O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Pedagogning shaxsiy xususiyatlari tasnifi



Download 352,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana29.12.2021
Hajmi352,69 Kb.
#75821
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
oqituvchining shaxsiy va kasbiy xususiyatlari

 

3. Pedagogning shaxsiy xususiyatlari tasnifi. 

 

Pedagog  kasbi  unga  mansub  bo‘lgan  shaxsga  shunday  talab  va  vazifalarni 



qo‘yadiki  ular,  birinchi  navbatda,  faoliyat  ob‘ekti  bo`lgan  bola  shaxsiga  bo`lgan 

munosabatda o`z aksini topishi lozim. Buyuk polyak pedagogini Yamush Karchak 

buni ‗bolalarni sevmoq kerak‘ –deb e‘tirof etgan. Buning uchun esa pedagogning 

o`zi haqiqiy inson bo`lmog`i lozim. Haqiqiy inson esa, birinchi galda, insonparvar, 

ya‘ni  kim  bo`lishidan  qat‘iy  nazar  uni  sevmog`i,  bola  shaxsini  esa  insoniyatning 

kelajagi  sifatida  hurmat  qilmog`i  lozim.  O`zbek  xalqining  pedagog  va  uning 

sifatlari, roli to`g`risida muqaddas donishlari mavjud, ya‘ni ‗ustoz otangday ulug`,  

ustoz ko`rmagan shogird yuz usulda yo‘rg`alar,  ota-ona bolani dunyoga keltiradi, 

lekin ustoz ularni inson qilib tarbiyalaydi  va hokazolar. Ustoz bola shaxsini tarkib 

toptirar  ekan,  uning  o`zi  to`liq  ma‘noda  ijobiy  axloqiy  sifatlarga  ega  bo`lmog`i 

lozom,  ular  quyidagilardan  iborat:  samimiylik  va  beg`arazlik,  bag`rikenglik, 

olijanoblik  va  xushfellik,  kechirimlilik  sofdillik  va  pokizalik  adolatlilik  va 

insoflilik,  hamdardlik  va  hayrixoxlik,  andishalik,  sabr-  toqatlilik,  bosiqlik, 

kamtarinlik,  iltifotlilik,    fidoiylik,  rahimdillilik,  g`amxurlik,  mehribonlik, 

sadoqatlilik, vafodorlilik, mas‘uliyatlilik, aqllilik va boshqalar. Ushbu xususiyatlar 

qanchalik ko`proq darajada ustozda tarkib topgan bo`lsa, uning bolalar o`rtasidagi 

o`rni, obro`yi shunchalik yuqori bo`ladi. Obro`ni pedagoglar esa har qanday o`quv 

muassasaning  faxri  o`quvchilarning  yaqin  maslakdoshi,  do`sti,  haqiqiy  ma`noda 

belgisi  hisoblanadi.  O`quvchilar  bunday  pedagogga  talpinadilar  ular  bilan  turli 

o`quv,  hayotiy  muammolarini  echishga  harakat    qiladilar,  namunali  ustozlarga 

o`xshash uchun ta`qlid qiladilar.  

O`qituvchi  pedagogning  asosiy  xislatlaridan  yana  biri  talab  va  xurmat 

tarozisining to`g`ri his qilish hamda uni muvozanat holatida saqlay bilishdir. Ya‘ni 

o`qituvchi  talabalarga  qanchalik  ko`p  talablar  qo`ysa  uni  shaxsini  shu  talablar 

darajasida  hurmat  qilish  lozim.  Agar  talab  ko`p  bo`lib  hurmat  pasangisi  kamayib 

ketsa,    o`qituvchi  o`z  obro`sini  yo`qota  boshlaydi,  o`quvchi  o`z  faoliyatiga 




 

16 


befarqlik  nuqtai  nazarda  qaray  boshlaydi.  Agarki  talabaga  nisbatan  hurmat 

mazmuni  ko`payib  borsa  unda  o`quvchi  o`zini,  asta-sekinlik  bilan  mag`rurlikka 

erisha  boshlaydi  va  oqibatda  man-manlik  kasaliga  muttalo  bo`lgan  shaxs  tarkib 

topadi. Undan tashqari o`quv jamoasining a‘zolari bunday insonga nisbatan salbiy 

munosabatda bo`lish boshlaydi va oxiri uni ―o`ziniki emas‖,-―muallimni erkatoyi‖ 

sifatida  o`z  jamoalaridan  chetlatadilar. Pedagoglar  asosiy  fazilatlaridan biri bag`ri 

kenglik samimiylik, olijanoblik va xushfellikdir. Ustoz hamma uchun va hammani 

bir  hilda  yaxshi  ko`radigan,  ularning  ijobiy  va  salbiy  harakatlariga  chidash  bera 

oladigan,  hammani  o`z  farzandiday  tan  oladigan  bolalarni  dil  torlariga  yo`l  topa 

oladigan  mehribon,  o`quvchilarni  yaxshi  va  yomon  kunlarida  unga  quvonch 

beradigan  inson  bo`lmog`I  lozim.  Adolatlilik  –  pedagogning  insoniy  sifatlaridan 

biri hisoblanadi. Adolatli pedagog hamma o`quvchilarni bir ko`z bilan ko`radigan, 

hammaga bir xil ko`z bilan qaraydigan insofli, pok yurakli murabbiydir.                 

            O`quvchi  –  tarbiyalanuvchi  ustoz  qo`lida  tarbiya  olar  ekan,  uni  o`zining 

eng  yaqin  kishilardan  biri  deb  hisoblaydi,  u  bilan  ochiq  gaplashgisi  yuragidagi, 

fikrlari  bilan  o`rtoqlashgisi,  o`zining  quvonch  va  dardlari  bilan  hamfikrlashgisi 

keladi.  

           Eng  qizig`i  shundan  iboratki,  o`quvchi  jamoasining  hammasi  o`qituvchini 

―mening  o`qituvchim‖  deb  hisoblaydi,  uni  jamoaning  boshqa  a`zolardan  rashk 

qiladi,  boshqalardan  uni  o`ziga  yaqinroq  oladi.  Pedagog  o`quvchilarning  ushbu 

xususiyatlaridan samarali  foydalanishi lozim,  ya‘ni  o`quvchilarga ikkinchi  ―ota  – 

ona‖  sifatida  mubnosabatda  bo`lmog`i  lozim,  ya‘ni  o`quvchilarni  unga  nisbatan 

bunday 

munosabatlardan 

ijobiy 

foydalaninishi 

va 

birinchi 



navbatda, 

o`quvchilarning  unga  nisbatan  g`amxo`r,  mexribon,  raxmdil,  xamdard,  oliyjanob, 

sirdosh, beg`araz  bo`lmog`i  lozim.  Buning  uchun  esa  o`qituvchi  fidoyi  bo`lmog`i 

lozim.  Fidoiylilik  bir  qarashda  o`qituvchining  kasbiy  xususiyatiga  taalluqlidek 

ko`rinadi to`g`ri, pedagog birinchi navbatda o`z hayotiy kasbini yaxshi ko`rmog`i, 

uni  hurmatlashi  ulug`lashi  lozim.  Lekin  pedagog  inson  sifatida  fidoyi  bolmasa  u 

hech  qachon  haqiqiy  pedagog  bo`la  olmaydi.  Pedagoglar  ichida  faqat  olayotgan 

maoshi  –  puli  uchun  ishlayotganlar  qancha?  Fidoyi  pedagog  esa  murabbiylik  – 




 

17 


o`qituvchilik.  Kasbi  uchun  o`zini  to`loq  baxshida  etadi  uni  savodi  hurmat  qiladi 

inson sifatida ushbu kasbga egaligidan faxrlanadi, unga dog‘ tushurmaslika harakat 

qiladi  kasbning  eng  nozik,  qiyin  tomonlarining  egalashiga  harakat  qiladi, 

boshqalarni ham ushbu kasbni egalashlariga har tomonlama yordam beradi. Hayot 

jarayonida  o‘quvchilik,  talabchanlik  yillarini  boshidan  kechirgan  sobiq   

tarbiyalanuvchilarning o`z o‘qituvchi tarbiyachilari to‘g;risida turli xil baholovchi 

fikrlarni  eshitish  mumkin,  ya‘ni  falon  o`qituvchi  yaxshi  edi,  falon  o`qituvchi  esa 

umuman yomon edi va hokazolar. Demak pedagoglar tarbiyalanuvchilar ko‘nglida 

turli  xil  qoldirilgan  ‗yaxshi‘  deb  ataganlar,  o‘quvchilar  yuragiga  haqiqiy  yo‘lni 

topa  olganlar,  ular  o`quvchilarning  namuna  mezoni,hurmat  bayrog‘i,  sirdoshi, 

do`sti  ikkinchi  ota-onasi.  Bunday  pedagoglarning    fe‘l  atvorlari,  hulqi,  hatti 

harakatlari  o`quvchilar  uchun  namuna  belgisi  hisoblanadi,  o`zlari  bilmagan  holda 

taqlid  qilishga  harakat  qiladilar,  o`sha  pedagoglar  singari  ‗yaxshi‘degan  namuna 

olishga  intiladilar  ba‘zan  o‘sha  pedagogning  kasbini  egalashga  ham  moyil 

bo‘ladilar. 

Ba‘zan  tarbiyalanuvchilar  o`z  kasbini  mukammal  biluvchi,  yaxshi  darslar 

beruvchi,  o`z  faniga  nisbatan  talabchan  o`qituvchilar  yomon  deb  ta‘riflaydilar. 

Bunning  mohiyati  nimada.    Bunday  pedagoglar  o`quvchi  qalbiga  yo‘l  topa 

olmagan, o`quvchiing haqiqiy sirdoshi, fikrdoshi bo‘la olmagan o`quvchining  

Intilishlari, qiziqishlari, hislarini  tushuna olmagan,  uning hayotidan  ancha uzoqda 

turgan  kasb  egasidir.    Bunday  pedagogliklarga  o‘quvchi    o`zining  fikirini 

to`yg‘ulari, orzulari bilan o`rtoqlashmaydi, undan uzoqroq yurishga harakat qiladi. 

Bundan  kelib  chiqadigi  tom  ma‘nodagi  pedagog  kasbiy  mahorat    egasi  bo`lishi 

bilan birgalikda inson sifatida ijobiy insoniy fazilatlarga boy va ega bo`lgan shaxs 

bo`lmog`i  lozim.  Faqat  shunday  bo`lgan  taqdirdagina  pedagog  haqiqiy  tarbiya 

ob`ekti  sifatida  tarbiyalanuvchilarga  ijobiy  ta`sir  ko`rsata  oladi  va  natijada 

o`quvchi talablarning komil inson bo`lib tarbiyalanishlariga sababchi bo`ladi. 

O‘qituvchilik  vijdoni  axloqiy  madaniyatlilikning  ifodasidir.  U  faol  ta‘sir 

o‘tkazish  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  bolalarda  vijdon,  sha‘n,  qadr-qimmat  haqidagi 

tasavvurlarni  hosil  qiladi.  Shuning  uchun  ham  o‘qituvchining  vijdoni  doimo  pok 




 

18 


bo‘lmog‘i  kerak.  Muallim  hamma  vaqt  o‘z-o‘zini,  o‘z  xatti-harakatlarini 

o‘quvchilar  va  ota-onalar  ko‘zi  bilan  nazorat  qilib  borishi  darkor.  Muallim 

bolaning  ko‘z  oldida  kelajakning  timsoli  sifatida  namoyon  bo‘lmog‘i  lozim. 

Chunki bugun undan saboq olayotgan o‘quvchilar o‘n besh - yigirma yildan so‘ng 

jamiyat  hayotida,  ijtimoiy  mehnatda  faol  qatnashadi.  Muallim  bugun  qanday 

yashab,  qanday  ishlab,  o‘quvchilarni  qanday  o‘qitgan  bo‘lsa,  uning  timsoli 

o‘quvchilar  uchun  ularning  hayot  yo‘lini  yorituvchi  axloqiy  nur  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  Muallimning  o‘z  vijdoniga  qilgan  har  bar  xilof  ishi,  nafaqat  bugun  uning 

atrofidagi  kishilar  uchun,  balki  jamiyatning  kelajagi  uchun  ham  zararlidir. 

Pedagoglik  vijdoni  o‘qituvchidan  faqat  bugunni  emas,  balki  o‘z  o‘quvchilarining 

kelajagini ham o‘ylab qadam bosishni talab etadi. 

O‘qituvchining  kasbiy-axloqiy  fazilatlaridan  biri  talabchan  va  adolatli 

bo‘lishdir.  Muallimning  talabchanligida  uning  bola  shaxsiga  chuqur  hurmati, 

bolaning  kuchi,  qobiliyati  va  imkoniyatlariga  bo‘lgan  ishonchi  ifodalanadi.  Bu 

haqiqiy  insonparvarlikning  namoyon  bo‘lishi,  ya‘ni  rivojlanayotgan  bola  shaxsi 

to‘g‘risida,  jamiyat  uchun  foyda  keltira  oladigan  barkamol  kishini  tarbiyalash 

to‘g‘risida  g‘amxo‘rlikdir.  O‘quvchilar  loqaydlikni  yoqtir-maydilar,  aksincha 

yaxshi  niyat  bilan  oqilona  qilingan  talabchanlik  ularning  muallimga  hurmatini 

oshiradi. 

O‘qituvchi  avvalo  o‘ziga  nisbatan  talabchan  bo‘lmog‘i  kerak,  shundagina 

uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi. Muallimning 

talabchanligi  adolatlilik  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lmog‘i  zarur.  Kuch  adolat  va 

haqiqatdadir. Adolat tushunchasining mazmunida haqiqat, poklik, to‘g‘rilik, kuch-

qudrat mujassamdir. 

Adolatlilik  umuminsoniy  va  milliy  axloqimizning  muhim  xislatlaridan 

hisoblanadi.  Islom  ta‘limotida  adolat,  adolatli  bo‘lish  fazilati  yuksak  qadrlanadi. 

Adolat  kishilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarda odillik  bilan  ish tutishni taqozo 

qiladi.  Adolatlilik  kishida  o‘tkir  akd,  sof  mulohaza,  olijanoblik  va  mardlik  mav-

judligini bildiradi. Adolatli bo‘lish o‘z so‘zida turish, qat‘iylik demakdir. Adolatli 



 

19 


kishiningdili  pok,  ko‘ngli  xotirjam,  o‘zi  xavf-xatar,  kulfatdan  uzoq,  odamlarning 

ishonchiga sazovor bo‘ladi. 

Adolatlilik  insoniylikning  asosi  hisoblanadi.  Odobli  va  insonparvar  bo‘lish 

uchun  adolatli  bo‘lish  zarur.  Adolat  boshqa  kishilarga  muomala-munosabatda 

namoyon  bo‘ladigan  fazilatdir.  Adolatli  kishi  yaxshi  xulkdi  odam  hisoblanadi. 

Bunday  odam  o‘ziga  ravo  ko‘rmagan  biror  ishni  bosh-qaga  ravo  ko‘rmaydi. 

Adolatlilik  va  insoniylik  kishini  yomon  ishlardan sakdash bilan  birga boshqalarni 

ham  xatoliklardan  asrash,  yaxshi  yo‘lga  solish  uchun  zarurdir.  Adolatli  kishi 

boshka  birovga  yoki jonivorlarga ozor  bermaydi,  zulm  qilmaydi.  Akd-idrok bilan 

ish qiladi. 

O‘qituvchi  odobida  adolatlilik  fazilati  pedagogik  faoliyatning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari  bilan  bog‘liq holda  namoyon  bo‘ladi.  O‘qituvchi  odobida  adolatlilik 

muallimning  xolisligida,  axloqiy  tarbiyalanganlik  darajasida,  o‘quvchilar  xulqini, 

jamoat  ishlariga  munosabatini,  bilimini  baholashda  ko‘rinadi.  Demak,  adolatlilik 

bir  tomondan  muallimning  axloqiy  fazilati  hisoblansa,  ikkinchi  tomondan 

o‘quvchilarga  tarbiyaviy  ta‘sirini  bahrlashning  mezoni  hisoblanadi.  Muallimning 

o‘quvchilarga  va  pedagogik  jarayon  qatnashchilariga  bo‘lgan  munosabati 

manmanlikdan,  noxolislik,  o‘zboshimchalikdan  xoli  bo‘lishi  lozim.  Shundagina  u 

adolatli hisoblanadi. Muallimlik ishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, 

u  har  kuni  o‘quvchilar  bilan  uchrashadi,  ularning  bilimini,  xulqini  baholaydi. 

Yaxshi  ishlarini  rag‘batlantira-di,  nojo‘ya  xatti-harakatlari,  sho‘xliklari  uchun 

tanbeh  beradi.  Albatta,  muallimning  fikr-mulohazalari,  baholarida  nisbiylik 

belgilari mavjud. U hamma bolalarga aynan birdek, juda to‘g‘ri munosabatda bo‘la 

olmasligi  mumkin.  Lekin  o‘qituvchi  hammaga  nisbatan  xolis  niyatli,  yaxshilik 

qilishga  intiluvchi,  bolalarning  kelajagi,  taqdiri  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qiluvchi, 

adolatli kishi ekanligiga barcha o‘quvchilarning ishonchi komil bo‘lmog‘i darkor. 

O‘quvchilarda  muallim  «yoqtiradigan»,  «yoqtirmaydigan»  bolalar  bor  degan  fikr 

tug‘ilmasligi kerak. 

O‘qituvchining  savollarini,  javobini,  ba‘zan  juda  g‘alati  bo‘lib  tuyuladigan 

mulohazalarini  diqqat  bilan  tinglash,  unga  to‘g‘ri  yo‘l  ko‘rsatish,  maslahatlar 




 

20 


berish,  javobini  odilona  baholash  muhim  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  O‘qituvchi 

bolaning  mustaqil  ijodiy  fikrlarini,  to‘g‘ri  javoblarini  ma‘qullashi,  qo‘llab-

quvvatlashi,  rag‘batlantirib  borishi  lozim.  Bolaning  javobi  noto‘g‘ri,  fikrlari 

chalkash,  xato  bo‘lsa,  muallim  buni  o‘quvchiga  yetarli  asoslar  bilan  isbotlab 

ko‘rsatishi  kerak.  U,  o‘z  obro‘sini  pesh  qilib,  «men  shunday  dedimmi,  demak 

shun-day» deb turib olmasligi, balki o‘z fikrini ilmiy dalillar bilan isbotlashi talab 

etiladi. 

O‘qituvchining  ta‘lim-tarbiya  sohasidagi  ijtimoiy  qimmatli  xatti-harakatlari 

adolat mezoni bilan baholanadi. Adolatli muallim, odil ustoz degan nomga sazovor 

bo‘lish  har  bir  o‘qituvchining  sharafli  burchidir.  Muallimning  qandayligi 

ishchanlik  va  axloqiy  fazilatlarda  o‘z  ifodasini  topadi.  Adolatlilik  boshqalarga 

yaxshilik  qilish  fazilati  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Adolat  bo‘lmasa,  yaxshilik 

bo‘lmaydi.  Shuningdek,  yaxshiliksiz  adolat  ham  bo‘lmaydi.  Pedagoglik  odobi 

nuqtai  nazaridan  adolatlilik  bu,  ta‘lim-tarbiya  jarayonini  normal  amalga 

oshirishning  sharti  hamdir.  Pedagoglik  ishida  adolatli  bo‘lish,  bu  o‘quvchining 

ishonchini qozonishdir. Buning uchun esa bolaning qalbidagini, dilidagini bilmoq, 

tushunmoq kerak. 

O‘qituvchining  adolatliligi  bolaning  bilimini  baholashda  ko‘proq  namoyon 

bo‘ladi. Ma‘lumki, umumta‘lim maktablarida o‘quvchining bilimi besh ballik tizim 

asosida baholanadi. Dastur materialini to‘liq o‘zlashtirgan o‘quvchiga «besh» baho 

qo‘yiladi,  mutlaqo  bilmagan  bolaga  «ikki»  baho  qo‘yiladi.  Bodalarning  bilim 

o‘zlashtirishi-ga bo‘lgan qobiliyati, qiziqishlari bir xil emas. Masalan, zehni o‘tkir 

o‘quvchi daryo materialini hyech qiynalmay, bir pasda o‘zlashtirib olishi mumkin. 

Ikkinchi  bola  esa  buning  uchun  ko‘p  mehnat  qilishi,  intilishi  kerak  bo‘ladi. 

Muallim  ana  shu  holatni  e‘tiborga  olmay  ish  tutsa,  o‘quvchiga  nisbatan 

adolatsizlikka  yo‘l  qo‘ygan  bo‘ladi,  uning  qo‘ygan  bahosi  ayrim  bolalarni  olg‘a 

intilishga  da‘vat  etmasligi  mumkin.  Zehni  o‘tkir  bo‘lgani  uchun  mehnat  qilmay, 

kuch  sarflamay  yuqori  baho  olish  bolaning  axloqiga  salbiy  ta‘sir  etib,  aqliy 

rivojlanishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Ayrim  zehni  o‘tkir  bolalar  dars  jarayonida 

o‘qituvchining  fikrlarini  to‘liq  o‘zlashtirib  ola-di  va  shu  bilan  cheklanadi.  Uyda 




 

21 


dars  tayyorlamaydi.  Natijada  uning  akdiy  rivojlanishi  sekinlashadi.  Va  aksin-cha, 

intiluvchi, haraqat qiluvchi bolaga bahoni past qo‘yish ham unda o‘z qobiliyati va 

kuchlariga, yaxshi o‘qiy olishga ishonmaslik tuyg‘usini vujudga keltiradi. 

Bolaning  bilimini  baholashda  muallimning  adolat-liligini  o‘quvchilar  ham 

o‘zlaricha  muhokama  qilib,  baholab  boradilar.  Muallim  o‘z  fanidan  biror  bolaga 

hadeb  «ikki»  yoki  «uch»  baho  qo‘yaversa,  bu  bilan  o‘quvchini  qobiliyatsizga 

chiqarib qo‘ygan bo‘ladi, bolada o‘zining insoniy qadrkimmatiga ishonchini, bilim 

egallashda uchraydigan kiyinchiliklarni yengishga intilish tuyg‘usini barbod qilgan 

bo‘ladi.  Muallim  o‘qitish  jarayonida  boladagi  o‘zgarishlarni,  yutuklarini  payqab, 

rag‘batlantirib, uni ruxlantirib borishi kerak. Ayrim muallimlar ilg‘or o‘quvchining 

bilim  o‘zlashtirish  darajasiga  qarab  boshqa  o‘quvchiga  ham  baho  qo‘yadi.  Bir 

maktabda a‘lochi bo‘lib o‘qigan bola boshqa maktabga o‘tganda «uch» oluvchilar 

safiga  tushib  qolishi  ham  mumkin.  Muallim  o‘quvchilar  bilimini  baholashda 

adolatli  bo‘lish  uchun  har  bir  bolaning  bilim  o‘zlashtirishga  sarflagan  kuch-

g‘ayrati, intilishlarini hisobga olishi kerak. 

O‘quvchining  xulqini  baholashda  ham  muallimdan  adolatli  bo‘lish  talab 

etiladi.  Agar  muallim  bolaning  xulq-ini,  xatti-harakatlarini  baholashda  shu  xatti-

harakatlarga  sabab  bo‘lgan  motivlarni  e‘tiborga  olmasa,  adolatsizlikka  yo‘l 

qo‘yadi.  Muallim  yoki  ota-onaning  bolaga  nisbatan  adolatsiz  xatti-harakati, 

munosabati  bolaning  ruhiyatiga  salbiy  ta‘sir  etib,  nevrozga  sabab  bo‘lishi  ham 

mumkin.  (Nevroz—markaziy  asab  sistemasining  buzilishi  natijasida  yuzaga 

keladigan va ichki organlar faoli-yatini susaytiradigan kasallik.) Bola bilan bo‘lgan 

muomala-munosabatlarda  uning  taqsiriga  nisbatan  loqaydlik,  unga  o‘rinsiz 

baqirish, qo‘rqitish, jaxd qilish kabilar shunga olib keladi. 

Agar  o‘qituvchi  qo‘ygan  bahoni  bola  adolatsiz  deb  qabul  qilsa  va  muallim 

bolaning  kundalik  daftariga  shu  bahoni  qo‘yib,  ota-onasiga:  «tegishli  chora 

ko‘rishni»  so‘rab  yozib  yuborsa,  bunday  paytlarda  o‘quvchi  muallimdan 

nafratlanishi,  o‘qishdan  ko‘ngli  sovib,  maktabni  tashlab  ketishi  ham  mumkin. 

Adolatsizlik qilish boshqa sohalarga nisbatan ta‘lim-tarbiya ishiga katta ma‘naviy-

axloqiy  zarar  yetkazadi.  Muallimning  adolatsizligi  bolaning  qalbini  jarohatlaydi, 




 

22 


maktabning  sha‘niga  putur  yetkazadi,  kattalarga  bo‘lgan  ishonchini  yo‘qqa 

chiqaradi.  Shu-ning  uchun  ham  muallimning  har  bir  xatti-harakati,  amaliy  ishlari 

adolatlilik namunasi bo‘lmog‘i kerak. 

Bilimdonlik,  halollik,  rostgo‘ylik  —  o‘qituvchining  muhim  axloqiy  fazilati, 

ma‘naviy  boyligi  hisoblana-di.  Bu  fazilatlar  insoniy  munosabatlarni  go‘zallashti-

radi.  Insonning  moddiy  ehtiyojlari  cheklangan  bo‘ladi  va  to‘la  qondirilishi 

mumkin.  Lekin  ma‘naviy  ehtiyojlar  ma‘naviy  boyliklar  singari  cheksizdir.  Kishi 

insoniyat  yaratgan  ma‘naviy  boyliklarni  qanchalik  ko‘p  o‘zlashtirsa,  uning  shaxsi 

shunchalik barkamol bo‘ladi. 

O‘qituvchining  ma‘naviy  boyligi,  bilimdonligi  xalq  manfaatiga,  yoshlarning 

baxti,  istiqboli,  kelajagiga  qaratilishi,  xizmat  qilishi  zarur.  Mashhur  mutafakkir 

aytganidek,  agar  kishi  faqat  o‘zi  uchungina  ishlasa,  uning  mashhur  olim,  ulug‘ 

donishmand,  ajoyib  shoir  bo‘lishi  mumkin,  lekin  u  hyech  qachon  haqiqiy, 

barkamol  inson  bo‘la  olmaydi.  Buyuk  kishi  bo‘lish  uchun  avvalo  jamiyat 

taraqqiyoti yo‘lida, insoniyatning buyuk orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida 

xizmat  qilmoq  va  buning  uchun  zarur  bo‘lsa,  o‘z  hayotini  ham  qurbon  qilishga 

tayyor turmoq kerak. 

Muallymning  bilimdon  bo‘lishy,  insoniyat  yaratgan  ma‘naviy  boyliklarni 

ko‘paytirishi va uni yoshlarga astoydil o‘rgatishi, o‘z ishidan qanoat hosil qilishi, 

o‘z kasbini, bolalarni dildan sevib, berilib ishlashi — bularning barchasi o‘quvchi 

shaxsining shakllanishiga bebaho axloqiy ta‘sir etadi. 

Har  tomonlama  bilim  va  yuksak  madaniyatga  ega  bo‘lish  o‘qituvchi 

odobining talablaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat kishisining 

ideali  insonning  aqliy  barkamol,  ma‘naviy  boy,  ishbilarmon,  axloq-odobli,  halol, 

rostgo‘y,  o‘zini  tuta  oladigan  bo‘lishini  taqozo  qiladi.  Maktab  o‘quvchilari  bu 

idealga 


inti-ladilar. 

O‘quvchiga  axloqiy  ta‘sir  o‘tkazishning  samarasi 

o‘qituvchining  chuqur  bilimli,  yuksak  madaniyatli,  barkamol  inson  bo‘lishiga 

bog‘liq.  Muallim  o‘zi  o‘qitadigan  fanni  yaxshi  bilishi  va  undan  tuzukkina  dars 

berishi  bilangina  bunga  erisha  olmaydi.  Haqiqiy  ustoz  o‘z  predmetini  bilish 

bilangina cheklanib qolmay, juda ko‘p narsalarni bilishga, tushunishga, his etishga 




 

23 


intilishi  lozim.  Mafkuraviy  hayot,  badiiy  adabiyot,  tasviriy  san‘at,  teatr,  kino, 

televideniye,  musiqa,  arxitektura,  sport  —  muallim  bularning  barchasidan 

xabardor,  ularni  tushunadigan,  qadrlaydigan  bo‘lishi  talab  etiladi.  O‘qituvchi 

hamma  narsani  ko‘ra  oladigan  bo‘lishi  zarur,  lekin  yuzaki  har  joydan  bir  shingil 

emas, balki, avvalo, o‘z ishini, o‘zi o‘qitadigan fanni puxta bilishi, shu bilan birga 

bilimlarning boshqa sohalariga ham qiziqishi, ulardan xabardor bo‘lishi darkor. 

O‘qituvchilik  faoliyati  uchun  bu  sifatlar  zaruriy  hisoblanadi.  Ilm-fan 

rivojlanib  yangi  texnologiyalar  joriy  etilayotgan  hozirgi  davrda  bolalar  bilim 

oladigan  manbalar  yil  sayin  ko‘payib  bormoqda.  Badiiy  va  ilmiy-ommabop 

kitoblar, gazeta, jurnal, radio va televizion eshittirishlar, muzey va ko‘rgazmalarga 

bolalar  juda  qiziqadilar,  shuning  uchun  ham  muallim  juda  ko‘p  narsani  bilishi, 

hamma  narsadan  xabardor  bo‘lishi  kerak.  O‘qituvchi  madaniyatning  biror 

sohasidan  ham  xabarsiz  qolishi  mumkin  emas.  U  bolani  qiziqtiradigan  barcha 

savollarga  to‘g‘ri,  o‘rinli  javob  qaytarishi  lozim.  O‘z  fanidan  bo-shqa  hyech 

narsaga  qiziqmaydigan  muallim  o‘quvchilar  uchun  ideal  bo‘la  olmaydi.  Jamiyat 

hamma vakt o‘qituvchi madaniyatiga juda katta talablar qo‘yadi. 

O‘qituvchining  ma‘naviy  qiyofasida  halollik,  rost-go‘ylik,  axloqiy  poklik, 

odsiylik  va  kamtarlik  muhim  fazilatlardan  hisoblanadi.  Bu  fazilatlar kishiga  ichki 

go‘zallik,  ma‘naviy  poklik  bag‘ishlaydi,  kishining  qadr-qimmatini  oshiradi. 

Halollik  muallimning  ichki  va  tashki  dunyosining  birligini,  so‘zi  bilan  xatti-

harakati to‘g‘ri kelishini, o‘quvchilarga, hamkasblariga, ota-onalarga ochiq ko‘ngil 

va  samimiy  munosabatini  ifodalovchi  axloqiy  fazilatdir.  U  inson  xarakterining 

mohiyatidan  kelib  chiqadi.  O‘qituvchining  halolligi  o‘z  vazifasini  vijdonan  va 

ongli ravishda bajarishida namoyon bo‘ladi. 

O‘qituvchining  muomala  odobi  O‘zbekistan  maktablarida  ta‘lim-tarbiya 

ishlari,  pedagogik  faoliyatning  samaradorligi,  ta‘sirchanligi  o‘qituvchilar,  ota-

onalar  jamoasi,  oilada  shakllangan  axloqiy  munosabatlarga,  muomala  odobiga 

bog‘liq.  Muallim  ta‘lim-tarbiya  ishlari  jarayonida  o‘quvchilar,  kasbdoshlari,  ota-

onalar  bilan  muomalada  bo‘ladi.  Barkamol  shaxs  sifatida  shakllanayotgan 

o‘quvchidar, kasbdoshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini 




 

24 


inson  sifatida  kuzatib  boradi,  his  etadi,  axlokiy  jihatdan  baholaydi,  qabul  qiladi 

yoki  rad  etadi.  Xullas,  ta‘lim-tarbiya  ishlarining  natijasi,  o‘qituvchi  faoliya-tining 

ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobiga, pedagogik 

jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruxiy holati, kayfiyatiga bog‘liqsir. 

Muomala  odobi  o‘z  tabiati,  mohiyatiga  ko‘ra  ijtimoiy  hodisadir.  Ijtimoiy 

qonuniyatlar  pedagogik  jarayondagi  muomala  odobida  namoyon  bo‘ladi. 

Pedagogik  odob  jamiyatda  qabul  qilingan  ma‘naviy,  umuminsoniy  va  milliy-

axloqiy  qadriyatlarga  asoslanadi.  Ijtimoiy  munosabatlar  pedagogik  jarayonda 

qatnashuvchilar o‘rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Ijti-

moiy  munosabatlarning  har  biri  o‘ziga  xos  xususiyatga,  mezonlarga  ega.  Bu 

xususiyat  va  mezonlar  ijtimoiy  fao-liyatning  sohasi,  shaxslararo  aloqalarning 

xarakteri  bilan  belgilanadi.  Muomala  odobi  kishi  bajarishi  lozim  bo‘lgan  axloqiy 

qoidalar  bilan  shaxs  ularni  qay  darajada  qabul  qilishi  o‘rtasidagi,  shaxsiy  va 

ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog‘lanishlarga asoslanadi. 

Muomala  odobi  bevosita  baho  beruvchilik  xususiyatiga  ham  ega.  Axloqiy 

baho  esa  kishilarning  xulqini,  xatti-harakatlarini  nazorat  qiladi,  tartibga  soladi. 

Muomala-munosabatlar kishi o‘z xulqi va faoliyatida axloqiy tamoyillar, qoidalar, 

talablar,  an‘analarga,  urf-odatlarga  qay  darajada  amal  qilayotganiga  qarab 

baholanadi. 

Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobida muallimning axlokiy 

madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi 

sifatida  o‘ziga,  o‘z  kasbiga,  o‘quvchilarga,  kasbdoshlariga,  ota-onalarga 

muomalasini  belgilovchi  asosiy  qoidalar,  talablar  mavjud.  Bu  mezonlar  jamiyat, 

davlat  o‘qituvchiga,  ta‘lim-tarbiya  ishlariga  nisbatan  qo‘yayotgan  axloqiy  ta-

lablarga, pedagogik faoliyatning axlokiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi. 

Pedagogik  jarayonda  muomala  odobi  o‘qituvchining  faoliyatida  namoyon 

bo‘ladi.  O‘qituvchilik  faoliyatiga  qo‘yiladigan  axloqiy  talablar  o‘z  navbatida 

O‘zbekiston Respublikasi yosh avlodni umuminsoniy va milliy-ma‘naviy, madaniy 

qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash  sohasida  kun  tartibiga  qo‘yayotgan  vazifalarga 

bog‘liq.  Ular  pedagogik  jarayondagi  muomala  odobida,  unda  qatnashayotgan 




 

25 


kishilarning  xulqi,  xatti-harakatlarida  ifodalanadi.  Bu  xatti-harakatlar  pedagogik 

jarayon  qatnashchilarining  ta‘lim-tarbiya  maqsadi,  vazifalari,  usul  va  vositalarni, 

axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo‘ladi. 

Muomala  odobining  tuzilishi  juda  murakkabdir.  U  pedagogik  faoliyatda 

subyekt-obyekt munosabatlari shaklida ifodalanadi. Subyekt-obyekt munosabatlari 

muallim  o‘zining  kasbiy  burchini  bajarayotganida  o‘quvchilar,  kasbdoshlari,  ota-

onalar,  jamoat  tashkilotlarining  vakillari  bilan  o‘qituvchi  o‘rtasidagi  aloqalarda 

vujudga  keladi.  U  o‘zaro  hurmat  darajasi,  ishonch,  talabchanlik,  xayri-xohlik, 

tashabbuskorlik,  o‘zaro  g‘amxo‘rlik,  har  birlarining  inson  sifatida  qadr-qimmatini 

e‘zozlash  kabilarda  namoyon  bo‘ladi.  Ular  o‘kituvchining  pedagogik  faoliyatda 

boshkalar  bilan  muomalasining  xarakterini  baholashga  xizmat  qiladi.  O‘zaro 

ta‘sirlar  o‘quv  ishida,  turmushda,  dam  olish  paytlarida,  oiladagi  muomala-

munosabatlarning xususiyatlarini anikdashga imkon beradi. 

Pedagogik  jarayonning  o‘zida  ham  faoliyatning  turli  sohalarida  turlicha 

muomala-munosabatlar  mavjud.  Masalan,  o‘quv  ishlari  sohasida,  jamoat 

topshiriqlarini  bajarishda,  o‘quvchilar  bilan  sinfdan  tashqari  ishlarda,  dam  olish 

paytlaridagi  muomala,  shuningdek  o‘qituvchi-ning  Vatanga,  xadqqa  bo‘lgan 

munosabati o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning mohiyati shundan iboratki, agar 

o‘qituvchining  bu  muomala-munosabati  o‘z  kasbiy  vazifasini,  burchini  bajarish 

jarayonida  sodir  bo‘lsa,  jamiyat  o‘qituvchining  va  pedagoglik  kasbining  ijtimoiy 

mavqyeini, unga ma‘lum bir huquq va vakolatlar berilganligini nazarda tutadi. 

Pedagogik  etikada  muomala  odobining  biror  jihati,  masalan,  o‘qituvchining 

o‘z kasbiga munosabati, burchi alohida taxdil etilishi mumkin. O‘qituvchilik kasbi 

kishiga  ma‘lum  talablarni  qo‘yadi,  lekin  muallim  bu  talablarni  qanday 

bajarayotgani  bu  talablarda  hali  aks  etmaydi.  O‘qituvchining  pedagogik  faoliyati 

natijalarini  xalq  ta‘limi  bo‘limlari,  maktab  ma‘muriyati,  metodik  birlashma 

xodimlari  baholaydi.  O‘qituvchining  pedagogik  jarayon  qatnashchilari  bilan 

muomalasi  bu  kishilarning  o‘zaro  bir-birlariga  bo‘lgan  shaxsiy  insoniy 

munosabatlari  sifatida  ham  qaraladi,  ular  pedagogik  jarayon  qat-nashchilarining 



 

26 


xatti-harakatlarida,  xulqida,  ish  shakli  va  usullarida  namoyon  bo‘ladi.  Ular 

o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o‘ynaydi. 

Pedagogik  jarayonda  o‘qituvchi  axloqiy  munosabatlarning  subyekta 

hisoblanadi.  U  pedagogik  jarayonning  asosiy  kishisi  —  figurasi  sifatida 

o‘quvchilar,  kasbdoshlari,  ota-onalar  bilan  muomalada  bo‘ladi.  Pedagogik  mu-

omala  odobi  tizimida  o‘qituvchi  asosiy  figuradir.  O‘quv-chilar, kasbdoshlari,  ota-

onalar,  pedagoglar  jamoasi  va  jamoat  tashkilotlarining  vakillari  o‘qituvchi  uchun 

pedagogik muomala-munosabatlarning obyekta hisoblanadi. Ular bilan bo‘ladigan 

aloqalar  yosh  avdolga  ta‘lim-tarbiya  berish  vazifalarini  bajarish  jarayonida  sodir 

bo‘ladi.  Bu  muomala  jarayonida  ishtirok  etadigan  kishilar  bir-birlariga  nisbatan 

xayrixoh,  ijobiy  hissiyotda  bo‘lishlari,  bir-birlarining  fazilatlarini  o‘zaro 

baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi. 

Pedagogik  muomala-munosabatlarda  hissiyot  aralashgani  uchun  ularning 

axloqiy  va  ruhiy  jihatlarini  bir-biridan  ajratish  qiyin  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham 

bunday  hodislar  haqida  gapirganda,  odatda  pedagogik  jamoadagi  axloqiy-ruxiy 

vaziyat tushunchasi ishlatiladi. Demak, o‘qituvchining muomala odobi — u aloqa 

qiladigan  odamlar,  muassasalar  bilan  o‘z  kasbiy  vazifasini  bajarayotganda  sodir 

bo‘ladigan  axloqiy  munosabatlar  majmuidir.  Bu  yondoshuv  asosida  pedagogik 

muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruxdarga ajratish mumkin: o‘qituvchi 

bilan  o‘quvchilar  o‘rtasidagi  muomala;  o‘qituvchi  bilan  pedagogik  jamoa 

o‘rtasidagi  muomala;  o‘qituvchi bilan ota-onalar o‘rtasidagi  muomala; o‘qituvchi 

bilan maktab rahbarlari o‘rtasidagi muomala. 

Muomala odobida o‘qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik 

darajasi,  axloqiy  ehtiyojlari  va  axloqiy  yo‘nalishlari,  so‘zi  bilan  ishining  birlik 

darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai nazari namoyon bo‘ladi. 

O‘quvchilar  bilan  muomala  odobi  pedagogik  jarayondagi  aloqalar  tizimida 

o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomala-munosabatlar katta o‘rin egallaydi. 

Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to‘plagan bilimlarni, axloqiy tajribani 

egallab oladi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga 

yosh  avlodni  o‘qitish  va  tarbiyalash  vazifasi  yuklatilgan.  Shuning  uchun  ham 




 

27 


o‘qituvchiga, uning axloqiy sifatlariga, xulqiga o‘quvchilar bilan muomalasiga nis-

batan alohida, yuksak talablar qo‘yiladi. 

Muallim  hayotga  endigina  kirib  kelayotgan,  barkamol  shaxe  sifatida 

shakllanayotgan insonlar — yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. Bolalar ta‘lim-

tarbiya  jarayonida  umuminsoniy  va  milliy  axloq  normalarini  (me-zonlarini) 

o‘zlashtiradi. O‘kuvchi muomala odobini asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladi. 

Sevimli  muallim  bola  uchun  bir  umr  ideal,  ibrat,  namuna  bo‘lib  qolishi  ham 

mumkin. 


Respublikamizo‘qituvchilari  orasida  o‘z  ishining  ustasi,  Xalq  o‘qituvchisi, 

Xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, yil o‘qituvchisi, deb tan olingan ota-onalar, yoshlar 

e‘zozlab Ustoz deb ataydigan mo‘tabar insonlar ko‘plab topiladi. Ular pedagogik 

ishda  fidoyilik  ko‘rsatib,  muallimlik  burchini  yuksak  darajada  bajarib,  bolalarga 

bilim  berib,  ular  qalbiga  halollik,  go‘zallik,  haqiqat,  odob-axloq  nurini  singdira 

olganliklari,  xushmuomala  bo‘lganlari  uchun  ham  bunday  obro‘  va  xurmatga 

erishganlar. 

Afsuski,  hamma  muallimlar  haqida  ham  shunday  deb  bulmaydi.  O‘zining 

dag‘al  muomalasi  bilan  bolaning  ko‘nglini  o‘qishdan  sovitib,  dilini  o‘rinsiz 

ranjitadi-ganlar  ham  uchrab  turadi.  Pedagogik  amaliyot,  badiiy  adabiyotda  bunga 

misol  bo‘ladigan  dalillar  ko‘p.  Bundaylar  yoshlar  tarbiyasiga,  ularning  axloqiga 

salbiy  ta‘sir  etadilar.  Tarbiyaviy  ishlarga  tuzatish  qiyin  bo‘lgan  darajada  ziyon 

yetkazadilar. 

Barkamol,  ijodkor  shaxsni  shakllantirishga,  tarbiyalashga  doir  axloqiy 

normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o‘tkazish 

shartlaridan  biri  bolaga  bo‘lgan  ishonch  bilan  unga  nisbatan  qo‘yilayotgan 

talablarning birligidadir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko‘p marta sinovdan 

o‘tgan va o‘zini oqlagan.  Muallimlar,  talabalar bilan  o‘tkazilgan  suhbat natijalari 

shundan  dalolat  beradiki,  maktabda  xushmuomala  o‘qituvchilar  bilan  bir  qatorda 

bolalarga  huda-bexudaga  do‘q  urib,  baqirib  muomala  qiladigan  muallimlar  ham 

uchraydi.  Bunday  muomala  jamiyatda  qabul  qilingan  umum-insoniy  va  milliy-



 

28 


axloqiy  normalarga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Bunday  o‘qituvchilar  bolalar  orasida  obro‘ 

orttira olmaydilar. 

Pedagogik  jarayon,  tarbiya  jarayoni,  odamlarning  tabiati  shu  darajada 

murakkabki,  muallim  ba‘zan  istasaistamasa  qo‘pollik  qilishga  «majbur»  bo‘ladi, 

o‘quvchi  muallimning  o‘rinli  talablarini  bajarmayotgan  paytlari-da  u  o‘zini 

tutolmay  qoladi.  Muallim  o‘z  talablarini,  hatto  qo‘pollik  holatini  ham,  bolaga 

yaxshilik  qilyapman  deb  x.isoblaydi,  chunki  bu  ishni  bolaga  bilim  berish,  uni 

to‘g‘ri yo‘lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganiga ishonadi. 

Sa‘diy  Sheroziyning  «Guliston»  (Tosh-kent,  1968)  asarining  «Tarbiyaning  ta‘siri 

bayoni»  bobidagi  hikoyatlarda,  Alisher  Navoiyning  «Mahbub  ulqulub»  asaridagi 

«Mudarrislar  to‘g‘risida»,  «Maktabdorlar  to‘g‘risida»gi  maqolalarida  bildirilgan 

mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir. 

Bunday  holatlar  ko‘pincha  tarbiyasi  qiyin  bola  bilan  muomala-munosabatlar 

jarayonida  sodir  bo‘ladi.  Shuni  ham  unutmaslik  lozimki,  bunday  bola  odatda, 

nosog‘lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhitning qurboni bo‘lishi ham 

mumkin.  Tajribali  pedagoglar  tarbiyasi  qiyin  bola  bilan  ishlash,  muomala  kilish 

murakkabligini,  shu  bilan  birga  ular  insoniy  mehrga  zor,  xushmuomalaga, 

e‘tiborga  muhtoj  ekanligini,  bundaylarga  nisbatan  bardoshli,  sabr-toqatli, 

kechirimli bo‘lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar. 

Jismoniy  jarohat  olgan  bolani  o‘qituvchi  jazolamas-ligini  hamma  biladi. 

Jismoniy  tarbiya  muallimi  oyog‘i  jarohatlangan  boladan  yugurish  musobaqasida 

qatnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jarohatlangan holda maktabga 

kelishi  mumkin.  Ta‘lim  jarayonida  buni  hamma  o‘qituvchilar  e‘tiborga  oladimi? 

Afsuski yo‘q. Bola javob berishni xoxdamayapti, dars tayyorlashni istamagan, deb 

hisoblab hamma o‘quvchilarga bir xil talab qo‘yish, bir xil muomala qilish hollari 

ko‘plab  uchraydi.  Ba‘zan  boladan  hatto  u  bajara  olmaydigan  ishlar  ham  talab 

etiladi. Ayrim o‘quvchilar bolaning oilasidagi, ota-onasidagi nuqsonlari uchun ham 

uni ayblashga urinadilar. 

Muallimning  biror  tasodifiy  xatti-harakati  nati-jasida  o‘quvchilarda  u  hakda 

sodir  bo‘lgan  fikr  ham  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  salbiy  ta‘sir  etishi,  muallimning 




 

29 


ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi 

va  o‘kituvchi  foydasiga  «hal»  etiladi.  Muallimning  obro‘sini  saqlayman  deb, 

kattalar  ba‘zan  bolaning  qadr-qimmatini  yerga  uradilar,  o‘quvchidan  kechirim 

so‘rashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri xatti-harakati 

sabab  bo‘lgan.  Muallimlarning  bu  ishi  axloqiy  tarbiya  talabla-riga  to‘g‘ri 

kelmaydi.  Yaxshi  pedagogik  an‘analarni  saqlash  va  ularga  amal  qilish  bilan 

mutaassiblik  o‘rtasidagi  farqni,  o‘qituvchilik  burchini  bajarish  bilan  o‘taketgan 

rasmiyatchilikni  ajrata  bilmoq  lozim.  Muallim  o‘quvchi-lar  bilan  o‘zaro 

muomalasida ko‘tarinki ruh, yaxshi kayfi-yatni saqlay bilishi pedagogik axloqning 

muhim  talablaridan  biridir.  O‘kituvchi  dars  o‘tayotgan  yoki  tarbiyaviy  tadbirni 

bajarayotganida  bolalarning  do‘sti,  maslahatchisi  ekanligini  esda  tutmog‘i  lozim. 

Bu, muallim hamma vat bolalar bilan oshna-og‘aynigarchilik qilaveradi, degan ran 

emas.  Bolalar  ko‘p  o‘tmay  muallimning  xulqidagi  bu  kamchi-likni  payqab  olib, 

uning ustidan kulib yuradilar. 

Muallim  bolani  doskaga  chaqirayotganida  ham  yoki  o‘quvchi  bajargan  ishni 

boshqalarga  namuna  qilib  ko‘rsatayotganida  ham  me‘yorga  amal  qilmog‘i  lozim. 

Agar  yaxshi  o‘qiydigan  bola  hadeb  doskaga  chiqarilaversa,  yoki  har  safar  bir 

bolaning  bajargan  ishi  boshkalarga  namuna  sifatida  ko‘rsa-tilaversa,  bu  axloqiy 

jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi. 

O‘quv ishining shunday o‘ziga xos axloqiy jihatlari borki, ular muallim bilan 

o‘quvchi  o‘rtasidagi  muomalaga  bevosita  yoki  bavosita  ta‘sir  etadi.  Masalan, 

ta‘lim  ja-rayonida  ishonchning  o‘z  o‘rni  bor:  o‘quvchi  muallim  berayotgan 

bilimlarning  to‘g‘riligi,  haqqoniyligiga  ishonadi,  muallim  bolaning  bu  ishonchiga 

munosib bo‘lishi kerak.  O‘qituvchi ham  bolalar  uning aytganlarini hyech ikkilan-

may  qabul  qilayotganlariga  ishonadi.  Bu  muomala  odobining  umumiy 

tamoyillaridan biridir. 

Respublikamiz  maktablaridagi  ta‘lim-tarbiya  jarayoni  o‘qituvchi  va 

o‘quvchilarning  o‘zaro  bir-birlariga  ishonishlariga  asoslanmog‘i  zarur.  Muallim 

bilan  o‘quvchining  muomala-munosabatlari  ijodiy  xarakterga  ega.  Ishonch  yo‘q 

joyda  ijodkorlik  ham  bo‘lmaydi.  Ishonch,  xurmat,  mehribonlik,  xayrixoxdik 




 

30 


talabchanlikni  inkor  etmay-di,  balki  nazarda  tutadi.  Muallimning  qattiqqo‘lligi  va 

talabchanligi  bolaga axloqiy  ta‘sir o‘tkazishning  zarur  shartlaridan  biridir.  Bolada 

hayotiy  tajriba  yo‘qligi,  irodaviy  sifatlar  yaxshi  shakllanmaganligi  tufayli  ham 

muallim unga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i darkor. 

O‘qituvchi  bolaning  imkoniyatlarini,  qobiliyatini  hisobga  olgan  taqsirdagina 

undagi kamchiliklarni bartaraf eta oladi, uning pedagogik talablarini bola bajarishi 

mumkin.  Muallimning  talablari  bolaning  im-koniyat  darajasidan  past  bo‘lsa, 

undagi qobiliyatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi; agar muallimning talablari 

bolaning  qobiliyati  va  imkoniyatlaridan  ortiq  bo‘lsa,  bolada  o‘z  kuchiga 

ishonmaslik,  ishdan  o‘zini  chetga  olish  his-tuyg‘usini  paydo  qiladi.  Muallimning 

qattiq-qo‘lligi  va  talabchanligi  axloqiy  tarbiyaning  boshqa  vo-sitalari  bilan  birga 

olib borilishi kerak. 

Muallim  bilan  o‘quvchi  o‘rtasidagi  muomalani  tartibga  soluvchi  talablardan 

biri  bolaning  xulqini,  muomalasini,  bola  bajargan  ishni  odilona,  to‘g‘ri 

baholashdir.  Bolaning  xulqi,  muomalasi  ko‘pincha  u  qilgan  biror  ish  bilan 

tenglashtiriladi.  Lekin  xatti-harakat  axloqiy  muomalaning  bir  qismidir,  xolos. 

Xulqi,  muomalasida  esa  bolaning  biror  kishi  yoki  narsaga  munosabati  ham 

ifodalanadi.  Bolaning  xulqi,  muomalasi  axloqiy  jihatdan  baholanishi  mumkin. 

Bolaning qilig‘i deganda uning xatti-harakatiga berilgan baho ham nazarda tutiladi. 

«Karim  yaxshi  ish  qilmadi.  O‘ktam  ishni  qoyil  qildi»  degan  iboralar  ko‘p 

ishlatiladi. 

 

Muomala o‘z mohiyati va tuzilishiga ko‘ra murakkab axloqiy hodisadir. Unda 



kishining axloqiy ongi (motiv, istak, unga erishish yo‘lini tanlash), axloqiy faoliyat 

(xatti-harakat),  axloqiy  munosabat  (baholash)  va  kishining  unga  munosabati 

namoyon  bo‘ladi.  Shaxsning  niyati  (mayli)  zamirida  uni  u  yoki  bu  maqsadga 

undovchi  manfaatlar  mavjuddir.  Manfaatlar  ijtimoiy  va  shaxsiy  qimmatga  ega 

bo‘lib,  ma‘lum  bir  ehtiyojlardan  hosil  bo‘ladi.  Insonning  maqsadi  doimo 

asoslangan  bo‘ladi.  Sabab  (vaj)  muomala  odobinyng,  xatti-harakatning,  qiliqning 

bir  qismi  bo‘lib,  biror  harakatni  bajarishga  uning  yaxshi  yoki  yomon  ekanligini 

baholashga  asoslanadi.  Motivlar  (sabab,  vaj)  ijtimoiy-qimmatli  yoki  xudbinlik 




 

31 


xarakteriga  ega  bo‘lib,  ko‘zlangan  maqsadga  erishish  uchun  vositalar  tanlashga 

ta‘sir  etadi.  Lekin  axloqiy  maqsadga  faqat  axloqiy  vositalarni  qo‘llash  bilangina 

erishish mumkin. 

Bolalar  hayotida,  ayniqsa  kichik  yoshdagi  bolalar  faoliyatida  va  xulqida 

hissiyotning  ta‘siri  kuchli  bo‘ladi.  Ular  hali  o‘z  xatti-harakatlarining  motivlarini 

to‘la anglab yetmaydilar. Katta yoshdagi o‘quvchilarning xulkida ham vaj-sabablar 

hamma  vaqt  ijobiy  xatti-harakatlarga  olib  kelavermaydi.  Bolalarning  xulqini 

baholashda xatti-hara-katlarning natijasiga  qarab xulosa  chiqarish lozim.  Muallim 

o‘quvchining  o‘z  xatti-harakatlariga,  xulqiga  shaxs-ning  munosabatini  ham 

e‘tiborga  olish  kerak.  O‘qituvchi  bolaning  xulqini,  xatti-harakatini  obyektiv 

baholash  uchun  bolani  bu  ishga  nima  da‘vat  etganini,  nimalar  sa-bab  bo‘lganini 

ham anikdashi lozim. Shundagina axloqiy baho tarbiyaviy qimmatga ega bo‘ladi. 

Bola  harakat  qiladigan  hayotiy  vaziyatlarni,  kutilmagan  holatlarni  oldindan 

aniklash  juda  qiyin.  Bolalarni  xatolardan  mutlaqo  saqlab  qolish  ham  muammo. 

Muallimning  vazifasi  o‘quvchiga  o‘z  xatti-harakatlarining  natijasini  ko‘z  oldiga 

keltira  bilishni  va  o‘z  xulqi  uchun  mas‘ul  ekanligini  tushuntirish,  anglatishdan 

iborat.  Bu  muallimning  dam  olish  paytlarida  ham,  o‘qishdan  tashqari  vaqtlarda 

ham o‘quvchilar bilan o‘zaro muomala odobida ma‘lum axloqiy normalarga rioya 

qilishni talab etadi. 

Pedagogik  faoliyatda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlar  o‘qituvchi  bilan 

o‘quvchi  o‘rtasidagi  muomalaning  muhim  sohalaridan  biri  hisoblanadi.  Sinfdan 

tashqari  ishlar  o‘z  xususiyatiga  ko‘ra  darsdan  keskin  farq  qiladi.  Bu  ishlar  dars 

singari qat‘iy tartibga tushirilmagani uchun ham muallim va o‘quvchilardan o‘zaro 

nazoratni  kuchaytirishni,  halollik  va  vijdonlilikni,  xolislikni,  axloqiy  mas‘uliyatni 

ko‘proq  talab  etadi.  Shanbaliklar,  safarlar,  ekskursiyalar,  kino-teatrlarga  birga 

borish muallim bilan o‘quvchilarning muomala odobiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. 

Axloqiy  munosabatlar  tizimida  muallimning  o‘quvchilar  jamoasi,  o‘z-o‘zini 

boshqarish  organlari  bilan  muomalasi  muhim  rol  o‘ynaydi.  O‘quvchilarning  o‘z-

o‘zini  boshqarish  tashkilotlari  bolalarni  amaliy  faoliyatga  jalb  etishning  muhim 

yo‘nalishidir. 




 

32 


Pedagogik  dalillar  va  ularning  taxdili  shundan  dalolat  beradiki,  muallim 

o‘quvchilar  bilan  muomalada  ma‘lum  axloqiy  talablar,  mezonlarga  amal  qilishi 

zarur. Bulardan eng muhimlari quyidagilar: 

—pedagogik  faoliyat  jarayonida  muallim  har  bir  o‘quvchining  qadr-

qimmatini inson sifatida hurmat qilish, o‘quvchiga nisbatan ishonch; 

—o‘quvchining  bilimi  va  xulqini  baholashda  talabchan,  adolatli  bo‘lish. 

Muallimning  bolaga  pedagogik  talablari  real,  uning  kuchi,  qobiliyati  va 

imkoniyatlariga  moye  bo‘lishi,  bolalarda  o‘z-o‘ziga  nisbatan  talabchanlik  va 

tanqidiy munosabatni o‘stirish; 

—muallimning bolaga mexribon, g‘amxo‘r bo‘lishi, bolaning shodligiga ham, 

tashvishlariga ham sherik bo‘lish; 

—bola mushkul vaziyatga tushib qolganda unga ko‘maklashish.' Muallimning 

yordami xolis, beg‘araz, beminnat bo‘lishi; 

—pedagogik jarayonda sodir bo‘lib turadigan ziddiyatlar, nizolarni ma‘muriy 

yo‘l  bilan  emas,  balki  axloqiy  mezonlar  asosida  murosaga  kelish  yo‘li  bilan  hal 

etish; 


—sinf  jamoasining  fikr-mulohazalarini  e‘tiborga  olish,  ularga  ishbnch  bilan 

qarash,  bolaning  xulkiga  baho  berganda  uning  sabablarini,  motivlarini  e‘tiborga 

olish; 

—sinfda  muallim  «yaxshi  ko‘radigan»,  «yomon  ko‘radi-gan»  o‘quvchilar 

bo‘lmasligi  kerak;  o‘quvchini  biror  xato  xatti-harakati  uchun  yomon  ko‘rib 

qolmaslik;  har  bir  bolaning  yaxshi  fazilatlarini  anikdash,  o‘stirish  va  tarbi-yaviy 

ta‘sir o‘tkazishda unga tayanish; 

—o‘qituvchi  o‘zining  butun  hayoti  va  mehnat  faoliyatida  yomonlikka, 

adolatsizlikka,  nopoklikka,  xulqi  buzukdikka  nisbatan  murosasiz  ekanligini 

ko‘rsatishi; 




Download 352,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish