Ishlab chiqarishning ekologik omili iqtisodiy o’sishni harakatlantiruvchi yoki cheklovchi kuch sifatida ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish omillari tizimida tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati muhim o’rin tutadi. Tadbirkorlik qobiliyatiga ishlab chiqarish omillarini eng samarali qorishtirish omili sifatida qaraladi. Tadbirkor milliy iqtisodiyot tarmoq ishlab chiqarish korxonalarida yoki xizmat ko’rsatish muassasalarining ma’lum bir yo’nalishi bo’yicha o’z iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etuvchi inson – shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |