Qadimgi Bobil kalendari.Yer yuzida yaratilgan birinchi qamariy Kalendarning vatani deb Bobil hisoblanadi. Bobil kalendari yaratilishi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarning o‘rtalariga to‘gri keladi. Mesopatamiya – Dajla va Frot oraligining janubiga joylashgan Shumer mamlakatidagi shahar o‘z kalendariga ega edi. Bobil podshosi Hammurapi (er.av. 1792-1750 yillar) ikki daryo oraligidagi Uruk, Qish, Ur, Lagosh va boshqa shahar-davlatlarni o‘z ko‘l ostiga olib, yirik Bobil davlatini tuzdi. Bobil o‘sha vaqtda dunyodagi eng kuchli va boy mamlakatlardan biriga, ilm-fan, madaniyat, san’at hamda dengizchilikning markaziga aylangan edi. Bu yerda astronomiya fani ham keng rivoj topdi.
Hammurapi podsholigi vaqtida Ur shaxrining kalendari Bobilning rasmiy kalendariga aylanadi. Aslida bu yerning ob-xavosi kuruk va jazirama issik bo‘lib, aholining hayoti bevosita baxorda to‘lib oquvchi ikki daryo bilan bog’langan. Qishloq xo‘jaligi suv oqimiga aloqador edi. Buning uchun oldindan qaqrab yotgan yerlarga suv chiqarish kabi og’ir ishlarni bajarishda kalendar kerak bo‘ldi. Kunduz kunlari jazirama Quyosh nurlari ostida ishlab bo‘lmas, buning uchun kechkurun ishlab, oy chiqishhi, oy fazalari va qamariy oyni o‘rganib boriladi. Avvaliga bu kalendar qamariy kalendar edi: u 29 va 30 kunlik 12 ta oydan iborat bo‘lib, har oyning boshlanishi yangi oyning ko‘rinishiga to‘gri kelardi. Yilning birinchi oyi hozirgi kalendar bo‘yicha taxminan 22 mart – 22 aprelga to‘gri kelgan. Yil esa yetti kunlik haftalarga bo‘lingan edi. Yil shunday bo‘lib davomiyligi 354 kunni tashkil qilgan. Qoxinlar bu vaqt hisobini 4 ming yil muqaddam tuzganlar. Biroq ular amalda yilning necha kundan iboratligini aniq bilmaganlar. Tezda aniq bo‘ldiki, yangi yil 354 kundan keyin kelmadi. Chunki kalendar yilning boshlanishi daryo suvlarining toshishiga ham, yangi oyning ko‘rinishiga ham to‘gri kelmaydigan bo‘lib qoldi. Qoxinlar bu noaniqlikni to‘grilash uchun vaqti-vaqti bilan kalendarga 13-oyni kiritishdi. Har sakkizta yilning 2, 5, 7-yili 13-oydan, qolgan beshta yil esa 12 oylik yilligicha qoldi. Shunday qilib xo‘jalik hayot extiyojlari, turmush tarzidan kelib chiqib qamariy – shamsiy kalendar yuzaga keldi. Bu kalendarda vaqtni oyga asoslanib hisoblash asosiy o‘rin egallasa ham, lekin bu hisob tabiatdagi o‘zgarishlarga, quyoshning tabiatdagi harakatiga bog’langan edi. Bobil astronomlari eramizdan avvalgi 380 yillarda 19 yillik siklni kashf etdilar. Shundan so‘ng eramizdan avvalgi IV asr oxirlaridan boshlab bu yerdagi qamariy kalendar – shamsiy kalendarga aylanadi.
Qadimgi bobilliklar aniqroq kalendar yaratdilar, ammo, qamariy oyning davomiyligini 29,5 sutka hisoblab, aslida 29,5306 sutkaga teng ekanligini bilmadilar. Bu farq yil davomida 3 sutkaga oshib borgan. Ularning kalendari taxminiy edi. Chunki ular tropik yilning uzunligini (esda tuting: 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniya) aniq belgilay olmagan edilar. Ammo bobilliklar kalendari boshqa xalqlarning Oyga qarab vaqtni hisoblashlari uchun asos qilib olingan.Qadimgi Bobilda 1 sutka 24 soatga bo‘linib, har soat qandaydir sayyora ta’sirida bo‘lgan. (bu haqda vuqorida to‘xtalib o‘tgan edik).
Shunday qilib bobilliklar uzoq o‘tmishda xatto oy va quyosh tutilishlarini ham oldindan aytib berishgan. Bir oyni har biri 7 kundan iborat 4 qismga bo‘lishgan. Shu tariqa hafta yuzaga keldi. Sutkani soatlar va daqiqalarga bo‘lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |