B4 katakni B12 katakka siljitish amalga oshirilganda B4 dan B12 gacha bo’lgan kataklarda B4 ga kiritilgan formula avtomatik nusxalanib hisoblash amalga oshiriladi.
Endi nusxalashni L12 ga qarab olib boramiz. Bunda B4 dan B12 gacha blokka olingan holatda B12 ning o’ng pastki burchagidan sudrab L12 gacha olib boriladi
Biz yuqorida ko’rib o’tgan misolimizda sonning darajalarini hisoblab o’tdik. A4 katakda berilgan 2 sonini B3 katakda berilgan 0 - darajasini B4 katakda =$A4^B$3 formulasi yordamida hisoblab chiqardik. Agarda bizda murojaatdan foydalanish imkoni bo’lmaganda, xar bir sonni xar bir darajasi uchun alohida-alohida formula kiritishimiz kerak bo’lar edi.
Demakki nusxalashning afzalligi hisoblash jarayonini birinchi bajarilgan amalga qarab keyingilarini avtomatik ravishda davom ettiradi va hisoblash jarayonlarini foydalanuvchi uchun osonlashtiradi.
(2.5-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |