tarkibidagi bir so‘z yo arxaiklashadi, yo sherigiga nisbatan semantikasini bir jihati
20
sinonim deb ko‘rsatib kelinadi. Lekin hozir tilshunos so‘zi umumso‘zlashuv tilida
qo‘llansa, lingvist so‘zi deyarli kitobiy leksikaga xoslanib bo‘ldi. Absolyut
sinonimlar deyarli tillarda sanoqli miqdorda uchraydi. Absolyut sinonimlar manbai
asosan o‘zbek tilida barcha tillardagi kabi terminlarda uchraydi. Masalan,
kitobatchilik leksikasida tipografiya / bosmaxona, qoramolchilik leksikasida
cho‘pon / podachi, oshlovchi / tuzlovchi kabi absolyut sinonimlar juftligi mavjud.
Lekin ular har bir terminologik tarmoqda juda kam. Ayrim terminologik
tarmoqlarda uchramasligi ham mumkin. Masalan, fizika fani sohasidagi
terminologiyada absolyut sinonimlar deyarli yo‘q.
Absolyut sinonimlarning tarkib topishi ancha bo‘g‘ilganligi uchun ham ular
deyarli ikki so‘zdan iborat bo‘ladi. Terminlarga mansub absolyut sinonimlarning
tarkib topishida dialektal terminlarning adabiy tilga kirib kelishi ahamiyat kasb
etadi. Bunda dialektal termin, ya’ni professionalizm adabiy tildagi termin bilan
ayni bir ma’noga ega holatga keladi, absolyut sinonim tarkib topadi. O‘zbek
adabiy tilining uy-ro‘zg‘or leksikasida narvon termini bor edi. Uning yoniga shoti
professionalizmi o‘zlashtirildi. Natijada narvon va shoti terminlari hisobiga
absolyut sinonim tarkib topdi. O‘giz dialektida ham shu ma’noga ega zangi
professionalizmi bor. Lekin u adabiy tildagi narvon termini bilan absolyut sinonim
bo‘la olmaydi. Chunki u adabiy tilning mulki emas. O‘zbek tiliga muallim
so‘zining o‘zlashtirilishi uning shu tilda bor o‘qituvchi so‘zi bilan absolyut
sinonim tarkib topishi uchun sabab bo‘lgan.
A.Abdusaidov gazeta matnlarida uchraydigan ruscha–baynalmilal so‘zlar
va ularning dubletlarini to‘plab, “Leksik dubletlar va ularning izohi(gazeta
materiallari asosida)”nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratgan edi.
19
Qo‘llanmada
gazeta tilida leksik dubletlarni qo‘llashdagi 1989 yildan keyingi 4-5 yil ichidagi
jarayon tahlil etilgan. Unda respublika – jumhuriyat, tarix – moziy, ministr – vazir,
jurnal – majalla, universitet – dorilfunun, diagnoz – tashxis kabilarning ma’no
19
Абдусаидов А. Лексик дублетлар ва уларнинг изоҳи (газета материаллари асосида). – Самарқанд: 1993. - 112
бет.
21
xususiyatlarini o‘rganish maqsadida gazetalardan misollar to‘plab, ularni
izohlaydi. Hozirgi davr gazetalari misolida leksik dubletlar, ayrim adabiyotlarda
qayd
etilganidek,
absolyut
sinonimlarni
atroflicha
o‘rganish dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi.
M.Mirtojiyevning yozishicha, lingvistik adabiyotlarda semantik
sinonimlarni absolyut sinonimlardan farqlash uchun "aynan bir xil ma’noli" so‘zlar
deb emas, "o‘zaro yaqin ma’noli" so‘zlar deb ataydilar. Chunki semantik
sinonimlarda so‘zlar ayrim leksik ma’nosi bilan to‘laligicha bir xil bo‘lmaydi. Shu
leksik ma’nolar emotsional-ekspressiv, uslubiy semalari, ularning qaysi uslubga
xosligi kabilar bilan o‘zaro, shubhasiz, farqlanadi. A.Hojiev juda to‘g‘ri
ta’kidlaganidek, yaqinlik yaqinlashtiradi, lekin birlashtirmaydi. Buning uchun u
Do'stlaringiz bilan baham: