197
4. Toshmalarning qaytish yoki pigmentatsiya davri.
5. Rekonvalessensiya – tuzalish davri.
1.
Qizamiqning yashirin-inkubatsion davri 7-17 kun davom etib, o‗rtacha 9-11
kunni tashkil qiladi. Qizamiq boshqa biror kasallik bilan birga o‗tsa yashirin
davr 17 kunga cho‗ziladi. Muloqotda bo‗lganlar
gammaglobulin olsalar yoki
tezroq vaksina bilan emlansa, yashirin davr 21 kunni tashkil qiladi.
2.
Prodromal yoki kataral davr – kasallik belgilari boshlanib, to toshma
toshgungacha bo‗lgan davr 3-4 kun davom etadi. Ayrim hollarda bu davr 7
kunga cho‗zilishi mumkin. Kataral davrning cho‗zilishi ko‗proq nimjon,
kasalvand 1 yoshgacha bo‗lgan bolalarda uchraydi.
Bu davrda tana xarorati 38-39
0
C o‗tkir ko‗tarilishi
kuzatiladi, ammo
subfebril bo‗lishi ham mumkin. Xarorat bu davrning ohirida 37
0
C ga tushadi va
toshma toshuvi yana ko‗tariladi. Bemor bolalar injiq, bezovta bo‗ladilar. Ko‗z,
burun shilliq qavatlarining yallig‗lanishi hisobiga
bemorning yuzi dimiqqan
bo‗ladi. Yuqori nafas yo‗llarida, oshqozon-ichak trakti shilliq qavatlarida kataral
yallig‗lanish kuzatiladi. Bu belgilar borgan sari kuchayib,
kataral davr ohirida
maromiga yetadi. Konyunktivit kuchli bo‗ladi: qovoqlar shishgan, qizargan,
ko‗zdan
yosh oqishi, yorug‗likdan qo‗rqish, yiringli ajratmalar kuzatiladi.
Burundan shilliq-yiringli suyuqlik oqadi, yo‘tal, aksa urish kuzatiladi, yo‗tal –
dag‗al akkilovchi (laringit, traxeit) bo‗lishi, yoki big‗illagan bo‗ladi. Ko‗pincha
burun
qonaydi,
og‗iz
bo‗shlig‗i
shilliq qavatlari
qizargan, tomoqda diffuz
giperemiya
bo‗ladi.
Bodomcha
bezlar
kattalashgan, qizargan, ayrim
hollarda karash qoplaydi.
Kizamiqning bu davrdagi
erta va maxsus belgisi –
Belskiy-Filatov-Koplik
198
belgisidir. Bu qizil rangli, o‗rtasida oq nuqtasi bor dog‗lar bo‗lib, kepakni eslatadi.
Ular bir-birlari bilan qo‗shilib ketmaydilar va artganda ko‗chmaydilar. Shu
xususiyatlari bilan go‗dak bolalardagi molochnitsa dan farq qiladilar. Bu dog‗lar
epiteliy deskvamatsiyasi natijasida kelib chiqadi.
Rasm 30. Qizamiqda Belskiy-Filatov-Koplika belgisi
B.F.K. dog‗lari kataral davrning 2–3 kuni paydo bo‗lib, toshmali davrning 2 chi
kunigacha saqlanadi. Bu belgi
patognomonik belgi hisoblanib, diagnostik
ahamiyati juda katta. Yumshoq va qattiq tanglayda yana bir belgi – dog‗li
enantemani ko‗rish mumkin. Bu belgi tayanch belgi bo‗lib, B.F.K. belgisi bilan bir
payta paydo bo‗ladi va yo‗qoladi.
Bu davrda prodromal toshmalar ham
kuzatilishi mumkin.
Ular mayda, papulyoz xarakterda bo‗lib, och qizil rangda
bo‗ladi. Bu davrda oshqozon ichak trakti tomonidan ishtahaning keskin pasayishi
(hatto anoreksiya),
qayt qilish, qorinda og‗riq singari belgilar ham kuzatiladi.
Pereferik qonda leykopeniyani ko‗rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: