O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

4. Biologik dorilar – 
limfotsitlarga qarshi zardob; limfotsitlarga qarshi 
immunoglobulin va kimyoviy sintetik moddalar (imuran). 
5. Gormonlar bilan davolash. 


20 
6. Jadal davolash. 
Yuqumli kasalliklar bilan og„rigan bemorlarni parvarish qilish 
1) Xonalarni tozalab yig‗ishtirish. 
2) Oqliklarni va bemorlarning ko‗ylagini almashtirish. 
3) Bemorlarni sanitar tozalovdan o‗tkazish (soch, tirnoqlarini olish va gigienik 
vanna, pedikulyozga tekshirish). 
4) Bemorlarni transportirovka qilish (piyoda, aravachada yoki zambilda). 
5) Terini parvarish qilish. 
6) Yotoq yaralarini oldini olish (badanni ko‗zdan kechirish, ozoda tutish, sutkada 
bir necha marta tana holatini o‗zgartirish). 
7) Tana xaroratini o‗lchash. 
8) Grelka va muz solingan xalta berish. 
 
 
 
 
 
2-bob. YUQUMLI KASALLIKLAR TASHXISOTINING
ASOSLARI VA USULLARI 
Kasallik tashxisini to‘g‗ri aniqlash uchun shifokor avvalo odam 
patologiyasiga oid umumiy ma‘lumotlardan tashqari, turli yuqumli kasalliklarga 
xarakterli belgilar va ularning mohiyati haqida yetarli tushunchaga ega bo‗lishi 
kerak. 
Shifokor bemorni sinchiklab tekshirish usulini yaxshi bilishi kerak. Aniqlangan 
xar bir belgining patogenetik mohiyatini yaxshi tasavvur qilmog‗i,
ularning bir-biriga 
bog‗liqligini aniqlashga intilishi va nihoyat tashxisni tasdiqlash uchun bemorni 
qanday qo‗shimcha usullar bilan tekshirish kerakligini aniq bilmog‗i lozim. Bir xil 


21 
infeksiyalar o‗tkir qorin bo‗shlig‗i kasalliklariga hos belgilar bilan (iersinioz, 
psevdotuberkulyoz va ba‘zan salmonellyoz), ikkinchilari murtak bezlarining 
zararlanishi (difteriya, infeksion mononukleoz), uchinchilari markaziy asab 
tizimining yallig‗lanishiga hos alomatlar (meningokokk infeksiyasi, virusli 
neyroinfeksiyalar), to‗rtinchilari buyraklar zararlanishi belgilari (gemorragik 
isitmalar, leptospirozlar) va yana boshqalari ko‗zlarning zararlanishiga hos belgilar 
bilan (adenovirus infeksiyalari) namoyon bo‗ladi va bemorlar tibbiyotning turli 
sohalari mutaxassislari nazoratida bo‗lishlari mumkin. 
Yuqumli kasalliklarning tashxisoti mohiyat e‘tibori bilan odatiy an‘analarga 
asoslangan bo‗lsada, yangi tekshirish usullari bilan boyib, imkoniyatlari kengayib 
bormoqda. Ikkinchi tomondan, ko‗pchilik yuqumli kasalliklarning klinikasi oxirgi 
yillarda qisman o‗zgarib qoldiki, buning sabablari xar xil. Ularning yengil, bilinar-
bilinmas belgilar bilan o‗tadigan shakllari ko‗paydi, shuning oqibatida tashxisda 
ba‘zi qiyinchiliklar tug‗ildi. Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, gamma-globulin, 
antibiotiklar va boshqa preparatlarning keng qo‗llanishi, shuningdek odamlarda 
sensibilizatsiya holatini qayd etilishi ko‗proq uchraydigan bo‗lib qolgani ham 
tashxisda qiyinchiliklar tug‗dirmoqda. 
Yuqumli kasalliklarni imkoni boricha barvaqt aniqlashning muhimligi 
hammaga ma‘lum. Bu, birinchidan, davoning samarali bo‗lishini ta‘minlaydi, 
ikkinchidan bemor barvaqt kasalxonaga yotqiziladi va binobarin undan boshqalarga 
infeksiya yuqmaydi. Yuqumli kasalliklarning tashxisoti anamnezga oid 
ma‘lumotlarga, bemorning shikoyatiga va uni sinchiklab tekshirishda topilgan 
ob‘ektiv ma‘lumotlar, laboratoriya va tegishli tashxis asboblari yordamida 
tekshirish natijalariga asoslanadi. 
Tashxisda, anamnezga ayniqsa epidemiologik anamnez ma‘lumotlariga 
alohida e‘tibor qaratiladi. 
Epidemiologik anamnezga oid ma‘lumot ba‘zan tashxis masalasini hal 
qilishda juda muhim rolni o‗ynaydi. Shu sababdan ularni sinchiklab, astoydil 
to‗plash va obdon tahlil qilib ko‗rish zarur. Epidemik anamnezga suyanib, bemor 
qachon, qaerda, qanday vaziyatda va qanday yo‗l bilan kasallikni yuqtirganiga oid 


22 
ma‘lumotlarni bilib olish mumkin bo‗ladi. Bu anamnez ma‘lumotlari to‗g‗ri 
yig‗ilsa va ulardan to‗g‗ri foydalanilsa, kasallik tashxisi ancha osonlashadi. Bemor 
u yoki bu yuqumli kasallik bilan og‗rigan odamga yaqin yurgani haqida aniq xabar 
bersa, tabiiyki, shifokor avvalo ana shu kasallik haqida o‗ylaydi. 
Bemor terisining rangiga e‘tibor beriladi, terisi oqargan, ko‘kargan, qizargan 
(giperemiya) yoki sarg‗ish bo‗lishi mumkin. Terida ba‘zan turli toshmalar (rozeola, 
dog‗, papula, vezikula, pustula, qo‗tir) bo‗ladi. Ana shu toshmalarning qachon paydo 
bo‗lgani, terining qaerda joylashgani juda muhim tashxisiy ahamiyatga egadir. 
Shilliq pardalar diqqat bilan ko‗zdan kechiriladi. Shilliq pardalarning 
ko‗rinishi, ulardagi toshmalar kasallik tashxisida ba‘zan hal qiluvchi rolni 
o‗ynaydi. Masalan, lunj shilliq pardasida Filatov-Koplik dog‗lari topilishi 
qizamiqning 
patognomonik 
belgisidir. 
Difteriya, 
skarlatina, 
infeksion 
mononukleozda bemor tomog‗i shilliq pardasida juda xarakterli o‗zgarishlar yuz 
beradi va ulardan tashxislashda foydalaniladi. 
Periferik limfa tugunlarini (jar osti, qo‗ltiq osti, chov soxasidagi limfa 
tugunlarini) yaxshilab tekshirish juda muhim. Bu limfa bezlari o‗lat, tulyaremiya, 
brutsellyoz, infeksion mononukleoz, zahm, OIV kasalliklarida shishib, 
kattalashadi. Bu bezlarni tekshirganda ularning kattaligiga, qattiq yoki 
yumshoqligi, 
og‗rish-og‗rimasligi, 
atrofdagi 
to‘qimalarga 
yopishgan-
yopishmaganligiga e‘tibor beriladi. 
Bemor ichki organlarining holati ham tartib bilan birma-bir tekshirib 
chiqiladi. So‗ngra bemor laboratoriya usullari bilan tekshiriladi. Avvalo hamma 
bemorlarning (kasallikning turidan qat‘iy nazar) periferik qoni va peshobi 
tekshiriladi. Anamnez va bemorni tekshirishda olingan ma‘lumotlarni chuqur tahlil 
qilib, shifokor tashxis haqida bir hulosaga keladi. Ko‗pincha gemogramma va 
urogramma dastlabki fikrni tasdiqlaydi va tashxis masalasi hal bo‗ladi. Keyingi 
tekshirishlar tashxisni yana bir marta tasdiqlaydi. Belgi, sindrom va belgilar 
majmuasi haqida aniq tushunchaga ega bo‗lish klinik tashxis uchun juda muhim. 
Yuqumli kasalliklarning aksariyatida qayd etiladigan umumiy belgilar bor. 
Ularning xar biri o‗z holicha olinadigan bo‗lsa, alohida tashxisiy ahamiyatga ega 


23 
bo‘lolmaydi. Masalan, xarorat ko‗tarilishi, et uvishishi, qayt qilish, uyqu buzilishi, 
ishtaha buzilishi,
darmon qurishi va boshqalar shular jumlasidandir. Patognomonik 
belgilar deb yuritiladigan kasallik belgilari faqat ma‘lum bir hastalikka hos bo‗ladi, 
boshqacha aytganda, bu belgi faqat bitta nozologik kasallikdagina ma‘lumot beradi 
va boshqa kasalliklarda uchramaydi, binobarin tashxis masalasini xal qiluvchi belgi 
alomat bo‗lib xisoblanadi. Masalan, qizamiqda bemor lunji shilliq pardasida paydo 
bo‗ladigan Filatov-Koplik dog‗lari, qoqsholda chaynash muskullarining qiskarishi. 
Bemorning qoni (bezgak kasalligida) va ko‘migi (leyshmaniozda), qoni va limfa 
tugunlari (tripanosomozda, toksoplazmozda), ahlati (amyobiazda, balantidiazda), 
ahlati va 12-barmoqli ichakdagi suyuqligidan surtma tayyorlash (lyambliozda) 
yo‗llari bilan tegishli parazitlar izlanadi. Tayyo‘rlangan surtmalar maxsus 
bo‗yoqlar bilan bo‗yaladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish