Paxsa bayrami - krestga tortilgan Isoning mo‘jizaviy turishi xotirasiga bag’ishlangan bayramdir. Shu tariqa, ma’lum chora ko‘rish - kalendarni tuzatish, uni islox etish extiyoji tug’iladi.
Bu kalendarni islox etish lozimligini katolik cherkovi a’yonlari ham tushunib yetgan edilar. XIV asrda papa Klement IV ham aytgan edi. 1414 yilning martida kalendar masalasi kardinal Fyer de Alye taklifi bilan muhokama etildi. (Kardinal lotincha - katta bosh, katolik cherkovida Rim papasidan so‘nggi oliy ruxoniylik martabasi - Papaning kengashchisi).
1437 yilda Bazel soborida ham shu asosiy muammo sifatida ko‘rib chiqildi. Bu yerda uygonish davrining buyuk olimi filosof Niqolay Kuzanskiy (1401-1464y) o‘zining taklifi bilan chiqishh qildi.
1475 yilda papa Sikst IV kalendar islohoti va pasxani o‘z vaqtida nishonlash bo‘yicha islohot boshladi. Buning uchun u Rimga taniqli nemis astronomi va matematigi Regimontni (1436-1476 y) taklif etdi. Ammo olimning tasodifiy o‘limi tufayli bu islohot to‘xtab qoldi. XVI asr boshlarida ham kalendar islohoti masalalari Lateranskiy (1521-1517 y) va Fredenskiy (1545-1563 y) davrlarida safarda ko‘rib chiqildi. Xatto Yevropada tanilgan Niqolay Kopernik (1473-1545 y) ham Rimga taklif etildi. Ammo Kopernik bu taklifni rad etdi.
Bunday islohot 1582 yili Rim papasi Grigoriy XIII tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Maxsus komissiya tashkil etilib, uning tarkibiga astronomlar va ruxoniylar, shuningdek Bolon universitetining o‘sha vaqtdagi mashxur astronomiya va matematika fanlari professori Ignasiy Dantenni (1536 - 1586y) kiritdi. Bu komissiyaga yangi kalendar loyixasini ishlash topshirildi.
Barcha takliflar variantlari bilan tanishib chiqqan komissiya Ferudje shahar tibbiyot universiteti o‘kituvchisi, italyan matematigi, astronom va vrach Aloiziy Luidje Lilio (1520-1576 y) 1576 yili taklif etgan kalendar islohoti qoidalarini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. (Bu vaqtga kelib Lilio vafot etgan edi). Kalendar islohotining maqsadi baxorning boshlanishi kalendardagi 11 martdan 21 martga ko‘chirishdan, uni yana 21 martdan boshlanadigan qilishdan, ya’ni 10 kunlik xatoni tuzatish va keyinchalik bunday xatoning takrorlanmasligiga yetishishdan iborat bo‘lgan. Komissiya tomonidan ishlab chiqilgan yangi kalendar Grigoriy kalendari (yoki Yuliy kalendaridan eski stildan farqlash uchun, yangi stil) deb atalgan. Lilio variantini 1582 yilning 24 fevralida papa Grigoriy XIII qabul qildi va maxsus bulla chiqarib, sanoq kunlarini 10 kun oldinga, 1582 yilning 4 oqtabr deb hisoblandi.
Kalendarga o‘zgartirish kiritish ancha qiyin kechdi. Buning uchun tropik yil uzunligini bilish kerak edi.
Bu vaqtga kelib, nemis astronomi va matematigi Erazm Reyngoldning (1511-1553 yillarda) 1551 yilda "Pruss jadvali" nashr qilingan edi. Unda tropik yilning davomiyligi 365 kun 5 soat 49 daqiqa 16 soniya bo‘lib, Hozirgi vaqtdan 30 soniya kam edi, xolos. Bu yil uzunligi Yuliy kalendar yilining uzunligidan yiliga 10 daqiqa 44 soniya, 135 yilda 1 sutka, 400 yilda 3 kundan ziyodroq farq qilardi. Demak, Yuliy kalendari xatosini to‘grilash uchun har 400 yilda vaqt hisobidan 3 kunni chiqarib tashlab turishga qaror qilingan. Yuliy kalendari bo‘yicha har 400 yilda 100 ta kabisa yili bo‘lishi kerak edi. Islohotni amalga oshirish uchun, demak 400 yil ichidagi kabisa yillar sonini 97 ga tushirish kerak. Loyixa avtori Lilio Yuliy kalendaridagi yuzlik sonlarni 4 ga bo‘linmaydigan asriy yillarni oddiy yil hisoblashni taklif qilgan edi. Demak, yangi kalendar bo‘yicha yuz yilliklarni bildiruvchi sonlarni 4 ga qoldiqsiz bo‘linadigan asr yillarigina kabisa yillari qatoriga ko‘shiladi. Masalan, 1600, 2000, 2400, 2800 va boshqa yillar ana shunday yillardir. 1700, 1800, 1900, 2100 kabi yillar esa oddiy yil hisoblanadi. Shunday qilib, Grigoriyning kalendari islohotidan keyin kalendar yili tropik yilga yaqinlashdi. Bu kalendar ancha aniq kalendar. Lekin u ham bari bir, tropik yildan 24 soniya farq qiladi. Endi bu kalendarning xatosi yig’ilib 1 kunga yetishi uchun 3300 yil kerak bo‘ladi.
Yaqin vaqtlargacha jahon madaniyati o'chog'i Afrika va Osiyo mamlakatlarigina sanalardi, biroq so'nggi o'n yilliklarda arxeologlar markaziy Amerikada joylashgan Yukatan yarim orolida ibtidoiy madaniyat markazini ochdilar. Bu yerni aholisi qachonlardir asosan Mayya hundulari bo'lgan. Ular astranomiya yil hisobi va xronologiyada ko'zga ko'rinarli yutuqlarga erishdilar. Mayyalar kalendar tizimini yaratib, topish kalendarlardan kuchli farq qilganlar. Ular hayotidagi muhim sanalarni, voqealarni tosh stolbag’a- (st'el) o'yib unda sayyoralar, yulduzlar va vaqtni alohida ierogliflar bilan belgilaganlar.
Diniy odatlarni bajarishda 260 kundan iborat. "Qisqa" yildan foydalanishgan. Yil 13 oy bo'yicha 20 sutka haftalar esa bu yilda 13 kundan belgilangan. Aholi hayoti uchun mayalar 360 va 365 kunlik ikki "Uzun" kalendardan foydalanib, ular "Tup va xaab" deb atalgan. Oxirgisi 18 oydan har biri 20 va 5 sutkadan iborat bo'lgan, Har to'rt yilda yangi yilning birinchi kuni oyning o'sha kuniga to'g'ri kelgan, lekin 13 kunlik haftaning har xil kunida to'g'ri keladi. Bungacha Mayya hindulari 29-30 sutkadan iborat oy kalendarlaridan yarim yillik 6 oydan iborat. Har 6 oyning oylari tartib raqami bilan ataluvchi kalendardan foydalanishgan.18
Do'stlaringiz bilan baham: |