O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM
VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
5440100 - FIZIKA YO‟NALISHI
Umumiy fizika va magnetizm kafedrasi
SADULLAYEV FARXOD ABDAKIMOVICH
“ELEKTR VA MAGNETIZM” KURSINING “METALLARNING MAGNIT
XOSSALARI” MAVZUSINI O‟QITISHDA INNOVATSION
PEDTEXNOLOGIYALAR USULIDAN FOYDALANISH”
“5440100 –Fizika” ta‟lim yo‟nalishi bo‟yicha bakalavr
darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ilmiy rahbar: dots. M.K.Salaxitdinova
___________________
Malakaviy bitiruv ishi Umumiy fizika va magnetizm kafedrasida bajarildi.
Kafedraning 2014 yil 10 iyundagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga
tavsiya etiladi (bayonnoma № 11).
Kafedra mudiri: ________dots. Rajabov R. M.
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2014 yil “25” iyun dagi majlisida himoya
qilindi va ______ ball bilan baholandi (bayonnoma № ____ ).
YaDAK raisi: ______________________________________
A‟zolari: ___________________________________________________
___________________________________________________________
Samarqand – 2014
2
MUNDARIJA
Kirish. . . … . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
4
I BOB
MILLIY TA‟LIM ISLOHOTI VA FIZIKANI
O‟QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
§ 1.1.
Milliy ta‟lim islohoti hayotiy zaruriyat ekanligi. . . . . . . . . . . .
7
§ 1.2.
Didaktik tamoyillar va uni fizikani o„qitishda qo„llanilishi. …
10
I Bob bo‟yicha xulosa…………………………………………
17
II BOB «ELEKTR VA MAGNETIZM» KURSINI O‟QITISH
STRUKTURASI VA MASHG‟ULOTLARNING O‟QUV
DASTUR BO‟YICHA TAQSIMOTI
§ 2.1.
«Elektr va magnetizm» kursini o‟qitish strukturasi...................
18
§ 2.2.
“Elektr va magnetizm” fanidan mavzularning mashg‟ulotlar
turlari va soatlar bo‟yicha taqsimoti…………………………
21
§ 2.2.1. Ma‟ruza mashg‟ulotlar mavzulari……………………………
21
§ 2.2.2. Amaliy mashg‟ulotlari mavzulari……………………………
23
§ 2.2.3. Laboratoriya mashg‟ulotlari mavzulari......................................
24
§ 2.2.4. Mustaqul ta‟lim mashg‟ulotlari mavzulari……………………
25
II. Bob bo‟yicha xulosa………………………………………
28
III
BOB
«MAGNITLANISH TURLARI VA MAGNETIKLARNING
SINFLANISHI» MAVZUSI BO‟YICHA
MASHG‟ULOTLA- RININIG OLIB BORISH BO‟YICHA
YANGI TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI
§ 3.1.
№ 18,19 mavzular: «Magnitlanish turlari va magnetiklarning
sinflanishi» mavzusi ma‟ruza mashg‟ulotini olib borish
texnologiyasi…………………………………………………..
29
§ 3.1.1. Ma‟ruza mashg‟ulotlarning texnologik modeli………………
29
3
§ 3.1.2. Ma‟ruza mashg‟ulotlarning texnologik xaritasi………………
32
§ 3.2.
Amaliy mashg„ulotining ta‟lim texnologiyasi modeli va
xaritasi.....
44
§ 3.3.
Mavzu bo‟yicha tuzilgan uch darajali test……………………
46
Xulosa…………………………………………………………
49
Adabiyotlar ruyxati………………………………………….
50
4
Kirish
Bugungi kun talim tizimida amal qilayotgan ananaviy talimni mazmunan va
uslubiy yangilash va talim jarayonini tashkil etishni tubdan o‟zgartirish davr
taqozasidir. Bunda, fizika talim tizimiga inovatsiyon talim texnalogiyalarini
yug‟unlashgan xolda qo‟llash orqali, talim samaradorligini yuqori pog‟onaga
ko‟tarishni amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, mamlakatimizda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning uchinchi bosqich – to„plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish
asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davri ketmoqda.
O„tilgan davr mobaynida yaratilgan ma‟muriy-huquqiy hujjatlar fanlar bo„yicha
o„quv adabiyotlarini yaratishga asos bo„lib, o„quv jarayonining sifatini oshirishga
xizmat qiladi. O„quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash
bo„yicha ilmiy-uslubiy, tashkiliy, iqtisodiy masalalarni hal etish uzluksiz ta‟lim
tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning uchinchi bosqichida ko„zda
tutilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan bir qator tadbirlar ishlab chiqishni
taqozo qiladi.
Mavzuni dolzarbligidan kelib chiqgan holda ,,Elektr va magnetizm” kursining
,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi“ mavzusini o‟qitishda
innovatsion ta‟lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyatini ishlab chiqish ushbu
malakaviy bitiruv ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga erishish
uchun ,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi“ mavzusini o‟tish
jarayoniga yangi ta‟lim texnologiyalarini qo‟llashga oid quyidagi ilmiy uslubiy
vazifalarini malakaviy bitiruv ishida bajarilishi zarurligini asosiy vazifalar qilib
qo‟yildi.
1. Bugungi kunda ilmiy –uslubiy adabiyotlarda ma‟lum bo‟lgan,innovatsion
ta‟limiy texnologiyalarga oid nazariy ma‟lumotlarni o‟rganish va bayon qilish.
2. ,,Elektr va magnetizm“ o‟quv fani bo‟yicha yangi ta‟lim texnologiyasining
konseptual asoslarini ishlab chiqish.
5
3. ,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi“ mavzusi bo‟yicha ma‟ruza
va amaliy mashg‟ulotlarni o‟tishda innovatsion ta‟lim texnologiyalaridan
foydalanish uslubiyatini ishlab chiqish.
4. Mavzu bo‟yicha talabalar bilimini sinash uchun uch darajali testlar tuzish.
Tadqiqotlarning ilmiy uslubiy yangiligi.Ushbu malakaviy bitiruv ishida ,,Elektr
va magnetizm„‟ kursining ,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi “
mavzusini innovatsion ta‟lim texnologyalaridan foydalanib o‟qitish uslubiyati
ushbu ma‟lakaviy bitiruv ishida birinchi marta ishlab chiqarilgan
Tadqiqot ob‟ekti va predmeti. ,,Elektr va magnetizm” fani o‟tiladigan,
Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti fizika bo‟limining 2- kurs talabalari
malakaviy bitiruv ishning tadqiqot ob‟ktidir .
,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi“ mavzusini o‟qitishda
innovatsion ta‟lim texnologiyalarini qo‟llash uslubyatini ishlab chiqish bitiruv
ishining tatqiqot predmetini tashkil qiladi.
Ilmiy –uslubiy va amaliy axamiyati. Ushbu ma‟lakaviy bitiruv ishida bajarilgan
ilmiy –uslubiy ishlar ,,Elektr va magnetizm” kursining boshqa mavzularni ham
innovatsion ta‟lim texnologiyalaridan foydalanib o‟qitish uslibiyatini ishlab
chiqish uchun uslubiy yunalish beruvchi namunaviy asos sifatida xizmat qilishi
mumkin .Bitiruv ishida yaratilgan ma‟ruza va amaliy mashg‟ulotlarning yangi
ta‟lim texnologiyalari ishlanmalaridan unversitetda dars berayotgan o‟qtuvchilar
dars utish jarayonlarida foydalanishlari mumkin.
Himoyaga qo‟yiladi:
1. ,, Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi “ mavzusi bo‟yicha
ikkita maruza mashg‟ulotini o‟tishda yangi ta‟lim texnologiyalaridan
foydalanish uslubiyatining ishlanmalari;
2. “Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi” mavzusi bo‟yicha
o‟tiladigan mashg‟ulotlarga doir organayzerlar tuzilib ularni mashg‟ulotlarga
qo‟llash uslubiyati ishlab chiqildi.
6
Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi va hajmi . Ushbu malakaviy bitiruv ishi
kirish, uchta bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar bayon qilingan
qisimlardan tashkil topgan bo‟lib, 50 bet hajmda kompyuterda lotin alifbosida
yozilgan.
Birinchi bobda Ta‟lim texnologiyasiga oid nazariy ma‟lumotlar berilgan .
Ikkinchi bobda “Elektr va magnetizm” fani bo‟yicha talim texnologiyasining
konseptual asoslari bayon qilingan .
Uchinchi bobda ,, Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi”
mavzusiga oid ikkita ma‟ruzani o‟tishda innovatsion ta‟lim texnologiyalari
ishlanmasi berilgan. Shuningdek ,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning
sinflanishi“ mavzusi bo‟yicha o‟tiladigan bitta amaliy mashg‟ulotning yangi ta‟lim
texnologiyasi ishlanmasi bayon qilingan. Bob oxirida ,,Magnitlanish turlaru va
magnetiklarning sinflanishi“ mavzusi bo‟yicha talabalar bilimini sinash uchun
tuzilgan uch darajali testlar ishlanmasi berilgan. Xulosalarda bitiruv ishida
bajarilgan ishlar yakunlanib yozilgan.
Bitiruv ishi oxirida mavzuga oid ta‟limiy-uslubiy va o‟quv adabiyotlarning
ro‟yxati keltirilgan .
7
I BOB. MILLIY TA‟LIM ISLOHOTI VA FIZIKANI O‟QITIShNING
DOLZARB MUAMMOLARI
§1.1. Milliy ta‟lim islohoti hayotiy zaruriyat ekanligi.
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng bozor iqtisodiga asoslangan
demokratik jamiyat qurishga kirishdik. Har qanday jamiyatning kelajagi nafaqat
yer usti va yer osti tabiiy boyliklari bilan balkim o„zining yuksak ma‟naviyati va
madaniyati bilan ham belgilanadi. Yuksak ma‟naviyat va madaniyatga esa
mukammal ta‟lim-tarbiya tizimining ma‟lum bir muddat mobaynidagi faoliyati
natijasida erishilishi o„z-o„zidan ayon. Xo„sh, shu nuqtai-nazardan olganda
istiqloldan oldingi ta‟lim-tarbiya tizimi to„g‟risida nimalarni aytish mumkin?
Birinchidan, bizga sho„rolar davridan meros bo„lib qolgan ta‟lim-tarbiya tizimi
zamona talabiga javob bera olmay qoldi. Ikkinchidan, mustaqillikdan oldin va
undan keyingi dastlabki yillarda ta‟lim-tarbiya va o„quv jarayonida olib borilgan
o„zgarishlar va tadbirlar yuzaki bo„lib, uzluksiz ta‟lim tizimining muammolarini
yechishga qodir emas edi. Uchinchidan, ta‟lim va tarbiya tizimi zamona talabiga,
ya‟ni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talabiga javob bera olmay qoldi. Ta‟lim
tizimidagi muammolar: maktablarning moddiy bazasining juda nochorligi,
o„qituvchilar malakasining pastligi, o„quv jarayonining mukammal emasligi, eski
qolipda yozilgan darsliklar, bitiruvchilar malakasining pastligi, o„quvchi bilan
o„qituvchi orasidagi munosabat, o„quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining
pastligi, 11 yillik majburiy ta‟limning ilmiy asoslanmaganligi, 9-sinfni
bitirayotgan yoshlarning 55%-i 10- 22%-i, hunar-texnika yoki maxsus o„quv
yurtlarda o„qishni davom ettirsa, qolganlari ko„chada qolayotganligi. 11-sinfni
bitirayotgan yoshlarning ko„pchiligi hech qanday malaka va kasb-hunar
egallamayotganligi kabilar edi. Ahvol juda achinarli bo„lib ayniqsa, viloyat va
tumanlardagi hunar-texnika bilim yurtlarida o„quv texnika bazasining nochorligi,
o„qitish sifatining pastligi va zamona talabiga javob bermasligi aniq bo„lib
qolgandi.
8
Oliy ta‟lim tizimi islohoti. Birinchidan, Oliy ta‟lim muassasalarida
tayyorlanayotgan talabalar ehtiyojni qanoatlantiradimi, ular zamona talabiga javob
bera oladilarmi? Ta‟lim tizimidagi eskicha o„quv dasturi, eskicha asbob-uskunalar,
zamonaviy darsliklar va uslubiy adabiyotlar bilan ta‟minlanmaganlik mutaxassislar
sifatiga hamon salbiy ta‟sir ko„rsatib kelmoqda. Bu sohada to„plangan
kamchiliklar:
1. Oliy o„quv yurtini bitirayotgan yoshlarimiz qanday talablarga javob
berishini aniqlab olish.
2. Bilimga chanqoq, iste‟dodli yoshlarni tanlab olishning obyektiv
adolatli tizimi va tartibini o„rnatish hamda yetarli ma‟lumot olish uchun barcha
imkoniyatlarni yaratish.
3. Oliy ta‟lim o„quv yurtlarida necha xil mutaxassislik bo„yicha ta‟lim
berish lozimligini aniqlash.
4. Zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun zamonaviy ta‟lim va tarbiya
bazasini yaratish. O„quv yurtlari rahbarlari, o„qituvchi-professorlarning ish haqini
muvofiqlashtirish.
5. O„quv dasturi va dasturlarni zamonaviy talablar darajasiga
moslashtirish, ularning zaif tomonlarini bartaraf etish.
Oliy ta‟lim tizimi islohotida oliy ta‟lim muassasalarining chet el oliy o„quv
yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash, chet ellardan professor o„qituvchilarni
ishga taklif etish. Chet ellarda yoshlarning o„qishini ta‟minlash, o„qituvchi va
kafedra mudirlarini chet elga xizmat safarlarini (malaka oshirishni) uyushtirish
ko„zda tutiladi. Oliy ta‟lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo„lgan muammolar:
- Uzluksiz ta‟lim tizimini yaratish, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali
foydalanish.
- Davlat ta‟lim standartlarini yaratish va ijrochi mexanizmini ishlab chiqish.
- Ixtisoslik, malaka darajasiga ko„ra mutaxassislarga bo„lgan umumdavlat va
mintaqaviy talablar istiqbolini aniqlash.
- Ta‟lim tizimini isloh qilish, o„qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash.
9
- Kasb tanlash bo„yicha davlat va ijtimoiy muassasalarning faoliyatini
takomillashtirish.
- O„quvchilarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma‟naviyat va ma‟rifat,
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
- Ta‟lim muassasalarini moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta‟minlash me‟yorlarini
oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish.
- Chet el sarmoyalarini jalb etish.
- Oliy o„quv yurtlariga mustaqillik berish, o„z-o„zini boshqarish usullarini joriy
etish.
- Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va
takomillashtirishda kafil bo„lmog‟i zarur.
Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari
1. Ta‟limning uzluksizligini ta‟minlash.
2. Pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish.
3. Ta‟lim jarayonini mazmunan isloh qilish.
4. Ma‟naviy –axloqiy tarbiya va ma‟rifiy ishlar.
5. Iqtidorli bolalar va iste‟dodli yoshlar.
6. Ta‟lim tizimini boshqarish.
7. Kasb-hunar ta‟limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish.
8. Ta‟lim tizimini moliyalash.
9. Moddiy texnika ta‟minoti.
10. Ta‟lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish.
11. Ta‟lim xizmati ko„rsatish bozorini rivojlantirish.
12. Ta‟lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta‟minlash hamda bu sohani davlat
tomonidan qo„llab-quvvatlash.
13. Fan bilan ta‟lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish.
14. Ishlab chiqarish va ta‟lim tizimining integratsiyalashuvini rivojlantirish.
15. Ta‟lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik.
10
§ 1.2. Didaktik tamoyillar va uni fizikani o„qitishda qo„llanilishi.
Bugungi kunning fizika o„qituvchisi fizika fanidan mukammal bilimga ega
bo„lishi bilan birgalikda u zamonaviy o„qitish qonuniyatlaridan ham chuqur
bilimga ega bo„lish zarur. Fizikadan o„quv jarayonini tashkil etishda didaktik
qoyidalarga amal qilingandagina o„qitish samarali bo„lishi mumkin. Ta‟lim
nazariyasi bilan didaktika fani shug‟illanadi. Didaktika faniga birinchi bo„lib chex
mutafakkiri YA.A. Komenskiy asos soldi va o„zining “Buyuk didaktika” (1630-
yil) asarini yaratdi. Keyinchalik Didaktika asoslari J.J. Russo, I.G. Pistolosum,
V.Disterverg, K.D. Ushinskiylar tomonidan rivojlantirildi. Didaktika tamoyillari
quyidagilar hisoblanadi:
1. Ta‟limning ilmiyligi va elementarligi.
2. Ta‟limning sistematikligi.
3. Nazariya bilan amaliyotning birligi.
4. Ta‟limning onglilik va ijodkorligi.
5. Ko„rgazmalilik.
6. Ta‟limning mustahkamlik tamoyili.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida fizika ta‟limining ilmiyligi zamona
talabidan kelib chiqib, u o„quv dasturlarida va darsliklarda o„z aksini topadi.
Jamiyatning rivojlanishi, fizika faninnig kengayib borishi bilan umumta‟lim
maktablarida o„qitilayotgan fizika fani mazmuni ham yangilanib boradi. Fizika
fani sohasida yangi-yangi kashfiyotlar qilinmoqda, ammo ularning barchasini
maktab dasturiga kiritishning imkoni yo„q. Shuning uchun fizika fani sohasida
qilinayotgan yangiliklarning eng muhimlari tanlab olinib o„quvchilarning yoshini
e‟tiborga olgan holda bayon etilishi lozim. Elementarlik deganda, o„quv mavzusini
siyqalashtirish, yuzakilashtirish deb tushinmaslik kerak, o„quv mavzusining
ilmiyligini saqlab qolish bilan birgalikda, uni zamonaviy o„quv vositalari va usullar
yordamida o„quvchi tushunadigan tarzda bayon etish lozim. Tushinarlik yoki
elementarlik tamoyilini amalga oshirish uchun o„qituvchidan oddiydan
11
murakkabga, konkret narsadan abstrakt narsaga o„tish, o„quvchilarning individual
xususiyatlarini, ularning tayyorgalik darajasini hisobga olishni taqoza etadi.
Ta‟limning sistematikligi. Ta‟limning sistemali va izchilligi ta‟lim
maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim vositasi bo„lib
hisoblanadi. Fizik ta‟limning sistemaliligini quyidagicha izohlash mumkin. Agar
o„qitish jarayonini sistema deb qarasak va unda sistemali tahlil usulini qo„llash
kerak bo„ladi. Fizikani sistemali tarzda o„qitish o„qituvchidan quyidagilarni
nazarda tutishni taqoza etadi. O„quv mavzularini yillar bo„yicha mantiqan, izchil
joylashtirilishi va fanlar o„rtasidagi aloqani hisobga olish. O„quv predmeti
bo„yicha mavzularni izchil joylashtirilishi.O„quv mavzusini o„qituvchi tomonidan
sistemali va izchil bayon etilishi. Amaliy, laboratoriya, yozma ishlar va mashqlar
yechish darslarini tashkil etishda o„quvchilar bilimini, ko„nikma va malakalarini
hisobga olish, ularning bilimini nazorat qilib borish, muntazam sistema holiga
keltirish lozim .
Fizika fanini o„qitishda sistemali tahlil usuli bilan keyinchalik yanada
kengroq tanishamiz. Ta‟lim jarayonidagi mavjud nuqsonlarning barchasi uning
sistemaliligidan uzoqligidir.
Nazariya bilan amaliyotning birligi. Fizikani o„qitishda nazariya bilan
amaliyotning birligi tamoyili o„quv maksadini amalga oshirishning muhim omili
bo„lib hisoblanadi. Fizika fanining taraqqiyoti va kelajakdagi rivoji nazariya bilan
amaliyotning birligiga asoslanadi. Fizika tarixiga nazar solsak ba‟zi fizik
jarayonlarning nazariyasi yaratilib keyinchalik tajribada isbotlangan bo„lsa, ba‟zi
jarayonlar avval tajribada ochilib, keyin uning nazariyasi yaratilganligining guvohi
bo„lamiz. Demak, nazariya bilan amaliyot o„rtasida dialektik munosabat mavjud.
Xuddi shuningdek, fizikani o„qitish jarayonida nazariya va amaliyotning birligini
to„g‟ri tashkil etish o„qitish samaradorligini ta‟minlashning vositasi bo„lib xizmat
qiladi. Fizikani o„qitishda nazariya va amaliyotning aloqasini ta‟minlash va amalga
oshirish oddiy ish emas. Bu masalani hal etishda ikkita xatolikka yo„l qo„yilishi
mumkin: nazariyaga katta ahamiyat berib amaliyotni kamsitish yoki amaliyotga
haddan ortiq ahamiyat berilib, nazariyaga yetarli e‟tibor bermaslikdan ehtiyot
12
bo„lish kerak. Pedagogik tajribalar shuni ko„rsatadiki, o„quvchilar uchun nazariya
bilan amaliyotni bir-biriga bog‟lash juda qiyin kechadi. Bu muammo to„g‟ri yo„lga
qo„yilgan ta‟lim usullari orqali asta-sekin hal etilib boriladi.
Ta‟limning onglilik va ijodkorlik tamoyili. Ta‟limning onglilik tamoyili
o„qitish sifati bilan bog‟liq. O„quvchilar olgan bilim yuzaki, mexanik, yodlab olish
tarzida kechsa u hech qanday samara bermaydi. Ta‟lim sohasida milliy islohotlar
amalga oshirilayotgan hozirgi paytda bozor iqtisodiyotiga mos raqobatbardosh, har
tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalash har kachongidan ham muhim
vazifa hisoblanadi. O„quvchilarni darsga ongli ishtirok etishlari bir necha omillarga
bog‟liq:
1) O„quv maqsadi (motiv).
2) O„qitish uslubi. 3) O„quvchilar psixologiyasi.
Ta‟limning onglilik tamoyili amalga oshirilgan taqdirda o„quvchilarda
mustaqil fikrlash, ijodkorlik xislatlarini shakllantirishga erishish mumkin. Mustaqil
fikrlash, ijodiy yondashuv kabi tushunchalar tez o„zgaruvchan bozor iqtisodi
sharoitida yoshlardan talab etilayotgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Ta‟limning ko„rgazmalilik tamoyili. Didaktika tarixiga nazar solsak
ta‟limning ko„rgazmalilik tamoyiliga katta e‟tibor berilganligining guvohi
bo„lamiz. Ko„rgazmalilik tamoyili YA.A Komenskiy tomonidan kashf etilgan deb
aytiladi. Ta‟limning ko„rgazmaliligiga quyidagicha ta‟rif berish mumkin. “Ta‟lim
mavhum tasavvurlar va so„zlar asosida emas, balkim o„quvchi bevosita idrok
etadigan konkret obrazlar orqali amalga oshiriladi”. Ko„rgazmalilik usuli turli
yoshdagi o„quvchilarda turlicha yo„llar bilan amalga oshiriladi. Fizika fanini
ko„rgazmali usulda o„qitish turli xildagi O„TV, zamonaviy kompyuterlar
vositasida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda ko„zga ko„rinmas va tez kechadigan
fizik jarayonlarni kompyuter orqali modellashtirish ta‟lim jarayoniga kirib
kelmoqda. Ko„rgazmalilik usuli ta‟limning samaradorligini oshirishga,
o„quvchilarni darsga qiziqish bilan ishtirok etishlarini ta‟minlab o„quvchilarni
fizika fanidan chuqur va mustahkam bilim olishlariga imkoniyat yaratadi. Shuni
ham yoddan chiqarmaslik lozimki, ko„rgazmalilik usuli og‟zaki bayon usuli bilan
ham ohang olib borilishi lozim. Didaktikada so„z bilan ko„rgazmalilikni qo„shib
13
olib borishning ikki yo„li mavjud. Birinchi yo„l o„qituvchi mavzuni bayon etishdan
avval ko„rsatma qurollar yordamida hodisani namoyish etadi. Ikkinchi yo„l
ko„rgazma qurol namoyish etishdan avval uning bayoni beriladi. Bu ikkala usuldan
qaysi biri samaraliroq hisoblanadi? Bu ikkala usuldan qaysi birini tanlash dars
mavzusiga bog‟liq, birinchi usulda muammoli vaziyat vujudga keladi va u
o„quvchilar diqqatini oshiradi, dars mavzusini ongli o„zlashtirishiga erishiladi,
ikkinchi usulda esa vaqt kamroq sarflanadi.
Ta‟limning
mustahkamlik
tamoyili.
O„quvchilarning
fizikadan
o„zlashtirgan bilimlarini mustahkamligi ta‟limning eng asosiy talabi hisoblanadi.
Uni qanday amalga oshirish mumkin? Muayyan sistemada, mantiqan izchilikda
berilgan o„quv materiali o„quvchilar ongida uzoq saqlanadi. Shuning uchun
fizikani o„qitish jarayoni yangi pededagogik texnologiyalar asosida olib borilishi
lozim. Yangi pedagogik texnologiya asosida sistemali tahlil usuli yotadi.
Mustahkam va chuqur bilimga ega o„quvchilargina mustaqil fikrlash, mavzuga
ijodiy yondashuv kabi qobilyatni egallaydilar. O„quvchilarga zamonaviy bilim
berish uchun ularni fizika fanining keyingi paytda erishgan yutuqlaridan xabardor
qilish zarurdir. Fizika fanining keyingi yutuqlaridan eng asosiylarini o„quvchilar
tushuna oladigan tarzda berish FO„U fani zimmasiga tushadi. Bu muammo o„quv
dasturlarida, darsliklarda yoritilib boriladi.
Yangi pedagogik texnologiyalar, uning mazmuni va maqsadi.
Respublikamizda ta‟lim sistemasi isloh qilinmoda. «Kadrlash tayyorlash milliy
darsturi» va «Ta‟lim to„g‟risidagi» qonunlarda ta‟lim jarayoniga ilg‟or pedagogik
texnologiyalarni, ta‟limning yangi uslubi va shakllarini tadbiq etish ko„zda
tutiladi. Ta‟lim tizimini texnologiyalashtirish g‟oyasi 1960-yillarda rivojlangan
mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Angiliya, Italiyada joriy etila boshlangan edi.
Ushbu mamlakatlarning pedagogik tajribalari shuni ko„rsatmoqdaki, yangi
pedagogik texnologiyalar o„zining hayotiyligini har tomonlama namoyon etmoqda.
YAPT tushunchasi sanoatdagi texnologik jarayondan bilvosita analogiya sifatida
olingan. YAPT da yagona ta‟rif mavjud emas hozirgi kunda unga 15 ga yaqin ta‟rif
berilgan. Shular ichida “YUNESKO” tomonidan berilgan ta‟rif ancha mukammal
14
hisoblanadi: “Pedagogik texnalogiya” bu inson va texnika imkoniyatlarining
o„zaro ta‟siri va aloqasini hisobga olib o„qitish va bilimlarni o„zlashtirish va
qo„llashning eng maqbul yo„llarini aniqlashning sistemali usulidir”. Texnologiya
lotin tilidan olingan bo„lib techno- san‟at, mahorat, ko„nikma, Logos-ta‟limot,
tayyorlash degan ma‟nolarni anglatadi. YAPT ning asosida sistemali tahlil turadi.
Ta‟lim jarayoni sistema deb qaralsa, sistemaning tarkibi va stukturasini aniqlash
YAPT ning asosiy vazifasi hisoblanadi. U zamonaviy o„quv-uslubiy majmuasini
yaratish, o„quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‟minlash, o„qitishning yangi
samarali vositalaridan foydalanishga asoslangan o„quv jarayonini yaratishni o„z
oldiga maqsad qilib qo„yadi. Ta‟lim jarayonini ham sanoat texnologiyasi
darajasiga ko„tarish, ya‟ni bajaruvchining shaxsiga bog‟liq bo„lmagan holda texnik
hujjatlar talablariga to„la rioya qilinganda sifati kafolatlangan mahsulot chiqarishga
erishish zamon talabi hisoblanadi. Bizga o„tmishdan meros bo„lib qolgan
pedagogik jarayon rus pedagogi A.S. Makarenko qayd etganidek “Bizda ta‟lim
hech qachon mantiq asosida qurilmagan, balki hamma vaqt axloqiy targ‟ibot
mantig‟i asosida qurilgan.” Shu bois bizda ishlab chiqarishning muhim bo„limlari
umuman yo„q. Pedagogikada sanoatdagi kabi qayta tiklanadigan tsiklni yaratish
ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki o„quv maqsadlarining rang-
barangligi, ta‟lim mazmunining elementlari va o„quv materialining xilma-xilligi,
ta‟lim oluvchilarning individual xususiyatlari va boshqa ko„pgina omillar ta‟lim
jarayonini samaradorligiga xalaqit beradi. Ta‟lim jarayoni murakkab, ochiq
boshqariladigan, nochiziqli dinamik sistema hisoblanadi. Sistemali tahlil asosida
yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishdan ko„zga tutilgan maqsad:
birinchidan, o„quvchilarning darsda faolligini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik
kabi xislatlarini shakllantirish uchun o„qituvchilarni noan‟anaviy o„qitish usullari
bilan qurollantirish, ikkinchidan, o„quvchilarni sezgi, idrok, tasavvur, hissiyot,
xarakter kabi ichki ruhiy faoliyatini kuchaytirish orqali o„qish va o„rganishning
noan‟anaviy usullari bilan tanishtirish. Texnologiya tushunchasi bilan bog‟liq
ravishda texnologik xarita atamasi yuzaga keldi. Texnologik xarita-texnologik
hujjatning shakli bo„lib, unda ta‟lim jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar
15
va ularning tarkibiy qismlari, O„TV, darsliklar, reyting, baholash mezonlari, unga
sarflanadigan vaqt, o„qituvchilar kvalifikatsiyasi va hokazolar qayd etiladi.
Pedagogik texnologiya ilmiy pedagogik konsepsiyaga asoslanadi. Ko„zlangan
maqsadga erishish uchun u didaktik, ruhiy, ijtimoiy pedagogik, falsafiy
tamoyillarga asoslanadi. Pedadgogik texnologiya sistemasida ketma-ketlik, o„zaro
bog‟liqlik saqlanadi. YAPT ta‟lim sistemasidagi o„ziga xos innovatsion yondashuv
hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti
ta‟sirini boshidan kechirmoqda. U psixologiya, kibernetika, sistemalar nazariyasi,
boshqarish nazariyasi va boshqa fanlar bilan integrallashib bormoqda. Natijada
ta‟lim va tarbiyaning insonning ichki qobilyatlariga asoslangan samarali usullarini
amaliyotga keng qo„llash imkoniyatlari yaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda,
YAPT lar rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o„tib o„zining hayotiy
ekanligini namoyon etmoqda. Buning yaqqol isboti ushbu mamlakatlarning
iqtisodiy salohiyotini yuksak darajada rivojlanib borayotganligi hisoblanadi.
Ta‟lim sistemasiga YAPTni joriy etish orqali quyidagi muammolarni yechishga
imkoniyat yaratiladi:
1 . Bo„lajak fizik o„qituvchilarni YAPTning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish.
2. Talabalarni xorijiy, MDH va O„zbekistonda YAPT lar sistemasini
shakllantirishda to„plangan tajribalar bilan tanishtirish.
3. Bo„lajak o„qituvchilarga fizika fanini o„qitish jarayonini loyihalashtirishni
o„rgatish.
1.
O„quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv usulini joriy etish.
2.
O„quvchilar bilimini va malakasini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini
tuzish uslubiyati bilan qurollantirish.
YAPTni joriy etish bo„yicha AQSHda pedagogik texnologiya (1961-yil),
Angliyada “Pedagogik texnologik va dasturlashtirilgan ta‟lim” (1964) Yaponiyada
“Pedagogik texnologiya” (1965) Italiyada shu nomdagi jurnallar 1971-yildan
boshlab chop etilmoqda. 1999-yil dekabr O„zR xalq ta‟limi va Oliy va o„rta
maxsus ta‟lim vazirliklari qoshida “Yangi pedagogik texnologiya” markazlari
tashkil etildi.
17
I BOB bo‟yicha xulosa
O‟zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya
etilishini, jamyatning manaviy yangilanishini, ijtimoiy yo‟naltirilgan
bozor iqtisodiyatni shakillantirishni, jaxon hamjamiatiga qo‟shilishini
taminlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqorolik jamyat
qurmoqda.
Halqning boy va intellectual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot fan texnika va
texnalogiyalarning
yutuqlari
asosida
kadrlar
tayyorlashning
mukammal tizimini shakillantirish xozirgi kunda dolzar bo‟lmoqda
bundan tashqari kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Talim to‟g‟risida”gi
O‟zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq xolda
kadrlar
tayyorlash
milliy
modelini
ro‟yobga
chiqarishni,
har
tamonlama kamol topgan, jamyatda turmushga asoslangan, talim va
kasib-xunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta
o‟zlashtirish uchun ijtimoiy siyosiy, huquqiy, psixalogik- pedagogik
va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamyat, davlat va oila
oldida o‟z javobgarligini his etadigan fuqorolarni tarbiyalashni
nazarda tutgandir.
18
II BOB. «ELEKTR VA MAGNETIZM» KURSINI O‟QITISH
STRUKTURASI VA MASHG‟ULOTLARNING O‟QUV DASTUR
BO‟YICHA TAQSIMOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |