyarli yer yuzidagi hamma mamlakatlarda qo‗llanila 
boshladi. 
Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1822—1895 yillar) maxsus tadqiqotlar 
o‗tkazib, odamlarda yuqumli kasalliklar paydo bo‗lishida mikroorganizmlarning 
rolini ishonarli dalillar bilan isbotlab berdi. L.Paster mikroorganizmlarni 
kuchsizlantirish yo‗li bilan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun 
qo‗llaniladigan em dori, ya‘ni vaksinani olish usulini amalda joriy etdi. U 
quturishga va kuydirgiga qarshi emlash uchun vaksina ishlab chiqdi va buni 


10 
amaliyotda keng qo‗llashga tavsiya etdi. Shu vaksina tufayli hamma vaqt o‗lim 
bilan tugaydigan qo‗rqinchli quturish kasalligini oldi olindi. 
Yuqumli kasalliklar haqidagi ta‘limotning rivojlanish tarixida nemis olimi 
Robert Kox (1843—1910) alohida o‗rinni egallaydi. Danilo Samoylovich (1724—
1805 yillar) yuqumli kasalliklarni tirik jonivorlar quzgatishini aniq taxmin qilgan. 
U o‗lat mikrobini mikroskop yordamida izlagani haqida tarixiy dalillar bor. 
Samoylovich kasalliklarning muloqot yo‗li bilan yuqishi ustida ko‗proq tekshirish 
o‗tkazgan, xususan u o‗lat bilan og‗rigan bemorning kiyim-kechaklarini 
dezinfeksiya qilish usuli bilan kasallikning boshqalarga yuqishi va tarqalishiga 
chek qo‗yishga xarakat qildi. 
I.I.Mechnikov (1845—1916 yillar) infeksiya va immunitet haqidagi ta‘limotni 
asoslab berdi. Undan tashqari, u vabo, qaytalama terlama, zahm, ichburug‗, sil 
kasalliklarining epidemiologiyasini yangi dalillar bilan boyitdi va rivojlantirdi. 
Yuqumli kasalliklar haqidagi ta‘limotni rivojlantirishda S.P.Botkin (1832—
1889), A.A.Ostroumovlarning roli ham katta bo‗ldi. S.P.Botkin 1860 yillarda 
«kataral sariq kasalligi yuqumli kasallikdir», deb ta‘kidladi. Shuningdek, u o‗sha 
yillarda ich terlama klinikasining ba‘zi bir xususiyatlarini xar tomonlama o‗rgandi 
va klinik kechishini batafsil yoritdi. 
A.A.Ostroumov (1844 – 1908 yillar) yuqumli kasalliklarni davolashda, bemor 
organizmining kuch-quvvatini oshirish hal qiluvchi rol o‗ynashini alohida 
ta‘kidlaydi. 
Parazitologiya va parazitar kasalliklar epidemiologiyasining rivojlanishida 
Ye.N.Pavlovskiyning (1884 – 1956) roli beqiyosdir. «Tabiiy o‗choqli yuqumli 
kasalliklar» haqidagi Pavlovskiy ta‘limoti butun yer yuzidagi mutaxassis olimlar 
tomonidan e‘tirof etilgan. 
Akademik K.I.Skryabin (1878 – 1972 yillar) turli gijjalar, ya‘ni gelmintlarni 
o‗rganish sohasidagi tadqiqotlari bilan mashhur bo‗ldi. Bir qancha gelmintlarni 
butunlay tugatish g‗oyasi K.I.Skryabinga mansubdir. 
1920 yilda Toshkentda tashkil topgan Turkiston universiteti tarkibidagi 
tabobat fakultetida ishlagan A.I.Kryukov (1878 – 1952), P.F.Borovskiy (1863 – 


11 
1932), N. I. Ragoza (1883 – 1956), I.A. Kassirskiy (1898 – 1971) va boshqalar 
O‗rta Osiyoda o‗sha vaqtlarda keng tarqalgan turli infeksion va parazitar 
kasalliklarni xar tomonlama o‗rganish va ularga qarshi chora-tadbirlarni amalga 
oshirishda katta xizmat ko‗rsatdilar. 
1921 yilda Moskva universitetini tugatib, 1922 yilda Buxoroga ishga kelgan 
L.M.Isaevning O‗rta Osiyo sharoitida tarqalgan bezgakni o‗rganish va mutlaqo 
tugatish sohasidagi ishlari alohida tahsinga sazovordir. L.M.Isaev tashabbusi bilan 
Buxoro viloyatida rishta kasalligi tugatildi. Uning boshchiligida tropik ilmiy-
tekshirish instituti tashkil topdi. N.I.Xodukin O‗zbekistonda vaksina va zardob 
ilmiy tekshirish institutini tashkil etish va bu ilmiy markaz raxbarligida O‗rta 
Osiyoda uchraydigan turli parazitar va virusli kasalliklarni o‗rganish hamda ularga 
qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda jonbozlik ko‗rsatdi. 
N.I.Ragoza (1883 – 1956) O‗zbekistonda brutsellyozning klinikasi va 
tashxisotini xar tomonlama o‗rganib, uning patogenetik tasnifini ishlab chiqdi. 
P.F.Samsonov (1892 – 1964) O‗rta Osiyoda brutsellyozning epidemiologiyasini 
xar tomonlama kuzatib uning asosiy qonuniyatlarini aniqladi. 
Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillar N.I.Ragoza, A.L.Katsenovich va 
bularning rahbarligidagi mutaxassislar o‗sha vaqtlarda O‗zbekistonda keng 
tarqalgan ich terlama (qorin tifi) va paratiflarni xar tomonlama o‗rgandilar va bu 
kasalliklarning klinik xususiyatlarini batafsil yoritdilar. 
Ulug‗ Vatan urushidan keyingi davrlarda I.Q.Musaboev rahbarligida bir 
guruh ilmiy xodimlar O‗zbekiston sharoitida qator yuqumli kasalliklarning 
klinikasi, tashxisoti va davosi borasida mukammal ilmiy tadqiqot ishlarni ado 
etdilar. O‗zbekistonda yuqumli kasalliklarni o‗rganishda o‗zlarini katta xissalarini 
qo‗shib, maktab yaratgan olimlar: X.A.Yunusova, O.S.Maxmudov, I.K.Musabaev, 
Sh.X.Xodjaev, T.O.Daminov va yana ko‗plab olimlarni aytish mumkin. 
XIX asrning birinchi yarmida ba‘zi yuqumli kasalliklarning qo‗zg‗atuvchi 
mikroblari ma‘lum bo‗lgach, ular haqidagi ta‘limot tez rivojlana boshladi. XIX 
asrning ikkinchi yarmiga kelib ko‗pgina kasalliklarni qo‗zg‗atuvchilari ketma-ket 


12 
kashf etila boshladi. Buning natijasida yuqumli kasalliklar haqidagi ta‘limot ancha 
rivojlandi va tabobat fakultetlarida u mustaqil fan qilib o‗qitiladigan bo‗ldi. 
Yukumli kasalliklar odamlar hayotida muhim rol o‗ynaydi. Shu vaqtgacha yer 
yuzida ma‘lum bo‗lgan va o‗rganib chiqilgan yuqumli kasalliklarning soni 1060 
dan ortishi va ularning ba‘zilari hali ham vaqti-vaqti bilan epidemiya, hattoki 
pandemiya shaklida keng tarqalib turishini ozgina o‗ylab ko‗rilsa, ularning kishilar 
sog‗ligi va umuman jamiyatga keltiradigan zarari qanchalik katta ekani yaqqol 
gavdalanadi. 
Yuqumli 
kasalliklar 
haqidagi 
ta‘limot 
mikrobiologiya, 
epidemiologiya, parazitologiya, immunologiya, eksperimental ximioterapiya, 
patologik anatomiya va patologik fiziologiya bilan chambarchas bog‗lik. Ikkinchi 
tomondan, infeksion patologiya ichki kasalliklarning ajralmas bir qismidir. 
Darhaqiqat, tibbiyot hodimi ichki kasalliklar haqida puxta va asosli bilimga ega 
bo‗lmasdan turib, yukumli kasalliklarga tashxis ko‗ya olmaydi. Chunki xar bir 
infeksion kasallikda organlardagi patologik o‗zgarishlarning sababi va mohiyati 
haqida fikr yuritish va ularni bartaraf qilish choralarini ko‗rish uchun, tibbiyot 
xodimi, tabiiyki, ichki kasalliklar sohasida yetarli bilimga va tajribaga ega bo‗lishi 
zarur. 
Mamlakatimizda ba‘zi yuqumli kasalliklar butunlay tugatildi (chinchechak, 
qaytalama tif, rishta, leyshmanioz), boshqalari (tepkili terlama, difteriya, qizamiq) 
ancha kamaydi. Vabo vaqti-vaqti bilan hali ham uchrab turadi. Qizilkum, Kaspiy 
bo‗yi cho‗llari va boshqa joylarda o‗latning endemik o‗choqlari mavjud. Ikkinchi 
tomondan, rivojlangan mamlakatlarda tugatilgan ba‘zi yuqumli kasalliklar yaqin va 
O‗rta Sxarq, shuningdek, sxarqi-janubiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida haligacha
uchrab turadi. Horijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnika 
sohasidagi aloqalar kengayib borayotgan hozirgi sharoitda bizda hozir 
uchramaydigan kasallikning jahonning istalgan joyidan mamlakatimizga kirib 
kelishi ehtimoldan uzoq emas. Bu ham tibbiyot hodimining yuqumli kasalliklar
haqidagi bilimi yetarli bo‗lishini talab qiladi. Yuqumli kasalliklarni garchi 
patogen bakteriyalar, viruslar va bir hujayrali sodda jonivorlar quzg‗atsada, 
ularning paydo bo‗lishini faqat qo‗zg‗atuvchining organizmga kirishi natijasi deb 


13 
hisoblab bo‗lmaydi. Infeksiya avj olishi murakkab ijtimoiy-biologik jarayon 
bo‗lib, mikroorganizm bilan makroorganizmning o‗zaro ta‘siri natijasiga bog‗liq. 
Patogen mikroorganizm bilan odam organizmi o‗rtasidagi munosabat turlicha 
bo‗lishi mumkin, bu bir tomondan mikrorganizmning virulentligi va ikkinchi 
tomondan odam organizmining ana shu kasallikka moyilligi va immun faolligiga
bog‗liq. Odam organizmi patogen mikrorganizmga duch kelganida ba‘zan unda 
hech qanday o‗zgarish bo‗lmasligi mumkin.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish