O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 340,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.01.2020
Hajmi340,3 Kb.
#36314
  1   2   3
Bog'liq
maktabda pedagogik tashxis


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI  

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

  

 

 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

BOSHLANG’ICH TA’LIM VA TARBIYAVIY ISH YO’NALISHI 

 

PEDAGOGIKA KAFEDRASI  

 

«UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI» FANIDAN 

 

«MAKTABDA PEDAGOGIK TASHXIS»  

MAVZUSIDAGI 

 

 

 

Bajaruvchi: 1-bosqich talabasi S.Suvonova  

Ilmiy rahbar: Sh.O’roqov  

 

Kurs ishi pedagogika kafedrasida bajarildi.  



 

 

Kafedra mudiri:   

 

dots. A.Abdumannotov 

 

 



Kurs  ishi  kafedraning  2013-yil  ___  maydagi  majlisida  himoya  qilindi  va 

______ foizga baholandi.  

 

 

Komissiya raisi: 

 

A’zolari: 



 

 

SAMARQAND – 2013 

REJA 

 

KIRISh  

ASOSIY QISM 

1. Pedagogik tashxis tushunchasi va uning mohiyati 

2. Ta’limni   tashxis   etish 

3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari. 



XULOSA 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI 

Kirish  

Mavzuning  dolzarbligi.  Jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ilmiy-texnikaviy 

taraqqiyotiga yangicha qaraydigan mustaqil fikrlovchi, ishbilarmon, buyuk kelajak 

poydevorini  quruvchi  yoshlarni  tarbiyalash  respublikamiz  pedagoglari  oldida 

turgan  muhim  vazifalardan  biridir.    Ta’lim  islohoti  jarayonida  bu  ulkan  vazifani 

to’la  amalga  oshiradigan,  zamonaviy  va  jahonning  eng  ilg’or  ta’lim 

texnologiyalardan  mohirona  foydalana  oladigan  pedagog  kadrlarga  ehtiyoj  har 

qachongidan ortdi.  

O’zbekiston  Respublikasi  prezidenti  I.A.Karimov  Oliy  Majlisning  IX 

sessiyasidagi ma’ruzasida quyidagicha bayon qilgan edi: “tarbiyachilarning o’ziga 

zamonaviy  bilim  berish,  ularning  ma’lumoti,  malakasini  oshirish  kabi  paysalga 

solib  bo’lmaydigan  dolzarb  masalaga  duch  kelmoqdamiz.  Mening  fikrimcha, 

ta’lim-tarbiya  tizimini  o’zgartirishdagi  asosiy  muammo  ham  mana  shu  yerda… 

Zamonaviy bilim berish uchun, avvalo murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega 

bo’lishi  kerak”

1

.  Mamlakatimiz  ta’lim  tizimining  jamiyatimizdagi    vazifasi  – 



barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir.  

Uzluksiz  ta’lim  tizimida  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablari  o’zining  salmog’i 

hamda  boshlang’ich  asos  ekanligi  bilan  alohida  o’rin  egallaydi.  Bu  esa,  o’z 

navbatida,  o’qituvchining  kasbiy  mahorati,  umumiy  saviyasini  mutassil 

takomillashtirish  uchun  sharoit  yaratishni  talab  etadi.  O’qituvchi  mehnatini  rejali 

tashkil qilish ta’lim-tarbiya muvaffaqiyatining garovidir.  

O’quv  muassasasidagi  ta’lim-tarbiya  sifati  o’qituvchining  bilimi,    kasbiy 

mahorati,  mehnatining  rag’batlantirilishi,  unga  moddiy  hamda  ilmiy-metodik 

yordam ko’rsatilishiga ham bog’liqdir.  

O’zbekiston  Respublikasi  prezidenti  I.A.Karimov  “Islohotlar  strategiyasi  – 

mamlakatimiz  iqtisodiy    salohiyatini    yuksaltirishdir”  nomli  ma’ruzasida  kadrlar 

                                                 

1

 Каримов И.А. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиѐтининг пойдевори. –Тошкент: Шарқ, 1997, 7-б. 



 

malakasini  oshirish  mamlakatimiz  taraqqiyotining  hamda  “aholi  farovonligini 

yuksaltirishning muhim omili”

2

 ekanligini alohida ta’kidlangan edi.  



Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  pedagogik  tashxis  vositalarini    tadqiq 

qilish o’z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biridir. 

Pedagogik  tashxis  asosida  o’quvchilar  nutqidagi  kamchiliklarni    bartaraf 

kilish  L.Mo’minova,  o’spirinlarning    tarbiyalanganligi,  xulqidagi    nuqsonlarni 

korreksiyalash  Sh.Abdullayeva  tomonidan  tadqiq  qilinganligi,    ammo  malaka 

oshirish  jarayonini  pedagogik  tashxis  va  o’qituvchilarning  o’z  shaxslari  va 

faoliyatlarini  bevosita  o’zlari  o’rganishi  hamda  amaliy  faoliyatlariga  o’zlari  baho 

berishlarini  amalga  oshirish  muammolari  alohida  ilmiy  tadqiqot  obyekti 

bo’lmagan.  

Tadqiqotning  maqsadi:  Pedagogik  tashxis  asosida  o’quvchilar  nutqidagi 

kamchiliklarni    bartaraf  kilish,  o’spirinlarning    tarbiyalanganligi,  xulqidagi  

nuqsonlarni korreksiyalash muammolarini o’rganish 

Tadqiqot  obyekti:  Maktab  ta’lim-tarbiya  ishlarida  pedagogik  tashxis 

jarayoni. 



Tadqiqot  predmeti:  Maktab  ta’lim-tarbiya  ishlarida  pedagogik  tashxis 

mazmuni 


Tadqiqotning vazifalari: 

1. Mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, o’quv va ilmiy adabiyotlarni tahliliy 

o’rganish 

2.    Pedagogik  tashxisning  mazmuni,  turlari,  maktab  pedagogik  tashxis 

usullarini aniqlash. 

3.  O’qituvchi  faoliyatidagi  qiyinchiliklarni  aniqlash  va  ularni  bartaraf 

qilishda pedagogik tashxisning o’rnini belgilash. 

4. Pedagogik tashxis vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga 

xizmat qiladigan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 

                                                 

2

 

Каримов  И.А.  Ислоҳотлар  стратегияси  -  мамлакатимиз  иқтисодий  салоҳиятини  юксалтиришдир/“Халқ 



сўзи”,18 февраль, 2003 й.

 


Tadqiqotning  metodologik  asoslari:  O’zbekiston  Respublikasining 

“Ta’lim  to’g’risida”gi  qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”,  “2004-2009” 

yillarda  maktab  ta’limini  rivojlantirish  davlat  umummilliy  dasturi”,  O’zbekiston 

Respublikasi  prezidenti  I.A.Karimov  asarlari  va  ma’ruzalarida  bayon  qilingan 

o’qituvchi faoliyatini takomillashtirishga oid fikrlar, qarashlar,  shaxs mohiyati va 

shakllanishiga  doir  falsafa,  pedagogika  va  psixologiya  fanlaridagi  nazariy 

ta’limotlar, mavzuga oid ilmiy-metodik manbalar.  


ASOSIY QISM 

 

1. Pedagogik tashxis tushunchasi va uning mohiyati 

 

Insonning oliy nerv tizimi faoliyati haqidagi ta’limotlarning ko’rsatishicha, u 

murakkab  subyektiv  tizim  sifatida  boshqa  jonli  va  jonsiz  obyekt  (tizim)larga 

qaraganda  o’z-o’zini  tartibga  solish,  tiklash,  ma’lum  holatda  saqlash  hamda 

takomillashtirishda  eng  yuqori    darajadagi  mavjudot  hisoblanadi.  O’z-o’zini 

tartibga solish, takomillashtirish insonga berilgan  azaliy imkoniyatdir. Chunonchi, 

u inson miyasi, ma’naviy va aqliy salohiyatining ajralmas xususiyati hisoblanadi.  

Bu  jarayonlarni  buyuk  rus  fiziologi  I.P.Pavlov  ta’limoti  davomchisi 

P.K.Anoxin  o’z-o’zini  tartibga  solish  jarayoni  jismning  muhim  omillarini  bir  xil 

darajada saqlashning mohiyatidan kelib chiqishini asosladi. Bunda inson faoliyati, 

jumladan,  fikrlashi  maqsadga  muvofiq  davom  etib,  ma’lum  natijaga  yo’nalgan 

bo’ladi.  

Shaxsning asab tizimidagi fiziologik asoslarini ochish - insonning o’zini o’zi 

bilishi  asosida  o’ziga  baho  berish,  o’z  harakat  va  xulq-atvorini  tartibga  solish 

ko’nikmalarini hosil qiladi. Bunda eng muhim holat shaxsning o’ziga to’g’ri baho 

bera  olishi,  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsad  mohiyatiga  mos  keluvchi  harakatlar 

algoritmini ishlab chiqishidir. 

O’z-o’ziga to’g’ri baho berish yosh xususiyati va ijtimoiy tajribaning ortishi, 

atrofidagilar  bilan  muloqot,  boshqalarning  unga  munosabati  va  bahosiga  ko’ra 

shakllanib boradi.  

Har  bir  shaxs  faoliyati  izchillikda  amalga  oshadigan  davomli  jarayondir. 

Shaxsni  faoliyatga  undagi  mayl  undaydi.  Shaxs  mashq  jarayonida  o’z-o’zini 

boshqaradi, bunda nafaqat uning bilim, ko’nikma va malakalari, balki uning xulq-

atvori ham shakllanib, takomillashib boradi. Bu holatni L.I.Bojovich ham alohida 

ta’kidlab o’tgan. Shaxsning o’z-o’zini boshqarish jarayonini B.F.Lomov o’z-o’zini 

sababiy boshqarish, deya ko’rsatgan edi.  



Inson  harakati  ikki  asosga  ko’ra  amalga  oshadi:  harakatlar  hamda 

munosabatlar.  Shaxs  faoliyati  dastlab  taqlidga  asoslansa,  keyinchalik  u  mustaqil 

faoliyat  va  o’z-o’zini  boshqarishni  boshqalar  bilan  muloqot,  munosabat  o’rnatish 

orqali  o’rganadi.  O’z-o’zini  boshqarish  faoliyatini  inson  umuminsoniy  tajribalar, 

bilim va ko’nikmalarni egallash orqali o’zlashtiradi. 

Inson  o’z-o’zini  takomillashtirishining  turli  bosqichlarida  faoliyat  subyekti 

sifatida  o’z-o’zini  anglash  va  boshqarishni  o’rganadi,  o’z  imkoniyatlari, 

qobiliyatlari  hamda  nimaga  qodirligini  anglaydi  va  baholaydi.  Bu  jarayonda  u 

o’zining imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo’la boshlaydi.  

Inson o’z faoliyatining ma’lum bir jihatini tashxis qilganda bo’lajak natijani 

oldindan ko’ra olish, avvalgi tajriba tizimida mavjud holatda tegishli axborot olish 

ehtimoli  borligini  nazarda  tutadi.  Bunda  avvalgi  tajriba  va  hozirgi  holati 

faoliyatning  bo’lajak  natijasi  haqida  faraz  qilishga  asos  bo’ladi.  Shunga  muvofiq 

hozirlanish  va  bo’lajak  holat  uchun  tayyorgarlik  harakatlarini  boshlab,  ma’lum 

maqsadga  erishish  mumkin.  Inson  har  qanday  faoliyatni  boshlashidan  oldin 

ma’lum vaziyatni hisobga oladi. U o’z faoliyatining natijasini oldindan ko’ra bilib, 

tashkil qilsa, maqsadga, ko’zlangan natijaga erishishi osonlashadi.  

O’z-o’zini  takomillashtirish  shaxsning  tashqi  ta’sir  qiluvchi  omillar  bilan 

ichki  intilishlarini  aniq  pedagogik  vazifalarga:  maqsad  va  idealni  shakllantirish, 

o’zlikni  anglash  va  o’z-o’zini  boshqarish  uchun  zarur  bo’lgan  xislatlarni 

tarbiyalashga yo’naltirishi lozim. 

O’zlikni  anglash  ham  xuddi  ong  kabi  tarbiya  va  insonning  faol  harakati 

jarayonida  muntazam  rivojlanib  boradi.  S.L.Rubinshteynning  ta’kidlashicha: 

“Inson shaxsining shakllanishi o’zida o’zining uzviy qismi sifatida shaxs ongi va 

uning o’zligini anglashning shakllanishini mujassamlashtiradi. Bu ongli shaxsning 

rivojlanish jarayonidir”

3

.  


K.K.Platonov

4

  o’qituvchi  shaxsi  strukturasida  quyidagilarni  ajratib 



ko’rsatadi: 

                                                 

3

 Рубинштейн Л.С. Проблемы общей психологии. – М.: Педагогика, 1973, с.118. 



4

 Платонов Е.К. Структура и развитие личности. – Москва: Педагогика, 1986, с. 109. 



1. 

O’qituvchining  qiziqishlari,  intilishlari,  ideallari,  dunyoqarashi, 

e’tiqodlarining muayyan maqsadga yo’nalganligi. 

2. 


O’qituvchi tajribasi, bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, odatlari uning 

tayyorgarligini belgilashi. 

3. 

O’qituvchidagi  ayrim  ruhiy  jarayonlarning  doimiy  xususiyatlari: 



diqqat,  idrok,  tafakkur,  xotira,  iroda,  hissiyot,  psixik  harakatlarning  mashqlar 

asosida rivojlanishi. 

4. 

O’qituvchining  biologik  jihatdan  belgilangan  xususiyatlari  mashq 



qilish vositasi hamda temperament, yosh, jinsiy xususiyatlarda namoyon bo’lishi.  

O’qituvchi  o’quv  jarayoni  natijasini  anglab  yetishi  uchun  muntazam 

ravishda pedagogik tashxis qilishi, salbiy va ijobiy tomonlarni tahlil qilishi hamda 

takomillashtirishi lozim. Buni amalga oshirishda pedagogik tashxisning shakl, usul 

va metodlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.  

Pedagogikada  pedagogik  tashxisning  oddiy  metodlari  bilan  bir  qatorda, 

uning murakkab shakllari va usullari tatbiq etilmoqda. 

 “Pedagogik  tashxis”  atamasi  1968  yilda  olmon  pedagogi    K.Ingenkamp 

tomonidan  birinchi  marta  qo’llanilgan.  

Hozirgi  kunda  pedagogik  tashxis  faol  shakllanayotgan  pedagogik  fanlar 

tizimiga  mansub.  Shuning  uchun  undan  har  kim  o’z  qiziqishi  va  o’rganadigan 

sohasiga  mos  ravishda  foydalanadi.  Ayrim  tadqiqotchilar  pedagogik  tashxisni 

pedagogikaga  doir  jarayon  va  muammolarni  yoritish,  ularning  ta’sirchanligini 

aniqlash va o’quvchilarning o’zlashtirishini yaxshilash, har bir kishining ma’lumot 

olish  imkoniyatini  belgilash  vositasi  sifatida  qarasalar,  boshqalar  pedagogik 

tashxisni  o’quv-biluv  jarayonini  rejalashtirish  va  bu  borada  kishilarga  maslahat 

berish  tarzida  ham  talqin  qiladilar.  Pedagogik  tashxisni  keng  ma’noda:  o’quv 

jarayoni,  o’qituvchilar  va  o’quvchilar  faoliyatini  tahlil  qilish,  yutuq  va 

kamchiliklarni  aniqlash  hamda  ma’lum  o’zgartirishlar  kiritish  vositasi  sifatida 

qarash  o’tgan  XX  asrning  90  yillarida  respublikamiz  ta’lim  tizimida  keng 

qo’llanilgan edi.  


Pedagogik tashxis – pedagogik jarayonlarni bilish instrumenti sifatida bilish 

nazariyasining xususiy bir ko’rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni gnoseologiya 

(bilish nazariyasi) bilan tenglashtirish ham mumkin emas.  

Pedagogik  tashxisga  xos  xususiyat  –  ta’lim-tarbiya  jarayonining  har  bir 

bosqichi  va  bo’g’ini  hamda  o’quvchilarning  o’ziga  xos  xususiyatlari,  individual 

farqlarini  aniqlashdan  iborat.  Bunda  har  bir  aniq  jarayon  uchun  xos  xususiyatlar, 

ularning  mezonlarini  aniqlash  alohida  yoki  bir  guruh  kishilar  uchun  umumiy 

bo’lishi ham mumkin. 

Pedagogik  tashxis  o’quv  jarayonini  takomillashtirish,  undagi  pedagogik-

didaktik  masalalarni  aniq  shart-sharoitdan  kelib  chiqib  hal  qilish  jihatidan 

psixologik diagnostikadan farq qiladi.  

O’qituvchining pedagogik faoliyatini tashxislash, bir tomondan, uning o’zi, 

ikkinchi  tomondan,  uning  hamkasblari,  o’quv  yurti  va  xalq  ta’limi  muassasasi 

rahbarlari  hamda  jamoatchilik  (ota-onalar,  mahalla)  tomonidan  tashqi  tashxis 

tarzida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Tashqi  pedagogik  tashxis  natijalari 

o’qituvchilarning  attestasiyasi  yoki  ularning  mahoratini  oshirish  uchun  chora-

tadbir belgilash hamda malaka oshirish kurslariga yuborishga asos bo’la oladi. 

Boshqa  tomondan  o’qituvchi  faoliyatini  refleksiv  tashkil  qilish  –                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                    

o’zini  o’zi  (“ichki”)  tashxis  qilishni  taqozo  qiladi.  Ichki  tashxis  o’qituvchining 

shaxsiy  faoliyatidagi  yutuq  va  kamchiliklarni  o’zi  tahlil  qilib,  aniqlab,  ularni 

bartaraf  etish  uchun  chora-tadbirlarni  ko’rish,  o’zgartirish  kiritishda  namoyon 

bo’ladi. 

O’zaro aloqani o’quv-tarbiya jarayonida amalga oshirishda o’zini korreksiya 

qilishning  uch  turi  qo’llanilib,  ular  o’zaro  aloqaning  kibernetikadagi  uch  xil 

tizimiga  mos  keladi.  Bular:  1)  joriy  o’z-o’zini  tuzatish;  2)  yakuniy  korreksiya

3) oldinni ko’rishga asoslangan korreksiya. 

O’qituvchining uzluksiz o’z shaxsi va faoliyatini tashxislashi, unga: 

-  o’z faoliyatini uzluksiz tadqiq qilish; 

o’z  vaqtida  pedagogik  qiyinchiliklarni  aniqlash,  o’quvchilar  ta’lim-



tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilish; 

o’z  faoliyatida  shakllangan  salbiy  kasbiy  odatlar,  mayl,  ehtiyojlarni 

tuzatish; 

o’quv-tarbiya  jarayonini  samarali  tashkil  qilish  instrumetariysini 



aniqlash; 

pedagogik  qiyinchiliklarning  salbiy  ta’sirini  aniqlash  va  noto’g’ri 



shakllangan odatlarni yo’qotish vositasi sifatida xizmat qiladi. 

O’qituvchi  pedagogik  faoliyatini  video  materiallar  vositasida  tahlil  qilish 

natijalari quyidagi xulosalarga olib keldi: 

1. 


Video  materiallarni  tahlil  qilish  o’qituvchining  o’z  faoliyati  va 

boshqalarning kamchilik, yutuqlarini to’g’ri aniqlash imkoniyatini beradi. 

2. 

Shu  asosda  hamkasblarining  o’qituvchi  faoliyati  haqidagi  tanqidiy 



fikrlariga to’g’ri munosabatda bo’lishiga olib keladi. 

3. 


O’qituvchida  o’z  faoliyatining  yutuq  va  kamchiliklari  haqida  vizual, 

aniq tasavvur hosil qiladi. 

4. 

Pedagogik  tashxis  jarayonida  ekspertlar  bahosiga  to’g’ri  munosabatda 



bo’ladi va qabul qiladi. 

5. 


Tasviriy  vosita  o’quv  jarayonining  yordamchi,  kuchaytiruvchisi  bo’lib 

qolmasdan, “ichki” va “tashqi” tashxisning kuchli vositasi bo’lib xizmat qiladi. 



Tabaqalashtirish ta’limning xilma-xil maqsadlarini amalga oshirishga xizmat 

qilish  bilan  birga,  pedagoglarning  shaxsiy  va  kasbiy  takomillashuviga  imkon 

berishi  kerak.  Ta’lim  jarayonida  har  bir  o’quvchiga  tanlash  imkoniyatining 

berilishi,  unga  ta’lim  subyekti  sifatida  faoliyat  yuritishi  uchun  asos  bo’lib,  o’z 

bilish faoliyatini boshqara oladi.  

Tabaqalashtirish  uch  xil  shaklda  tashkil  qilinishi  mumkin:    1)  ichki;    2) 

tashqi;  3) individual tarzida. 

O’qituvchi  faoliyatidagi  pedagogik  qiyinchiliklarni  bartaraf  qilishning  o’z-

o’zini  tashxis  texnologiyasini  ishlab  chiqish  uchun  quyidagi  vazifalarni  yechish 

zaruriyati tug’ildi:  

-  o’qituvchi  faoliyati  tarkibini  aniq  pedagogik  sharoitlarda  tahlil  qilib, 

olingan  natijalar  asosida  mazkur  faoliyat  mazmunini  optimal,  qat’iy  algaritmik 

tarzda belgilash; 

-  aniq  pedagogik  vazifalar  (darsni  tayyorlash  va  o’tkazish,  uni  tahlil 

qilish)ni  yechish  jarayonida  o’qituvchi  faoliyatida  namoyon  bo’ladigan  yirik 

pedagogik qiyinchiliklarni aniqlash;  

-  o’qituvchi  kasbiy  faoliyatining  turli  jihatlarini  ajratib,  uning  har  bir 

holatiga mos vazifalar va munosabatni belgilash; 

-  pedagogik-psixologik  bilim,  ko’nikmalar  mazmuni  va  izchilligini 

aniqlab,  ular  yordamida  o’qituvchining  o’z  kasbiy  faoliyatida  uchraydigan 

qiyinchiliklarni ajratishiga erishish; 

-  keltirilgan  vazifalarni  yechish  uchun  o’qituvchi  faoliyatida  pedagogik 

qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi jihatlarni tahlil qilish  zarur.  

O’qituvchi faoliyatida namoyon bo’ladigan asosiy pedagogik qiyinchiliklar: 

-  u  yoki  bu  pedagogik  qiyinchiliklarning  xarakteri  va  namoyon  bo’lish 

shakllari;  

-  tez-tez uchraydigan kasbiy qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash; 

-  ma’lum qiyinchiliklarning o’qituvchi kasbiy faoliyatiga salbiy ta’siri. 

Biz  amalga  oshirgan  tadqiqot  o’qituvchilarning  asosiy  pedagogik 

qiyinchiliklarini aniqlash va ularni 4 guruhga ajratish imkonini berdi. 



Biz  tadqiq  qilgan  barcha  fan  o’qituvchilari  o’z  faoliyatlari  va  o’quv 

jarayonining  metodologik  asoslarini  o’ta  bo’sh  o’zlashtirishgan.  Umumlashgan 

holda bu pedagogik qiyinchiliklar: 

1.  O’qituvchi mehnati, ta’lim-tarbiyaning metodologik muammolariga doir 

qiyinchiliklar. 

2.  Ta’lim-tarbiyaning nazariy masalalariga oid qiyinchiliklar. 

3.  O’qituvchilar duch keladigan didaktik qiyinchiliklar. 

4.  O’qituvchilarning  ilmiy  tadqiqot  metodlarini  chuqur  bilmasligi  bilan 

bog’liq pedagogik qiyinchiliklar. 

Pedagogik  tashxis  usullari  pedagogik  qiyinchiliklarni  bartaraf  qilishda  o’z-

o’zini  tashxis  va  ekspert  baholash  (rahbarlar,  kompetentli  ekspertlar  tomonidan) 

o’qituvchilar faoliyatidagi kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlash va bartaraf qilishda 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

Maktab  rahbarlari  o’qituvchilar  faoliyatidagi  pedagogik  qiyinchiliklarni 

bartaraf  qilishda,  asosan,  pedagogika,  psixologiya,  o’z  fani  va  uni  o’qitish 

metodikasidagi yangiliklarni o’rganish va amaliy faoliyatda foydalanish; rahbarlar 

tomonidan  ilmiy-metodik,  amaliy  yordam  ko’rsatish;  o’zaro  darslarga  kirish  va 

tahlilni  kuchaytirish;  o’z  ustida  ishlash  uchun  maktabda  yetarli  sharoit  yaratilishi 

muhimligini ko’rsatishlar lozim. 

Ta’lim  jarayonida  uchraydigan  qiyinchiliklarni  o’qituvchi  doimiy  izlanish, 

o’z  fani,  pedagogika,  psixologiya,  o’qitish  metodikasini  chuqur  bilish  orqali 

bartaraf etishi mumkin. 



2. Ta’limni   tashxis   etish 

Download 340,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish