O„tkir jigar yetishmovchiligi
. Kasallikning og‗ir turlarida jigar
yetishmovchiligini kuchayishi va jigarda nekrotik jarayonlarni ortishi belgilarini
barvaqt aniqlash va kompleks baholash juda muhim. Bular – muskullarda umumiy
holsizlikni kuchayishi, bosh aylanishi, apatiya, anoreksiya, ko‗ngil aynishi, qayt
qilishni tezlashuvi, bemorlarda asossiz hayajon va qo‗zg‗alish, xotirani buzilishi,
terida sariqlikni ortib ketishi; jigar o‘lchamlarini kichrayishi, uning qirrasida
og‗riqni kuchayishi; gemorragik sindromni paydo bo‗lishi (terida petexial toshma,
burundan qon oqishi, in‘eksiya joylarida qon quyilishi, bemor ahlatini qora rangda
kelishi, qon quyqasi bilan qayt qilish); shish – assit sindromini paydo bo‗lishi
(tovonda va boldirni pastki uchdan bir qismida shishlar, assit); xaroratning
ko‗tarilishi, taxikardiya, neytrofil leykotsitoz; umumiy bilirubinni, shu jumladan
bog‗lanmagan
fraksiyaning
ortishi;
xolesterin miqdorini 2,6 mmol/l. dan
pasayishi,
sulema
titrini
1,2
ml.dan
pasayishi;
ayniqsa
koagulogrammadagi
chuqur o‗zgarishlar - rekalsifikatsiya va
qonni ivishi vaqtini cho‗zilishi, plazmani
geparinga
tolerantligini
pasayishi,
protrombin indeksini 50% dan pasayishi,
trombotsitlar sonini 100 mingdan kamayishi
- juda muhim xisoblanadi.
Rasm 13. Teri va sklerani sariqligi.
119
(shaxsiy kuzatuv)
Jigarda distrofik va yallig‗lanish jarayonlarini kuchayishi klinik jihatdan
o‗tkir jigar ensefalopatiyasi (O‘JE) sindromi bilan ifodalanuvchi o‗tkir yoki nim
o‗tkir nekrozli o‗tkir jigar yetishmovchiligiga olib keladi. O‗tkir jigar
yetishmovchiligini 4 ta bosqichi aniqlanadi: I-II – bosqich – prekoma, III-IV
bosqich - koma. I – bosqich (O‘JE- 1) bemorni xushi va psixikasini o‗rtacha
buzilishlari bilan izohlanadi. Asteniya va adinamiya kuchayib boradi. Bemorni
kayfiyati o‗zgaruvchan bo‗lib, apatiya eyforiya bilan almashadi. Bemorlar o‗zlarini
tutishlari g‗ayri - tabiiy bo‗lib, ko‗pincha agressivlik kuzatiladi.
Ular og‗riqli ta‘sirotlarga (shu jumladan in‘eksiyalarga) kuchli javob
beradilar, keyin esa uyquchan bo‗lib qoladilar. Bemorlarda hatto gorizontal
holatda ham loqaydlik, qo‗rquv,
bosh
aylanishi
kuzatiladi.
Og‗izlaridan «jigar hidi» keladi.
Esnash, qayta-qayta qayd qilish
kuzatiladi.
Kunduzgi
uyquchanlikni bo‗lishi prekoma
I – ning muhim belgilaridan biri
xisoblanadi. Bu belgilar terida
sariqlikni
ortishi,
jigar
o‘lchamlarini
kichrayishi,
gemorragik sindrom, laborator
ko‗rsatkichlarni yomonlashuvi zaminida aniqlanadi.
Gepatit B ni og‗ir turlarida ensefalopatiya rivojlanishini birinchi belgilari
hisoblanmish PTI ni pasayishi va psixik faoliyatni hali kuchli bo‗lmagan
buzilishlarini o‗z vaqtida aniqlash katta ahamiyatga ega.
120
Rasm 14. Kasallik o‗tkir jigar ensefalopatiyasi bilan asoratlanganda bemorning
ko‗rinishi (kaf. tablitsasi).
Bu maqsadlarda «yozuv sinamasi» va «sanash sinamasi» singari oddiy testlar
ishlatiladi. «Yozuv sinamasi» bemorni yozuvini yoki oddiy geometrik figuralarni
chizishini buzilganligi e‘tiborga olinadi. «Sanash sinamasi» da sonlarni
sanalishidagi hatoliklar aniqlanadi. II – bosqich (O‗JE - II) da qo‗zg‗alish davrida
bemorlar bezovta, baqirishi, muloqatni bo‗lmasligi, joyidan turib ketishga xarakat
qilish kabi holatlar kuzatiladi va soporoz holatga almashadi. Bu holatdan bemorni
qattiq gapirib yoki og‗riqli qitiqlovchilar bilan biroz o‗ziga keltirish mumkin.
Bemorni hushi buzilgan, yutish va ko‗z qorachig‗i refleksi saqlangan bo‗ladi.
Muskullarda titrash va qo‗llarda ritmik xarakatlar kuzatiladi. Bradikardiya
taxikardiya bilan almashadi. Tana xarorati ko‗tariladi. Qon oqishi kuchayib, ayrim
bemorlar «kofe quyqasi» kabi qayt qiladilar va ahlati qora rangda keladi. Soporoz
holat borgan sari chuqurlashib, komaga o‗tadi elektroensefalogrammada (EEG)
alfa- ritm sekinlashib, teta- to‗lqinlar aniqlanadi. III – bosqich (O‗JE -III)
avvalgisidan bemor bilan og‗zaki muloqotning bo‗lmasligi, og‗riqli ta‘sirlarga
sezgini yo‗qolishi bilan farqlanadi. Patologik reflekslar (Babinskiy belgisi, tovon
klonusi va boshqalar) oral avtomatizm belgilari (tumshuq, Marinesku – Radovich
va boshqa) aniqlanadi. Defekatsiya va siydik ajralishi beihtiyor bo‗lib qoladi. IV –
bosqich (O‗JE - IV) barcha turdagi qitiqlovchilar, shu jumladan og‗riqli
qitiqlovchilarga sezgi to‗la yo‗qoladi. Arefleksiya, «suzuvchi ko‗z soqqasi» belgisi
rivojlanadi, qo‗ldagi titrashlar yo‗qoladi. Terminal bosqichda ko‗z qorachiqlari
kengayadi va yorug‗likka ta‘siroti bo‗lmaydi. Bioximik ko‗rsatkichlar,
koagulogramma keskin buziladi. Sxartli ravishda erta va kechki jigar komasi
farqlanadi. Erta koma kasallikni 10-14 kuni, kechkisi- 14 kundan keyin rivojlanadi.
GB da o‗lim soni 0,5 -2,0 % ni tashkil qiladi.
121
VGB ning cho‗zilgan turlarida kasallik avjining va ayniqsa tuzalish davrini
klinik bioximik ko‗rsatkichlari uzoqroq – 3 oydan 6 oygacha bo‗ladi. Cho‗zilgan
turlari surunkali gepatitning oldingi bosqichi bo‗lib ham xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |