O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

14-115-b
.).
Nafaqat farovonlik va iqtisodiy rivojlanish, balki eng qadimgi ag- 
rotexnika qoidalari ham bu parchada o‘z ifodasini topgan. Bu parcha- 
ni qadimgi xalq og‘zaki ijodidagi mehnat qo‘shiqlarining bir namuna- 
si deb aytish mumkin. Mehnatga ezgu munosabatning mahsuli ilk xalq 
qo‘shiqlari namunasini yuzaga keltirdi.
Insonning ezgu va yovuz tabiati albatta mehnatga munosabatida 
ko‘rinadi. Insonning yovuz tabiati, shubhasiz, uni halol mehnatdan uzoq­
lashtiradi, yemi qarovsiz qoldirishga olib keladi. Shunday kimsalarga 
qarata zamin shunday deydi: “Sen begonalar eshigi oidida non istovc- 
hilar bilan birga bo‘lursen. Ko‘zlaring yo‘l ko'radi. Ular seni eshigi os- 
tonasidan haydab yuboradilar” 
(115-bet).
Insonning chinakam qiyofasi, 
hayotiy hodisalar, real voqealar tasviri yuqoridagi har ikki parchada o‘z 
ifodasini topgan.
Yashtlar. Axura Mazda qasidasi. 
“Yashtlar” to‘rtinchi daftami 
tashkil etadi. Bu daftar Axura Mazda qasidasi bilan boshlanadi. Zar­
dusht va Axura Mazda o ‘rtasidagi savol-javobdan ayon bo'lishicha, 
Axura Mazdaning ko‘p ismlari bor. Bu ismlar albatta, uning ma’lum
34


bir qirralari bilan bog‘langan va uning faoliyatiga mos tarzda tanlangan: 
So ‘rovchi, Matlub, Qudrat, Haqiqat, Ezgulik, Aql, Ta’limot, Muallim, 
Avliyo, Muqaddas, Ahur, Qudratli, va h. Axura Mazdaning yana boshqa 
iimlari mazkur qasidada keltirilgan. Uning mazkur ismlariga izoh tari- 
qasida, uning tanholigini, har narsaga qodirligini ko‘rsatish maqsadida 
keltirilgan ismlami Zardusht yoyishiga da’vat qiladi. Zotan, Axura Maz­
daning hammadan yuksakligini, uning najotkor ekanini, g‘animlami va 
Ins-jinslami mahv aylaydigan ekanini Zardusht biladi. Axura Mazdaning 
muqaddas 
ismi hamma tabarruk ibodat kalomlaridan ham qudratli va hu- 
Zurbaxshdir. 
Shu bois ham uning ismi har qancha hamdu sanoga loyiq. 
Zardusht Axura Mazdani quyidagicha madh qiladi:
Sanolar ayturman asli sanoga,
Sanolar ayturman duolar haqqi,
Sanolar ayturman shiddat, qudratga,
Axura Mazdaga, saxovatkorga 
(168-bet).
Zardushtning bu hamdu sanosi Axura Mazdaga aytilgan jamiki ol- 
qishlaming xotimasiday jaranglaydi.
Ardvisura Anahita qasidasi ham o‘ziga xos bo‘lib, suv va hosil- 
dorlik ma’budasi Ardvi (“qudratli”) va Anahita (“g‘uborsiz, pokiza”) 
ismlaridan tashkil topgan. Qasida Axura Mazdaning Zardushtga, Ard­
visura Anahitani sharaflagin, deb qilgan murojaatidan, uning qudrati 
tavsifidan, unga keltirilgan qurbonliklar bayonidan, Axura Mazdaning 
Ardvisura Anahitaga bergan ta’rifidan iborat. Bu qasidada Ardvisura 
Anahitaning mubolag‘ali tasviri diqqatga sazovor:
Qunduz po ‘ stin kiygandir u,
Ardvisura Anahita,
Uch yuz qunduz terisidan 
Tikilgandir qachonlardir.
Boqqan ko‘zni tindiruvchi
Oltin, kumush tusda porlar uning mo‘ynasi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish