O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon



Download 85,74 Kb.
bet1/5
Sana17.01.2020
Hajmi85,74 Kb.
#35097
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari-1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

Qo‘lyozma huquqida

SOBIROVA QIZLARXON

O’ZBEK TILIDA O’ZLASHMA NEOLOGIZMLARNING MAVZUVIY GURUHLARI”



BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: f.f.n.Z.M.Qobilova



Andijon - 2015

MUNDARIJA
ISHNING UMUMIY TAVSIFI.....................................................................2-3

KIRISH……………………………………….…….......................................4-5

1. O`ZBEK TILI LEKSIKASIDA QATLAMLARNING PAYDO BO`LISHI.

1.1. Tilning boyish manbalari.............................................................................6-13

1.2. O`zbek tilida o`zlashma so`zlar va o`zlashma neologizmlar…….………14-18

1.3. O`zlashma neologizmlar – bir ma’noli so`zlar……………………………19-27

1.4. O`zlashma neologizmlarning tarjimada ifodalanishi……………………28-40

2. O`ZBEK TILIDA YANGI LUG`AVIY QATLAMNING SHAKLLANISHI

2.1. O`zbek tilida o`zlashma neologizmlarning paydo bo`lishi…………….…41-45

2.2. O`zlashma neologizmlarning ekstralingvistik va lisoniy omillar asosida vujudga kelishi...................................................................................................46-48

2.3. O`zlashma neologizmlarning mavzuiy guruhlari........................................49-51



XULOSA…....................…………...........…….......………………….......…51-55

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………….............................…56-58

ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi o`zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo`yicha, ayniqsa, leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo`lmaydi. O`zbek tili lug`at tarkibidagi o`zlashma neologizmlar shu vaqtga qadar to`liq o`rganilgan emas. S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko`p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan,jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo`lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so`z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir1. Bir tildan boshqa tilga so`z o`zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi2.

Qozon tilshunoslik maktabining namoyandalaridan biri V.A.Bogoroditskiy o`z tilini o`rganishda boshqa tilning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi3.

Tillarning o`zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o`zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o`rinda bo`lgan. O`zbek tilidagi o`zlashma neologizmlarning tadqiqiga bag`ishlangan an’anaviy yo`sindagi ishlar mavjud emas. Lekin o`zbek tilidagi o`zlashma neologizmlar sistem tadbirlar asosida o`rganilmagan. Sababi shuki, lug`aviy materialni sistem o`rganish fonetika, morfologiya yoki sintaksis materiallarini sistem o`rganishga qaraganda qiyinroq kechadi4

BMIning obyekti va manbalari. O`zbek tili leksikasining o`zlashma neologizmlari qatlami tadqiqotning asosiy obyekti sanaladi.

BMIning asosiy maqsad va vazifalari. Mazkur BMIning maqsadi hozirgi o`zbek tili lug`at tarkibidagi o`zlashma neologizmlarni ayrim leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdir. Bunda quyidagi vazifalar hal etiladi:


  • o`zlashma neologizmlarning semantik xususiyatlarini tadqiq etish;

  • o`zlashma neologizmlarning leksik xususiyatlarini tavsif etish;

  • o`zlashma neologizmlarning o`zbek tili lug`at tarkibiga o`zlashish omillarini aniqlash.

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Tilshunoslikda leksikologiya bo‘limi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar I.Rasulov, A.Shomahsudov, R.Qo‘nurovlar tomonidan olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik M.Yo‘ldoshevning “Badiiy matnning lisoniy tahlili” va S.Karimovning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ko‘rinadiki, leksikologiya sohasida talaygina ishlar amalga oshirilgan. Bu borada ishlarning bevosita davomi sifatida biz o‘z ishimizda o`zlashma neologizmlarning leksik-semantik xususiyatlariga e’tibor qaratdik.

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur BMI materiallaridan qo`llanma va lug`atlar yaratishda, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida maxsus kurs va seminar mashg`ulotlarida foydalanish mumkin.

Tadqiqotning_metodologik asosi. Dialektika va uning amaldagi qonun-qoidalari sanaladi. O`zlashma neologizmlarni tavsiflashda sistem-struktur tahlil metodi bilan bir qatorda, ma’noviy-komponent, nominativ-onomosiologik, funksional-semantik kabi tahlil usullaridan ham foydalanildi.

O`zbek tilshunosligida professor Sh.U.Rahmatullayev, F.Abdullayev, A.P.Hojiyev, I.Qo`chqortoyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiyev, H.G.Ne’matov, R.Rasulov kabi olimlar tomonidan qo`llangan yo`l va usullar ishimiz uchun muhim yo`llanma vazifasini o`tadi.



BMIning tuzilishi. Mazkur, bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
KIRISH

O‘zbek tili qanchalar boy til. Undagi latiflik, joziba, o‘ziga xoslik tufayli durdona asarlar yaratilgan. Til - millat kaliti. Zero xalq qalbiga yo‘l uning ona tilini bilish, madaniyati va an’analarini hurmat qilishdan boshlanadi. Qadim bu ona zaminimiz ne kunlarni boshidan kechirmadi. Qonli urushlar, hisobsiz jang-u jadallar. Lekin shunda ham matonatli o‘zbek xalqi o‘z an’ana va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Millat ruhi sanalmish ona tilimizni biz ─ avlodlarga meros qilib qoldirdi. Unda tarix pinhon.

Zero yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “...o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili ─ bu millatning ruhidir”5.

“O‘z ona tilisini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan odam uning dilini ham bilmaydi”6.

Ma’lumki, har qanday tilda o‘zga tillarning leksemalari uchraydi. Ikki xalq yoki millat vakillari o‘zaro turli munosabatlarda (iqtisodiy, madaniy, siyosiy) bo‘lar ekan, ularning tillari ham shunday munosabatlar natijasida o‘zaro aloqaga kirishadi, bir-birlariga ozmi-ko‘pmi ta’sir ko‘rsatadi. Bir tilga ikkinchi til so‘zlarining kirishi bir tarafdan ular orasidagi munosabatni ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan u tilni rivojlantirishga ham yordam beruvchi asosiy vosita sifatida katta o‘rin tutadi.

O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi urug` va qabilalaridan o‘sib chiqqan, demak uning tili ham shu urug` va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g’ullar, ruslar istilosi, tojik, turkman xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Anashu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi o‘zbek tilining boyligida ikkita yirik qatlam - o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.

Asrlar davomida tillar bir-biridan so‘z olib, so‘z berib shakllanib kelmoqda. Bu ham bir imkoniyat. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo‘lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi - jamiyatda bo‘lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ma’rifiy sohalardagi islohatlar tilning lug`at boyligida yangi-yangi so‘z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so‘z-leksemaning eskirib tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at boyligida istorizm, arxaizm va o`zlashma neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.

1. O`ZBEK TILI LEKSIKASIDA QATLAMLARNING PAYDO BO`LISHI.

1.1. Tilning boyish manbalari.
Til – millat ko`zgusidir. Uning o`zligini, ma’naviy qiyofasini ko`rsatib beruvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o`zini, qadr-qimmatini, g`ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir.

Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tili muhim o`rin tutadi. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning ko`zgusidir. Hadisda “ Kishining zebu ziynati, go`zalligi uning tilidadir” deyiladi. Har bir xalq, millat o`z tiliga hurmat bilan qaraydi. Chunki til millatning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Yurtboshimizning “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar”, deb ta’kidlagani bejiz emas. Demak, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.

Dunyodagi qay bir xalqni olmaylik, uning jahon sivilitziyasidagi o’rni va mavqei, betakkror milliy o`zligi va tarixiy tajribasi bilan belgilanadi. Milliy o`zlikning birinchi belgisi bu milliy til bo`lib, u millatning millat bo`lib shaklllanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi. Til bo`lmasa el ham, millat ham bo`lmaydi. Elni – el, millatni millat darajasiga ko`taradigan, uning yashashi va faoliyatini belgilab turadigan vosita til ekan, u bilan butun insoniy qiyofalar shakli shamoyiliga ega bo`l`adi. Xalqning madaniy - ma’naviy boyligi, aql idroki va tafakkuri, ilmiy, tarixiy madaniy boyliklari uning tilida o`z ifodasini topadi. Shu ma’noda til xalqning qalbi va borlig`idir. Til xalqning buyuk va bebeho ma’naviy boyligi, bitmas tuganmas xazinasidir.

Til ─ jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o`zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro`y beradigan barcha voqea va hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi. Til ayni ma’noda asrlar mobaynida shaklllanadi va mavjud bo`ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat sohasida olib borilayotgan islohotlarda til muammolariga, xususan davlat tili masalalariga alohida e’tibor qilinayotganligi bejiz emas.

Leksika eng harakatchan, doim rivojlanuvchi komponent hisoblanadi. Jamiyatda yuz berga yangiliklar, rivojlanish va o`zgarishlar leksikada o`z ifodasini topadi.

Leksikaning rivojlanishi ikki yo’nalishda boradi. Bir tomondan, leksika o`z taraqqiyoti jarayonida jamiyat taqqiyotida yuz bergan tarixiy o`zgarishlarni, yangiliklarni ifodalash orqali boyiydi. Leksika boshqa tillarda qabul qilingan so`zlar, yaratilgan yangi so`zlar, yangicha atamalar, yangicha iboralar so`zlarning o`z ma’nolarini o`zgartirishlari hisobiga boyiydi. Leksikada yuz bergan o`zgarishlar til sistemasiga bog`lq bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, leksika o`zida mavjud bo`lgan so`z vositalar yordamida yangi so`zlar yasash hisobiga boyiydi.

Yuqorida aytib o`tilgan jarayon til sistemasi (grammatikasi) bilan bevosita bog`liq bo`ladi.

Til sistemasi bilan bevosita bog`liq bo`lmagan tarzda leksikaga kirib kelgan so`zlar o`zlari shakllangan ma’lum bir davrni, jamiyatni qisman ifodalaydi.

Leksikaning rivojlanishi, boyishi quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi:

1. Boshqa tillardan so`zlar o`zlashtirish yo`li bilan;

2. Tilda qo`llanilib kelgan ayrim so`zlarning yo`qolishi;

3. So`zlarning o`z ma’nolarini o`zgartirishi, va bu jarayon quyidagicha amalga oshishi mumkin:

a) so`z ma’nosining to`liq o`zgarishi;

b) omonim so`zlarning paydo bo`l`ishi;

d) so`z ma’nolaring kengayishi;

e) so`z ma’nolarining torayishi.

Tillar bir- biridan himoyalanmagan. Bir til boshqa bir tildan tovushlar, so`zlar va birikmalarni o`zlashtirishi mumkin.

O`zlashtirish, ya’ni o`zlashtirilayotgan til tomonidan so`z boyligini yanada oshirish, o`zlashma neologizmlarni yanada mukammal, jarangdor bo`l`ishiga, ya’ni o`zlashtirgan tilning qoidalariga tayanib boyitiladi.



O‘z qatlam deganda aslan shu tilniki bo‘lgan so‘zlar va shular asosidagi yasalishlar, shuningdek o‘z affiks bilan boshqa til so‘zlaridan yasashlar tushuniladi. O‘z qatlamga xos so‘zlar bilan o‘zlashgan qatlamga xos so‘zlarni o‘zaro farqlash hamma vaqt yengil bo‘lavermaydi. Bularni o‘zaro farqlashda so‘zning semantik, morfologik, fonetik belgilarini hisobga olib ish ko‘riladi.

Semantik belgilari: umumturkiy so‘zlarning aksariyati ko‘p ma’nolidir: bosh -



  1. “odamning boshi”;

  2. “ko‘chaning boshi”;

  3. “ishnimg boshi”.

Morfologik belgilari:

1) umumturkiy so‘zlar hozirgi o‘zbek tilining barcha so‘z turkumlarida uchraydi;

2) turlanadi va tuslanadi;

3) o‘zak va affiks morfemalar erkin va standart bo‘ladi: ko‘zim, ko‘zing,ko‘zi;

4) so‘z tarkibida prefikslar qo‘llanmaydi.

Fonetik struktura jihatdan o‘z qatlamiga xos so‘zlarning asosiy belgilari deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:



  1. o‘zbekcha tub negizlar asosan bir bo‘g’inli va ikki bo‘g’inli bo‘ladi; uch bo‘ginli tub negizlar juda oz.

  2. bir bo‘g`inlilarda “undosh+unli+undosh” tipi asisiy o‘rinni egallaydi. Ikkinchi o‘rinda “unli+undosh” tipi turadi. “Undosh+unli” tipi esa juda oz.

  3. ikki bo‘g’inli so‘zlar ko‘pincha ochiq bo‘g’inlardan tuzilgan bo‘ladi.

  4. o‘zbek so‘zlari r, l, v, h tovushlari bilan boshlanmaydi.

  5. o‘zbek so‘zlarida “h” bo‘g`iz tovushi qatnashmaydi.(undov va mimemalardan tashqari)

  6. so‘z oxiri e, o‘ tovushi bilan tugamaydi (undov va mimemalardan tashqari).

  7. o‘zbek so‘zlarida odatda sof cho‘ziq o unlisi bo‘lmaydi.

  8. birinchi bo‘g’indan keyingi bo‘g’inlar hech vaqt unli bilan boshlanmaydi.

  9. Bo`g`in boshlanishida, ko‘pincha, bo‘g’in oxirida ham, ikki va undan ortiq undosh qatorasiga kelmaydi (ost, ust kabi bir nechha so`z bundan mustasno)7.

Yuqorida sanalganlarning aksi o‘zlashgan so‘zlarning asosiy belgilari deb qaraladi.

O‘zlashgan qatlam - o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan, maktab (arabcha), daraxt, gul (fors-tojikch), axta, bahodir (mo`g`ulcha), afandi (turk), ravshan (so`g`dcha), traktor, avtobus (ruscha baynalmilal) va boshqalar. Bu qismda arab, fors tojikcha va rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Tarixchi B.G`ofurovning yozishicha, o`zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi yaqinlik milodiy VI asrda boshlangan. O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma-yon yashab bir-birlariga doimo xo‘jalik, iqtisodiy – ijtimoiy va madaniy munosabatlarda bo‘lib kelganlar.

Hozirgi o‘zbek tilida fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg), sifatlar (badbo‘y, badjahl, ozoda), ravishlar (banogoh, do‘stona, tez), bog`lovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xo‘sh, xuddi), modal so‘zlar (chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi.

Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarda:


  1. so‘z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g’isht, go‘sht;

  2. kuchsiz lablangan o unlisi so‘zning barcha bo‘g`inlarida qo‘llaniladi: ohang, nobud, bahor.

Shuningdek, fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga bir qator prefiks va suffiks o‘zlashgan: Prefikslar -be-, ba-, no-, ham-, kam-; suffikslar: -kor, -zor, -xo‘r, -parvar, -kash, -paz va boshqalar. Ular dastlab fors-tojik so‘zlari tarkibida qo‘llangan, keyinchalik o‘zbek tilining so‘z yasovchi affikslarning qatoridan o‘rin olib, yangi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan: kamsuqum, bebosh, barkamol, hamyurt.

Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar

Bunday so‘zlarning o‘zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirishga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o‘ynagan:



  1. arablar istilosi;

  2. islom dinining keng tarqalishi;

  3. arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi;

  4. madrasalarda arab tilining o‘qitilish;

  5. turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;

  6. olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.

Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko‘zga tashlanadi:

  1. So‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon kelish holati uchraydi: mutolaa, oila.

  2. Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so‘zlarda ayn tovushidan oldingin unli kuchli va biroz cho‘ziq aytiladi.

  3. Jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, kabi so‘zlarda bo‘g`inlar ayirib tallaffuz qilinadi.

  4. Semantik jihatdan: ko‘proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi.

  5. So‘zlarning lug’aviy va gramatik shakllari flektiv xarakterda bo‘lib, o‘zbek tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim.

Yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar tilshunoslikda o`zlashma neologizmlar ham deb ataladi. Kundalik turmushdagi yangicha munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini, yangi hodisalar, tushunchalarni ifodolovchi lug`aviy birliklardir. Bunday so`zlar xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi:

  1. Leksik o`zlashma neologizmlar.

  2. Semantik o`zlashma neologizmlar.

Leksik o`zlashma neologizmlar tilga tamoman o`zlashib ketmagan o`zbek tilining o`zida yasalgan yoki boshqa tillardan o`zlashib butunlay iste’molga kirmagan so`zlardir. Masalan, zovut, zamin studiyasi, sarhad, kollej, menejment, bakalavriat, magistratura, dastur, bar, bojxona, aksiya, bandargoh, tuman kabilar.

Semantik o`zlashma neologizmlar tilda oldindan mavjud bo`lgan va hozirda yangi ma’noda ishlatilayotgan so`zlardir. Masalan, noyub (deputat), muman (rayon), viloyat (oblast), do`kon (magazin), tadbirkor, pudrat, sarmoya, vazir, hokim, anjuman (konferensiya) va boshqalar. Bunday so`zlar ma’lum bir davrlarda eskirgan so`zlarga aylanib, iste’mol doirasidan ancha chiqib qolgan edi, mustaqillikdan so`ng ular yana tilimizga yangi ma’nolar bilan kirib keldi.

Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o`zgarishlar ro`y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi. Yangi tushunchalar ko`proq tilning ichki imkoniyatlari:

a) shevalardan so`z olish; b) so`z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba’zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so`z olish yo`li bilan ham ifodalanadi. Bunday so`zlar  olinma so`zlar hisoblanadi.

Dunyoda boshqa tillardan so`z olmaydigan bironta ham til yo`q. Kurash, 



yonboshchala, halol so`zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani bizningtilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so`zlar hisobiga boyib bormoqda.

O‘zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelish hisobiga o‘zgarib, rivojlanib boradi. O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin:

1) o‘z  ichki imkoniyatlari asosida;

2) boshqa tillardan so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi.

O‘zbek tilining birinchi yo‘l bilan boyib borishi imkoniyatlari juda kengdir. Masalan: ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor) va boshqalar; dialektal (shevadagi) so‘zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) “o`xshatmoq”, “tenglashtirmoq”, “qiyoslamoq” ma’nosida.

O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir.

O`zlashma neologizmlar davriy xususiyatga ega sanaladi. Masalan, bir paytlari yangi atamalar sifatida tilga kirib kelgan avtobus, trolleybus, metro kabi so‘zlar bugungi kunda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotib, zamonaviy qatlamga oid leksik birliklarga aylangan. 80-yillarning o‘rtalaridan boshlangan ijtimoiy hayotdagi keskin o‘zgarishlar barcha sohalarda bo‘lgani singari tilshunoslik sohasida ham tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga olib keldi. Ayniqsa, bu holat o‘zbek tili leksikasida kuchli bo‘ldi. 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, o‘zbek xalqining o‘z erkiga, ozodligiga erishishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi, tilimizda yuzlab, minglab o`zlashma neologizmlar paydo bo‘ldi. Xususan, iqtisodiyot, bank va kredit, diplomatiya kabi bank sohalarida yangidan yangi atamalar paydo bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti, litsenziya, monitoring, debitor, kvota, menejer, menejment, brutto qarz, frank bozori kabi atamalar shular jumlasidandir.



Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni turli jihatlariga ko‘ra tasniflash mumkin. Avvalo, ularni ijtimoiy-siyosiy atamalar: vazir, vazirlik, devonxona, hokim, tuman, agrofirma, fermer kabi;

iqtisodiy atamalar: diler, lizing, injenering bozor infrastrukturasi;

ilm-fan, texnikaga oid atamalar: internet, kompyuter, diskovod, skaner;

maktab-maorifga tegishli bo‘lgan leksik birliklar: akademik litsey, kollej, dastur singari o‘nlab yo‘nalishlarga bo‘lib yuborish mumkin.

O`zlashma neologizmlar ichida o‘tkinchi, shoshma shosharlik bilan, sun’iy ravishda hosil qilingan leksemalar ham uchraydi. Masalan: majalla, jarida, oynoma, ochqich, yozg‘ich, barnoma, oliy bilimgoh kabi. Ularni xalq qabul qilmay tezda iste’moldan chiqarib yubordi. O`zlashma neologizmlarning aksariyati quyidagi ikki xil usul bilan:

Ichki imkoniyatlar asosida (so‘z ma’nosining kengayishi, derivatsiyani qo‘llash hisobiga): oshkoralik, muqobillik, qayta qurish, kimoshdi savdosi, hokim, devonxona.

Tashqi imkoniyat hisobiga (chetdan so‘z olish orqali): modemogramma, videoapparatura, matiz, kik boksing, karate, damas, tiko, neksiya.

O`zlashma neologizmlar tilning ifoda imkoniyatlari darjasini belgilaydi. Mustaqillik  yillarida  hayotimizda katta o`zgarishlar ro`y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi. Yangi tushunchalar ko`proq tilning ichki 

imkoniyatlari:

a) shevalardan so`z olish;

b) so`z  yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. 

Ba’zan  yangi  tushunchalar  boshqa  tillardan  so`z  olish  yo`li  bilan  ham ifodalanadi.

Bunday so`zlar olinma so`zlar hisoblanadi.Shuni bilingki, dunyoda boshqa tillardan so`z olmaydigan bironta ham til yo`q. 

Kurash, yonbosh, chala, halol so`zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani kabi bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so`zlar hisobiga boyib bormoqda.


Download 85,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish