KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Respublikamiz prezidenti farmonlari, hukumat qarorlari va farmoyishlarida qo’yilgan vazifalar respublikamiz yer fondining holatini kuzatish, undagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda yer resurslarini hisobga olish va boholashni, tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirishga hamda fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida 2008 yilda qishloq xo’jaligida 4,5 foiz o’sishga erishilganligi qayd etilgan. Sabzavot yetishtirish uchun fermerlarga ajratilgan yer maydonlari 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 barobar ko’paytirildi[1].
Tadqiqotlar natijasida respublikada sug’oriladigan tuproq-larining rivojlanishi, tuproq qoplamining transformasiyasi ularda kechayotgan murakkab kimyoviy, fizikaviy, agrokimyoviy, biologik va boshqa jarayonlar, tuproqlarning meliorativ va ekologik holati har tomonlama, chuqur talqin qilingan va yuz berayotgan salbiy jarayonlarni bartaraf etish , ularning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.Tadqiqotlar obyekti sifatida tanlangan tayanch xo’jaliklari tuproq, tuproq-meliorativ kartalari kabi bir qator kartalar va kartogrammalar tuzuldi va viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga hamda tegishli xo’jaliklarga ishlab chiqarishda foydalanish uchun topshirildi. Bundan tashqari yer resurslaridan samarali foydalanish va ekologik vaziyatni sog’lomlashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va tadbiq etilgan.
Tadqiqotlar natijasida viloyat tuproq qoplami uchun xarakterli bo’lgan xo’jaliklar uchun 1:10000 miqyosidagi tuproq kartalari hamda sug’oriladigan tuproqlarning mexanik tarkibi kartalari, agrokimyoviy kartogrammalari, sug’oriladigan tuproqlarining xossa va xususiyatlari to’g’risidagi avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi tuzuldi va ishlab chiqarishda foydalanish uchun xo’jaliklarga topshirildi. Tuproq kartalariga yozilgan tushuntirish xatlariga asosiy tuproqlarning morfogenetik, meliorativ va agrokimyoviy tavsifi o’z aksini topgan va tuproqlar unumdorligini qayta tiklash oshirish va muxofaza etishga yo’naltirilgan tavsiyalar keltirilgan. Bu tavsiyalar, xo’jaliklarda agrotexnik va meliorativ tadbirlarni ilmiy asoslangan holda o’tkazishga xizmat qiladi.
O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida tuproq unumdorligi darajasini baholash va yerlarning me’yoriy bahosini hisoblash bo’yicha uslubiy qo’llanmaga o’zgartirish kiritish uchun yangi aniqlangan koeffitsientlar ishlab chiqilgan va aprobasiyadan o’tkazilgan. Tadqiqotlar asosida tuzilgan xo’jaliklarning tuproq baholash kartalari ishlab chiqarishga tavsiyalar bilan Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligining viloyat bo’limlariga ishlab chiqarishda foydalanish uchun topshirilgan.
Viloyatda tanlangan xo’jaliklar uchun “Eroziya xavfi kartalari”ning elektron variantlari tuzilgan. Eroziyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash va salbiy jarayonlarning oldini olishga qaratilgan chora–tadbirlar ishlab chiqildi. Tayyorlangan uslubiy tavsiyalar va eroziya xavfi kartasi qishloq xo’jaligida eroziya jarayonlarining oldini olishda va ularga qarshi kurashishda qo’llaniladi. Shu bilan birga zaxarli kimyoviy birikmalarning va og’ir metallarning tuproqlarga zaxarli ta’sirini organik ogit qo’llash, fitomeliorasiya usullaridan foydalanish orqali kamaytirish yo’llari ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |