Tashxisoti.
Kasallikni o‗z vaqtida aniqlash epidemiologik anamnezni to‗g‗ri
baholash muhim ahamiyatga ega. Laboratoriya tekshiruvlardan: qonda gipoxrom
anemiya, leykopeniya, nisbiy limfotsitoz, neytropeniya, aneozifiliya va
trombotsitopeniya bo‗lishi gemorragik isitmalarga hosdir. Leykopeniya va
trombotsitopeniya darajasi kasallikning og‗ir-engilligini ifodolaydi. Qonda
umumiy oqsil va globulinlar kamayib ketadi.
221
Rasm 33. Oshqozondan qon ketishi (CDC dan).
Kasallik
tashxisi,
albatta
virusni
aniqlash va spetsifik antitelolar titri
ortishini
aniqlashga
asoslangan.
Bemorlardan
olingan moddalardan
(qon yoki orka miya suyuqligi) virusni
aniqlash
uchun
flyuoressensiyalanuvchi
antitelolar
usuli va bilvosita gemagglyutinatsiya
reaksiyasidan foydalaniladi.
Serologik
reaksiyalar:
komplementni biriktirish reaksiyasi, neytralizatsiya reaksiyasi va boshqalar bemor
qonida spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan bo‗lib, ularni juft zardob
usulida (birinchi marta qon kasallik boshlanishida — o‗tkir davrida, ikkinchi marta
— 2-3 hafta o‗tgach, rekonvalesensiya davrida olinadi) tekshiriladi.
Rasm 34. Gemorragik
toshmalar ko‗rinishi.
Davolash.
Davolashning
spetsifik usullari bo‗lmaganligi
tufayli, o‗tkaziladigan tadbirlar
222
asosan infeksion-toksik shok va gemorragiyani bartaraf etish hamda yurak-qon
tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga, shuningdek yiringli septik asoratlar oldini
olishga qaratilmog‗i kerak.
Bemor tezlikda kasalxonaga yotqizilib, kasallikning boshlang‗ich va avj olish
davrida hamda rekonvalessentlik davrining birinchi 2 haftasida qat‘iy yotish
rejimida ushlanadi. Parhezi — yengil hazm bo‗ladigan, yuqori kaloriyali va
vitaminlarga boy ovqatlardan iborat bo‗ladi. Suyuqlik (meva va sabzavot
sharbatlari, ma‘danli suvlar) ko‗p beriladi.
Etiotrop davolash sifatida kasallikning birinchi 10 kunida (virusemiya
davrida) ilgari kasallanib tuzalgan kishilar qonining zardobi, yoki plazmasi 150-
200 ml. miqdorida, og‗ir kechganda 400-600 ml. vena tomiriga yuboriladi.
Davolashning dastlabki kunlaridan boshlab, gemorragiyani oldini olish va
to‗xtatish maqsadida, askorbin kislotasi (sutkada 500-600 mg.), rutin 0,01 g. 3
marta, vitamin K va B guruh vitaminlar, shuningdek qon va plazmani bo‗lib-bo‗lib
quyish, jelatina, kalsiy xlorid va boshqalar keng qo‗llanadi.
Intoksikatsiyaga qarshi reopoligyukin, reosorbilakt, poliglyukin, albumin,
plazma va boshqa suyuqliklar venaga, yoki klizma yo‗li bilan yuboriladi. Sutka
davomida yuboriladigan suyuqlik miqdori 500 ml. dan 2 litrgacha bo‗ladi.
Intoksikatsiya kuchli bo‗lganda qon quyish va kortikosteroidlar yaxshi samara
beradi.
Bemorni qunt bilan parvarish qilish va to‗g‗ri ovqatlantirishning ahamiyati
katta. Kasallik avj olgan davrda hayvon oqsillari va yog‗lar chegaralanadi, kefir,
qatiq, tvorog, kisel, sharbatlar, sho‗rva, suyuq bo‗tqalar beriladi. Mushak
og‗riqlarida iliq vannalar, uyqusizlikda osoyishta tartib, takroriy qusish va
hiqichoq tutganda me‘dani 2% li natriy bikorbanat eritmasi bilan yuvish, anestezin,
novokain va yalpiz preparatlaridan ichirish, venaga 10% li natriy xlorid eritmasi va
teri ostiga 1 ml 2.5% li aminazin yuborish yaxshi natija beradi. Og‗iz-tomoq
sohasida bo‗ladigan ikkilamchi asoratlarni oldini olish maqsadida og‗iz
bo‗shlig‗ini parvarishlash, uni dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayish, so‗lak
ajralishini kuchaytirish uchun qotgan non chaynash tavsiya etiladi. Bemorda
223
ikkilamchi bakterial asoratlar paydo bo‗lgan taqdirda antibiotiklar tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |