O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti sirtqi bo`limi



Download 112,83 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2022
Hajmi112,83 Kb.
#707644
  1   2
Bog'liq
Mavzu1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
SIRTQI BO`LIMI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI “ KAFEDRASI
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
_________N.Chiniqulov
“__”______

5111200 – O`zbek tili va adabiyoti ta`lim yo`nalishi Sirtqi bo`lim


302- guruh talabasi Ziyodulloyeva Dinoraning
“ Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy ta`limiy hamda falsafiy mohiyati mavzusidagi
KURS ISHI
Fan o`qituvchisi :O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi
___________S.Umarov Himoyaga tavsiya etildi
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri:
______________A.Sobirov.

TOSHKENT-2022.


MUNDARIJA:
KIRISH.
I BOB

Mavzu: “Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy-ta`limiy hamda falsafiy ahamiyati”
Reja:
I.Kirish.Pahlavon Mahmud haqida ma`lumot.
II.Asosiy qism:
1.Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy-ta`limiy ahamiyati.
2.Pahlavon Mahmud ruboiylarining falsafiy ahamiyati.
3. Pahlavon Mahmud haqidagi rivoyatlar.
III.Xulosa.Pahlavon Mahmud ijodining o`rganilishi va ilmiy tadqiqotl
Pahlavon Mahmud (1247 – 1326) – ulugʻ shoir, mutafakkir, faylasuf. Xivada tugʻilgan.
Shamsiddin Somiyning “Qomus-ul-aʼlom”, Lutf Alibek Ozarning “Otashkada” asarlarida, shuningdek “Manoqiba”da yozilishicha, Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi yerga tegmagan pahlavon, shu bilan birga poʻstindoʻz va telpakdoʻz usta boʻlgan.
Uning “Kanzul haqoyiq” (“Haqiqatlar xazinasi”) nomli masnaviy yaratgani haqida maʼlumot bor. Pahlavon Mahmudning ruboiylari mashhurdir. Shoir oʻz ruboiylarini fors-tojik tilida yozgan. Bu durdonalar asrlardan asrga oʻtib, bir necha avlodni tarbiyalab, bnzning zamongacha yetib keldi.
Tarixda Pahlavon Abusaid Rumiy (XV asr), Pahlavon Mahmud Oʻshshoq (XV asr) kabi allomalar nomi ham maʼlumdir. Har uchchalalari ham maydonlarda kurash tushgani uchun Pahlavon degan nom olganlar.
Pahlavon Mahmud ruboiylarini oʻzbekchaga Toʻxtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilgan.
Shuni ham taʼkidlash joizki, Pahlavon Mahmud ruboiylarini topib, ularni nashr etishda zukko olim, mohir tarjimon Toʻxtasin Jalolovning xizmati beqiyosdir.
Toʻxtasin Jalolotsning yozishicha, Pahlavon Mahmud ruboiylarining Muhammad Rahimxon Feruz, shuningdek Hasan Murod Qori va boshqa xattotlar tomonidan koʻchirilgan nusxalari ham bor ekan. “Hazrat Pahlavon hikoyatlari”, “Manoqibi Pahlavon Mahmud” kabi risolalar alloma hayoti haqida xabar beradi.
Uni Xorazmda Pahlavon Mahmud, Polvonpir desalar, kitobu tazkiralarda hazrat Pahlavon, Mahmud Piryorvaliy, Mahmud Puryovaliy deb tilga olganlar. “Otashkada” va “Qomus-ul-aʼlom” da taʼkidlanishicha, Pahlavon Mahmudning jangovarligini, jasurligini bildiruvchi “Qitoliy” taxallusi ham boʻlgan.

Mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go`zal falsafiy ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» nomi bilan shuhrat qozongan bu ulug` inson Pahlavon Mahmud, Puryorvaliy deb dovrug` taratgan hassos shoir, engilmas pahlavon va mashhur avliyodir. Eron, Hind kabi ko`plab Sharq mamlakatlaridagi kurash musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan, bir umr kuragi erga tegmay, mamlakatning birinchi polvoni, pahlavonlar peshvosi bo`lgan. Ko`pgina manbalarda shoirning «Kanz ul-haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi») nomli masnaviysi borligi aytiladi. Ammo Yo. Ishoqovning ma’lumot berishicha, eronlik olim Said Muhammad Ali Safir 1967 yili uni Mahmud Shabustariyga nisbat berib, nashr ettirgan. Pahlavon Mahmud «din nazariyasi, falsafa va mantiqqa doir bir necha risolalar yozgan» bo`lsa-da, ular hozirgacha topilgan emas. Pahlavon Mahmudning vasiyatiga ko`ra shogirdlari uni o`zining po`stindo`zlik do`koni atrofiga dafn etganlar. Keyinchalik u qabr ustida maqbara tiklanib, avliyo poyiga Qo`ng`irot urug`idan bo`lgan Xiva xonlari ko`milgan. Bu maqbara nodir me’morchilik yodgorligi sifatida mana necha asrdirki, barchaning diqqatini o`ziga tortib kelmoqda. Dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlar bu buyuk insonning qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga shoir ruboiylari darj etilgan. Pahlavon Mahmud Xivadagi futuvvatchilar jamoasining boshlig`i, javonmardlar peshvosi bo`lgan. Uning o`zi ham mardlik va saxovatning eng oliy namunalarini ko`rsatib, boshqalarga ibrat bo`lgan. Ruboiylarida futuvvatning nazariy qoidalarini bayon qilgan. Ma’lumki, javonmardlikka ko`proq pahlavonlar talabgor bo`lganlar. Shu jihatdan, Pahlavon Mahmud pahlavonlarni tarbiyalovchi ustozgina bo`lib qolmay, balki javonmardlik odobini o`rgatuvchi pir ham edi. Javonmardlarning shiori dunyodagi yovuzlikning barcha ko`rinishlariga qarshi hamisha, hamma yerda ezgulikni himoya qilish, targ`ib etish va qo`llab-quvvatlashdan iborat. Bu g`oyalar Pahlavon Mahmudning ko`pgina ruboiylarida o`z aksini topgan. Pahlavon Mahmud hayoti va ijodini o`rganish, ruboiylarini topib, xalqqa etkazishda taniqli olim va zabardast mutarjim To`xtasin Jalolovning xizmatlari katta. Shoir ruboiylarini, shuningdek, Muinzoda, Vasfiy, Ulfat, Boqir, M. Abdulhakim kabi tarjimonlar ham tarjima qilganlar. Yo. Ishoqov, H. Homidiy, N. Komilov, S. S. Buxoriy, M. Hasaniy, Y. Jumaboev kabi olimlar bu buyuk vatandoshimiz adabiy merosi va tarjimai holini ma’lum darajada tadqiq etganlar. Pahlavon Mahmud ruboiylari badiiy tasvir vositalariga boy, xalqona sodda va engil uslubda, ifoda tarzi aniq va lo`nda, o`ynoqi, sershiddat tuyg`ularga yo`g`rilgan. Barcha Sharq shoirlari kabi Pahlavon Mahmud ham ikki ulug` manba — Qur’oni karim va Hadisi sharifdan ta’sirlangani, ulardan ilhomlanib qalam tebratgani qudsiy nafas ufurib turgan ruboiylaridan shundoqqina sezilib turadi. Ayniqsa, ilohiy ishq tarannum etilgan va vahdati vujud falsafasini tushuntirishga bag`ishlangan she’rlarida bu narsa yaqqol ko`zga tashlanadi. Lekin shoir faqat ilohiy mavzular bilangina chegaralanmay, zaminiy dardni ham qalamga olgan. Pahlavon Mahmud ruboiylarida ilohiy va dunyoviy dard ko`pincha birga, o`zaro qo`shilib zuhur etadi. N. Komilov: «Pahlavon Mahmud ruboiylarini to`rt guruhga bo`lish mumkin: birinchisi — zamona ahlidan nolish, ijtimoiy tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar; ikkinchisi — tariqat suluki haqida yozilgan ruboiylar; uchinchisi — vahdati vujud falsafasi asoslarini tushuntiruvchi ruboiylar va to`rtinchisi — ilohiy ishqni tarannum etgan ruboiylar», — deb yozgan edi. Kezi kelganda, biz shu paytgacha shoirning axloqiy qarashlariga nisbat berib tadqiq etgan pand-nasihat ruhidagi ruboiylari aslida futuvvat ruknlarining she’riy ifodasidan iborat ekanligini ta’kidlab o`tish lozim. Ha, bunday she’rlarida u javonmardlar axloqini targ`ib etgan, ulardan ibrat olishga chaqirgan.
Daste namerasad chu Qitoli ba zulfi yor,
Quvvat zi po-u zoʻr zi bozu nihodayem.
Mazmun: Qitoli kabi qoʻlimiz yor zulfiga yetmas, garchi bor quvvat bilan harakat etamiz.
“Gʻiyosul lugʻot”da: “Puryoyvaliy – Mahmud Xorazmiyning laqabi. Baʼzan bu soʻz majoziy maʼnoda pahlavonlar boshligʻi hisoblanadigan keksa polvonga ham berilgan”, deb yozilgandir.
Eron olimi Said Nafisiy: “Futuvvat – juvonmardlik guruhining peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud Xorazmiydir”, deydi.
Darvoqe, Pahlavon Mahmud poʻstindoʻz va telpakdoʻz dedik, chunki u tariqat pirlaridan edi. Hazrat Bahouddin matoga gul solish kasbi bilan mashhur boʻlgan. Zero, tariqat pirlari maʼlum bir kasbni oʻrganib, shundan rizq-roʻzlarini oʻtkazgan. Paygʻambar alayhissalomning: “Qurʼonni oʻqib, unga amal qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning maʼnosiga chuqur yetaman deb xato va mubolagʻaga berilmang, uni tirikchilik vositasi qilib, molu dunyo orttirishga ham oʻtmanglar” hadislariga tariqat pirlari amal qilgan. “Arqon olib togʻdan oʻtin terib, uni sotib, rizq-roʻzisini topadigan va sadaqa qilgan odam, tilanchilik bilan kun kechirgandan yashiroqdir”, degan hadis tekinxoʻrlikka, taʼmagirlikka qarshidir.
Pahlavon Mahmud haqida juda koʻp rivoyatlar bor. Bu rivoyatlarni xalqimiz duru gavhar kabi asrab kelmoqda.
Naql qilpnishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha yillar yashagan. Maʼrakalarda kurash tushgan va uni hech kim yenga olmagan. Pahlavon Mahmud oliyhimmat, mard, saxiy, vatanparzar inson boʻlgan.
“Manoqiba”dagi xabarga koʻra, Pahlavon Mahmud Hindiston xalqi tomonida turib, Hindiston dushmanlariga qarshi jangda ishtirok etibdi. Jang payti oʻz jonini xatarga qoʻyib boʻlsa-da, Hind shohp Ray Ropoy Choʻnani oʻlimdan qutqaradi. Shunda shoh Pahlavon Mahmudning bu jasorati, mardligini taqdirlamoqchi boʻlib: “Tila tilagingni!” – debdi. Pahlavon Mahmud: “Ey buyuk shoh! Bundan ancha yillar muqaddam mening vatandoshlarim – xorazmiylar bu yerga asir qilib olib kelingan. Oʻshalarni ozod etsangiz. Birdan bir tilagim shu!” – debdi. Shoh hayron boʻlib: Ey himmati baland pahlavon! Agar yarim davlatimnn tilaganingda edi, uni gap-soʻzsiz senga inʼom qilgan boʻlurdim. Agar sohibjamol qizimni oʻz nikohingga olmoqni soʻraganingda edi, seni oʻzimga quyov etib, toju taxtimni senga bagʻishlagan boʻlurdim. Zero, jasorating ulkan mukofotga munosibdir. Mayli, tilagingni bajo keltirdim. Vatandoshlaring ozod! Ularni Xorazmga borgunlaricha yegulik oziq-ovqat, kiyim-bosh, ulov bilan taʼminlashni ham buyuraman!” – debdi.
Oʻz nafiga kim boʻlsa amir, uldir – mard.
Ham oʻzgaga boʻlmasa haqir, uldir – mard.
Oʻtmak sira magʻlubni tepib mardlik emas,
Tutsa qoʻlidan zabunni er, uldur – mard

Shoir ruboyisini eshitgan shoh qoyil boʻlib, unga sarpo va ulov inʼom qilibdi.


Pahlavon Mahmud Hindistondan oʻz vatandoshlarini olib Xorazmga qaytgan. Moʻgʻul-totor bosqinchilariga qarshi jangda shahid boʻlgan vatandoshlari qabri ustida shoir oʻz mablagʻi hisobidan maqbara qurdirgan va u yerni obod ziyoratgoh etgan.
Sharqda ruboiy yozmagan shoir yoʻq hisobi. Lekin Xayyom, Pahlavon Mahmud ruboiylari jahonda keng shuhrat qozongan.
Oʻzbek shoirlaridan Lutfiy, Navoiy, Bobur, Ogahiylarning ham ruboiylari bor. Gʻarbda esa Iohan Valfgang Gyote, Graf fon Platen, Fridrix Ryukkertlar nemischa ruboiy yozgan. Ular ruboiylari Rumiy, Saʼdiy, Hofnz, Jomiy ijodi taʼsirida yaratilgani isbot etilgan.
Pahlavon Mahmud ruboiylariga oʻzining soʻfiyona qarashlarini singdirgan.
Shoir asarlari qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutida koʻz qorachigʻidek asralmoqda va olimlar tomonidan tadqiqot etilmoqda.
Pahlavon Mahmud marhum boʻlgandan soʻng, qabri ustiga vatandoshlari purshukuh maqbara qurganlar. Butun olamdan yogʻilib kelayotgan sayyohlar pirimiz, ulugʻ shoir, mard inson qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga, peshtoqlariga shoirning ruboiylari darj qilingan. Bu ziyoratgoh Xivada “Hazrati Pahlavon” nomi bilan mashhur.
Qeyinchalik ustoz Pahlavon Mahmud maqbarasi atrofida Xorazm xonlaridan Abdulgʻozixon, Shohniyozxon, Muhammad Rahim I, Temur Gʻozixon va boshqalarni vasiyatlariga koʻra dafn qilganlar.
Shuni ham taʼkidlash joizki, Pahlavon Mahmud ruboiylarida Qurʼoni karim va Hadisi sharif taʼsiri kuchli. Zero, Sharqdagi deyarli barcha shoirlar bu ikki ulugʻ manbaʼdan bahramand boʻlib, ijod qilgani sir emas. Pahlavon Mahmudning mardlikni tarannum etuvchi yuqoridagi ruboyisi paygʻambar allayhissalomning quyidagi hadisi muboraklarini eslatadi: “Kuchlilik kurashda yiqitish emas, gʻazabi kelganda oʻzni bosib olishdir”, yoki “kuchlilik nafsni tiyishdir”, yohud “boylik molu dunyoning koʻpligi bilan emas, nafsning toʻqligi bilandir”.
Az xayoli pechtobi kokuli mushkini o`, Dudi dil bar farqi Kushtigir hamchun parcham ast. Muammo tariqida xud muxtari’ erdi. Jam’iki muammo ayturlar32, base zahmat bila bir baytdin yo bir ruboiydin bir ism hosil qilurlar. Pahlavon ustod ab’yotidinkim, qoyil muammo qasdi qilmamish bo`lg`ay, tab’i o`zi bila ismlar paydo qilib erdi va bu ko`p voqe’ bo`lubturkim, holo ushshoq orasida bor. Ul jumladin, Hazrati Xoja Hofiz Sheroziy33ning devonining burung`i g`azalining matlaidinki, bag`oyat mashhurdur. «Ali» ism chiqoribdurki:
Alo yo ayyuhas-soqiy adir ka’san va navvilho, Ki ishq oson namud avval, vale aftod mushkilho34.
Ham Xoja Hofiz bu matlaidinkim:
Holiyo maslahati xesh dar on mebinam, Ki kasham raxt ba mayxonavu xush binshinam35.
«Amin» ism hosil qilibdur. Bu baytdinkim: Ganji zar gar navbad ganji qanoat boqist, On ki on dod ba shohon ba gadoyon on dod36. «Taqiy» ism hosil qilibturur.
Va yaxshi ruboiylari ham bor. Xoh bir mahalda birov uchun aytg`on, xoh birovning ruq’asig`a javob yuborgan. Ba’zi yoronlarig`a37 bu ruboiyni bitib yuborib erdikim:
Gar jon ajalam zi tani noshod barad, Hosho ki maro mehri tu az yod barad. Xoham ki shavam xok maro bod barad,
29 Savt – musiqiy kuy. 30 Muammo – Qarang: ushbu kitob, 217-bet, 14-izoh. 31 Unga aytdimki, sening ishqing Olamida ishim g`amdin iborat bo`ldi. U kulgi aralash miyg`ida «g`am emas», olamning ishqidir, – dedi. 32 Tarj.: Uning jingalak – buralgan kokili xayolidan ko`ngil dudi kushtigirning boshi ustida xuddi qora nishondir. 33 Xoja Hofiz Sheroziy – Qarang: ushbu kitob, 218-bet, 19-izoh. 34 Ey soqiy, kosani aylantir va ich, dastlab ishq oson ko`ringan edi, biroq mushkil tushdi. 35 Hozirda o`zim uchun shuni maslahat ko`rdimki, mayxonaga ko`chayin va u erda shod o`tirayin. 36 Garchi oltin xazinasi bo`lmasa ham, qanoat xazinasi boqiydir, uni shohlarga, bunisini gadoylarga berdi. 37 Ba’zi yoronlarig`a – bu erda Alisher Navoiy ko`zda tutiladi.
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad
Boshad ki ba so`i Astrobod barad Va ham ba’zi muxlis va mu’taqid yoronlari ruq’asi javobida39 aytib erdikim:
Az ohui romi xud faromo`sh makun, V-az sayde ki romi xud faromush makun. Harchand ki boshad faromo`shkori, Az sari g`ulomi xud faromo`sh makun40.
Va muloyim qit’alari ham bor. Ul jumladin biri budurkim, jo`yi «Sultoniy» yoqasida Pahlavon bir langare41 bunyod qilibdurki, aning ta’rifini qilmoq — quyosh ravshanliqg`a va mayni mastliqg`a ta’rif qilg`ondekdur va bir qatla Sulton Sohibqiron ovdin qaytg`onda ul takiyaga tushubdur va Pahlavon hozir ermas erkandur. Bu jihatdan bag`oyat mutaraddid va mutaassir bo`lubtur. Ul mahalda uzr uchun bu qit’ani aytib erdikim,
Tak’yai moro sharaf biguzasht az charxi barin,
Po ba ro` afkanda soya soyai parvardygor,
Garchi gardun atlasi xud kard poyandozi shoh,
Kosh man mebudami to joni xud kardi
Dag`i yaxshi so`z masnaviysi ham borki, nazm ahlining mutaayyinlarig`a ul nav’ abyot voqe’ bo`lmaydur. Ul jumladin budurkim, pahlavon Piriy kushtigirkim, Pahlavoni nomurod umrin aning tarbiyatig`a sarf qildi va nazari bu erdikim, qarig`on chog`daki, ul jahon pahlavoni kushtigir bo`lib, Sulton Sohibqiron matbu’ tab’ nadimi majlisi va Pahlavon farzandi munisi va sham’i majlisi bo`lg`ay va ul bevafoliq qilib Pahlavondin ayrildi va Pahlavon nomusliq va g`ayratliq jigarxor kishi erdi va anduhdin ko`nglida so`z va badanida gudoz erdi, ammo mutloq hech kishiga izhor qilmas erdi. Ammo hech nav’ maxfiy sirri va rozi yo`q erdikim, bu faqirdin yashurun bo`lg`ay. Andoqki bu faqirning ham andin. Alqissa qarig`onining sharhida va pahlavon Piriyning bu qarig`on chog`da umrdek bevafoliq bobida masnaviy aytibdurki, bu faqir ab’yotin besh bayt va o`n bayt aytur mahalda o`qur erdi, bir necha bayt sabt qilildi va ul abyot budurkim,
Chu bar charx ravshan shava
Hama umr tuxmi behi koshtam,
Chu vaqti baromad nabardoshtam.
Zi on talx shud zindogonin maro,
Ki piri fikand az javony maro.
Kunun man na on sheri zanjiriyam,
Badar burda ham zi g`am piriyam.
Ba xurdi padar tifl az on parvarad,
Ki to dar buzurgy g`am naxo`rad.
Zi on dar javoniy bor oyadash,
Ki dar ahdi piri ba kor oyadash.
Maro piry on nav’ oxir fikand,
Ki hecham javony nashud sudmand.
Bu masnaviy nihoyatin podshoh duosi bila xatm qilibdur va hol ahli bu abyotdin ma’lum qilurlarkim, Pahlavonning tab’ida ne miqdor dardi hol choshnisi bor ekandur. Yana sanoyi’44 aruz45 qofiyasi46da ham ko`p sohibvuquf erdi. Dag`i qiroat ilmin ham yaxshi bilur erdi va xo`b maxraj va tajvid47 bila Qur’on o`qulur erdi va gohi huffozdin qiroat bobida so`rar erdikim, alar javobidin ojiz bo`lur erdilar. Pahlavondin istifoda qilur erdilar. Yana nujum ilmin48 oncha bilur erdikim, har mavlid uchun royijai tole’ bitiy49 olur erdi. Yana tibb va hikmatg`a ko`p muloyamati bor erdi. Mavlono Qutbuddin50kim, bu mulkning mutaayyin tabibidur — bu fanni kasb qilur erdi. Mavlono Alo ul-mulk51 tabib bila Mavlono Abdussalomi Sheroziyki, benazir muolij erdi — Pahlavong`a musohib erdi va doyim bu fan bahsida va guftu shunuftida alar Pahlavon so`zlarin musallam tutib, muolajalarin ham ta’rif qnlur erdi va ashobdin harqaysig`a maraz tori bo`lsa erdi, ko`pi ul erdikim, o`zi muolaja qilur erdi.
Pahlavon Mahmud ruboiylari donolik, bilimdonlik, mehr, shavqat, muruvvat, sadoqat, mardlik, oliy himmatlik kabi ijobiy xislatli kishilar ulug’lanadi.
Qora tosh sira ham bo’lmas lojuvard
Toza qalbga yuqmas also chang-u gard.
Quloq solgin Puryorvaliy so’ziga
Qo’rqoqlardan biron chiqqanmidi mard.
Birinchi misradagi hayot haqiqati tabiatdagi qora toshning lojuvard bo’lib qolmasligi fakti bilan tasvir etilmoqda. Bu hayotdagi har bir hodisaning asl mohiyati bor. Mohiyat o’zgarmaydigan narsa. Faqat unga chuqur zehn solish, kuzatish, uni anglash zarur demakdir. Bu toza qalbga also chang va gard yuqmasligi orqali yana bir marta tasdiqlanmoqda. Demak, hayotda har bir hodisaning o’z o’rni va mohiyati bor. Shundan so’ng adib kitobxon e’tiborini o’ziga tortadi. (“Quloq solgin Puryoyvali so’ziga”), qo’rqoq va mard orasidagi masofaga urg’u beradi. Shoir asosiy fikrni ifodalashda o’xshash hayotiy voqealar tizmasidan ham, o’zaro zid qo’yishdan ham foydalanadi. Pahlavon Mahmud insonning ma’naviy jihatdan boy bo’lishini istaydi va talab qiladi. Bunday kishi boshqalarninggina emas, o’zining ham qadriga etmog’i, o’z qadrini baland tutmog’i shart.
Borma aytmaganning dasturxoniga,
Qo’l uzatsang, qadring tushar noniga.
Qo’shma o’zgalarning barra kabobin
Qotgan non-u sovuq suving soniga.
Bu yerda oddiygina hayotiy voqea asosida inson o’zligini, o’z qadrini anglamog’i juda yorqin va ta’sirchan tarzda ifodalanmoqda. Taklif qilinmagan joydagi o’zgalarning barra kabobini o’zining qotgan noni va sovuq suvga teng ko’rmaslik aslida inson ma’naviyati, aniqrog’i uning baland himmati bilan belgilanadi.
Ma’rifatli inson, ma’naviyati boy shaxs butun insoniyatni ulug’laydi. Har bir insonning qadriga yetadi, inson manfaatlari uchun xizmat qilishdan tolmaydi, bularning barchasi o’z-o’zidan buyuk insonparvarlikni yuzaga keltiradi.
Podsholik istasang bo’l el gadosi,
O’zingni unut-u, bo’l el oshnosi.
El toj kabi boshiga ko’rsatsin desang
El qo’lin tutgin-u, bo’l xoki posi.
Bularning hammasi Pahlavon Mahmudning inson ma’naviyatini naqadar teran va nozik his etganini, insonlarning ana shunday buyuk fazilatlar bilan ziylatlanmog’ini qanchalik orzu qilganini ko’rsatadi. Bunday fazilatlar egasi bo’lish zamondoshlarimizning ham muqaddas burchidir.
O`zbek shoirlarnning adabiy merosini izlab 1959 yil avgust oyida Xorazmga bordim. Men ko`pdan beri Xorazmni ko`rishga mushtoq va xorazmliklarning o`ynoqi kuylariga, nafis raqslariga maftun edim. Shu safarimdan foydalanib, bu ko`hna madaniyat markazi va san’at o`lkasini chuqurroq o`rganishga taraddud qildim.

Xiva — osori atiqa shahri. Xivada ko`p tarixiy yodgorliklar bor. Yo`lovchi hali shaharga etmasdan besh-olti kilometrlik masofadan osmonpayvand minoralar, lojuvard gumbazlar namoyon bo`ladi. Bular ichida eng muhtashami Hazrat Pahlavon maqbarasidir. Biz ana shu ko`rkam maqbaraga kirdik. Maqbara gumbazi atrofiga badiiy barkamol falsafiy ruboiylar fors-tojik tilida naqsh qilib, o`yib yozilgan.

Ayrim ruboiylarda Mahmud Puryoyvaliy nomi zikr etilgan. Demak, bu erda dafn qilingan zot mutafakkir shoir.

Xorazm tarixi muzeyiga borib Hazrat pahlavon ruboiylarini surishtirdim. Muzey ilmiy xodimi naqqosh Abdulla Boltaev muzeyda Pahlavon Mahmud ruboiylaridan iborat bir kitob borligini aytdi. Men darhol bu kitobni olib ko`rdim. Bu — Muhammad Rahim Soniy (shoir Firuz) ko`chirgan nusxa ekan.

Urganchga qaytib keldim. Bu erda bir xonadonda ruboiylarning yana bir nusxasi borligini eshitdim. Do`stim Yunus Yusupov ikkovlashib shu xonadonga bordik. U erda eski kitoblar orasidan Pahlavon Mahmud ruboiylarining yana bir nusxasini topdik. Bu nusxani 1946 yilda Hasan Murod qori ko`chirgan ekan. Darhaqiqat, ruboiylar juda yuksak saviyada. Toshkentga kelib, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalarini qidirdim. Bu fondda Pahlavonning bir emas, ikki qo`lyozmasini topdik. Xuddi shu kecha-kunduzda bir ayol institutga bir kitob olib keldi. Bu — qo`shib muqova qilingan uch mustaqil asar bo`lib, ikkitasi avliyolar haqidagi rivoyatlar, uchinchisi Pahlavon Mahmudnnng tarjimai holiga oid «Hazrat Pahlavon hikoyalari» nomli qo`lyozmadir.

Mening Pahlavon Mahmud adabiy merosini qidirib yurganimni eshitib, muhtaram olimlarimizdan professor Yahyo G`ulomov bir qo`lyozma taqdim etdi, bunda Pahlavon Mahmudga nisbat berilgan uch yuz o`ttiz to`rt ruboiy bor.

Mana shu hujjatlar bilan tanishgach, bu boradagi ma’lumotni chuqurlashtirmoq niyatida tarix va tazkiralarni qidira boshladim. Chunki Pahlavon Mahmuddek zabardast shoir haqida tarix va tazkiralarda ma’lumot bo`lmasligiga aqlim bovar qilmasdi.

1299-hijriy (1881 yilda) Bombayda nashr etilgan «Otashkadai Ozariy» nomli mashhur Sharq tazkirasida Pahlavon Mahmud haqida quyidagilar yozilgan:


«Ismi Pahlavon Mahmud, Puryoyvaliy laqabi bilan shuhrat topgan, uning pahlavonlik ovozasi olamni tutgan, o`z asrining yagonasi bo`lgan. She’riyatda qudratli, «Kanzul Haqoyiq» nomli masnaviysi bor. Keyingi vaqtlarda tasavvuf mavzuida yozgan ruboiylari ancha yaxshi chiqqan» .

Mashhur turk olimi Shamsiddin Somibek ham «Qomus ul-a’lom»ning В va ВИ jildlarida Pahlavon Mahmud xususida ba’zi ma’lumotlar keltirgan. «Qomus ul-a’lom»ning har ikki jildida bir xil ma’lumot berilgani uchun biz В jilddagi parchani ko`chirish bilan qanoatlanamiz.

«Pahlavon Mahmud Eronning mashhur shoirlaridan bo`lib, Xorazmning Urganch qishlog`idandir. Yoshligida o`z kuchi va pahlavonligi bilan faxrlanib yurdi. Keyingi paytlarda tasavvuf tariqatida ko`p riyozat chekib, jismoniy zaiflashgan edi. «Kanzul Haqoyiq» nomli masnaviysi bor» .

1327-hijriyda Istambulda nashr etilgan «Turklarin ulum va fununa xizmatlari» nomli kitobda ham (avtori Muhammad Tohir bin Rif’at) Pahlavon Mahmud haqida so`z boradi, lekin bu avtor biror yangi narsa qo`shmay, Somibekning «Qomusul a’lom»dagi fikrlarini takrorlaydi.

Sharq adabiyotini juda yaxshi bilgan Sadriddin Ayniy «Namunai adabiyoti tojik» kitobida Pahlavon Mahmudning «Qomus» va «Otashkada» tazkiralarida keltirilgan ruboiylarini ko`chirib, «o`zi xorazmlik, lekin tarjimai holini bilmadik» deb yozadi .

Professor Yahyo G`ulomovning «Pamyatniki goroda Xiv» asari, o`z nomidan ko`rinib turgandek, tarixiy yodgorliklarga bag`ishlangan esa-da, Pahlavon Mahmud maqbarasi haqida so`z borganda, unda dafn etilgan shaxsning shoirligi to`g`risida ham gapirib, misol tariqasida bir-ikki ruboiysini keltirgan.


Pahlavon Mahmudning nomiga hamisha bir-ikki laqab tirkab aytiladi. Uni Xorazmda: «Pahlavon Mahmud», «Polvonpir» desalar, tarix va tazkira kitoblarida «Hazrat Pahlavon», «Mahmud Piryorvali», «Mahmud Puryoyvaliy» deb tilga olinadi. «Otashkada» va «Qomusul a’lom»da esa, Pahlavon Mahmudni jangovar, jangjo`y, harbiy, urushqoq ma’nosida «Qitoli» laqabi bilan tilga oladilar.

«Majolisul-ushshoq» tazkirasida keltirilgan bir g`azalida Pahlavon Mahmud «Qitoli» laqabini ham taxallus o`rnida ishlatgan. Chunonchi:.

Daste namerasad chu Qitoli ba zulfi yor
Quvvat zi po—u zo`r bozu nihodaem .

Ba’zi tazkirachilar Piryor Vali shoirning otasining nomi deb da’vo qilsa (masalan, Shamsiddin Somi), boshqalar Piryor Vali shoirning taxallusi degan fikrni olg`a suradilar (masalan, Viktor Vitkovich).

Aslida bu da’volarning har ikkisi ham xato.

«Charog`i hidoyat» lug`atida: «Puryoyvaliy — pahlavonlar piriga beriladigan laqab» deyiladi .

Mahmud esa, O`rta Osiyo, Eron va Hindistonda elkasi erga tegmagan birinchi darajadagi pahlavon ekanini yuqorida qayd qilgan edik. Shuning uchun pahlavonlar pahlavoni, pahlavonlar piri ma’nosida Puryoyvaliy laqabi dastlab xorazmlik Pahlavon Mahmudga berilgan. «G`iyosul lug`at»ning quyidagi so`zlari ham bu fikrni to`la tasdiqlaydi:

«Puryoyvaliy Mahmud Xorazmiyning laqabi. Ba’zan bu so`z majoziy ma’noda zo`rxona (pahlavonxona) boshlig`i bo`lgan keksa pahlavonlarga ham nisbat beriladi» .

Mana shu asoslarga binoan biz Mahmudning pahlavonlik laqabini bu kungacha yozib kelgandek Piryor Vali shaklida emas, Puryoyvaliy shaklida yozishni ma’qul ko`rdik.

Kotiblar ruboiylarni ko`chirganda juda ko`p xatoga yo`l qo`yganlar. Natijada bir misrada vazn buzilgan bo`lsa, boshqasida ma’no tamomila o`zgarib ketgan. Fors adabiyoti mutaxassislaridan do`stim Munirxon Muinzoda bilan baqamti kotiblarning muqarrar xatolarini topib tuzatdik. Bizning bu xizmatimiz nimadan iborat ekanini quyidagi misollarda aniq ko`rishingiz mumkin:

Qo`lyozmada:
1. Bo xesh pisari ki dilbariro shoyad

Tuzatilgani:


Bo xush pisare ki dilbariro shoyad

Qo`lyozmada:


2. Gar tarki vido’ kardaem ma’zuram

Tuzatilgani:


Gar tarki vido’ kardaam ma’zuram

Qo`lyozmada:


3. May no`sh benishon base xohad murd

Tuzatilgani:


May no`shki benishon base xohad murd

Qo`lyozmada:


4. E dil to g`ami ishq tamanno kardi

Tuzatilgani:


E dil chu g`ami ishq tamanno kardi

Qo`lyozmada:


5. On zarraki hisob noyad noem

Tuzatilgani:


On zarraki dar hisob noyad moem.

Qo`lyozmada:


6. Bo bad binshin bosh begonai u

Tuzatilgani:


Bo bad manishinu bosh begonai u

Qo`lyozmada:


7. Daryoyi talab jumla baru basta buvad

Tuzatilgani:


Darhoyi talab jumla baro` basta buvad

Qo`lyozmada:


8. Dushanba burd bor dusham bud

Tuzatilgani:


Dushinaki bar dargahi tu dusham bud

Qo`lyozmada:


9. Dar roh nigarki roh chunan raftand

Tuzatilgani:


Dar roh nigarki roh binon raftand.

Qo`lyozmada:


10. Rasmestki dar vafo bani odam nest

Tuzatilgani:


Rasmest vafoki dar bani odam nest.

Qo`lyozmada:


11. Man Nuhi nim hazor to`fon didam

Tuzatilgani:


Man Nuh nayam, hazor to`fon didam.

Boshqa tuzatishlar ham xuddi shu ruhda bo`lib, ruboiylarning kotiblar vayron etgan vaznini, mazmunini bir darajada tikladik, deb o`ylaymiz.

Biz «Ruboiyoti hazrati Pahlavon» nomi bilan yuritilgan besh qo`lyozma nusxani ko`zdan kechirib, shulardan ellik etti ruboiyni tanlab, tarjima qildik. Ayrim nusxalarda uch yuzdan ortiq ruboiylar bor-ku, nega biz ko`proq olmadik? Buning sababi shuki, hamma nusxalarga boshqa shoirlarning ruboiylari kirib qolgan. Qandaydir mas’uliyatsiz kotib so`rab-surishtirmay, qo`lga tushgan yoki eshitgan har bir ruboiyni Pahlavon Mahmudga nisbat berib ko`chira bergan. Natijada, «Hazrati Pahlavon ruboiylari» nomli qo`lyozmalar turli maslak va har xil saviyadagi shoirlarning mushtarak ruboiy to`plami bo`lib qolgan.

Xorazmliklar asrlar davomida Pahlavon Mahmudni avliyo deb yurganlari uchun kotiblar ham so`fiyona ruboiylarni unga nisbat berib to`plamga kirita berganlar. Buning ustiga biz ko`rib chiqqan qo`lyozmalar hammasi ham хИх—хх asrda ko`chirilgan. Agar bular orasida birorta eski-mo`’tabar nusxa bo`lganda, Pahlavon Mahmud ruboiylarini ajratish engilroq bo`lardi. Afsuski, hozircha eski nusxalar topilgani yo`q. Shuningdek, «Otashkada» va «Qomusul a’lom»da tilga olingan «Kanzul haqoyiq» nomli masnaviyni ham topish bizga nasib bo`lmadi.

Biz, Pahlavon Mahmudga nisbat berib, boshqa shoirlarning asarlarini nashr etib qo`ymaylik, degan andisha bilan ruboiylarni mumkin qadar sinchiklab tekshirdik, turli shoirlarning ruboiylari qorishib ketgan bu shubhali nusxalarni qayta-qayta o`qib, Pahlavon Mahmudning sog`lom, mag`rur ovozini farq etishga harakat qildik. Biz tanlagan ruboiylardagi ruhiy tetiklik, fikriy teranlik ularni boshqa ruboiylardan ajratib turadi. Ayrim ruboiylarga esa shoir: «Bishnav suxani Mahmud Puryoyvaliy» deb, o`z nomi bilan muhr bosib qo`ygan.

Shoirning nomi zikr qilingan ruboiylarning ruhiga qarab, biz shu qalbning sadosini, shu ruhning tug`yonini o`quvchiga etkazishga harakat qildik,

Ey dil, tildek dushmani jon emasmiz.
Urma tig`ing, bilgil, zabon emasmiz —
Qachongacha sen g`aflatda, biz — uyg`oq,
Mudragan baxt, senga posbon emasmiz!

93

Ey charxi falak, zamonayi dunparvar,


Teskari yurishing to`g`riga xatar:
Nodon bosh ustida-yu dono poymol,
Yo rab, bu falakni et zeru zabar.

Omonulla Boqir tarjimasi

123c.пнг94

Dardmandam, dardmandam, butkul dardmandam,


Orazing sham’idan o`rgulay har dam,
Gar vasling davlati muyassar bo`lsa,
Surayin poyingga bu ro`yi zardam.

95

Qanday yaxshi bir ra’noga bo`lsang yor!


Sahrodagi shabbodadek xushraftor,
Bahor keldi, do`stlar, gashtin suraylik,
To kelguncha bizsiz o`tguvchi bahor.

96

Necha yil ilm-hunar payida bo`ldik,


Necha yil zar-zevar payida bo`ldik,
Olam sirlaridan bo`lganda ogoh—
Bori ishni tashlab Qalandar bo`ldik.

97

Sen, albatta, topib bir dono, o`ltir,


Yoinki, topib sen bir ra’no, o`ltir,
Topilmasa senga gar ikkisi ham,
Behuda kechirma vaqt, tanho, o`ltir.

98

Yomon ko`z ko`rmasin ul ko`zlari mast,


Ko`rmasin ofat ul labi mayparast,
Murodim shudirkim, xudodan doim,
Muborak qaddiga etmasin shikast!

99

Do`stim, ertalikning g`amin emagil,


Bu bir naqd nafasni g`animat bilgil,
Bu eski eshikdan o`tarmiz bir-bir,
Yotgaymiz o`shanda bizlar ko`p ming yil.

100


Falak charxi ichra bizlar hayronmiz,
Fonus misol xayol qilib sarsonmiz,
Quyosh charog` bo`lsa, jahon bir fonus,
Qo`g`irchoqdek tunda biz sargardonmiz.

101


Boshu ko`ngul qora, go`yoki lola,
Ko`z g`uncha og`zidek limmo-lim jola.
Ko`nglimning yonidan o`tkuchi dedi:
— Qulog`imda qolmish hazin bir nola.

102


Zamonning zarbidan bosh beidrokdur,
Na dilning ko`zgusi qayg`udan pokdir,
Sa’y etma to`kib ter tarbiyatimga,
Tuproqni yuvsang ham u xokdir, xokdir!

103


Nazar topgan kimsa — qiymatli gavhar,
Kam o`ylagan kimsa bo`lur benazar,
Ishqsiz kamol bo`lmas ushbu olamda,
Kosadan muroddir, asli, kosagar!

104


Qo`zingdir noz bilan jono go`zalroq,
G`amzangdan karashma sozidir quvnoq,
Ovlagay dil qushin xuddi baliqdek,
Muattar sochingdir ham ip, ham qarmoq.

105


Tavbamga tayandim, sharobim keltir,
Iztirobim ortdi, gulobim keltir,
So`ndirar tutsang jom xumorim o`tin,
O`t tushdi ko`nglimga kel, obim keltir.

106


Hidoyat izlayman, sen yo`ldan urma,
Nasimdek yuguray, yo`limni burma,
Yo`lingga gullardan solma poyondoz,
Serob qil, xokbo`yman, ko`zlarga surma.

107


Hamdamlar kibr ila so`zlarlar so`zin,
Chamanda gul deya bilurlar yuzin,
Tunu kun soyam-la so`zlashurman men,
Yosh bola ko`rgandek ko`zguda o`zin.

108


Shikoyat qilma, ey ta’magir nopok,
Tuproqdan or etmam, chunki o`zim xok.
Cho`pni ham eltolmas bu suvdan hech kim,
Gavhar senga bo`lsin, menga bas xoshok!

109


Har kimsa ham senga oshino bo`lmas,
Seni kimki, bilmas u shaydo bo`lmas.
Dardingda bo`laman rasvo va lekin,
Dardingni asrayman, u rasvo bo`lmas.

110


Parhez bemaza-yu tuzsizdir taqvo!
Gunohda ham afsus, maza yo`h aslo!
Yuvdi suv tuzini hamma narsaning,
Oldi el mazani, bu qanday savdo?!

111


Xudoni yod etib, biyobon ketdik,
Biz tan olamidan jon tomon ketdik.
Tunu kun fikr etdim etmish ikki yil,
Sarson bo`lib yurdik, ham hayron ketdik,

Imomiddin Ulfat tarjimasi

123д.пнг112

Oqil aqli hisga giriftor bo`lmas,


Hasad qilgan bilan tillo xor bo`lmas,
Nomard — it kabidir, mard buyuk daryo,
Daryo it damidan hech murdor bo`lmas.

113


Tun — ikkiqat xotin, ne tug`ar ekan?
Zamona hukmidan ne yog`ar ekan?
Umr avvalida ne keldi, ko`rdik,
Ko`rarmiz — oxiri ne bo`lar ekan?

114


Yomon bilan ulfat bo`lma, yur yiroq,
Yo`lingga don sochib, qo`yadi tuzoq.
Yoyni egri ko`rib, to`g`riligidan—
O`q undan qanchalik qochganiga boq!

115


Oh tortgan chog`ingda yo`lga ko`z tutgil,
Yo`lda quduq bordir, ehtiyoting qil,
Do`st uyida mahram bo`lgan vaqtingda
Qo`lingni, ko`zingni, dilni tiya bil.

116


Dil ko`yini kezdim, bu menga odat,
Pokki ham yuviqsiz etdim ziyorat.
Ramazon ro`zasin tutmaganimga —
Yuviqsiz namozim bo`ldi kaforat.
117
Toki bor g`ayratu mardlikdan asar,
Ahlu ayolingni etma darbadar,
Meva shoxi agar devordan oshsa,
Yo`lovchilar unga beshak qo`l cho`zar.

Ruboiy janri ulug` Xayyom sharofatidan, uning mo`’jizakor qalami qudratidan shuhrat topgani hammaga ayon, ammo bu shoirning o`z umrida qancha ruboiy yozgani hech kimga ma’lum emas. Hanuzgacha bu muammoni Eron olimlari ham, Evropa sharkshunoslari ham hal etolmay garang. Bu olimlarning bir qismi, Xayyom ruboiylari 100 bilan 125 atrofida, deb taxmin qilishsa, boshqalari Xayyom ruboiylari 1000 dan ziyod deb, da’vo qilishadi. Biroq har ikki tomonning da’vosida ham hech qanday asos yo`q. 100 bilan 1000 raqami orasida er bilan osmonday katta tafovut bor, bu ulkan tafovut rost bilan yolg`on orasidagi jarlikdir.

Ruboiyotda shoirning nomi — taxallusi kamdan-kam zikr qilinadi. Bu hol tazkirachilarni mushkul ahvolga solib, ayrim ruboiylarni, ularning biri, bir shoirga nisbat bersa, boshqasi ikkinchi shoirga nisbat beradi: bu xil taxminlar natijasida bir qancha sayyor ruboiylar vujudga kelib, ular kitobdan-kitobga ko`chib yuradi.

Shunday sayyor ruboiylarning ba’zilari Pahlavon Mahmud ruboiylari majmuasiga ham kirib qolgan. Chunonchi, Pahlavonning 1962 yilda nashr etilgan «Ruboiylar» kitobiga 56 ruboiysini o`zbekcha tarjimasi bilan kiritgan edik. Yosh olimlarimizdan Yoqubjon Ishoqov bir yillik umrini sarf qilib, shu ruboiylarni forsiy ruboiynavislarining asarlariga chog`ishtirib qarasa, Pahlavon Mahmudga nisbat berilgan 56 ruboiyning beshtasi boshqa shoirlarning sayyor ruboiylari bo`lib chiqibdi. Garchi bu ish o`ta sermehnatu kamhosil bo`lsa ham shoyoni tahsindur. Men yosh olimning bunday sinchkovligini yuksak baholab, o`sha sayyor ruboiylarni Pahlavon Mahmud asarlari tarkibidan ajratib, tabarruk uchun maxsus bobga ko`chirdim. Tazkiralarda ular quyidagi shoirlarga nisbat berilgan ekan:


Mahsatiyga nisbat berilgani:

Dunyo bamisoli bir zarrin ko`za,


Suvi goh shirinu, goh achchiq bo`za,
Ey g`ofil, umringga bino qo`yma ko`p,
Qazoyi muallaq turar bosh uza.

T. Jalolov tarjimasi

Sulton Ya’qubga nisbat berilgani:

Dunyoda shodlikni juda kam ko`rdim,


Har bir xursandlikda ming-ming g`am ko`rdim.
Bu eski saroyning har tarafida —
Yo`qlik dashti sari eshik ham ko`rdim.

Shu ruboiyning ikkinchi varianti:

Dunyoda qaroru sabot g`oyat kam,
Har bir shodligida ming qayg`u alam,
Bu eski saroyning har tomonida
Rahnalar ochilib — ko`rinur adam.

Hiloliyga nisbat berilgani:

Dunyoda hech kishi emasdir xurram,
Bani odam bo`lmas shodlik-la hamdam,
Kimdaki bo`lmasa zamona g`ami,
Yo olamdan emas, yo zmas odam.

Urfiy Sheroziyga nisbat berilgani:

Tizzam kelin kabi to`ldirib quchoq,
Ko`yingda yotardim kecha-tungi choq —
Yo`q edi ko`zimdan o`zga yopiqlik,
Bosh osti yostig`im edi shu quloq.
Muinzoda tarjimasi

Kitobning birinchi nashriga kirib qolgan munozarali, sayyor ruboiylar mana shular xolos.

Biz bu kitobning ikkinchi nashri uchun Pahlavonning yana 65 ruboiysini tanlab tarjima qildik. Ammo qo`lyozmani nashriyotga topshirishdan avval, Xayyom ruboiylari bilan solishtirib qarasam, bir falsafiy ruboiy (bir oz tafovut bilan) har ikki shoirning ruboiylar majmuasiga kiritilgan ekan. Bu ruboiyni Shoislom Shomuhamedov Xayyomga nisbat berib, kamina esa, Pahlavon Mahmudga nisbat berib tarjima qilibmiz. Mana shu ruboiylar:

Ul qodirki arzu aflok yaratdi,


Ko`ngilda dog`, dilni g`amnok yaratdi,
Mushkin zulflarni-yu, yoqut lablarni
Erga qorib, oxirda xok yaratdn.

T. Jalolov tarjimasi

Ulki jahon tuzdi, charx, aflok tuzdi,
Ko`ngilga dog` soldi, ham chok-chok tuzdi,
Juda ko`p yoqutlab, oyyuzlilarni
Er ichra jo qildi, bir kaft xok tuzdi.

Sh. Shomuhamedov tarjimasi

Sayyor ruboiylar haqida gap ketgach, o`zim bevosita aralashgan bir voqeani arz etmoqchiman. Gap shundaki Ibn Sino va Umar Xayyom muxlislari ko`pdan beri bir ruboiy ustida talashib yurishadi. Mana o`sha ruboiy:

Qaro er qa’ridan to avji zuhal,


Koinot sirlarin barin qildim hal,
Ko`p mushkul tugunni echdim, angladim,
Echilmay qolgani — birgina ajal!…

Bu ruboiy janrining eng mumtoz, eng nodir namunasidir albatta. Shoislom Shomuhamedov bu ruboiyni a’lo darajada tarjima qilibdi. Biroq bu bebaho purma’no ruboiy kimning qalamiga mansub? Shoislom Shomuhamedov bu ruboiyni Xayyom qalamiga mansub deb tarjima qilgan. Ammo Ibn Sino hayotini sinchiklab tekshirgan, shu mavzuda tarixiy roman yozgan V. Smirnova-Rakitina Ibn Sinoning barcha ruboiylarini, jumladan bu ruboiyni ham o`z asari tarkibiga singdirib yuborgan. Adibaning ushbu romanini o`zbek tiliga tarjima qilib turgan paytimda (mening iltimosim bilan) Erkin Vohidov shu ruboiylarni ruschadan o`zbekchaga tarjima qilib bergan edi. Mana shulardan namunalar:

Jahonda qolmadi men bilmagan fan,
Ne mushkul bo`lsa echdim, donish ilan,
Va lekin bu o`lim otlik tugunni,
Echolmasdan o`tar bo`ldim jahondan.

Mening kufrim ayblarga dilimdan o`zga sulton yo`q,


Bu olamda mening pokiza imonimdek imon yo`q.
Musulmonlikda men ahli zamon ichra edim tanho,
Agar kofir esam men ham, bu dunyoda musulmon yo`q.

Rostini aytsam, men o`zim ham ellik yildan beri bu ruboiyni Ibn Sinoning asari deb yuraman va bu e’tiqoddan qaytishim ham amri mahol. Zero ruboiyning ruhi, unga singdirilgan teran fikr va nadomat ohangi uni falakiyot, tabiiyot va tabobatdan mo`’jizalar ko`rsatgan ulug` allomaning asari ekanini ravshan ko`rsatib turibdi.

Biz bir ishora bilan Pahlavon kitobi tarkibidagi shubhali ruboiylarni chiqarib tashladik, biroq hamma ham bu tazkiralarga bizdek ehtirom bilan qaramaydi chog`i. Bo`lmasa 5 asrdan buyon hamma tazkiralarda Pahlavon Mahmudga nisbat berib kelingan «Qanzul haqoyiq»ni 1967 yilda Eronda Mahmud Shabustariyga nisbat berib nashr qilishni nima deb tushunish kerak? Nahotki, eronlik Said Muhammad Ali Sofir bu mashhur tazkiralardan bexabar bo`lsa?


Download 112,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish