O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo`lyozma huquqida udk



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#239097
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
turkistonda shorolar mustamlakachiligi istibdodining ornatilishi.

1
 Аъзамхужаев Саидакбар. 
Туркистон мухторияти, 26-бет
 
32
 Шамсиддинов М “ Ўзбекистон тарихи материаллари” Андижон 2004 йил   бет 


Adliya  komissari  Zelesskiy;  5.  Suvdan  foydalanish  ishlari  komissari  Shevsov;  6. 
Fuqarolik-ma’muriy  ishlar  komissari  Agapov;  7.  Tashqi  ishlar  komissari 
Domogatskiy; 8. Harbiy ishlar komissarlari Perfilyev va Stasikov; 9. Savdo va sanoat 
komissari  Lyapin;  10.  Moliya  komissari  Kotelnikov;  11.  Mehnat  komissari 
Poltaratskiy;  12.  Dehqonchilik  komissari  Chegodayev;  13.  Sog’liqni  saqlash 
komissari Barankin; 14. Maxsus topshiriqlar bo’yicha komissar Uspenskiy. Hukumat 
tarkibiga mahalliy millat vakillaridan birorta ham kishi saylanmadi, ularning hammasi 
Turkistonga Rossiyadan yuborilgan yevropalik shaxslar edilar. Ular mahalliy xalqning 
na  tilini,  na  dinini,  na  madaniyatini,  na  milliy  urf-odatini,  na  bu  yerzda  asrlar  osha 
tarkib  topgan  tarixiy-iqtisodiy  va  siyosiy  munosabatlarni  bilmas  edilar.  Bu  hol 
keyinchalik  o’lkada  Sho’ro  hokimiyati  «tartibqoidalari»ni  o’rnatish  chog’ida 
nihoyatda og’ir  oqibatlarga olib keldi.  Chunki bu  tasodifiy  rahbar  unsurlar  mahalliy 
shart-sharoit  bilan  hisoblashmadilar,  chor  Rossiyasining  bosib  olgan  mustamlakasi 
bo’lgan  Turkistonda  ulug’  rus  shovinizmi  siyosatini  zo’rlik  yo’li  bilan  davom 
ettirdilar.  Bu  narsa  hatto  Turkiston  o’lkasi  Sho’rolarining  III  qurultoyi  qabul  qilgan 
qarorida ham o’z aksini topdi. Jumladan, qurultoy qarorida «Mahalliy aholi o’rtasida 
proletar  sinfiy  tashkilotlari  bo’lmaganligi  sababli»  ular  vakillarining  o’lkadagi 
hokimiyat  organlarida  ishlashlariga  yo’l  qo’ymaslik  kerakligi  ta’kidlanadi.  Bunday 
ulug’  davlatchilik-shovinistik  siyosat  keyinchalik  ham  surunkasiga  doimiy  ravishda 
o’lka  mehnatkashlari  o’rtasida  oddiy  bir  qoida  tariqasida  olib  borildi.  Mahalliy  tub 
yerli  Turkiston  xalqlariga  muxtoriyat  huquqi  u  yokda  tursin,  hatto  ular  vakillarini 
sho’rolar hukumati tarkibida qatnashishiga ham imkon berilmadi. 
Bu  masalaga  alohida  urg’u  berilayotganligining  sababi  shundaki,  shovinizm,  ulug’ 
davlatchilik  va  mustamlakachilik  siyosatining  o’zagi  va  tayanchi  markazda  edi. 
V.I.Lenin boshliq Sho’rolar hukumati Turkiston o’lkasi xalqlarining muxtoriyat talab 
qilib  kurash  olib  borayotganligini  bilmasligi  mumkin  emas  edi.  Chunki  bu  masala 
Muvaqqat  hukumat  davridayoq  Petrograddagi  hukmron  doiralar  oldiga  oshkora 
qo’yilgan  edi.  Muvaqqat  hukumatning  bosh  vaziri  A.F.  Kerenskiyning  quyidagi 
so’zlari  buni  yaqqol  isbotlaydi:  «Muvaqqat  hukumag  Turkistonning  ehtiyojlaridan 
xabardor va unga diqqat bilan quloq soladi. Turkistonliklar Ta’sis majlisi qarorlarini 
sabr-toqat bilan kutishlariga to’g’ri keladi». 


Bundan tashqari Mustafo Cho’qayev xarakterli bir voqeani xotirlaydi. U airel oyida 
Petrograd ishchi va askar deputatlari Sho’rosi raisligiga saylangan N.S.Chxeidze bilan 
Turkiston  to’g’risida  bo’lgan  suhbat  chog’ida:  «Biz  Turkiston  uchun  muxtoriyat 
istaymiz.  Shuning  uchun  ham  bizning  faoliyatimiz  mana  shu  muxtoriyatga 
tayyorgarlik  yo’lida  boradi»,  deb  tushuntirganda,  Chxeidze  Mustafo  Cho’qayevning 
bu  so’zlaridan  cho’chib  ketganday  bo’lib:  «Xudo  haqqi  siz,  mamlakatda 
yurtdoshlaringiz  orasida  muxtoriyat  haqida  so’zlamang.  Birinchidan,  hozir  bu 
to’g’risida  so’zlashga  erta.  Ikkinchidan,  sizning  Turkiston  kabi  bir  mamlakatdan 
muxtoriyat  darhol  istiqlol  va ayrilish  tomon  otilgan  odim  bo’ladi», deydi. Yana shu 
narsani alohida ta’kidlash kerakki, V.I.Leninning shaxsan o’zi milliy masala bo’yicha 
bir  qator  asarlar  yozib,  oktyabr  to’ntarishidan  so’ng  matbuotda  e’lon  qilgan  edi. 
Ularda  millatlarning  to  milliy  mustaqil  davlat  bo’lib  ajralyb  chiqishga  qadar  o’z 
taqdirini o’zi belgilashi g’oyasi ilgari surilgan edi. Ana shunday hujjatlardan biri 1917 
yil  22  noyabrda  V.I.Lenin  tomonidan  yozilgan  «Rossiya  va  Sharqning  barcha 
musulmon  mehnatkashlariga»  murojaatnomadir.  Unda shunday  jumlalarni  o’qiymiz: 
«Bundan  buyon  sizlarning  urf-odatlaringiz,  sizlarning  milliy  va  madaniy 
muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O’z milliy hayotlaringizni erkin 
va bemalol uyushtira beringiz, sizlarning bunga xaqqingiz bor. 
...Sizlar  o’zlaringiz  o’z  vataningizning  hokimlari  bo’lishingiz  lozim.  O’z  rasm-
rusumingizga  binoan  hayotingizni  uyushtirishingiz  lozim.  Sizning  bunga  haqqingiz 
bor, chunki sizlarning taqdiringiz o’zingizning qo’llaringizda». 
Ammo  shunga  qaramasdan  sho’rolar  hukumati  va  bolsheviklar  firqasi  Turkisgon 
musulmon  xalqlariga  muxtoriyat  huquqini  berish  emas,  hatto  ular  vakillarining 
sho’rolar  hukumati  tarkibida  qatnashishi  uchun  ham  nega  yo’l  bermadi?,  degan 
qonuniy  savol  tug’iladi. Chunki  Turkistonda o’rnatilgan  F.I.Kolesov  boshchiligidagi 
sho’rolar  hukumati  tashqi  shakl  ko’rinishi  jihatidan  ilgarigi  chor  Rossiyasi 
mustamlaka  hukumati  va  uning  Turkiston  general-gubernatorligidan  farq  qilganday 
ko’rinsada, o’z ichki mazmun va mohiyati jihatidan undan hech qanday farq qilmas 
edi.  Boz  ustiga  sho’rolar  hukmronligi  yillaridagi  o’ta  noziklik  va  ayyorlik  bilan 
amalga oshirilgan qizil saltanat mustamlakachiligi siyosati, mamlakat xalqlari boshiga 
tushgan  ayanchli  qirg’inbarot  va  qatag’onlar  Vatanimiz  tarixida  chor  Rossiyasi 


davridagiga qaraganda ham yanada dahshatli iz qoldirdi. Bu dahshatlarni O’rta Osiyo 
xalqlari hech qachon unutmaydilar. 
Turkiston  Sho’rolarining:  III  s’yezdidan  O’lka  Xalq  Komissarlari  Sho’rosining  raisi 
F.I.Kolesov V.I.Leninga telegramma yubordi. 
Telegrammada  muvaqqat  hukumat  Turkiston  Ko’mitasining  ag’darib  tashlanganligi, 
III  O’lka  Sho’rolar  s’yezdining  chaqirilganligi,  o’lkada  sho’rolar  hokimiyatshshng 
o’rnagilganligi  va  Turkistonning  umumiy  vaziyati  bayon  qilingan  edi.  Kolesov 
telegrammada  yangi  Turkiston  hukumati  markaziy  hokimiyatni  batamom  qo’llab-
quvvatlaydi, deb ishontirdi. Ammo bunday telegrammani berishdan oldin, F.I.Kolesov 
mahalliy  tub  yerli  aholining  istak-xohishi  va  qiziqishini  hatto  o’rganishni  ham 
istamadi va istamas ham edi. 1917 yil 1 noyabrdan to 1920 yilga qadar Xiva xonligi 
va  Buxoro  amirligi  hududlaridan  bo’lak  hozirgi  O’zbekistonning  barcha  viloyat  va 
muzofotlarida  zo’rlik  yo’li  bilan  sho’rolar  hokimiyagi  o’rnatildi.  Jumladan,  1 
noyabrda  Termizda,  13  dekabrda  Samarqand  viloyatida,  6-7  dekabrda  Farg’onada, 
shu  dekabr  oyida  Qo’qonda,  Andijonda  hokimiyat  tepasiga  sho’rolar  keldi.  11-12 
dekabrda  Qoraqalpog’istonning  Petro-Aleksandrovsk  (To’rtko’l),  Sho’raxona, 
Shobboz va boshqa shaharlarida sho’rolar hokimiyati  o’rnatildi. Chimboy va Nukus 
shaharlarida sho’ro istibdodining o’rnatilishi 1918 yil yanvariga qadar cho’zildi. 
Shu  narsaga  alohida  e’tibor  berish  kerakki,  joylarda  sho’rolar  hukumatini 
shakllantirishda  Turkiston  o’lka  sho’rosining  qurultoyi  qarorlariga  amal  qilindi. 
Mahalliy sho’rolar hukumati tarkibiga tub yerli aholi vakillari kiritilmadi. Jumladan, 
1917  yil  6-7  dekabrda  bo’lib  o’tgan  Farg’ona  viloyati  sho’rolarining  VI  qurultoyida 
qatnashgan 60 deputatdan 14 tasi mahalliy millat vakili edi. Ammo qurultoy hay’atiga 
ulardan  birorta  vakil  saylanmadi,  hay’atning  barcha  a’zolari  kelgindi  millatlarga 
mansub  edilar:  G.I.Pavlyuchenko,  M.G.Brizgaylov,  P.D.Krutikov,  M.I.Padelik, 
I.F.Grigoryev, G.M.Mixaylov. 
Viloyatning  Andijon,  Qo’kon,  Namangan,  Marg’ilon,  O’sh  uyezdlari  Sovetlarining 
raislari ham  faqat  yevropalik  aholi vakillaridan,  bolsheviklardan edi.  Bunday xolatni 
o’lkaning boshqa viloyatlarida ham ko’rish mumkin edi. 
Turkiston  o’lkasida  amalga  oshirilgan  harbiy  to’ntarishga  nisbatan  mahalliy  xalq  va 
uning ilg’or ziyolilari, musulmon ulamolarining munosabatlari qanday bo’ldi? degan 


savol tug’ilishi tabiiy. 
Yuqorida Turkiston o’lkasi musulmonlar sho’rosining bu boradagi tutgan yo’li haqida 
fikr  yuritildi.  Ana  shu  fikrxulosalarni  hisobga  olganda,  bir  so’z  bilan  aytganda, 
oktyabr harbiy to’ntarishini mahalliy xalq o’ta sovuqqonlik bilan karshi oldi. Chunki 
Oktyabr ilgari surgan g’oyalar tub yerli mahalliy aholiga tushunarsiz va begona edi. 
Bu  o’lkaning  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  kam  taraqqiy  etganligi  bilan  xarakterlanadi. 
Oktyabr  to’ntarishi  amalga  oshirilgan  paytda  Turkiston  o’lkasida  feodal  ijtimoiy-
iktisodiy munosabatlar hukmron edi.
33
 
Kapitalistik  ishlab  chiqarish  munosabatlari  to’g’risida  umuman  fikr  yuritish  ham 
mumkin  emasdi.  Turkiston  o’lkasida  endigina  ba’zi  bir  kichik-kichik  sanoat 
korxonalari  (paxta  tozalash  korxonalari,  temirchilik  ustaxonalari  kabi)  vujudga 
kelayotgan edi, xolos. Shu boisdan bu o’lkada sotsialistik inqilobni amalga oshirishda 
asosiy  kuch  bo’lgan  yo’ksillar-proletariat  sinfining  o’zi  hali  sinf  sifatida  shakllanib 
ulgurmagan  edi.  1913  yilda  Turkistondagi  jami  10  million  aholining  fakat  1  foizdan 
kamrog’ini ishchilar tashkil etgan, xolos. 
Oktyabr to’ntarishi Turkistonga chetdan olib kelindi va zo’rlik bilan amalga oshirildi. 
Bu  to’ntarishni  mahalliy  millat  vakillari  qo’llab-quvvatlamadi.  Ular  qo’llab-
quvvatlamadigina emas, balki oktyabr to’ntarishiga qarshi qo’llariga kurol, belkurak, 
ketmon,  bolta,  tayoqlar  olib  kurashdilar.  Buni  tarixiy  hujjat-ashyolar  tasdiqlaydi.  Bu 
hakda  o’z  vaqtida  mahalliy  millatlar  vakillari  orasidan  chiqqan  musulmon 
inqilobchilar  va  bolsheviklar  Mustafo  Cho’qayev,  Turor  Risqulov,  Toshno’latbek 
Norbo’tabekov,  Ahmad  Boytursunov  va  boshkalar  ham  aytgan  edilar.  Afsuski, 
bularning  adolatli  fikr  va  xulosalari  inobatga  olinmadi.  Aksincha  ular  keyinchalik 
birin-ketin  hibsga  olinib,  qatag’on  qilindilar.  Mana  ulardan  ba’zi  bir  namunalar: 
T.Risqulov 1919 yil  iyun oyida bo’lib o’tgan  Turkiston Kompartiyasi  III s’yezdning 
milliy  kommunistik  seksiyasida qilgan  ma’ruzasida  «agar  biz  Turkistondagi  haqiqiy 
vaziyatga e’tibor bersak, ham ko’chmanchi, ham o’troq aholi shu paytga qadar ham 
O’rta asrchilik sharoitidadir», degan edi. 
Mustafo Cho’qayev o’zining «Turkiston sho’rolar hokimiyati ostida» deb nomlangan 
kitobida  1917  yilgi  fevral  inqilobi  ulug’  umidlar  tug’dirgan  bo’lsa,  «Oktyabr 
                      
33
 
N.Jo’rayev “O’zbekiston tarixi” “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2011 yil 39-bet 


to’ntarishi bularning hammasini yo’qqa chiqargani»ni yozadi. 
Ahmad  Boytursunov  «Inqilob  va  qirg’izlar»  maqolasida  quyidagicha  yozadi: 
«Birinchi  inqilob  qirg’izlar  tomonidan  (bu  yerda  «qirg’iz-qozoqlar»  ma’nosida 
ishlatiladi)  to’g’ri  tushunilgan  va  xursandchilik  bilan  kutib  olingan  edi,  chunki, 
birinchidan, inqilob ularni chor hukumati zulmi va zo’rligidan ozod qildi va mustaqil 
boshqarishdan  iborat  tub  maqsadlarning  ro’yobga  chiqishiga  umid-ishonchni 
mustahkamladi.  Ikkinchidan,  inqilobning  qirg’izlar  uchun  tushunarli  bo’lmaganligi 
aniq va soddadir: qirg’izlarda kapitalizm ham, sinfiy tafovut ham yo’kdir... 
Oktyabr  inqilobi  o’zining  tashqi  ko’rinishlari  bilan  qirg’izlarga  dahshat  soldi. 
Rossiyaning  markaziy  shaharlarida  bolshevistik  harakatning  qanday  amalga 
oshganligi  kirg’izlarga  noma’lum  edi.  Chekka  o’lkalarda  esa  hamma  yerda  zo’rlik, 
talonchilik,  suiiste’molchilik  va  o’ziga  xos  dikgatorlik  hokimiyati  shaklida  amalga 
oshdi. 
Hali  oktyabr  to’ntarishi  yuz  bermagan  1917  yil  yozidayoq  bir  guruh  andijonlik 
jadidlar  bolsheviklar,  mensheviklar,  eserlarga  xat  yo’llab,  ularning  g’oya  va 
dasturlarini  Turkiston  musulmon  xalqi  qabul  qila  olmasligini  bayon  qilgan  edilar. 
«Sizning  va  bizning  hayot  tarzimiz  bir-birlariga  sira  to’g’ri  kelmaydi,  deyilgandi 
o’sha xatda. Shuning uchun kelgusi davlatchilik hayotini birdaniga umum bir qolipga 
solish kerak emas. Umum qolip andozani bu yerda qo’llab bo’lmaydi... Bizda sizning 
sof  ruscha  ma’nodagi  dehqonlar  yo’q.  G’arbiy  Yevropacha  ma’nodagi  fermerlar  va 
ijarachilar  ham  yo’q. Bizda  erkin  dehqon  yashaydi.  Ular  hech  qachon, hech  qanday 
sharoitda  krepostnoy  qarolgina  emas  va  balki  ijarachi  fermer  ham  bo’lmagan.  U 
doimo  katta-kichik  mulkdor  oq  suyaklarga  hech  qachon  qaram  bo’lmagan,  erkin 
mulkdor  bo’lib  kelgan. Muqaddas  Islom  bizni  hech  qanday  tabaqalarga va sinflarga 
bo’lmagan, shuning uchun ham bizda sinfiy kurash uchun asos yo’kdir. Zotan, barcha 
musulmonlar  ular  xoh  fuqaro,  yo  mulkdor  bo’lishidan  qat’i  nazar  teng 
huquqlidirlar».
34
 
«Oktyabr  to’ntarishi  o’zbek  xalqi  uchun  kutilmagan  bir  voqea  edi,  deb  yozgandi 
Rahim Inog’omov, va unga o’zbek mehnatkashlari hozirlik ko’rmagan edilar. Chunki 
o’zbeklar  orasida  o’zgarishga  hali  zamin  hozirlanmagan  edi.  O’zbeklar  orasidagi 
                      
34
 “O’zbekiston ovozi” gazetasi 1996 yil, 24 fevral 


Oktyabrgacha  bo’lgan  harakatning  eng  kuchli  yo’li  yolg’iz  ruslarga  va  rus  istibdod 
hukumatiga qarshi bo’lib, mustaqillikka intilish edi.» 
Keyinchalik  sovet  hokimiyati  vakillarining  o’zlari  ham  Turkiston  xalqlari  oktyabr 
to’ntarishi  va  sho’ro  hokimiyati  prinsiplarini  tan  olmaganliklarini  ro’y-rost  aytgan 
edilar.  Jumladan,  1920  yil  iyunda  Birkshev  imzosi  bilan  Turkiston  jumhuriyati 
Markaziy  ijroiya  qo’mitasi  nomiga  yozilgan  hisobotda  aytiladiki,  bu  yerda  sanoat 
yo’qsillari shu darajada kamki, sho’ro hokimiyati prinsiplarini yetarli darajada qabul 
qilishmaydi  va  o’zida  mustamlakachilik  qoldiqlarini  to’la  saqlagan  juda  oz  sonli 
yo’qsillar sinfi diktaturasini amalda qo’llash nihoyatda xavflidir va bu mahalliy aholi 
bilan batamom aloqani uzishga olib kelishi mumkin. G.Safarov «Pravda» gazetasining 
1920  yil  20  iyun  sonida  bosilgan  maqolasida:  «Proletariat  diktaturasining 
Turkistondagi haqiqiy vakili rus xalqidir», deb juda to’g’ri yozgan edi. 
Xullas, oktyabr to’ntarishi Turkisgon o’lkasining obyektiv taraqqiyot qonunlariga zid 
sur’atda  o’lkaga  chetdan  Rossiyadan  kelgan  bir  gurux  shaxslar  tomonidan  zo’rlik 
bilan  amalga  oshirildi,  ya’ni  zo’rlik  yo’li  bilan  eksport  qilindi.  Uni  mahalliy  xalq 
qabul qilmadi. 
 
1.3 TURKISTON MUXTORIYaTINING TAShKIL 
TOPIShI 
 
Turkiston  o’lkasi  ishchi,  askar  va  dehqonlar  sho’rosi  III  qurultoyining  ulug’ 
davlatchilik  va  shovinistik  ruvda  qabul  qilgan  qarori,  albatta,  mahalliy  tub  yerli 
aholining  talab  ehtiyojlari  va  qiziqishlariga  mutlaqo  javob  bermas  edi.  Shu  bois 
Turksiton  o’lkasidagi  birinchi  Islomiy  ulamo  va  boshqa  shular  singari  demokratik 
tashkilotlar  milliy  masalani  hal  qilish  bo’yicha  sho’rolar  hukumati,  shaxsan 
bolsheviklar dohiysi V.I.Leninning o’zi e’lon qilgan «Rossiya xalqlari huquqlarining 
deklaratsiyasi»  (1917  yil  2  noyabr)  va  «Rossiya  va  Sharqning  barcha  musulmon 
mehnatkashlariga»  (1917 yil  22 noyabr)  murojaatnomasi  kabi hujjatlariga  asoslanib, 
milliy istiqlol muammosini o’zlari mustaqil hal qilishga kirishdilar. Bu borada 1917 
yil  26-29  noyabrda  Qo’qonda  o’z  ishini  olib  borgan  Turkiston  o’lkasi 
musulmonlarining  favqulodda  IV  qurultoyi  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Qurultoyda 


200 dan ortiq vakillar qatnashdi. Ular o’zbek, qozoq, qirg’iz, tojik, rus, tatar, yahudiy 
va  boshqa  millatlarning  vakillari  edilar.  Qurultoy  ishida  Farg’ona  viloyatidan  150, 
Sirdaryo  viloyatidan  21,  Samarqand  viloyatidan  1,  Kaspiyorti  viloyatidan  4, 
Buxorodan  2  vakil  qatnashdi.
35
  Unda  «Sho’roi  islom»,  «Sho’roi  ulamo»,  «O’lka 
musulmon Sho’rosi», Xarbiy musulmon Sho’rosi, O’lka yahudiylari hamda mahalliy 
yahudiylar tashkilotlaridan vakillar ishtirok etganlar.
36
 
O’z-o’zidan ma’lumki, qurultoyda qatnashgan vakillar tarkibi «Qo’qon muxtoriyati» 
millatchilik  negizida  maydonga  kelgan,  degan  uydirma  va  tuhmatning  hech  qanday 
asosga ega emasligini to’la tasdiqlaydi. 
Kurultoyda milliy ziyolilarning demokratik ruhdagi bir qator vakillari shunday fikrlar 
bilan chikdilarki, ularning bu fikrlari hakiqiy baynalmilalchilikning namunasi edi. 
Jumladan,  taniqli  o’zbek  ma’rifatchisi,  jadidlar  harakatining  sardori  Mahmudxo’ja 
Behbudiy  qurultoy  vakolagi  masalasida  so’zlab:  «Qurultoyda  Turkiston  Yevropa 
aholisi  vakillari  ishtirok  etayogganligining  o’ziyoq  qurultoy  qabul  etgan  qarorlar 
obro’liroq  bo’ladi»  degan  edi.  Shu  sababdan,  M.Behbudiy  qurultoy  hay’ati  shunday 
shakllanishi kerakki, unda turli musulmon guruhlardan tashqari, ruslar, yahudiy lar va 
boshqalar  ham  bo’lsun,  deb  hisoblaydi.  Bu  taklifni  Andijon  va  Qo’qon  vakillari 
qo’llab-quvvatladilar. Qo’qon vakillari qurultoy hay’atini vakillarning diniy va milliy 
belgilarga  qarab  emas,  balki  bilimdonligiga,  ijodkorligiga,  ishbilarmonligiga  qarab 
saylashni  taklif  qildilar.  Xullas,  ochik  ovoz  berish  yo’li  bilan  qurultoy  hay’atiga 
Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Mustafo Cho’qayev, Obidjon Mahmudov, Yurg’uli 
(Yurali)  Oayev,  Salomon  Abramovich  Gersfeld,  Islom  Shoahmedov,  Kamolqori, 
S.Akayev,  Kishchinboyev,  Abdurahmonbek  O’razayev,  Abdul  Badin,  Tiliyev, 
Karimboyev, Mahmudxo’ja Behbudiy saylandilar.
37
 
Qurultoy  kun  tartibiga  1.O’lkani  boshqarish  shakli;  2.  Turkistonning  «Kazak 
askarlari,  Kazak  tog’liklari  va  erkin  cho’l  odamlarining  Janubiy-Sharqiy  Ittifoqi 
(YuVS)»ga kirishi  masalasi;  3. Ijroiya qo’mitani  saylash,  unga beriladigan  topshiriq 
(zakaz)lar; 4. Turkiston Markaziy musulmonlar sho’rosini qayta saylash; 5. Bugungi 
ahvol;  6.  Turkiston  ta’sis  majlisi;  7.  Militsiya;  8.  Moliya  va  boshqa  masalalar 
                      
35
 “Ulug’ Turkiston ” gazetasi 1917 yil 8 dekabr 
36
 Azamxo’jayev S. Turkiston muxtoriyati –T: Fan,1996 yil 31-bet 
37
 Azamxo’jayev S. Turkiston muxtoriyati –T: Fan,1996 yil 31-32 bet 


qo’yildi.
38
 
Kun targibidagi birinchi masala: Turkisgon o’lkasining bo’lg’usi siyosiy tuzumi juda 
kagta  bahs  va  tortishuvlar  bilan  muhokama  qilindi.  Ushbu  masalada  qurulgoyda 
so’zga chiqqan notiqlar turlicha fikr va ko’z qarashlarni o’rtaga tashladilar. Jumladan, 
Butunrossiya  musulmonlar  kengashi  Markazqo’mining  a’zosi,  noib  Ubaydullaxo’ja 
Asadullaxo’jayev,  Toshkentdagi  sentyabr  voqealari  katnashchisi,  1917  yil  mayida 
bolsheviklar  firqasi  safiga  kirgan  Sobir  Yusupov,  Andijonlik  vakil  Latibjon 
Sodiqboyev,  Noib  Olimxon  To’ra,  M.Behbudiy  va  boshqalarning  nutqlari  qurultoy 
qatnashchilarida  katta  qiziqish  uyg’otdi.  Masalan,  Ubaydullaxo’ja  Asadullaxo’jayev 
o’z  ma’ruzasida  «Rossiyada  hozir  haqiqiy  hukumat  yo’q.  Rossiya  saltanati 
muzofotida  hamma  millatlar  bolshovoylarga  qarshi  kurashga  bel  bog’ladilar. 
Bugunrossiya  Ta’sis  majlisining  chaqirilishiga  hech  qanday  umid  yo’q...»,  dedi. 
U.Asadullaxo’jayev o’z chiqishida zudlik bilan Turkistonni muxtoriyag boshqaruniga 
o’tishiga, deputatlarni esa bolshovoylarga qarshi kurashga chaqirdi. 
Sobir  Yusupov  o’zi  bolsheviklar  firqasiga  mansub  bo’lganiga  karamay  Rossiyadagi 
va  Turkistondagi  voqealar  to’g’risida,  ayniqsa  bolsheviklarning  noqonuniy  xatti-
harakatlari,  zo’ravonliklari  haqida  alohida  to’xtalib  o’tdi.  S.Yusupov  qurultoyga 
qarata:  Turkiston  muxtoriyat  huquqini  olishga  hozir  tayyormi?  degan  savolni  berib, 
unga o’zi shunday javob qaytardi: albatta, tayyor emas, lekin bundan muxtoriyat e’lon 
qilishimiz kerakmas, degan xulosaga bormaslik lozim. Ozod yashashni xohlaysizmi? 
Demak, Turkiston muxtor jumhuriyat deb e’lon qilinmog’i kerak. 
L.Sodiqboyev  shunday  deydi:  «Bolshovoylar  Turkistonni  muxtor  jamiyag  deb  e’lon 
etmas  ekanlar,  unda  muxtor  jumhuriyat  deb  e’lon  qilishimizga  qarshilik 
ko’rsatmasinlar.  Chunki,  islom  dini  davlatni  demokratik  tarzda  boshqarishga  qarshi 
emasku».
39
 
Olimxon To’ra esa: «Turkiston 50 yildan buyon Rossiya hukumati qo’li ostida. Ruslar 
bosib  olgach,  yerli  aholining  diniy,  milliy,  sud  ishlariga  darrov  aralashmasada,  asta-
sekin o’lka hayotining hamma jabhalariga qo’l cho’za boshladilar. 
Fevral inqilobidan so’ng Turkiston xalqi, ozodlikka erishdik, deb xursand bo’lgandi. 
                      
38
 “Ulug’ Turkiston ” gazetasi 1917 yil 8 dekabr 
 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish