O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti sirtqi ta’lim yo‘nalishi o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi himoyaga tavsiya etaman Sirtqi bo‘lim


A’zolar: Y.Muhammadiyeva __________ Ch.Jonuzoqova __________ M.Vahobova __________ MUNDARIJA



Download 62,83 Kb.
bet2/2
Sana14.11.2022
Hajmi62,83 Kb.
#865675
1   2
Bog'liq
shablon

A’zolar:
Y.Muhammadiyeva __________
Ch.Jonuzoqova __________
M.Vahobova __________


MUNDARIJA

KIRISH
I.BOB. Abdulla Qahhor hayoti ijod yo‘li………………………………
1.1. Abdulla Qahhorning o’tmish haqidagi hikoyalari.…… ………….
1.2. Abdulla Qahhorning adabiy merosi. …………………......................
1.3. Abdulla Qahhor va Chexov ijodining ustuvorligi.…… ……. . …….……
1.4. Abdulla Qahhor asarlarining umrboqiyligi.………………………………
XULOSA………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..

Kirish
Abdulla Qahhor yangi milliy adabiyotimizning ikkinchi avlodi sanalmish Oybek, G‘. G‘ulom, H. Olimjon, Mirtemirlar safida turib ijod etdi. Safdoshlari kabi A. Qahhorning qizg‘in ijodiy faoliyati XX asrning eng fojiali paytida, mudhish 30-50-yillar sharoitida, mustabid yakkahokim mafkura, sovet adabiy siyosati ta’siri va tazyiqi ostida kechdi. Bu hol yozuvchining ijodiy taqdirida talay noxush asoratlar qoldirdi. Ayni paytda Alloh bergan benazir iste’dod, noyob shaxsiy fazilatlar-o‘ziga xos o‘tkir nigoh, fuqarolik tuyg‘usi, qat’iyat, iroda-bardosh, haqgo‘ylik, halollik va shijoat tufayli zamonasi talotumlaridan yuqori ko‘tarila oldi. Adibning dilbar hikoyalari unga katta shuhrat keltirdi. «Sinchalak», ,,O‘tmishdan ertaklar» qissalari, «Sarob», ,,Qo‘shchinor chiroq-lari» romanlari, «Shohi so‘zana», «Tobutdan tovush» komediyalari, o‘nlab o‘tkir publitsistik chiqishlari, adabiy-tanqidiy maqolalari, zargarona tarjimalari asr adabiyoti, ma’naviy-madaniy hayoti tarixida yorqin va o‘chmas iz qoldirdi.
Adibning hayot va ijod yo‘li. Adibning tarjimayi holida va boshqa shaxsiy huijatlarida qayd etilishicha, Abdulla Qahhor 1907-yilning kuzida, chorshanba kuni-17-sentabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilgan.
Adibning bolaligi Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tgan. Otasi Abduqahhor Tojikistonning Asht qishlog‘idan bo‘lib, asr boshlarida akasi usta Abdurahmonga ergashib Qo‘qon shahriga ko‘chib kelgan, ota kasbi temirchilik bilan shug‘ullangan. Abduqahhor mustaqil oila tebratish ilinjida bo‘lsa kerak, shaharni tark etib, bir necha yillar qishloqma-qishloq ko‘chib yurgan. Onasi Rohatoy Abdulladan oldin va keyin tuqqan sakkiz bolasini qora yer bag‘riga berib, yurak oldirib qo‘ygani uchun bu o‘g‘lini yer-u ko‘kka ishonmay, ko‘z o‘ngidan bir qadam ham jildirgani qo‘ymay, avaylab o‘stirdi. Biroq oilaning bu yolg‘iz farzandi ko‘z ochib, esini tanib, turmushning hadsiz xo‘rlik, shafqatsizliklarini ko‘radi. Ayniqsa darbadar, ko‘chmanchi hayot, tahqir-u nadomatlar go‘dak ko‘ngliga og‘ir botadi. «Bir qishloqda bolalarga endi qo‘shilib, o‘rtoq orttirganimda, boshqa qishloqqa ko‘chib, yana «ko‘chmanchining bolasi» bo‘lib qolar edim. Bu gaplar qattiq haqorat yo‘sinida aytilar edi, -deb eslaydi adib tarjimayi holida.-Bir kuni kechqurun mahalla bolalari ilonni ko‘rgan chumchuqday atrofimda chug‘urlashib turganda, kuzatib turgan bir mo‘ysafid menga rahm qilgan bo‘lib: «Qo‘yinglar, bolalar, tegmanglar, kelgindi bo‘lsa o‘zi bo‘libdimi, xudo qilgan», -dedi. Mo‘ysafidning bu gapi menga bolalarning ta’nasidan ham qattiqroq tegdi, uzoq yillar dilimda cho‘kib yotdi. Bilmadim, ilgari qalay ekanman, lekin nazarimda meni shu gap indamas qilib qo‘ydi. Uyda menga «indamas», «ichimdan top» deb dashnom beradigan bo‘lishdi... Bunaqa ta’na-dashnomlar meni battar «soqov» qilar edi». Bu murg‘ak ozordiyda qalb endi «indamas» degan ta’nadan qutulish uchun odamlardan, hatto o‘z ayasidan ham mumkin qadar qochadigan bo‘lib qoladi. Faqat shulargina emas. Qo‘li qisqalik, yo‘qchilik tufayli oilada yuz beradigan dilsiyohliklar, odam bolasi dosh berishi mumkin bo‘lmagan nochor turmush sharoitlari, qo‘ni-qo‘shnilar, odamlar orasidagi dag‘al, beshafqat munosabatlar, yurtda avj olgan jaholat, uning har qadamdagi ham kulgili, ham mudhish oqibatlari, biri biridan ayanchli, fojeiy sarguzashtlar-Abdulla dunyoga kelib ana shunday muhit, sharoitda esini tanidi. ,,O‘tmishdan, ertaklar»da yozuvchi o‘sha bolalik yillari manzarasi mohiyatini ,,kunlar g‘urbat bilan boshlanib, g‘urbat bilan tugardi» degan birgina jumlada juda yorqin, ta’sjrchan ochib bergan. Ayni shu g‘urbatga to‘la darbadar va mungli hayot taassurotlari murg‘ak Abdulla ko‘nglida ilk bor o‘ziga xos mungli qo‘shiqqa aylanadi, aniqrog‘i ko‘nglidagi hasratlar qo‘shiq bo‘lib otilib chiqadi. Yozuvchining e’tirof etishicha, uning ilk bor ko‘nglida tug‘ilgan qo‘shig‘i-»ijodi» ayni shu mungli kechinmalar haqidadir. Demak, mana shu shafqatsiz hayot Abdullani yozuvchi bo‘lib yetishuvida muhim omil rolini o‘tadi. Keyinchalik u qo‘liga qalam olganda bot-bot bolalik xotiralariga murojaat etishi, o‘tmish haqidagi asarlarning malomatlar, g‘am-g‘ussalar bilan yo‘g‘rilganligi sababi shunda.
Abdulla xarakterining shakllanishida otasining ta’siri katta bo‘lgan. Usta Abduqahhor qo‘li qisqa bo‘lishiga, darbadar hayot kechirishiga qaramay o‘ziga xos mag‘rur, nazari to‘q, insonlik sha’nini baland tutadigan savodli, tadbirkor odam edi; «dadam birovning qo‘lidan bitta yong‘oq ham oldirmay o‘stirgan» deb yozadi adib mamnuniyat bilan. Abdullaga ilk savodni otasi bergan, kitobga havasni ham otasi uyg‘otgan. Adibning eslashicha, otasi kitobga nihoyatda ishqiboz bo‘lib, deyarli har kuni ishdan keyin uydagilarga qiziq kitoblar-har xil jangnomalar, «Dalli va Muxtor», «Bahori donish», «Bobo Ravshan» kabi asarlarni o‘qib bergan. Abdulla muayyan mudbat eskicha usuldagi maktabda o‘qiydi, xat taniydi, so‘ng Oqqo‘rg‘onda Muhammadjon qori degan ochiq fikrli odamning yangicha usuldagi (usuli jadidiya) maktabida o‘qishni davom ettiradi, ,,Qur’oni Karim»ni «Taborak» surasigacha yod oladi. Jadid ma’rifatchilarining darsliklaridan ta’lim oladi, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Tavallo, So‘fizoda, Sidqiy adabiyotlari bilan tanishadi. O‘sha jadid muallimi Muhammadjon qori yozuvchi shaxsiy hayotida chuqur iz qoldirgan, adib bir umr u kishi bilan iliq munosabatda bo‘ladi, ,,O‘tmishdan ertaklar»ning eng nurli bobini shu odamga bag‘ishlaydi.
Bu orada o‘lkada inqilobiy alg‘ov-dalg‘ovlar boshlanib ketadi. Oilaning ko‘chmanchi-darbadar hayoti barham topadi. .Abdulla dastlab sho‘ro maktabi «Istiqbol»da, undan keyin internatda, so‘ng «Kommuna maktabi»da o‘qiydi; o‘zbek bilim yurtining «Namuna-tadbiqot» maktabida, nihoyat bilim yurtining o‘zida o‘qishini davom ettiradi. 1925-yili Toshkentga «Qizil O‘zbekiston» gazetasiga ishga taklif etiladi. «Norin shilpiq», «Mavlon Kufur», «Gulyor», «Erkaboy», «E-hoy» imzolari bilan matbuotda qatnashadi. Bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq uni O‘rta Osiyo Davlat universitetining ishchilar fakultetiga boshladi. Bu yerda u rus tilini o‘rgandi, adabiyot dunyosi bilan yaqindan tanisha boshladi, ayniqsa, Gogol, Turgenev, Chexov asarlari uni o‘ziga maftun etdi; buyuk rus realistlari asarlari yosh Qahhorni «yangi bir olamga, kitob emas, hayot odamlarining tovushi eshitilib, qiyofasi yaqqol ko‘rinib turgan, ularning ichki dunyosini oynaday aks ettiradigan adabiyot olamiga yetakladi». Yosh yozuvchi ularga ergashib asarlar yozishga urindi.
1934-yili yozib tugatgan «Sarob» romani uni chinakamiga elga-jamoatchilikka yetuk yozuvchi sifatida tanitdi. Roman respublika konkursida mukofotlandi. So‘ng u mashhur hikoyanavis sifatida shuhrat qozondi.’ Jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorda turuvchi hikoyalar, deb baho olgan-»Anor», ,,O‘g‘ri», «Bemor», «Adabiyot muallimi», «San’atkor» kabi asarlari maydonga keldi.
Hikoya janrida qalamini qayrab yurgan yozuvchi yana yirik janrga qo‘l urdi. «Sarob»dagi kabi hayot oqimidan chetda turgan kimsa-bu yerda endi ziyoli emas, batrak dehqonning boshdan kechirganlarini tasvir qilmoqchi bo‘ladi. 30-yillar oxirlarida yozila boshlagan asar 1947-yili dunyo yuzini ko‘rdi. .,Qo‘shchinor» nomi bilan atalgan bu romarl o‘sha davr adabiy qoliplariga mos kelmagani uchun jiddiy tanqidga uchraydi; muallif asarni qayta ishlashga majbur bo‘ladi. ,,Qo‘shchinor chiroqlari» nomi bilan chiqqan roman, tanqidni xush qabul qilgan bolsa ham, ta’bimdagi kitob emas», «o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan maqsadimga yetolmadim», deydi adib.
Qahhorning Stalin vafotidan keyingi o‘n yildan ortiqroq hayoti va ijodiy faoliyati g‘oyat sermahsul va samarador bo‘ldi. Shaxsga sig‘inish, mustabid siyosatning tanqid ostiga olinishi, mamlakatda qisman demokratiyaga yo‘l berilishi tufayli Abdulla Qahhor o‘zini erkin his eta boshladi. O‘zbek xalqining, xususan, millat ko‘pchiligini tashkil etgan paxtakor dehqonning nochor ahvoli, paxta dalalarida odamlarning qiynalayotgani, ayollarning mayib bo‘layotgani, bolalarning pachoq bo‘lib o‘sayotgani haqida bong uradi. «Mavsumda bir necha tonna paxtani bittalab terish, shuncha yukni bo‘yniga osib, necha yuzlab kilometr yo‘l bosish uchun afsonaviy Rustamning ham quvvati yetmaydi», deydi adib, mana. shu yumushni qishloqdagi o‘zbek ayoli ado etayotganidan nadomatlar chekadi. Ruslashtirish siyosatining noxush oqibatlari-»ko‘pgina oilalarda bolalar o‘z ona tilisini mutlaqo bilmasligi», bu hol «ota-onani zarracha ham tashvishga solmayotgani», «ba’zi bir oilalarda bola o‘z ona tilisida gapirgani nomus qilayotgani», shu narsa «internatsionalizm»-deb atalayotgani haqida 60-yillarda dangal gapirish-bu hazilakam ish emas edi. El-yurt, millat, milliy adabiyot, ona tilining sofligi yo‘lidagi jonbozliklari, adabiyotidagi soxtalikka qarshi chiqishlari, bu borada yozuvchilikka da’vogar eng yuksak martabadagi shaxslarni ham ayamasligi-chindan-da katta jasorat edi. Abdulla Qodiriy tavalludining 70-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgah anjumanda so‘zlagan nutqi, Qodiriy kabi buyuk siymolarni baholashda «kult davri qoqib ketgan temir qoziq atrofidan yiroq ketilmayotgani» xususidagi achchiq istehzosi, o‘zining oltmish yoshlik tantanasidagi nutqi-bular ajdaho komiga o‘zini tutib berish bilan barobar edi. Abdulla Qahhor bunga jur’at eta oldi.
Abdulla Qahhor bu yillarda badiiy ijodda ham o‘zgalarga ibrat bo‘larli faoliyat ko‘rsatdi. 1956-yili «Ming bir jon, «To‘yda aza» hikoyalari bosildi, so‘ng birin-ketin ,,Dahshat, «Mahalla», ,,Nurli cho‘qqilar» e’lon etildi. Bular milliy hikoyachiligimiz rivojiga o‘zgacha ruh yangi to‘lqin olib kirdi. Adibning 1958-yilda tugatgan «Sinchalak» qissasi katta dovruq qozondi. 1962 yili «Tobutdan tovush» satirik komediyasi, 1965-yili .,O‘tmishdan ertaklar» avtobiografik asari maydonga keldi. Adib ulug‘ maqsadlarni diliga jo etib katta g‘ayrat bilan ijodiy ishlarini davom ettirayotgan bir pallada og‘ir xastalikka-qorason kasaliga uchradi, so‘ng unga yurak xastaligi qo‘shildi. Abdulla Qahhor 1968-yil 25-mayda Moskvadagi kasalxonada vafot etdi. «Muhabbat» qissasi, tugallanmay qolgan «Zilzila» asari vafotidan keyin e’lon etildi.
Hayoti davomida ko‘p jasoratlari bilan el og‘ziga tushgan adib umri poyonida o‘limni ham mardona kutib oldi. Yozuvchining so‘nggi kunlariga shohid bo‘lganlar buni hayrat bilan eslaydilar. Jumladan, rus adibi K. Simonov shunday yozadi: «Qahhor umuman jasoratli, mard kishi edi. Mening u haqdagi so‘nggi xotiram Qahhor shaxsiyatining mana shu xislati bilan bog‘liqdir.
Men uni vafotidan atigi bir kun oldin kasalxonada ko‘rganman. U ajal chang solayotganini bilsa ham o‘lishni istamas va o‘zigagina xos tabiatiga ko‘ra, o‘lim oldida ham o‘zini bardam tutar edi. U karavotda ustma-ust qo‘yilgan yostiqqa suyanib yotarkan, og‘ir-og‘ir nafas olar va qo‘rquvni bilmaydigan nuroniy chehrasida xuddi yor-do‘stlarining istiqboliga yugurib chiqolmaganidan biroz xijolat chekkandek bir ifoda mujassam edi.
Qahhor dunyodan ketayotganini bilsa ham, to joni bor ekan, o‘zini ona-Yerning asl farzandidek sezar edi. Bu mening Qahhor bilan so‘nggi uchrashuvim edi. Men olamdan ko‘z yumayotgan odamning bardam qo‘l siqishlari-yu, teran nigohlarini ko‘rib hayratda qoldim.
Qahhor chin inson edi...»
XX asrning ulkan adibi Abdulla Qahhor ana shunday umr kechirdi.

Abdulla Qahhor hikoyalari


Abdulla Qahhor-mohir hikoyanavis. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining rivojida Qahhorning o‘rni, hissasi nihoyatda katta. XX asr yangi o‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining shakllanishi va rivoji, avvalo, shu adibning nomi bilan bog‘liq. To‘g‘ri, Qahhorga qadar ham ayrim yaxshi hikoyalar yozilgan. A. Qodiriyning «Uloqda», Cho‘lponning «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz» asarlari o‘zbek adabiyotida realistik hikoyalar yaratish yo‘lidagi dadil intilishlar bo‘lgan edi. Qahhor ana shu tajribalarga tayanib, o‘zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko‘tardi va o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. «Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin», -deb yozgan edi rus tanqidchisi V. Smirnova.
Shunday savol tug‘iladi: Nega yozuvchining ilhom to‘la mahorat bilan yozilgan eng barkamol hikoyalari, xususan, o‘tmishdan olib yozilgan novellalari 30-yillarning ikkinchi yarmida maydonga keldi? Bu hikoyalar maydonga kelgan davrni eslaylik. Totalitar rejim siyosati, Stalin qatag‘onlari, inson haq-huquqlari sha’nini toptash avjiga chiqqan yillar edi bu davr. Ana shunday bir sharoitda ko‘plab qalamkashlar sho‘ro davrini, partiya siyosatini, xalqlar dohiysini sharaflab asarlar bitayotgan bir pallada Qahhorning sovet voqeligini qo‘yib, kechmishga yuz o‘girishi, zamonning ilg‘or kishilari, ijobiy qahramonlari qolib, qandaydir kichik odamlar, qoloq kimsalar hayotidan asarlar yozishini qanday baholash mumkin? 30-yillarda Qahhorni kechmish haqida, haq-huquqi, insonlik sha’ni poymol etilayotgan, xo‘rlangan, tahqirlangan kichik odamlar, nodon kimsalar haqida yozishga ilhomlantirgan bosh omil aslida adibning zamonasiga munosabati emasmikan? Bunday tamoyil 40-yillarda yozilgan qator asarlarida ham davom etdi.
Adib dunyoga kelib, esini tanib, ilk bor ko‘nglida og‘ir taassurot qoldirgan narsa-hayotda keng tarqalgan tengsizlik, mutelik, fikrlashdan mahrumlik, qullik psixologiyasidir. Yozuvchining ilk muvaffaqiyatli chiqqan hikoyasi «Boshsiz odam»dayoq mustaqil fikrlashdan mahrum, mute bir kimsaning hajviy xarakteri yaratilgan. Shundan keyin yozuvchi butun ijodi davomida bu toifa nomustaqil, mute odamlar obraziga takror-takror murojaat etadi. Har gal bu ijtimoiy illatning qandaydir yangi bir qirrasini ochadi.
«Bemor»dagi Sotiboldining boshiga tushgan kulfat-og‘ir kasal yotgan xotini dardiga davo izlab yelib-yugurishlari, bu soddadil odamning omonat dalda, maslahatlarga umid bog‘lab yanada xarob, nochor holga tushishi; «O‘g‘ri»dagi jabrdiyda cholning najot kutib mansabdorlar huzurida dovdirab, dildirab turishlari, himmat o‘rniga tahqirlanishi, kamsitish-u xo‘rlashlarga befarqligi; ,,O‘tmishdan ertaklar»dagi Babarning ro‘y bergan falokatlardan gangib, o‘zini yo‘qotar holga tushishi, o‘g‘irlikda gumon qilinib, otqorovul yur desa yurib, tur desa turib, o‘q uzganda kiprik qoqmay jovdirashi, siyosat uchun do‘konga qamab qo‘yganida, ochiq turgan eshikdan chiqib ketmay, qish sovug‘ida tarashadek qotishi-mana shunday jabrdiyda, mute, nochor, xo‘rlangan odamlar qismati bilan tanishganda, bir tomondan, ular holiga behad achinasiz, ikkinchi tomondan, beixtiyor Cho‘lponning
«Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen buncha sustlashding?
Haqorat dilni og‘ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Tiriksan, o‘lmagansan.
Sen-da odam, sen-da insonsan»
degan satrlari yodga tushadi.
Shaxs erki, huquqi, mutelik, qullik psixologiyasi ifodasi, talqini bobida XX asr adabiyotida Cho‘lpon an’analarini eng izchil davom ettirgan adib ayni shu Qahhorning o‘zidir. Qahhorning yuqorida tilga olingan asarlari, personajlari xuddi Cho‘lpondagi kabi mustabid tuzum sharoitida inson haq-huquqining poymol etilishiga qarshi o‘ziga xos isyondir.
Abdulla Qahhorning XX asr o‘zbek adabiyotida realistik hikoya ustasi bo‘lib yetishishi, shuhrat qozonishi tasodifiy emas. Birinchidan, Qahhor ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti real hayotga keskin yuz o‘girgan, bu davrda Ovrupa zamonaviy jahon adabiyoti tajribalariga tayanayotgan, Qodiriy romanlari, Cho‘lpon lirikasi, hikoyalari, Fitrat, Hamza dramalari orqali yangi yo‘lga tushib olgan, realizm milliy adabiyotda yetakchi oqimga aylanib borayotgan bir pallada ijod maydoniga tushdi. Garchi Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, qolaversa, tengdoshlari Oybek bilan G‘afur G‘ulomlar hikoya janrida qalam tebratayotgan bo‘lsalar-da, ular iste’dodi, tabiati, badiiy tafakkur tarziga ko‘ra bu Janrning odami» emas edilar. Qahhorning «yozuvchi janrni emas, janr yozuvchini tanlaydi», degan gapi bor. Qahhor iste’dodi, badiiy tafakkur tarzi har jihatdan hayot hodisalarini hikoya shaklida ko‘rish, idrok etishga moyildir. Go‘yo u hikoya uchun tug‘ilgan edi, roman, qissa, dramalarida ham adibning hikoya shakliga xos fikrlash tarzi shundoq sezilib, ko‘rinib turadi; uning roman, qissa, dramalari o‘ziga xos alohida-alohida epizodlar, bir-biri bilan bog‘langan hikoyalar majmuasidan iboratga o‘xshaydi. Xullas, Alloh in’om etgan iste’dodi, tabiati Qahhor zimmasiga milliy adabiyotimizda realistik hikoyachilikning asoschisi bo‘lish mas’uliyatini yukladi.
Qahhor hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bo‘lib o‘tgan voqea, real hayotning bir bo‘lagi, epizodi bo‘lib gavdalanadi; hikoyalarning ko‘pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda o‘zi ko‘rgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. «Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko‘chirishdan iborat bo‘lsa, dunyoda bundan oson ish bo‘lmas edi, -deydi adib.-Hayotdan aynan ko‘chirish kitobdan ko‘chirishday gap. Nusxa nusxa bo‘lib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutib bo‘lmaydi. Griginallik hayot haqiqatini dildan o‘tkazish, uni his qilish, unga o‘ylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qo‘shib ifodalash bilan yuzaga keladi». Zotan, yozuvchi hikoyalaridagi hayotiylik, ishontirish kuchi, siri ana shunda. Bundan ham muhimi, yozuvchining o‘sha hayot hodisalarini o‘ziga xos tarzda badiiy idrok etishi, mag‘zini chaqib, ulardan xilma-xil original va teran ma’nolar topishi-kashf etishi hikoyalariga o‘ziga xos joziba baxsh etgan.
Birgina misol. «Bemor»da tasvirlagan voqeaga o‘xshash voqeani yozuvchi bolaligida o‘z boshidan kechirgan. «Biz Qo‘qonga yaqin Yaypan qishlog‘ida turar edik, -deya eslaydi adib.-Onam g‘ira-shira qorong‘i uyda to‘lg‘oq tutib yotar, ichkarida ingragan, dodlagan tovushi eshitilar edi. Yaypan katta qishloq, lekin u vaqtda doktor, tibbiy yordam degan gaplar birovning tushiga ham kirgan emas. Bunday kezlarda qo‘ni-qo‘shnilardan biror keksa ayol chaqirilar edi. Uning tajribali momo bo‘lishi shart emas, qariligining o‘zi kifoya edi. Biz Yaypanga yaqinda ko‘chib kelgan, u yerda qarindosh-urug‘larimiz yo‘q edi, shu sababli dadam qo‘shni bir kampirni chaqirib chiqdi. Kampir ayam yotgan uyga kirib ketdi. Dadam ikkovimiz hovlida o‘tirdik... Qorong‘i tushdi. Meni uyqu bosa boshladi.
Yonimda o‘tirgan dadam birdan o‘rnidan turdi. Ko‘zimni ochdim. Tepamda boyagi qo‘shni kampir turar edi.
1 Qalay?-dedi dadam hovliqib.
2 Qiynalyapti bechora, -dedi kampir va biroz jim turgandan keyin menga ishora qildi, -bolaga ayting, ayasini duo qilsin, go‘dakning duosi ijobat bo‘ladi.
Dadam engashib mening qulog‘imga shivirladi:
- Xudoyo ayamga najot bergin, degin! Ayt!
Dadam qo‘rquv va jahl aralash meni qistar edi. Duo qila boshladim. Bu orada bir-ikki yig‘lab ham oldim. Keyin uxlab qoldim. Ertalab uyg‘onsam ayamning ko‘zi yoribdi».
Bu voqea «Bemor»ga asos bo‘lgan. Lekin muallif voqeani hikoyaga aylantirishda unga qator jiddiy o‘zgartirishlar kiritgan. Hikoyada tasvirlanishicha, Sotiboldining xotini og‘rib qoladi. Sotiboldi qurbi yetgan chora-tadbirlarning hammasini qiladi: domlaga o‘qitadi, tabibga qaratadi, baxshiga, kinnachiga ko‘rsatadi, bulardan hech narsa chiqmaydi. Doktorga qaratish uchun esa qurbi yetmaydi. Vaziyat yanada keskinlashadi, bemor bora-bora og‘irlashadi, Sotiboldi esa najot qidirishda davom etadi, Bahouddinga narsa ko‘taradi, «ko‘ngilga armon bo‘lmasin» deb chilyosin qildiradi, hatto qo‘shni kampirning «begunoh go‘dakning saharda qilgan duosi ijobat bo‘ladi» degan maslahatiga amal qilib, har kuni saharda to‘rt yashar qizchasini uyg‘otadi va uyqu g‘ashligi bilan yig‘lab turgan qizchasiga duo o‘qitib, uni takrorlashga majbur etadi. Voqea xotimasi juda ayanchli-bemor o‘ladi. Sotiboldi o‘lik yonidan olayotganda qizcha uyg‘onadi va ko‘zini ochmasdan odatdagicha «Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin», deb duo qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, hayotdagi hodisa hikoyada xiyla keskinlashtirilgan: to‘lg‘oq dardi tutgan ayol o‘rniga uzoq dard chekkan ayol olingan, dard chekkan ayolning nochor holati, so‘nib borayotgan bemorning ayanchli raftori ta’sirchan ifodalangan. Bunday paytda er boshiga tushadigan musibatlar birma-bir ko‘rsatilgan; qo‘li qisqa g‘amguzor er najot yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha chora-tadbirlarni ko‘radi, ammo bu chora-tadbirlarning hech biri naf keltirmaydi. Agar hayotda ayol darddan forig‘ bo‘lsa, hikoyada dard ayolni olib ketadi. Bola duosi bilan bog‘liq hodisa hikoya dramatizmini oliy pardaga-fojeiy pafos darajasiga ko‘taradi.
Yozuvchi faktni bekorga o‘zgartirgan, uni atayin keskinlashtirgan emas. Muallif hodisaga o‘zgartish kiritayotganda hayot mantig‘iga, badiiyat qonuniyatiga asoslangan, hayot haqiqati mohiyatini mukammalroq, ta’sirchanroq ochish payida bo‘lgan. Jaholat hukm surgan sharoitda umr kechirgan, boshiga musibat tushgan, qo‘li qisqa, qashshoq bir oilaning nochor ahvolini, fojiali qismatini butun keskinligi bilan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.
Qahhor tabiati, iste’dod yo‘nalishi jihatidan hayotdagi, odamlar qismatidagi fojeiylikni teran his etadigan adibdir. Uning eng yetuk hikoyalari ayni fojiali holat, qismatlar ifodalangan asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar, hayotdan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan intiho, badiiy yechim bilan yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, ko‘rguliklarning debochasi vazifasini o‘taydi. «Bemor»dagi Sotiboldi xotinining o‘limi, uyqu aralash ayasining dardiga davo tilagan qizaloq va xotini dardiga davo qidirib bor-budidan judo bo‘lgan erning yangidan yangi sarson-sargardonliklari ibtidosidir. Sizga oldindan tanish ,,O‘g‘ri»-dagi cholning najot izlab mansab-martabaning turli zinapoyalarida turgan yulg‘ichlarga duch kelib, shilinib oxirida «najot» topishi -Egamberdi paxtafurushning «himmati»ga sazovor bo‘lishi, bu himmat esa kelgusida yuz berajak avvalgilardan-da og‘irroq talonchilikning o‘zginasidir. «Dahshat» hikoyasida «tiriklar go‘ristoni» Olimbek dodxoh xonadonidan qutulish yo‘lidagi mislsiz jasorati qahramonning halokati bilan tugaydi, biroq qahramon o‘limi dodxoh xonadonini izdan chiqaradi, talotumlarga giriftor etadi. Yozuvchining komik hodisalar, hajviy xarakterlar ifodalangan «Adabiyot muallimi», «San’atkor» hikoyalarida ham fojeiy ruh ustuvor. Har ikki asardagi o‘zlarini dono, bilimdon, madaniyatli qilib ko‘rsatishga intilgan kimsalar o‘zgalarning achchiq istehzolariga, nadomatlariga loyiqdirlar. Bir umrga o‘zgalarga kulgi bo‘lib yashash ham aslida o‘ziga xos fojiadir.
VI va VII sinflarda Abdulla Qahhorning «Bemor», ,,O‘g‘ri», «Dahshat» hikoyalari, ulardagi yozuvchining tasvir mahorati bilan tanishgansiz. Yozuvchi personajlar bisotini, ularning qanday odam ekanligini birinchi galda xatti-harakati, kechinmalari orqali ko‘rsatadi. Bu jarayonlar esa yorqin badiiy detallar orqali namoyon bo‘ladi. Bu xususiyat yozuvchining hajviy hikoyalariga ham xosdir.
«Adabiyot muallimi» hikoyasi bosh personaji Boqijon Baqoyev nodon, o‘ta madaniyatsiz bir kimsa. Hikoyada yozuvchi biron o‘rinda uni nodon, madaniyatsiz deb atamaydi, oshkora qoralamaydi. Personaj o‘zining nodon, madaniyatsizligini har qadamda xatti-harakatlari, fikrlash tarzi, gap-so‘zlari orqali o‘zi fosh etadi. Nafis, ya’ni badiiy adabiyot muallimi bo‘la turib jiyani, talaba Hamidaning Chexov va uning «Uyqu istagi» hikoyasi haqidagi oddiy savollariga tayinli javob berolmaydi, aslida u javob berishga qodir emas. Bu odamning fojiasi shundaki, aybini tan olgisi kelmaydi, o‘zini har bop bilan bilimdon qilib ko‘rsatishga urinadi, aravani quruq olib qochadi: uning xayolida, tilida bir-biriga qovushmagan nomlar, har xil atamalar, ilmiy tushunchalar... Uning fikrlash yo‘sini gap-so‘zlarida aniqlik, izchillik yo‘q, duch kelgan tomonga o‘tib ketaveradi. Yozuvchi hikoyani yakunlar ekan, savol beruvchi talaba qizning «g‘uvillab turgan boshida shundan boshqa hech narsa yo‘q edi», deb yozadi: «praktikum, minimum, maksimum, Deterding, Stending, Shelling, Mering, Demping...»
Shu tariqa ko‘z oldingizda nodon, notayin odamning nihoyatda aniq hajviy qiyofasi, ichki dunyosi, qolaversa ma’nisiz fojiali hayoti namoyon bo‘ladi.
Xullas, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular hayotiga, qismatiga daxldor fojeiy mohiyatni ko‘rish, teran his etish, personajlar xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim jihatlaridir.
Sarob» romani « Sarob» romani kitob bo‘lib chiqqandan buyon to hozirga qadar uning tevaragida qizg‘in bahs-munozaralar davom etib keladi. U haqda ko‘pgina nohaq ta’nalar ham aytilgan. Adib tarjimayi holida shunday yozadi: «Sarob»ni to‘rt yilda yozib tugatdim... Uni kitobxon xush qabul qildi, lekin ba’zan arzon shuhratparastlik, ba’zan siyosiy demagoglik, ba’zan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri jaholat natijasi bo‘lgan tanqid nayza ko‘tarib qarshi oldi. Bu narsa hatto farosatli odamlarni ham chalg‘itdi». Adabiy davralardan birida «Sarob» tanqidi munosabati bilan berilgan savolga yozuvchi: «Tanqid shu paytga qadar «Sarob»dan nuqul siyosat izladi. Romandagi odamlarning dardi-dunyosini, oh-u zorini eshitadigan bir azamat topilmadi», deya afsus bildirgan edi.
To‘g‘ri. “Sarob»da XX asr 20-yillaridagi ziddiyatli ijtimoiy-siyosiy hodisalar, mafkuraviy siyosiy kurashlar ifodasi ham bor. Davr siyosati ta’sirida, inqilobga qarshi chiqqanlarni tarafkashlik bilan qoralashga urinish ham mavjud. Biroq «Sarob» siyosat asari emas. Romandagi asosiy narsa undagi yetakchi personajlar -Saidiy bilan Munisxon qismati, ruhiyati tahlili ifodasidir. Bu roman birinchi galda xazon bo‘lgan muhabbat, uvol bo‘lgan umr dostonidir. Ikki ko‘rkam yoshning, bir-biriga munosib, aslida baxt uchun tug‘ilgan, ammo shaxsiyatidagi, tabiatidagi ojizliklar, qolaversa, jamiyatdagi ziddiyatlar tufayli hayotda o‘z o‘rnini, baxtini topolmagan navqiron avlodning achchiq fojeiy qismati, ruhiy iztiroblari, oh-zorlari to‘g‘risidagi asardir.
Saidiy bilan Munisxon muhabbati, ular umrining zavol topishida, shubhasiz, bu yoshlar tushib qolgan sharoit, vaziyatning, ziddiyatlarga to‘la davrning hissasi, ta’siri katta. Ayni paytda inson bolasi nomukammal bir zot. Taqdiri azalning o‘yinimi, peshonaga yozilganning ro‘yobga chiqishimi yoki insoniy ojizliklar oqibatimi -ro‘y bergan omadsizlik va baxtsizliklar uchun birinchi galda ularning o‘zlari aybdordirlar; o‘z taqdirlariga nisbatan loqaydlik, xudbinlik, maqsad yo‘lida sobitsizlik, mutelik ixtiyorni o‘zgalar qo‘liga topshirib, razolat bilan ittifoq tutinish, bundan ham yomoni, razolatga ko‘nikish inson bolasi uchun eng og‘ir gunoh, ko‘rgilik, katta fojia. Asarda siz Saidiy va Munisxonning achchiq sevgi va umr savdosi, ruhiy iztiroblari, dramalarga to‘la qalb daftari bilan tanishib, alamli o‘ylarga tolasiz. Bu jihatdan «Sarob» jahon adabiyotidagi ayni shu xil ruhiy fojialar tasvir va tahlil etilgan eng yetuk asarlar bilan bir qatorda turadi. Saidiy yozuvchi nasridagi yetakchi personajlar kabi hayot shafqatsizliklari toptab tashlagan, xo‘rlangan, tahqirlangan, mute, itoatkor, omadsiz shaxs. U «Sarob»dan oldin yozilgan «Boshsiz odam» va undan keyin yaratilgan «Bemor», «O‘g‘ri», «Anor», «O‘tmishdan ertaklar» qahramonlarining boshqa bir sharoitdagi, yirik janrdagi «ongli»-ziyoli qiyofasidagi ko‘rinishidir. Garchi Saidiy ziyoli-jurnalist, yozuvchi bo‘lsa-da, mohiyatan Sotiboldi, Turobjon, Qobil bobo, Babarlardan aytarli farq qilmaydi... Unda alloh bergan bir inson bolasiga loyiq aql-idrok, insoniy tuyg‘u, husn, kuch-qudrat bor-u, biroq unda qat’iyat, sabot yo‘q. Cho‘lpon iborasi bilan aytganda, u muhit girdobida bir somon parcha, hayot oqimida bamisoli oqar suv yuzasidagi poxol cho‘pdek qalqib boradi, har amal, har ishni «haq» deb biladi va shu tariqa o‘z vazni-qadrini boy beradi. Boshlagan biror ishini, orzu-niyat yo‘lidagi intilishini oxiriga yetkaza olmaydi: o‘qishni ora yo‘lda tashlab ketadi, komsomol safida, sho‘rolar idorasida ishlab, ular tarafida turib, buni ham yolchitmaydi, «sho‘ro odami” bo‘lolmaydi; aksilinqilobiy millatchilar guruhi tomon og‘ib, noshudligi, og‘zi bo‘shligi tufayli bu yerda bir necha bor qovun tushiradi, qisqasi, u bu muhitning ham odami bo‘lolmaydi. Ijodda ham nuqul birovlarning irodasi, maslahati, taqdim etgan mavzusi, tuzib bergan rejasi asosida ish ko‘radi. Unda chin iste’dod sohibi uchun zarur shart-mustaqillik, jur’at, jasorat yetishmaydi. Ozgina qarshilikka duch keldimi, darhol ijodiy niyatidan voz kechadi.
Bu yigit shaxsiy-intim hayotda ham o‘ta no‘noq. U go‘zal qiz Munisxonga ko‘ngil berib, uning mehrini qozonadi. Sevgi deb atalmish ilohiy ne’matdan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘iladi. Hayotidagi eng quvonchli, totli onlari uning Munisxon bilan ilk uchrashuv, muloqot damlaridir. Biroq mana shu baxtni ham asrab qolishiga qurbi yetmaydi. Bu noshud-notavon bandayi mo‘min xom xayollarga uchib, kitoblardagiday farovon turmushga erishish, mashhur yozuvchi bo‘lib yetishish orzusida tayanch-sharoit qidirib, badavlat odam-Murodxo‘ja domla xonadoniga ichkuyov bo‘lib keladi. Munisxondek farishta qolib, o‘z taqdirini Soraxondek tasqara bilan bog‘laydi. Bu hol Saidiy tabiatidagi ojizlik, subutsizlik, hayotda yo‘l qo‘ygan xatolarning eng qaltisi va xatarlisi, shaxsiy inqirozining avj nuqtasidir. Saidiyning eng jo‘shqin mehnat, ijodiy faoliyat onlari ezgu maqsadlarga emas, Murodxo‘ja domlaning moddiy manfaatlariga xizmat qiladi.
Qaltis vaziyatlarda bosh personaj qismatida, ruhiyatida yuz bergan o‘ta ziddiyatli, fojiali holatlar asarda katta mahorat bilan ko‘rsatilgan. Inson bolasi uchun eng og‘ir ko‘rgulik, fojia o‘zining ko‘ngil mayliga zid borish, ta’bi suymagan ishni qilish, bundan ham og‘iri-jirkanch vaziyatga o‘zini moslash, taqdirning shafqatsizligiga, omadsizlikka ko‘nikish, omonat asoslar orqali o‘zini ovutishdan iborat. Saidiy domla xonadonida ana shunday mushkulotga duch keladi: aqlga-tasavvurga sig‘maydigan hol yuz beradi-sekin-asta Saidiy qalbidagi barkamol go‘zal qiz Munisxon o‘rnini ma’naviy qashshoq, jismoniy xasta, o‘ta xunuk-tasqara Soraxon egallay boshlaydi. Yozuvchi bu ruhiy jarayonni butun mushkuloti, og‘riqlari, azob-iztiroblari bilan ifoda etadi.
Ayniqsa Saidiyning ko‘ngilsiz vaziyatga o‘zini ko‘niktirish, Soraxondan «fazilat»lar qidirish jarayoni tasviri yozuvchining noyob badiiy kashfiyotidir. Deyarli shunday hol Munisxonda ham yuz beradi. Munisxon ham, o‘z navbatida, Saidiydek ko‘rkam, iste’dodli yigit qolib, vaziyat taqozosi, aka xohishi, amri bilan ma’naviy tuban, ko‘rimsiz, jirkanch odamga zo‘rlab uzatiladi. Munisxon ham bu vaziyatga ko‘nikish, jirkanch kimsadan «fazilat» qidirish azobini chekadi. «Ikkovining farqi shundaki, Munisxon o‘zini alday olmagan-fazilatdan nuqson va nuqsondan fazilat yasashdan ojiz qolgan minutlar»da alamini yig‘idan, Saidiy esa ichkilikdan oladi. Ayniqsa, bir-birining vasliga yeta olmagan, ikki baxtsiz , omadsiz yoshning bir-biriga ro‘para kelgandagi holati-qalblarda kechayotgan iztirob, uni yashirishga qanchalik urinmasinlar, baribir oshkor bo‘lib turishi ifodasi yozuvchi san’atining benazir ehsonlaridandir. Ikki yosh to‘ydan keyin bir-birlariga duch kelganida ikkovi ham uzoq jim qoladi, so‘ng Saidiy «Qutlashim mumkinmi?»-deb so‘raydi. Shu o‘rinda yozuvchi: «Bu so‘zni u juda tez aytdi, ammo aytib bo‘lguncha, ko‘zidan yosh chiqib ketayozdi» deb yozadi. O‘sha kezlardagi qahramon qalbidagi iztirob naqadar nozik, ta’sirchan ifodalangan! «Mumkin!»-deydi sir boy bermagan Munisxon boyagi savolga javob tarzida o‘zini xursand va baxtiyor ko‘rsatishga tirishib. Saidiy bunga ishonmaydi, Munisxonning shu harakati uning yurak-bag‘rini ezib yuboradi. Munisxon yana uzoq vaqt shu mushkul yumushni davom ettiradi, har gal Saidiyni ko‘rganda o‘zini turmushidan, oilaviy hayotidan mamnun ko‘rsatishga intiladi. Buning oqibati ayon. Muallif yozadi : «Bu uzoqqa cho‘zilgan dard natijasi shu bo‘ldiki, Munisxonning go‘zalligi har kimning quchog‘ida bir qatradan qolaverib, tugayozdi».
Yozuvchi Saidiyning, ya’ni qabohatga moslashgan bandayi mo‘minning bu xonadondagi xo‘rliklari, insonlik sha’ni, nafsoniyatining oyoq osti etilishi, tasqara xotin, bulbuligo‘yo qaynona, makkor qaynata tomonidan tahqirlanishi, xasta opasi boshiga tushgan chidab bo‘lmas xo‘rliklar, bularning ustiga ishdagi, ijoddagi omadsizlik, tanazzul tarixini batafsil ko‘rsatadi. Saidiyning o‘sha kezlardagi nochor holati, iztiroblari o‘quvchi qalbini larzaga soladi. Yozuvchi qahramonning ayanchli qismati xususida bir personaj tilidan lo‘nda qilib shunday deydi: «Rahimjon hozir shalag‘i chiqqan aravaday Murodxo‘ja domlaning tomorqasida ag‘anab yotibdi». Nihoyat, Saidiyning ichki hayoti bilan tashqi hayoti orasidagi kundan kun o‘sib borayotgan qarama-qarshilik uning joniga qasd qilar darajasiga yetadi; u telba holga tushadi, o‘lim qidirib, bu dargohdan bosh olib ketadi.
«Sarob» romanida zamonning o‘tkinchi dovullari ta’sirida bitilgan zaif o‘rinlar ham bor; biroq bu roman bosh personajlar fojeiy qismati, ruhiyati dramasi tasviri va badiiy tahlilidan kelib chiqadigan achchiq saboqlari bilan hamma davr kitobxoni uchun qimmatlidir. «Sarob»ni o‘qigan kitobxon inson farzandi hayotda hamisha mustaqil, o‘z taqdiri uchun mas’ul, yuksak e’tiqod yo‘lida sobit va kurashchi bo‘lishi darkor, degan xulosaga keladi.
«O‘tmishdan ertaklar» «O‘tmishdan ertaklar» yozuvchi ijodining qissasi o‘ziga xos yakuni, so‘nggi cho‘qqisi bo‘ldi.
Garchi «O‘tmishdan ertaklar»dan keyin ham bir qator hikoyalar, «Muhabbat» qissasi yaratilgan, ularda qahhorona bitilgan satrlar bo‘lsa-da, badiiy yetuklik jihatidan ,,O‘tmishdan ertaklar» bilan tenglasha olmaydi.
,,O‘tmishdan ertaklar» muallifning bolalikda ko‘rgan-kechirganlari haqidagi avtobiografik asar, biroq o‘zbek adabiyotidagi mavjud avtobiografik asarlardan, jumladan, zamondoshi Oybekning «Bolalik» qissasidan keskin farq qiladi. «Bolalik»da lirik talqin, hodisalarni shoirona idrok etish ustun. Bola obrazi Oybek qissasida birinchi planda ko‘rinsa, uning ko‘rgan-kechirganlari, sarguzashtlari, shu kechinmalari tufayli murg‘ak qalbda tug‘ilgan rang-barang tuyg‘ular ifodasi asar asosini tashkil etsa, ,,O‘tmishdan ertaklar»da bola Abdulla obrazi orqa o‘rinda turadi, u asosan «kuzatuvchi», «guvoh», «xolis hikoyachi» tarzida beriladi; yozuvchining asosiy diqqat-e’tibori bola guvohligida oilada, oila tevaragida yuz bergan voqealarni-turmushning obyektiv lavhalarini chizishga qaratilgan. Bu qissada ham yozuvchi hikoyanavisligicha qoladi, oxirgi «Qo‘qon xarobalari orasida» bobini mustasno etganda, qissaning sarlavhalangan deyarli har bir bobi tugal hikoyadir, aniqrog‘i ular fojiali ruhdagi voqeiy novellalardir. Yozuvchi bu asarida real hayotda ko‘rgan-kechirganlaridan «badiiy to‘qima»-ijodiy fantaziyalarsiz yetuk hikoya-tugal san’at asari yaratishning , real hayot «haqiqatini dildan o‘tkazish, unga ko‘ngildagi gaplarni singdirish»ning ajoyib namunalarini berdi. Umr bo‘yi adibga tinchlik bermagan, butun ijodida temirchi o‘chog‘idagi cho‘g‘dek yallig‘lanib turgan inson sha’ni, qadri bilan bog‘liq alamli o‘y-tuyg‘ular, jaholatga qarshi isyon bu qissada adibning so‘nggi faryodi-fig‘oni kabi yangradi.
Ayni shunday asarni ayni 60-yillar o‘rtasida yaratilish sababi nimada? ,,O‘tmishdan ertaklar» shunchaki adabiyotdagi an’ana ta’sirida muallifning bolalik xotiralarini qog‘ozga tushirish niyatida vujudga kelganmi? Nega bu asar adabiyotdagi mavjud bolalik qissalaridan farqli o‘laroq, asosan, xo‘rlangan. sha’ni toptalgan kimsalar, jaholat qurbonlari haqidagi hikoyalardan iborat bo‘lib chiqdi? Buning sabablarini. jumladan, yozuvchining asar yozilish oldidagi ruhiy holati, kayfiyatlaridan izlash darkor. Adibning o‘sha kezlarda yon daftarda yozib qoldirgan qaydlaridan birida shu so‘zlarni o‘qiymiz:
«Mamlakatimizda Stalindan so‘ng uzundan uzun momaqaldiroq bo‘lib o‘tdi. Bu momaqaldiroqning birinchi sadosi xalqlar ko‘nglida juda katta orzu-umidlar uyg‘otdi, xalqlar buning ketidan keladigan obi rahmatni kutdi, biroq momaqaldiroq, shamol-to‘polon ko‘tardi-yu, obi rahmatdan bir tomchi ham tommadi».
Darhaqiqat, Stalin vafotidan so‘ng momaqaldiroq sadosi tufayli ko‘plar qatori yozuvchi ko‘nglida katta orzu-umidlar uyg‘ondi, odamlar qullik. mutelik zanjirlaridan xalos bo‘lishga, o‘z sha’ni, erki uchun dadil kurash yo‘liga kirishiga umid bog‘ladi. Adibning bu orzu-umidlari ..Ming bir jon», «Sinchalak» kabi asarlarida, romantik ruhdagi qahramonlarida muayyan darajada ifodasini ham topdi. Biroq bu umid-ishonchlar sekin-asta yo‘qqa chiqa bordi; chunki totalitar rejim mohiyat-e’tibori bilan o‘zgarishsiz qoldi, inson haq-huquqini, erkini, sha’nini toptash davom etdi, ijtimoiy adolat yo‘lida kurashga otlanganlar ta’qib, tazyiq ostiga olindi; jumladan, yozuvchining har bir haq gapi, dadil chiqishi qattiq qarshiliklarga uchradi. Itoatkor, mute olamon, maddoh qalamkashlar rahbariyat, totalitar rejim siyosatini ko‘r-ko‘rona olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Adibning yaqin safdoshlari dildan uining tomonida tursalar-da, ko‘p hollarda, qaltis daqiqalarda oshkora himoya qilishga jur’at etolmadilar, shunchaki ko‘ngil so‘rash bilan cheklandilar, sukut saqlashga majbur bo‘ldilar. Yozuvchi bu telba dunyoning bu xildagi telbaliklaridan iztirobda yurdi. «Tobutdan tovush» komediyasi tevaragidagi mashmashalar payti bu hol yaqqol namoyon bo‘ldi. Ana shunday kezlarda tug‘ilgan ,,O‘tmishdan ertaklar»da o‘z-o‘zidan adibning kayfiyatiga mos kechmishining g‘am-g‘ussaga tola malomatli lavhalari qog‘ozga tushishi tabiiy edi; asarda yarim asr burungi voqealar oltmish yosh bo‘sag‘asida turgan adibning og‘ir ruhiy kayfiyatlari-armonlari, alamli o‘y-tuyg‘ulari izhori uchun qulay vosita xizmatini o‘tadi. ,,O‘tmishdan ertaklar» nafaqat yozuvchi ijodiy bisotidagi. balkim XX asr o‘zbek adabiyotidagi Cho‘lpon lirikasidan keyingi eng fojeiy, eng g‘amgin, eng mungli asardir. Qissaga A.Oripovning «Munojot» she’ridagi :
«Eshilib. to‘lg‘anib, ingranadi kuy.
Asrlar g‘amini so‘zlar «Munojot».
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
Qanday chiday olgan ekan odamzod»
degan satrlari epigraf-bosh so‘z qilib olinganligi bejiz emas. Asar qo‘lyozmasi bilan tanishgan yetuk tanqidchilardan biri muallifga «Juda zulmat-ku, kitob o‘quvchida og‘ir taassurot qoldirmas-mikin?» deya e’tiroz bildiradi. Muallif buni tan oladi, asar xususida bundan ham keskinroq ta’nalar aytilishini biladi, biroq, baribir, o‘z ijodiy aqidasiga sodiq qoladi, o‘shanday kishilar ko‘ngli uchun asarga avval mo‘ljallaganidek. ,,O‘tmishdan lavhalar» emas, ,,O‘tmishdan ertaklar» degan ramziy-majoziy nom berish bilan cheklanadi.
90-yillar tanqidchiligi bot-bot XX asr o‘zbek adabiyoti jahon zamonaviy adabiyotidagi jarayonlardan ajralib, ortda qolib ketgan, jumladan, Qahhor va uning avlodi kommunistik mafkura va sotsialistik realizm doirasidagina ijod etgan, degan ta’nalar aytildi. Bunday ta’nalarda asos bor, albatta. Ayni paytda mustabid mafkura tazyiqlariga, sotsialistik realizm qat’iy talablariga qaramay, ayni shu mafkura, shu metodga mansub, deb qaralgan qator so‘z ustalari ijodida XX asr jahon modernistik adabiyotidagi yetakchi tamoyillarga hamohang ayrim jihatlar borligi hayratomuz hodisa. Aslida Qahhor va Qahhor avlodi kommunistik dunyoqarash, sotsialistik realizm doirasida butunlay qolib ketgan emaslar. Oybek she’riyatida, Qahhor nasrida bu hol yaqqol ko‘rinadi. «Sarob» romanida, xususan, bosh qahramon Saidiy ruhiyati, ma’naviy inqirozi tasvirida ekzistensializm falsafasiga asoslangan adabiy tamoyilning mavjudligi, ya’ni shaxsni faqat ijtimoiy munosabatlar mahsuli, shaxs fojiasini esa ijtimoiy, siyosiy-mafkuraviy kurashlar oqibati sifatidagina emas, ayni paytda, shaxs tabiatidagi tug‘ma, tabiiy, sirli-sehrli xususiyatlar, insoniy ojizliklar samarasi, ijtimoiyot, tarixiy sharoit, siyosat, mafkuraga bo‘ysunmaydigan ong-idrokdan tashqaridagi anglab yetilmagan holatlarning zuhuri tarzida berilishi yozuvchining katta ijodiy jasoratidir. Shuningdek, Abdulla Qahhor ijodidagi, jumladan, ,,O‘tmishdan ertaklar»dagi «o‘quvchida juda og‘ir taassurot qoldiruvchi» zulmat-»tarixning malomatli sahifalari», «qora bo‘yoqlar»ning quyuqligi, nurli jihatlarning zaifligi nuqson emas, asarning o‘ziga xos xususiyati va fazilatidir.
Bir joyda qo‘nim topolmay, qishloqma-qishloq ko‘chib, azondan kechgacha ter to‘kib ishlab, tinimsiz temir taqillatib, kichkina xonadon dasturxonini to‘kin qilolmay, armonda yurgan omadsiz ota, sakkizta bolasini qora yer bag‘riga berib, o‘jar qaynona dag‘dag‘alari, darbadar hayot mashaqqatlari tufayli ozib-to‘zib, «arvak» holiga tushgan mushtipar ona. shafqatsiz darbadar turmush, tahqir-u xo‘rliklardan «indamas». ..soqovga aylangan bola haqidagi lavhalar o‘quvchining yurak-bag‘rini ezib yuboradi. O‘zgalarning hayoti-chi? Yozuvchi mehnatkashlar hayotiga oid biri biridan ayanchli, biri biridan dahshatli lavhalar keltiradi. Yo‘qchilik, jaholat qurboni Babarning mudhish taqdiri, ochilmasdan gul g‘unchaligida xazon etilgan «hur qiz» -Sarviniso halokati-har biri dahshat, fojia! Qonsiz, shaxs halokatidan xoli, biroq gumrohlik, jaholat bilan bog‘liq, bir qarashda kulgili tuyulgan hodisalar ham aslida o‘zicha bir fojia! Chunonchi, katta shahar Qo‘qondan bor-yo‘g‘i yigirma chaqirim naridagi qishloq ahli German bilan urush boshlanganligi xabarini ikki oydan keyin, o‘shanda ham tasodifiy suratda eshitadi; kishilarning ko‘ziga oddiy hodisalar-mashinaning chok tikishi, patefonning qo‘shiq aytishi, bir palla tarvuzning po‘chog‘ida ko‘rsatilgan oddiy «nayrang», ohanraboning temir kalitni o‘ziga tortishi, tug‘ruqxonada odamning tug‘ilishi, «shayton arava»-velosiped mingan kishining harakati barcha-barchasi g‘ayritabiiy, mo‘jiza bo‘lib ko‘rinaveradi. Jo‘n, ba’zan tasodifiy xatti-harakatlar juda ko‘ngilsiz va dahshatli oqibatlarga olib keladi. «O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini yeyishga tayyor» turgan «ajdaho» To‘raqul vofurush, o‘jar, dog‘uli Valixon so‘fi, olg‘ir, mug‘ambir ellikboshi, oqposhshoning arzandasi yuzboshi bilan bog‘liq hikoyalar dillarni larzaga soladi. Qissada goho ko‘ngilga huzur baxsh etuvchi nurli lavhalar, kishilararo hazil-mutoyibalar ham uchraydi, biroq bu quvonchli daqiqalar uzoqqa bormaydi, tezda avvalgisidan battarroq, dahshatliroq hodisalar bilan almashadi. Oqdomlaning jinnixonasi yonida umrguzorlik qilish azobidan qutulib, Yaypanga ko‘chgan oilaning yo‘ldagi holatini eslaylik: yo‘l bo‘yidagi devorsiz, devori qulagan, nuragan bog‘lar, qing‘ir-qiyshiq uylarini quchoqlab yotgan chorbog‘lar, qiyg‘os gulga kirgan daraxtlar... Butun qishloq kattakon bog‘ga o‘xshaydi. Shu damlarda oila a’zolari qatori Abdullaning ham ko‘ngli chog‘, o‘rik g‘o‘rasini yeganda hamma yoqni bahor hidi tutib ketadi, butun bahor shu chigitdakkina g‘o‘raning ichiga qamab qo‘yilganday tuyuladi... Afsus, bu quvonch uzoqqa bormaydi. Mana shu go‘zal makonda oila manfur kimsa Vofurush xonadoniga tushib qoladi, oilaning galdagi ko‘rguliklari boshlanadi... Oilaning yana bir ko‘chgan joyi-Oqqo‘rg‘on qishloq emas, anjirzor bog‘lar, chorbog‘larda nuqul anjir. Oila tushgan hovli sahnida ikki tup anjir, shoxlarida shig‘il mevalar, kindigidan sap-sariq sharbat oqib yotibdi; ochlik bo‘lishiga qaramasdan, unga hech kim tegmagan... Quvonchli hodisa, vaziyat; biroq shu zahoti dilni g‘ash qiladigan holat; hovlining egasi bulturgi vaboda bola-chaqasi bilan qirilib ketgan; oila mana shu xosiyatsiz maskanda yashashga majbur...
Butun asar mana shunaqa ko‘ngilsiz voqealar tizimidan tashkil topgan.
Ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, qonunsizlik, jaholat avj olgan yurtda ma’rifat, ijtimoiy adolat uchun olib borilgan kurash usuli ko‘pincha ma’nisiz, behuda, hattoki vahshiyona tus oladi: «Qishloqqa ilm-ma’rifat urug‘ini sochgani kelgan» Muhammadjon qorining yangicha usuldagi ta’lim maktabi johil kimsalar tomonidan xonavayron etiladi. Usta Abduqahhorning akasi qizi Sarvinisoni urib o‘ldirib qo‘yganda bu qotillik uchun hech kim hech narsa demaydi, aksincha bu ishni yaqin kishilar «yopti-yopti» qilishga urinadilar. Qasoskorlar oqposhshoning arzandasi-yuzboshini avval tillalarini yutishga majbur etadilar, zo‘rlab og‘ziga tiqadilar, so‘ng jodida uch bo‘lak qilib, keyin o‘sha bo‘lingan jasadga kerosin sepib o‘t qo‘yadilar. Musulmonchilikda zo‘rlash man etilgan. Bir yoz chillasida ro‘zasini buzgan temirchi oilasi a’zolari ta’qib ostiga olinib, sazoyi etiladi. Temirchi Abduqahhorning johillar jabriga qarshi chiqishi-bid’atga berilgan ayollarga azoyimxonlik qilib dam solishi, ularga tegishishi, raqibi Valixon so‘figa eshakning miyasini yedirib, jinniga aylanishini kutishi, nihoyat shogirdi bilan uni «chirog‘poya» qilishi; o‘g‘li og‘riganida Allohga, aziz-avliyolarga qilgan iltijolari ijobat bo‘lmay, go‘dak joni uzilganida alam, jahl ustida aziz-avliyolarni bo‘ralab so‘kishi, telba ahvolda tokchada turgan Qur’onni olib, qulochkashlab yerga urishi, bu ham yetmaganday, yerda yotgan Qur’onni tepib yuborishi, begunoh buzoqni chavaqlab tashlashi-o‘sha johil, mudhish muhitga munosib isyon, behuda, ma’nisiz xatti-harakatlardir.
Qisqasi, o‘zbek adabiyotida ma’nisiz hayotning bu xildagi mudhish manzaralari hech qachon bu qadar shafqatsizlik bilan ifoda etilgan emas. Yozuvchi haqiqat oldida hatto o‘z yaqinlari, otasini ham ayamaydi. Bu jihatdan ,,O‘tmishdan ertaklar» XX asr jahon yangi adabiyotining noyob badiiy durdonalari qatoridan o‘rin olishga haqlidir.Aytish joizki ulkan so’z san’atkori Abdulla Qahhorning adabiy merosi xalqimiz ma’naviy tafakkurini komillikka yetaklovchi cho’qqilardan biridir.U betakror ijodkor sifatida ham,ulug’vor fazilatlarga ega bo’lgan shaxs sifatida ham xalqimiz ma’naviy hayotida mangulikka aylangan siymodir. Abdulla Qahhor xilma-xil janrdagi asarlari bilan ona Yurtimizning yaqin o’mishining tarixi va o’z davrining to’laqonli manzarasini,zamondoshlarimizning yuksak fazilatlarini faqat o’zigagina xos bo’lagan siqiq va tabiiy hamda boy tafakkurga ega bo’lgan ijodiy uslubda tasvirlab adabiyotimizda maktab yaratdi,unga yangi nafas olib kirdi. Abdulla Qahhor mohir so’z san’atkori edi.Muayyan xarakter va holatni aks ettiradigan so’zni qo’llab va uni o’z qolipiga tushgandek o’rnini topib ishlatish unga maroq bag’ishlardi.Bu jihatdan u haqiqiy mo’jizakor adib edi. So’z uning oldida bamisoli itoatkor askar,qaysi ma’no tomon buyruq qilsa shu tomon yuz tutib,xizmatiga tayyor turgandek edi.Shunga qaramasdan so’zlarni ayab son jihatdan kam so’z bilan katta va teran fikrlarni ifoda qila olishi hammani taajjublantirardi.Ushaxs-personajlarini,ular tushgan vaziyatni,bu vaziyatda ularning holatini aniq ko’ra bilar va shu tarzda tasvirlay olardi.Uning asarlari hayotining o’zidek tabiiy edi.U o’zining hikoyalarida-hayot nafasini,davr ruhini bexat ochish,faqat sezish emas,uni teran anglash,undan ulug’ shaxs, adib sifatida dardlanishdan iborat edi.Uning drammalarini tomosha qilar ekanmiz persanajlarining ba’zi birlarining ustidan kulib,g’azablanib yomon ko’rib qolamiz,ba’zilarida esa o’zimizda paydo bo’lgan xayrixohlikni sezamiz. Ammo bularning barchasining zamirida jamiyatimizning faol a’zosi,haqiqiy fuqaro ijtimoiy hayotdagi buzilishlarning ashaddiy dushmani,qalbi pok inson dardi turadi.Biz o’sha dardlarni baralla eshitamiz,o’zimizni unga jo’r hisoblaymiz. Abdulla Qahhor dastavval o’zbek adabiyotida mohir hikoyanafis sifatida shuhrat topdi.Darhaqiqat,u yangi o’zbek adabiyotidagi realistic hikoyachilikning shakllanishi va rivojlanishida Benazir ijodkor sanaladi. U mazkur janrda xalqimizning XX asr boshlaridagi to’fonli hayotning,sobiq sho’ro tuzumi davridagi turmush tarzi va undagi butun murakkabliklar,millatimizga xos bo’lgan fazilatlatlarni butun bo’yi-basti bilan haqqoniy tasvirlab berdi. Xususan, adib “Anor”,”Ko’r ko’zning ochilishi”, ”O’g’ri”,”Bemor”, ”Dahshat”, ”Adabiyot muallimi”, ”Ko’k konvert”, ”Kampirlar sim qoqdi”, ”Asror bobo”, ”To’yda a’za” kabi hikoyalari bilan XX asr o’zbek nasrida birinchi bo’lib,izchil realism tasvir imkoniyatlarini sergiloligini isbotlab berdi. Abdulla Qahhorning o’z tabiri bilan aytganda,inson xarakteriga birinchi bor qo’l urib yaratgan hikoyasi-“Boshsiz odam” edi.Keyinchalik adib bu hikoyani o’zining 6-tomlik asarlariga ham kiritdiki, bu faktmuallifning “Boshsiz odamga” munosabati ko’p yillar davomida ijobiy bo’lib qolganidan dalolat beradi. Darhaqiqat,hikoyaga adib o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishgan-unda o’zining betakror xarakteriga ega bo’lgan,esda qoladigan individual xususiyatlari bilan oshirib turadigan qahramon obrazi yaratilgan. Bu-Fahriddin. Voqea bizning davrimizda XX yillarning oxirida bo’lib o’tadi.Aniqrog’i, hikoyaga aytarlik voqea yo’q,lekin shunga qaramay,u- boshsiz,ya’ni miyasiz.Fahriddin yoshi anchaga borib qolgan bo’lsa ham,mustaqil fikrlay olmaydi.U hayotdagi eng oddiy haqiqatlarni ham bir- biriga chaqib, tahlil qilish qobilyatidan,ko’rgan,kuzatganlaridanhulosa chiqazish qobilyatidan mutlaqo mahrum.Uning hayotda o’rni yo’q,u o’zini shaxs sifatida idrok ham etolmaydi, butun olamga, odamlarga, ular o’rtasidagi munosabatlarga otasi ko’zi bilan qaraydi,hamma narsani otasini qarichi bilan o’lchab, otasini didi bilan baholaydi.Uning noshudligi, notavonligi, shakligina odamga o’xshashligi, ayniqsa, tug’uruqxonada yotgan Mehrini ko’rgani borgani tasvirlangan epizodga yorqin ochilgan. Bu hikoyada yozuvchi xalq ijodiga xoz usullardan ham rus mumtoz adabiyoti tajribalaridan ham samarali foydalanganligi ko’rinib turadi. “Boshsiz odam” hikoyasini yana bir jihati bor-bu jihat Abdulla Qahhor uslubini o’ziga xos tomonlarini birini namoyon qiladi.”Boshsiz odam”real hayotiy faktlar asosida,yozuvchi o’zi hayotda ko’rgan,kuzatgan hodisalar zamirida yaratgan.Abdulla Qahhorning amakisini esa hikoyaga o’zining hayotdagi nomi bilan usta Abdurahmon bo’lib kirgan. Adib keyinchalik “O’tmishdan ertaklar” da amakisini ham G’afforni ham keng tasvirlagan,ularga munosabati sovuq bo’lganini hikoya qilgan.
Tabiiki, adib hikoyaga hayotdagi voqealarni qayta ishlagan holda,saralab kiritgan,shu tufayli ham feadal psixalogiyasining aksil-insoniy mohiyatini durust ochib bergan. O’tmish haqidagi hikoyalari ichida “O’g’ri’ alohida ajralib turadi. Juda ixchamligi,soddaligi,psixalagiya xarakteristikalarining aniqligi,detallarining yorqinligi,tilining rangdorligi,g’oyaviy umumlashmalarning kuchi bilan bu hikoya haqiqiy ravishda kichik epik formalarga realizmning tashqan ifodalagan ajoyib namuna bo’lib qoldi. Hikoyada voqea shu qadar jonli gavdalantirilganki,o’quvchi o’tmishda dehqon boshida singan tayoqlarning qasir-qusurini aniq eshitayotgan bo’ladi. Hikoyada quruq nasihat,ensani qotiruvchi ditaktika,zeriktiradigan bayon yo’q,g’oya to’laligicha asarning to’qimasida singib ketgan. Bunga yozuvchi xarakterlarni psixalagik jihatdan chuqur asoslash orqali,tabiiylik va hayotiylik orqaliy erishgan. Hech kutilmaganda eng qimmatli, eng zarur, planidan ortiq turadigan narsasidan,yagona ko’makchisidan ayrilgan va falokatning butun fazilati,alamli oqibatini hali oxirigacha anglab yetmagan odamning holati,bu yerda juda aniq va tabiiy ochilgan. Uning titrashi ham,jovdirashi ham,najod izlab odamlarga mo’ltirashi ham, madorsiz tizzalari ham dabdurustdan qattiq zarba yeb, karaxt bo’lib qolgan odamning ahvolini yaxshi ifodalaydi. Bu tasvir o’quvchiga Qobil boboga achinish hissini uyg’otadi,uning taqdiri bizga yaqin bo’lib qoladi,biz ham endi Qobil bobo bu fojiadan qanday qilib qutulishni kuzata boshlaymiz.Yozuvchi hikoya voqeasining tabiiy oqimini susaytirishdi, vaziyat talab qilgan eng hayotiy detallarni kiritib,xarakterni kuchaytiradi. Voqeaga burunsiz ellikboshi aralashadi.Uning birinchi qadamlaridanoq biz ellikboshining qanaqa odamligini payqay boshlaymiz. U Qobil boboning uyiga kelishi zamon, darhol og’il yonida taftish o’tkazadi:”U og’ilga kirib teshikim, ho’kiz bog’lashgan ustunni qimirlatib ham ko’radi”.Uning bu harakatlatlarida, ayniqsa ustunni qimirlatib ko’rishida boshiga falokat tushgan Qobil boboning taqdiriga,qayg’usiga befarq qarash, loqaydlik seziladi.U o’zining taftishi bilan biron chora topishga, o’g’rini tezroq izlab, ko’rishga urinayotgani yo’q. Aslida uning taftishi ma’nosiz,shunchaki rasmiyat uchun o’tkazilgan taftish. Uning birdan-bir foydasi shuki, ellikboshining harakatsizligini niqoblaydi. Ellikboshining loqaydligi uning kankret ma’noda hali umumiy so’zlarida yanada aniqroq ko’rinadi: ”Ho’kizing hech qayoqqa ketmaydi,topiladi!”-deydi ellikboshi. Hol buki, Qobil boboga achingan yurakdan qo’ygan,unga yordam berishmoqchi bo’lgan odam bunaqa umumiy gaplar o’rniga biron amaliy ish qilishi,temirni qizig’ida bosib,o’g’rini iziga tushishi lozim edi.Uning keyingi gapidan biz ellikboshining Qobil bobo taqdiriga loqayd qarashinigina emas,uni haqorat qilayotganining,mensimayotganini,yerga urayotganini hali sezib olamiz. “Yig’lama! Yig’lama deyman! Ho’kizning oq poshsho qo’li ostidan chiqib ketmagan bo’lsa,topiladi” Ho’kizni topilish shartini qarang “Oq poshsho qo’li ostidan chiqib ketmagan bo’lsa” emish. Har bir sog’,esi butun odam bu gapning zamiridagi haqorat va tahqirni payqab olishi qiyin emas.Ammo Qobil bobo najod kutadi,va unga har qanday ohangda aytilgan “topiladi” degan so’z “mana ho’kizing” deganday tuyuladi.”Ho’kizing topiladi”deb ko’ngil ko’tarilgani uchun ellikboshiga “bir nima”berishi kerak. “Qobil bobo hamyonini qoqqaytirib,birini ellikboshiga beradi,yana qancha duo qiladi”. Nega endi ellikboshiga “bir nima”berish kerak?
Yozuvchi buning sabablarini ikki og’iz gap bilan ochadi: “Tekkinga mushuk oftobga chiqmaydi”.Bu odam ellikboshi bo’lish ularni ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir o’ziga yetti yuz bog’ beda,bir toy bergani ma’lum” Bunday yo’llar bilan amalga mingan odam uchun,tabiiy,ellikboshchilik-xalqning xizmatini qilib,mushkulini yengillashtirish emas,boylik orttirish vositasi bo’ladi. Qobil boboning hamyonidagini olgandan so’ng ellikboshining butun qilgan shu bo’ldiki,u “beto’xtov aminga xabar qilmoqchi bo’lib chiqib ketadi” Shundan keyin voqeaga “amin” kirib keladi. Abdulla Qahhor amin obrazini ham zo’r mahorat bilan yaratgan. Yozuvchi uning partretini chizmaydi, biografiyasini aytmaydi, fikrlari, yashash tarzi, poraxo’rligi va hokazolar to’g’risida ma’lumot bermaydi.Biroq uning Qobil boboga aytgan uch-to’rt og’iz gapidan,u bilan gaplashomayatganidan ikki-uch qilig’idan aminning butun qiyofasi namayon bo’ladi qoladi bizning ko’z o’ngimizda. O’sha razil, iflos va qabih bir maxluq paydo bo’ladi. Amin obrazini chizishda yozuvchi dramatic asarlarga xos usullardan-uning nutqi orqali xarakterini ko’rsatadi, kimligini ochish usullaridan foydalanadi.Qobil bobo ne-ne azoblar tortib, qo’rqib, umid qilib Aminning qoshiga keladi.Amin bu sho’rpeshana bechara cholni ko’rib… “og’zini ochmagan qattiq kekirdi,keyin baqbaqasini osiltirib kuldi”. Shu o’rinda olingan parchani sharhlashdan avval jindak chekinish qilib,bir masalada ba’zi mulohazalarni aytishga ehtiyoji seziladi. Gap shundaki,bir vaqtlar Abdulla Qahhorga bag’ishlangan bir ilmiy asarda shu parcha munosabati bilan aytilgan g’alati fikrlarga ro’ba-ro’y kelishi mumkin: “Adib ikki-uch so’z bilan aminning tashqi qiyofasini yorqin chizadi. Aminning baq-baqasini ta’kidlash bilan semiz ekanligini izhor qiladi. Uning kekirishi detalida to’qlikni bildiradi. Etigiga urg’u qo’yish orqali boyligini,yaxshi qiyinlashishi ko’rsatadi”. Albatta yozuvchi hikoyada aminning kekirishini,og’iz ochmay qo’yishini,baq-baqasini tilga olgan ekan,buni bemaqsad qilmagan,lekin ular orqali aminning semizligini yohud to’qligini ham ifodalamoqchi ham bo’lmagan. Shu harakatning o’zida yozuvchi aminning sinfiy mohiyatini ochadi,lekin uning to’qligiyu,yaxshi kiyinishini namoyish etish bilan emas boshqa tarzda ochadi. Shu harakati tufayli amin bizning ko’z o’ngimizda Qobil boboni oyoq uchida ko’rsatadigan razil bir kimsa ekani namayon bo’ladi. Ularning tashvishi,g’ami,kulfati aminga osmondagi yulduzlardan uzoq.Aminda boshqalar uni qayg’urish,birovning dardiga sherik bo’lish,fuqaroning boshini silash,og’irini yengil qilish singari narsalar mutlaqo yo’q. Aminning bundan keyingi so’zlari bu fikrimizning to’la tasdiqlaydi. “Sigir yo’qoldimi?”- deb so’raydi amin voqeadan garchi xabardor bo’lsada.Yig’lab,qaltirab,amindan najod kutib mo’ltirab turgan Qobil boboga: “Yo’qolishidan oldin mormidi?...Yaxshi ho’kizmidi yo yomon ho’kizmidi ?...degan bema’ni savollarni beradi.Hatto dushmaningni ham bunday tahqirlashga haqqi yo’q edi.Bunday muomilaning tagida oddiy fuqaroga,kambag’al dehqonga mensimay,befarq qarash,qolaversa undan nafratlanish,xazar qilish tuyg’usi yotadi.Qobil bobo amin uchun daromad manbai,xolos. U aqalli ellikboshiniga o’xshab jilmayib ham o’tirmaydi.Ochiqdan-ochiq pora so’rab beradi: “Suyunchisi nima bo’ldi? Suyunchidan chashma olib kelinmadimi? Bir haftadan keyin ma’lum bo’ladiki,”suyunchi” evaziga aminning bor-yo’q qilgan ishi Qobil boboga “pristafka” arz qilishiga ruxsat berishdan iborat bo’ladi. Hikoyaning boshida “aminning o’limi-itning bayrami” degan maqol keltirilgan.Hikoyaning so’ngida biz bu maqolaning ma’nosini kankret tushunamiz. Ko’ramizki,Qobil bobo ahir fojiani boshidan kechiradi. Biroq asl fojia ho’kizni o’g’irlanishi emas. Qobil bobo fojiasining asl sabablari - ellikboshi, amin, tilmoch, pristavlar. Ular Qobil bobo ustiga ko’zgudek yopishtirilib,uning bir tomchi qonini qoldirmay so’rib olishadi. Ular bu ojiz, notavon, mushtipar odamni mazax qilishadi, xo’rlashadi, tuproqqa qorishadi, uning insoniyligi qadru qimmatiga tupurishadi. Qobil bobo esa buni tushunib yetmaydi.Uning asl fojiasi Masha shunda. Yozuvchi Qobil boboning ayanchli taqdirida o’tmishdagi yuz minglab oddiy odamlarning og’ir ahvolini umumlashtirib ko’rsatadi.Abdulla Qahhorning o’tmishi haqidagi hikoyalarni xajman kichik bo’lsa-da,mazmunan teranligi,badiiy o’tkirligi bilan o’zbek prozasi rivojida alohida o’rin tutadi,chunki,shu hikoyalarda realistic prinsiplar uzil kesil shakllanib,barkamol tarzda namoyon bo’ladi. 30-yillardagi adabiy vaziyat ancha murakkab bo’lsa-da,tanqidchilar Abdulla Qahhor boshiga bir-biridan vahimaliroq tahdidlarni yog’dirib turgan bo’lsa-da, adib bu yo’llarda ilhom bilan to’lishib-yonib ijod qiladi va ellikdan ortiq hikoyalar yaratadi. Ularning bir qismi yuqorida ko’rganimizdek, o’tmish manzaralariga bag’ishlangan edi. Ko’pchilik hikoyalar
esa,zamonaviy mavzularda bo’lib,ular ham g’oyaviy mazmunga,shakliy xususiyatlariga ko’ra ikkiga ajraladi Bu hikoyalarning ko’pchiligi xajviy hikoyalardir.Ularda odamlarda uchrab turadigan turli-tuman kamchiliklar tanqid qilinadi. Bu hikoyalar o’z vaqtida juda katta ijtimoiy-tarbiyaviy qimmatga ega edi. Bunday qarashlarga moyil tushunchalar Abdulla Qahhorni salbiy xodisalarni qalamga olgani, hajviy asarlar yaratgani uchun savalashadi. Yana o’sha yillarda rasmiy tus olgan qarashlarga ko’ra, ijtimoiy realizm birinchi navbatda,hayotning yorqin,ijobiy tomonlarini tasvirlashi kerak. Ijtimoiy realizm asarlarida ijobiy kuchlarning g’alabasi muqarrar ekani ko’rsatiladi,salbiy kuchlar esa,albatta o’lib borayotgan,istiqboli yo’q kuchlar sifatida ko’rsatiladi. “Bemor” hajm jihatdan juda kichkina, “mitti”hikoya. Undagi voqea ham g’oyat oddiy-Sotiboldining xotini og’rib qoldiyu vafot etadi. Odamning kasalga chalinishi,xastalik tufayli vafot etishi-tabiiy narsa,buning hayrat qoladigan joyi yo’q. San’atkorning sehrli qalami ostida mana shu juda jo’n,tabiiy voqeani bayon qiluvchi kichik hikoya o’tmishini qoralovchi dahshatli aybnomaga aylanadi. Sotiboldi ham,unung xotini ham o’tmishidagi g’ayriinsoniy tartiblarning,ijtimoiy tengsizlikning,faqirlikning qurboni,yozuvchi aniq topilgan,tejab ishlatilgan detallar orqali o’quvchini ana shu xulosaga olib keladi. Ehtimol,Sotiboldining xotini tuzalib ketishi mumkin edi. Ammo “doktorxona”deganda Sotiboldining ko’z o’ngida izvosh va oqpodshoning sur’ati solingan 25 so’mlik pul keladi.25 so’m! Ertadan kechgacha oftobshuvoqda gavramlar ichiga ko’milib,savat to’qiydigan Sotiboldi esa juda yorlaqaganda baqqoldosh yigirma tanga qarz olishi mumkin.Uning xo’jayini Abdug’ayniboyga 25 so’m cho’t emas albatta.Ammo u Sotiboldiga 25 so’m berib,xotinini 25 so’m berib doktorga ko’rsatishni maslahat bermaydi.Buni xayoliga ham keltirmaydi,aksincha,u devoni Bahovuddin bilan G’avsul a’zamga sadaqa atashini maslahat berishidan nariga o’tmaydi.Chor-nochor Sotiboldi xonaki tadbirlarga murojaat qilishga majbur bo’ladi: xotini o’qitadi,xipchin bilan savalatadi,chilyosun qildiradi. Sotiboldining “ko’pchiligiga armon bo’lmasin” ma’nosiga qilgan bu harakatlari cho’kayotgan odamning somon parchasiga yopishishini eslatadi. Yozuvchi bemor atrofidagi vaziyatni juda ixcham va aniq tasvirlaydi: “To’rt yashar qizchasi qo’liga ro’molcha olib, onasi yuzini karaxt,nimjon xira pashshalardan qo’riydi,ba’zan qo’lida ro’mol bilan mukka tushib,o’xshab qoladi. Hamma yoq jim.Faqat pashsha g’ing’ilaydi,bemor miqilaydi; Har zamon yaqin yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi. “Hey do’st,shaydullo ba nomi ollo,sadaqa raddi balo,va qavli rasulli hudo…”. Xira pashshalarning g’ing’illashi,bemorning ing’illashi,gadoyning ahyon- ahyondagi tovushigina buzadigan go’riston sukunatiga o’xshash bu sovuq tillik hikoyaga muayyan psixalagik kayfiyat tug’diribgina qo’ya-qolmaydi,balki qahramonlar boshiga tushgan munosabatning qanchalik og’irligini yanada bo’rttiradi.Sotiboldi qahri qattiq dunyoning (qahri qattiq,tajovuzzi qarshisida himoyasiz,nochor,notavon,u faqat talvasaga tushishi, boshini har tomonga urishi,yig’lab-siqtashigina mumkin,qo’lidan boshqa hech narsa kelmaydi. Zulmat dunyosida,tengsizlik olamida,fojia qarshisida notavonlik, ojizlik birgina Sotiboldining qismati emas.Hikoyada shunday detal bor; talvasaga tushib,gangib qolgan Sotiboldi qo’shni kampirni yordamga chaqiradi: “Kampir bemorning to’zigan sochlarini tuzatadi,u yog’-buyog’ini silaydi,so’ngra… o’tirib yig’laydi” Bemor,Sotiboldigagina emas,sho’ring qurg’ur kampir ham taqdir zarbalari qarshisida ojiz,notavon. Sotiboldilar fojiasining butun daxshati har kuni sahardan xudodan onasining dardiga shifo so’rab,duo qiladigan to’rt yashar begunoh go’dak orqali yanada chuqurroq ochiladi. Hikoya fojiasida onasining murdasi yonida ma’suma go’dakning uyqisirab aytgan: “Hudoyo ayamdi daydiga davo beygin”-degan so’zlarini o’qir ekanmiz,bu so’zlar bizga go’dak qalbidan chiqqan istisno emas,insonni shunchalar xor qilgan,tilsiz,qaysar notavon qurbonga aylantirgan,uni juraat chilchillari bilan bo’g’aeva tashlagan dunyoga qarshi yuramiz qa’ridan ko’tarilgan la’nat nidosiday tugaladi. Abdulla Qahhorning 30-yillardagi hajviy hikoyalarida insonni qadru qimmatini pastga uradigan turli-tuman nuqsonlar,har xil illatlar badiiy jihatdan teramlar atroflicha tadqiq qilishgan. Masalan, “Bek”, “Og’aynilar”, “Ikki yorti bir butun”, “Mulofiq” kabi hikoyalarda Abdulla Qahhor
laganbardorlik,xushomadgo’ylik,mulofiqlik kabi illatlarni qattiq qoralaydi.Bu illatlar hamisha jamiyatda zararli,odamlarning o’zaro munosabatlariga rahna soluvchi illatlar bo’lib keladi. Ammo muayyan sharoitda bu illatlar,ayniqsa mulofiqlik odamlar boshiga son-sanoqsiz kulfatlatlarni slogan. Abdulla Qahhor “Mulofiq” hikoyasiga shunday shaxsning kishini ijirg’aytiruvchi obrazini yaratgan.Kattakon ketman nusxa shapka kiygan, enli kamar bog’lab yuradigan Nizomiddinov xalq dushmanlarini fosh qilish maqsadida kurakda turmagan dalillarni ro’noch qilib,halol odamlarga tuxmat yog’diradi,ularga siyosiy ayblar qo’yadi. Biri shuning uchun dushmanki, “o’rmoq Buzrikov o’g’lini otini Maris qo’yganida kulgan”. Ikkinchisi shuning uchun dushmanki, “Bir mushtimzo’rlardan echki sotib olgan”. Yana bir chol “8 mart kechasi bo’shagan shishalarni uyga olib ketgan”.Nizomiddinov boshqalarga tuhmat yog’dirish yo’li bilan ularni qo’rqitib olishga intiladi,hamma undan cho’chisa,shunga uning oshig’i olchin,birov mushugini pisht deyolmaydi. Holbuki,Nizomiddinovning o’zi munofiqqina emas,u o’taketgan laganbardor-xushomadgo’yligi shu darajadaki,boshlig’ini kuldirish uchun qovunga piyoz qo’shib yeydi. Xullas,hikoyada munofiqlik e’tiqodsizlik bilan qo’shilib ketganda jamiyat uchun xavfli illatga aylanishi yaxshi ko’rsatilgan. Bulardan tashqari madaniyatsizlik, ongsizlik, nodonlik, manmanlik kabi qusurlar “Adabiyot muallimi”, “San’atkor”, “O’jar”, “Ayb kimda”, kabi hikoyalarda yaxshi ochilgan. Yangi hayot,yangi madaniyat,yangi axloq va yangi psixalogiya egalari Abdulla Qahhorning hamma hajviy hikoyalarida salbiy qahramonlarning salbiyligi yanada chuqurroq ta’kidlaydigan fon vazifasini bajaradi. Abdulla Qahhor ijodiga xos satirin yo’nalishini Ozod Sharofiddinov shunday ta’riflaydi, “Abdulla Qahhor hajviyotga, satiraga, kulgiga moyil yozuvchi. U adabiyotdagi birinchi qadamini satiradan boshlagan.Yigirmanchi yillarda Respublikamizda chiqqan gazeta va jurnallarning varaqlasangiz “Gulyor”, “Yalang oyoq”, “Nish” degan g’alati taxallusga duch kelasiz.Ularning adabiyot dargohida endigina qadam qo’ygan 17-yashar Abdulla Qahhor o’ylab topgan edi. Bu taxallus bilan bir talay satiric she’rlar, o’tkir fel’etonlar,kulgili hikoyalar bosilgan. Biz uning asarlarini o’qib,ulardan qiziq voqealardan,ajoyib odamlardan,o’tkir iboralardan,ma’nodor qochiriqlardan,nozik hikoyalardan zavqlanib ko’p kulganimizni va yozuvchining is’tedodiga tahsin o’qiganmiz. Shuning uchun tahsin o’qiganmizki,tom ma’nodagi satiric asar yaratish juda qiyin ish.Bu hamma yozuvchiga ham muyassar bo’lavermaydi. Satira to’xtovsiz zo’rayib boradigan mubolag’a emas. Satira-hayotga,har qadamda,hodisalar zamirida yashirinib yotgan kulguni payqashga,uni asarga ko’chirib,qayta yaratishga,jonlantirishga imkon beradigan alohida qobilyat tufayli tug’iladi. Abdulla Qahhor ana shunday kamyob iste’dod egasi,hajvga ,kulguga moyillik uning qon-qoniga singib ketgan xuxusiyat,qolaversa,uning fikrlashidagi o’ziga xoslikdan tug’ulgan. Abdulla Qahhor birinchi satiric asarlarini yozish uchun qo’lga qalam olgan paytlarida o’zining hajviyoti bilan Abdulla Qodiriy ijod qilar edi. Shu tariqa Abdulla Qahhor hajviy hikoyalarida turli-tuman ijtimoiy illatlarni ishonarli satiric tillarda mujassamlashtirar ekan,shu illatlarni qoralash,qusurlarni rad etish bilan cheklanmaydi.U ayni chog’da yangi hayotning qudratini qadamini ham tasdiqlaydi. Abdulla Qahhor kamdan-kam hollardagina qahramon harakterini bayon qilish,ta’rif-tavsif yordamida ochadi,asosan esa ular bevosita harakatda ko’rsatiladi. Adib yaratgan satiric obrazlarda partret ham muhim o’rin tutadi. U, ayniqsa, psixalagik partretdan keng foydalanadi.Biz yuqorida “Munofiq” hikoyasiga ma’lum darajada to’xtab o’tdik. Endi shu hikoyada qahramon partreti qanday chizilganiga ahamiyat beramiz. “U kattakon keman nusxa shapkasini ustiga qo’yib,bir quchoq matrial bilan minbarga chiqdi:enlik kamarini tortib bog’lab” Mana endi so’zlash payti keldi” deganday majlis ahliga bir nazar tashladiyu so’z boshladi:
-O’rtoqlar! Traukeychi-Buxoriylichi boshditlar,burjua millatchilari …Ketdi…
Sirasini aytgandan,bu parchani tom ma’noda tugal deb bilmaydi. U tepalikni yo sochi jingalakmi,nozini ajin bosganmi yo ham silliq,qip-qizilmi,burni,qoshi,quloqlari
qanaqa,ozg’inmi-hikoyada bularning hech qaysisi tilga olinmaydi.Bunday oddiy hikoya davomida ham uning tashqi qiyofasi tilga olinmaydi.Biroq shunga qaramay,o’quvchida Nizomiddinovning qiyofasini ko’z oldiga keltiradi,uning qanaqa odam haqida tugal tasavvur hosil qiladi.U kitobxon diqqatini Nizomiddinov qiyofasidagi ikkita narsaga-uning “ketman nusxa shapkasi” yu “enlik kamariga” nasib qiladi… Shunisi muhimki,shapka ham,kamar ham faqat obrazni shakllantirish uchun,uning qiyofasiga kankretlik baxsh etish uchungina xizmat qilmaydi. Ayni choqda bu detallar satiric tipning ijtimoiy mohiyatini ta’kidlovchi muhim vositahamdir. Gap shundaki,30-yiilarning o’rtalarida ketman nusxa shapka,ko’kragida ikkita cho’ntakli,qaytarma yoqali,nimasi bilandir galifega o’xshab ketadigan yarmi harbiycha shim,xram etik ancha modaga kirgan edi.Biroq muayyan toifali odamlar bu libosdan g’arazli maqsadlarda foydalanganlar.
Ular bu liboslar yordamida o’zlarining ijtimoiy tuzumini o’ta jonkuyar himoyachisi qilib ko’rsatishga,kaltabinliklarini,munofiqliklarini yashirishga urinishgan. Abdulla Qahhor hikoyada Nizomiddinovning tashqi qiyofasidagi ikkita detalni ta’kidlash orqali uning xarakteridagi ana shu jihatlariga ishora qilayapti. Shunisi e’tiborga loyiqki, “Munofiq” hikoyasida ham,boshqa hajviy hikoyalarda ham adib shoir talabiga amal qiladi-biron o’rinda partret chizishda batafsillikka berilmay,eng muhim detallargina qahramonning qiyofasini ochadi. Tabiiyki,yozuvchi shunday ixcham partretning o’zi bilan qiyofalashga,obraz yetarli darajada ochilmay qolishi mumkin edi. Shuning uchun u hikoya davomida Nizomiddinovning nutqini ham berib boradi.Natijada nutqiy xarakteristika qahramonning kim ekani to’la ko’rsatadi-da,uning mohiyatini ochishda muhim badiiy vositaga aylanadi. U balandparvoz gaplarni yoqtiradi,hamma narsaga siyosiy tus beradi,qizil gaplar bilan o’zining demogogligini niqoblaydi.Satirik xarakter yaratishdagi bunday prinsip “Adabiyot muallimi”, “O’jar”, “San’atkor” kabi hikoyalarda ham yetakchi o’rin tutadi. Abdulla Qahhorning yana satiric hikoyalaridan biri “Mayiz yemagan xotin”. Uning qahramoni-mulla norko’zi. Yozuvchi bu odamning partretini chizmaydi,qiyofasini tasvirlamaydi,biografiyasini ko’rsatmaydi. Biz hatto uning nima ish bilan shug’ullanishi,kasbi kori qandayligini ham batafsilroq bilmaymiz.

Adib faqat bir o’rinda uning “har kuni bozordan qaytib,samovorga chiqishi” haqida gapiradi.Shunga qarab hukm qilganda mulla Norko’zi chayqovchilik bilan tiriklik qiladigan chorbozorchi .Biroq kasbi-kori mulla Norko’zining xarakterini ochishda yetakchi ahamiyatga ega emas-adib uning xarakterini xotin-qizlar masalasiga munosabati orqali ochadi.Mulla Norko’zi-xotin-qizlarni paranji tashlashga,ko’cha-kuylarda ochiq,erkin yurishga,foydali ijtimoiy mehnat bilan shug’ullanishga tish tirnog’i bilan qarshi. Negaki,uninge’tiqodicha,ochilgan ayollarning hammasi buzuq. Ayol hayosini daxlsiz saqlaydigan birdan-bir narsa paranji. Biroq hayot Mulla Norko’zi bichib-to’qigan kamchiliklarni tan olmagan holda olg’a harakat qilishda davom etadi.Uning qudrati qarshisida ojiz qolgan mulla Norko’zi paranji tashlagan ayollarni g’iybat qilib,yomon otliq qilishdan boshqaga yaramaydi: “Sotiboldining xotini dorixonada ishlaydi,har kuni mingta odam bilan javob-muomila qiladi: axir bittasi bo’lmasa,bittasi ko’z qisadi-da!

Meliko’zining xotini avtobusda kanduktor,ba’zan yarim kechada keladi, ishi erta tugagan kuni ham yarim kechagacha ayshini qilsa,eri bilib o’tiriptimi? Izzatillaning singlisi esa,artist haloyiqqa qarab maqom qiladi. Norbo’taning qizi doktorlikka o’qiydi,mingta oshnasi bor desang-chi! Erkaklarning ichida yurgandan keyin nima bo’lar edi! Bo’yi yetib qolgan qizlarni maktabga yuvorgan ota-onalariga hayronman…” Bu so’zlardan mulla Norko’zining qanaqa odamligi,madaniy saviyasi,fikrlash doirasi “mana men” deb ko’rinib turibdi.U o’zini “avliyo” fahmlaydi, “hayo” “poklik”, “halollik” deb og’iz ko’pirtirib vaysaydi, o’zini “axmoq muhibi”deb biladi. Aslida esa o’z xotinini eplolmaydigan,kaltabin,befarosat,landovur bir kimsa…
Hikoyada mulla Norko’zining “hayolparvoligi” naqadar ayanchli ekanligi konkret voqea yordamida juda yaxshi ochiladi. Ma’lum bo’ladiki,mulla Norko’zi astoydil

sog’ingan paranji hayo pardasi emas, hayosizlik, buzuqlik pardasi ekan, uning xotini


paranjidan foydalanib begana bir erkak bilan ayshini surib yurar ekan.Hikoyada mulla Norko’zining xotini ham yorqin satiric tip darajasiga ko’tarilgan. To’g’ri,mulla Norko’zi kabi uning ham na nomi aytiladi,na partreti chiziladi,na biografiyasi beriladi.Lekin shunga qaramay,u bizning ko’z o’ngimizda shahvoniyatga berilgan,mulla Norko’ziday laqma odamning oldiga poxol solishga usta,uni ariqqa olib borib,sug’ormay olib keladigan xotin sifatida namoyon bo’ladi.Uning uddabironligi shu darajadaki,o’zining mulla Norko’ziga haqiqat farishta sifatida ko’rsatgan va bunga sho’ring qurg’ur laqma erni chippa-chin ishontiradi. Hikoyada mulla Norko’zi xarakterining yana bir tomoni yaxshi ochilgan-u otdan tushsa ham, egaridan tushmaydiganlar toifasidan-sharmandasi chiqib,mahalla ahli oldida siri fosh bo’lsa ham gapini bermaslikka,o’zinikini maqullashga harakat qiladi. Bu esa uning kulgili mohiyatini,bachkanaligini yanada yaxshiroq ochgan. Hikoyani yechimi mahorat bilan ishlangan: “Devor ustida turgan o’n ikki yoshlardagi qiz devordan kesak ko’chirib olib,mulla Norko’ziga o’qtaladi:
-Hu o’l,turqing qursin!boshinga solayin shu bilan. Mahallada sasib,o’quvchi qizlarga kun bermaysan-ku,o’zing noto’g’ri ish qilasan…”Bu achchiq ta’naga nima javob berish mumkin? Esliroq odam bo’lsa hijolat ichida indamay qo’yishi mumkin edi.Ammo mulla Norko’zi unday emas. “U devor ustidagi qizga qarab,bo’g’iq tovush bilan o’shqirdi:
-Sen gapirma! Senga kim qo’yipti gapirishni! Usta Mavlonovning o’g’lidan bir hovuch mayiz olganingni o’z ko’zim bilan ko’rganman”
O’n ikki yashar qiz bola bilan mulla Norko’zi o’rtasidagi bu “daxshatli jang” shunchaki hikoyaning asosiy g’oyaviy mazmunini ochish uchungina yohud hikoya yozilishi,chiroyli qilish uchungina kiritilgan. Bu “tongda” xalq ijodining ruhi,ayniqsa,Xoja Nasriddin haqidagi latifalarning ruhi yaqqol sezilib turibdi.Afandi birovning bog’iga o’g’rillika tushib,qo’lga tushib qolganda,bog’ egasining “bu yerda nima qilib yuripsan”? degan savoliga “nega xotiningga qovun olib bermading”?-deb javob beradi. Bunday javob latifada,ehtimol,kulgi tug’dirish uchungina xizmat qilar edi.Ammo shu ruhdagi dialog “mayiz yemagan xotin” hikoyasida qahramonnig salbiy mohiyatini chuqurroq ochishga yordam bergan. Shu tariqa 30-yillar uchun muhim ahamiyat kasb etgan,keyinchalik o’z o’rnini boshqa jiddiy mavzularga bag’ishlab bergan masalaga bag’ishlangan bo’lsa-da,qahramonlar harakteri mahorat bilan yaratilgani uchun bu hikoya umrboqiylik kasb etadi. Abdulla Qahhorning 30-yillardagi hajviy hikoyalarida insonning qadr-qimmatini pastga uradigan turli-tuman nuqsonlar,har xil illatlar badiiy jihatdan teranlik bilan atroflicha tadqiq qilingan. Abdulla Qahhor fikriga ko’ra “Maskvadan eski kitoblar magazinini aylanib ko’rib, Тольстой, Чехов, Гоголь, Тургенов, Лермонтов, Дастаевский, Писарев, Белинский, Горкий asarlaridan 6-yashik kitoblar bilan qaytgan. Shundan keyin rus adabiyoti darsiga sho’ng’ib ketgan.Bu voqealar men har bir yozuvchini chuqurroq o’rganishga,uning martabasini ulug’,asarlarini go’zal qilgan sirlardan voqif bo’lishga kirishdim. Shu maqsad bilan ishimni Chexovdan boshladim… Chexovdan keyin Tol’stoy bilan jiddiy shug’ullandim. Go’yo,bu yozuvchilarning har biri bir olam,bir-biridan teran,bir-biridan dono! Ularning asarlari eski qaziga o’xshamaydi,chaynalgani sari mazasi chiqadi. Lekin shundoq bo’lsa-da,bu yozuvchilarning bittasi Abdulla Qahhorga juda manzur bo’ladi. Uning asarlarini o’qir ekan,ularning ko’p tomoni o’ziga yaqin ekanini his qiladi. Go’yo bu yozuvchining yuragi Abdulla Qahhornikiga hamohang urardi.U-chexov edi. Adib Chexov asarlarining sinchiklab o’qib chiqqandan keyin g’alati hodisa yuz beradi. “Shunga alomat bir hodisa yuz berdi:Shu bilan muhtaram ustoz menga muborak ko’zoynaklarning berdilaru,mana buni taqib o’z xalqingni o’tmishiga nazar sol”-dedilar. Ustozning muborak ko’zoynaklarini taqib xalqning o’tmishiga qaradim. Shunday qilib bolaligimda zehinda cho’kib qolgan xotiralar uyg’ondi,yuzaga chiqdi,o’sha vaqtdagi xalq hayoti ko’z oldimga keldi.Mana shuning natijasi bo’lib,o’ttizinchi yillarning o’rtalarida g’am-g’ussaga to’la “Og’ri”, “Tomoshabog’”, “Bemor”, “Anor”, “Millatchilar” vujudga keldi. Ustozning “Muborak ko’z oynagi” o’zbek adibining ko’zini ravshanroq qilib,zehinda cho’kib yotgan xotiralarni qayta tiriltirib,ayni choqda,asarni ayniqsa, hikoyani qanday yozish kerakligini,nima qilsa “kafdekkina” hikoya san’at darajasiga ko’tarilib,umrboqiylik kasb etishi mumkinligini ham o’rgatdi. Abdulla Qahhor uslub bobida Chexovdan juda ko’p narsa o’rganganini e’tirof etar ekan,bunda uslubni faqat til hodisasi sifatida qaramaslik kerak.Abdulla Qahhor aytayotgan uslub hayotga chuqur nazar solishdan boshlab,unda nimani muhim va nimani nomuhim deb bilishigacha,esda qoladigan yorqin detallar yordamida xarakter yaratishdan boshlab,tilni soda va ravon qilishgacha hammasini qamrab oladi.Zamon,uslub faqat shakl masalasini emas,u shakl va mazmun uyg’unligidan tug’iladigan hodisadir.Shuning uchun ham Abdulla Qahhor uslubning huddi shu xususiyatini 1939-yildayoq e’tiborini jalb qilgan edi.U yozadi “Yovuz niyatli kishi” ni ming xil qilib yozish mumkin,lekin Denisin bundan ravshan,bundan mukammal tarzda gavdalantirish,bundan o’tadigan biron uslub topib,kitobxonga manzur qilish mumkin emas. Bu Chexov ijodiyotiga xos xususiyat,Chexov yaratgan va rus adabiyoti taraqqiyoti yangi sahifa ochgan yo’l.Mana shu bilan Chexov butun dunyo adabyoti tarixiga buyuk hikoyanafis bo’lib kiradi.U o’zining shu yaratgan shakli bilan rus,Yevropa va Amerika yozuvchilariga katta ta’sir qilgan. Uning chertab taranglab turgan “kaftdekkina” hikoyalari o’zining chiroyliligi, haqqoniyligi,va turishini chuqur aks ettirishi bilan o’zuvchini o’ziga asir qiladi.Bu hikoyalarning har biri Chexov zamonasidagi Russiya hayotining bir parchasi.Uning ijodidan butun Russiyani ko’rish mumkin. Uning butun ijodi o’tmishining qoralab yozilgan aybnomadir. Abdulla Qahhor ustozidan ham,boshqa rus klassiklaridan ham shu darajada ko’p va ho’p o’rgandiki,natijada o’zi barkamollikning eng yuksak pog’onalariga ko’tarildi.Uning bu davrda yaratgan asarlari,ayniqsa 30-yllarning ikkinchi yarmida ijod qilgan hikoyalari tom ma’noda durdona asarlar bo’ldi.Ular o’zbek adabiyoti xazinasini boyitish bilan cheklanmay, butun ittifoq kitobxonasining mulkiga aylandi. Abdulla Qahhorning o’zi esa,o’zbek adabiyotiga yangi realistik hikoya janrining asoschisi bo’lib qoladi.Uning hikoyalarini tahsin qilgan ba’zi bir adabiyotshunoslar yirik novellistlar qatoriga qo’yildi.Biroq bu darajaga yrtguncha adib ancha murakkab va mashaqqatli izlanish yo’lidan o’tdi. Abdulla Qahhor hikoyalarini muvaffaqiyatini ta’minlagan muhim omillardan yana bir har qaysi hikoya syujeti va kompazitsiyasini shu hikoyaning g’oyaviy mazmuniga moslab ishlaganidir. Biroq hikoyada ortiqcha bayon, noo’rin tafsilot, keraksiz detal yo’q, sinchkov bilan rivojlanadi,uning oqimida hech qanday sun’iylik,zo’rma-zo’rlik sezilmaydi.Har qaysi hikoya ikki-uch epizoddan,ixcham lavhadan tashkil topgan bo’ladi. 30-yillarning o’rtalaridan boshlab,hikoyalar syujetini shakllantirishda Abdulla Qahhor Chexov tajribalaridan samarali foydalanadi: U ham ko’p hikoyalarida voqeani eng keskin nuqtadan boshlaydi,va biron o’rinda drammatizimni susaytirmagan holda voqeani nuqtasiga yetkazadi. Ayni choqda ko’pkina hikoyalar kompozitsion ko’rinishida yozuvchi xalq ijodidan,birinchi navbatda,latifalardan foydalanganligi ko’rinadi.Ma’lumki latifalar ko’pincha bir-ikki lavhadan iborat bo’ladi-yu,keyin biron jumlada ifodalangan jumla bilan tugaydi. В.В.Смирнова. “Современний портрет” Xuddi shu yechimda latifalarning asosiy mag’zi, hikmati ifodalangan bo’ladi.Abdulla Qahhorning ko’pgina hajviy hikoyalari ham ana shunaqa kutilmagan yechimga ega.Ularda ham ba’zan hikoyalarning asosiy g’oyasi ifodalaniladi. Ba’zan qahramon xarakterining so’ngi belgisi beriladi, ba’zan esa, bu yechim benihoya teran bir yumor bilan jiddiylikni yakunlaydi. Nihoyat Abdulla Qahhor hikoyalarning tili g’oyat puxta tilanganligini,g’oyat rangdor va shirali ekanini qayd qilmoq lozim. So’zsiz bu gaplar uning dramatic asarlariga ham xosdir. Biroq uning hikoyalarida va drammalarida yana ham yaqqolroq ko’zga tashlanadigan boshqa boshqa bir belgilar ham bor edi.Bu hayot nafasini davr ruhini behato ochish,faqat sezish emas,uni teran anglash,undan ulug’ shaxs, adib sifatida dardlanish Ha,dardlanish! Uning drammalarini tomosha qilar ekanmiz persanajlarining ba’zi birlarining ustidan
kulib,g’azablanib yomon ko’rib qolamiz,ba’zilarida o’zimizda paydo bo’ladigan xayrxohlikni sezamiz.Ammo bularning barchasini zamirida jamiyatimizning faol a’zosi,haqiqiy fuqaro ijtimoiy hayotdagi buzilishlarning ashaddiy dushmani,qalbi pok inson dardi turar edi. Biz o’sha dardni barilla eshitamiz,o’zimizni unga jo’r hisoblaymiz. Abdulla Qahhor 30-yillardagi ijodi davomida ayniqsa,ustoz Chexovning maktabida tahsil ko’rib,keyin asarlarida tilning hayotliligiga intildi.Buning ijodning yetakchi prinsiplaridan biri darajasiga ko’tardi,va bu prinsipga izchillik bilan amal qildi. Abdulla Qahhor hikoyalarining tili sodda va tabiiy.Biroq bu soddalik shunchaki to’nlik emas,aksincha u juda katta mehnat evaziga qo’lga kiritiladi. Hikoylarda avtor nutqi huddi xalqning jonli tiliday ravon oqadi. Buning ustiga har bir jumla fikri g’oyat tiniq ifodalashga xizmat qiladi.Ammo tilda soddalik va tabiiylik bilangina yuksak badiiylikka erishib bo’lmaydi.Shuning ham adib tilda puxta obrazlikka intiladi.Bu obrazlilik badiiy ta’svir vositalaridan unumli foydalanish evaziga maydonga keladi. Yozuvchi xalq maqollari va materiallarini ham, turli ideomatik brikmalaridan ham keng foydalanadi. Personajlardan nutqini ishlashda ham yozuvchi qahramon aytayotgan har bir jumlani uning psixalagik holatiga,madaniy saviyasiga,bilimiga,xarakteriga mos qilib tuzadi. Bularning hammasi asar mazmunini o’quvchiga yetkazibgina qolmaydi, balki jonli, kankret manzaralar yaratadi, qahramonlarning ichki dunyosini ochishga yordam beradi. O’quvchida muayyan emotsuanal holat uyg’otadi va unga hadsiz estetik zavq bag’ishlaydi… Abdulla Qahhor kam yozgan adiblardan.Ammo badiyat jihatdan uning ijodi to’lib-toshib oqqan katta daryo… Uning ijodiga tegishli masalalar darrov va bir yoki bir necha kitob yozish bilan cheklana qolmaydi. Bu daryo kelajakda ham mavj urib oqadi. Har bir avlod undan o’zicha zavq oladi,har bir davr adabiyotshunosligi unda yangi sir va ma’no topadi…!!!

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Sharafiddinov.O Abdulla Qahhor Toshkent 1988

  2. Qo’shjonov M Abdulla Qahhor mahorati (T): «Adabiyot va San’at»1988

  3. Abdulla Qahhor «Qishloq hukm ostida» 1932, ilk kitobi

  4. Abdulla Qahhor Sarob romani

  5. Abdulla Qahhor Hikoyalar to‘plami.

  6. « Kampirlar sim qoqdi »

  7. « Xotinlar »

  8. «O’g‘ri»

  9. «Bemor»

  10. «Anor»

  11. «Sinchalak»

  12. Abdulla Qahhor .«Qo‘shchinor chiroqlari» (1951, dastlab «Qo‘shchinor» deb nomlangan. Bu asarda O’zbekistonda jamoa xo‘jaligini tashkil qilish (kollektivlashtirish) jarayoni, bu jarayondagi murakkabliklar, kurash va qiyinchiliklar aks etgan.

  13. «Shohi so‘zana» (1950, qahramonlari: Dehqonboy, Hafiza, Xolbuvi, Saltanat va boshq. Bu asarni yozishda adib dramaturgiya janrida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, Mirzacho‘ldagi bir jamoa xo‘jaligiga ko‘chib borgan)

  14. Abdulla Qahhor «Og‘riq tishlar» (1954),

  15. Abdulla Qahhor «Tobutdan tovush» (1962, keyingi nomi «So‘nggi nusxalar», poraxo‘rlik illati fosh qilingan),

  16. Abdulla Qahhor «Ayajonlarim» (1966),

  17. Abdulla Qahhor «O’tmishdan ertaklar» (1964),

  18. Abdulla Qahhor .«Muhabbat» (1966),

  19. Abdulla Qahhor .«Mahalla»,

  20. Abdulla Qahhor .«Tomoshabog‘»,

  21. Abdulla Qahhor .«Millatchilar»,

  22. Abdulla Qahhor .«Adabiyot muallimi»,

  23. Abdulla Qahhor «Zilzila» (tugallanmay qolib, uning vafotidai so‘ng nashr etilgan)

Download 62,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish