O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti



Download 494,83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.10.2019
Hajmi494,83 Kb.
#23077
Bog'liq
ozbekiston bozor iqtisodiyotiga otish yolining huquqiy asoslari va infratuzilmasining yaratilishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

Alisher Navoiy nomidagi 

Samarqand davlat universiteti 

Tarix fakulteti 

O’zbekiston tarixi kafedrasi 

O’zbekiston tarixi fani 

Mavzu: 

O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish  

yo’lining huquqiy asoslari va infratuzilmasining 

yaratilishi. 

Kurs ishi 

2014-2015 o’quv yili 

Bajaruvchi: 3-kurs  talabasi Gulomava D. 

Ilmiy rahbar: Qo’shboqov H. 

Kurs ishi O’zbekiston tarixi kafedrasi komissiyasida himoya qilindi 

va _____ ga baholandi. (Bayonnoma № ____ 2015) 

Komissiya raisi:  

______________________ 

Komissiya a’zolari:   ______________________ 

 

 

 

 

______________________ 

 

 

 

 

______________________ 

Samarqand 2015-yil 

O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish  yo’lining 

huquqiy asoslari va infratuzilmasining 

yaratilishi. 

 

 

Reja: 

 

 

I. 


Kirish. 

II. 


Asosiyqism. 

1.  O’tish    davrining  mazmuni.  Bozor    iqtisodiyotiga  o’tish  

yo’llari. 

2.  O’zbekistonda    bozor    iqtisodiyotiga    o’tishning    tamoyillari 

va  xususiyatlari. 

3.  Respublikada  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish va uning  

asosiy  yo’nalishlari. 

III.  Xulosa.  

IV.  Foydalanilganadabiyotlarro’yxati. 

 

 


Kirish. 

 

O’tish  davrining mazmuni. Bozor  iqtisodiyotiga o’tish  yo’llari. 

Bozor    iqtisodiyotiga    o’tish    uchun    islohotlar    o’tkazilib,  butun    iqtisodiy 

munosabatlar tizimi qayta  quriladi va  o’zgartiriladi. Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  

davri - ma‘muriy  buyruqbozlik  tizimini  bartaraf  etish yoki tubdan o’zgartirish 

hamda    bozor    tizimining    asoslarini    shakillantirish    jarayonlari  amalaga  

oshiruvchi    tarixiy    davrdir.  Jahondagi    ko’pgina    rivojlangan    mamlakatlarning  

tajribalari  umumlashtirilib, iqtisodiyotning  yangi  taraqqiyot yo’li - ilmiy  asosda 

(ravishda)  boshqariladigan    va    tartibga    solinadigan  bozor  iqtisodiyoti  deb    tan 

olindi. Bir qator  davlatlar shu  yo’lni  tanladilar. Ya‘ni:  



1.  Rivojlangan  mamlakatlar yo’li; 

2.  Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li; 

3.  Sobiq  sotsiolistik mamlakatlar yo’li; 

4.  Sotsializm    g’oyalarini    samarali  bozor    iqtisodiyotini    vujudga    keltirish 

mexanizmi bilan  qo’shib  olib  borish  yo’li (Xitoy, V‘etnam) 

  Bozor iqtisodiyotiga   o’tish  har bir mamlakat uchun  xos  bo’lgan  model 

(nusxa  yoki    andozaga)  ga    asoslanadi.  Bozor    iqtisodiyotiga    o’tishning  

umumiyligi  va    farqi  bo’ladi.  Umumiyligi  –  ularning    hammasi    bozor  

iqtisodiyotiga    o’tishning    qonun-qoidalariga    amal    qiladi.  Shuning  bilan    birga  

ko’rsatib  o’tilgan har bir  yo’lning  o’ziga  xos  xususiyatlari ham bor. Masalan, 

bozor  munosabatlariga   o’tishning   rivojlangan  mamlakatlar  yo’lida   oddiy    tovar  

xo’jaligidan erkin  raqobatga asoslangan  klassik  yoki  erkin  bozor iqtisodiyotiga  

va undan hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyotiga  o’tiladi. 

  Mustaqil  rivojlanayotgan  mamlakatlarni    bozor    iqtisodiyotiga    o’tish  



yo’lining    xususiyati  -    bu    qoloq,    ananaviy    iqtisodiyotga    erkin  bozor  

iqtisodiyotiga  o’tishdir. 

  Sobiq    sotsialistik  mamlakatlar    yo’lining    muhim    belgisi 

markazlashtirilgan,    ma‘muriy-buyruqbozlikka    asoslangan  iqtisodiyotdan  hozirgi 

zamon  rivojlangan bozor  tizimiga  o’tishdan iboratdir. 


Asosiy qism. 

   


Bozor    iqtisodiyotiga    inqilobiy  yo’li  bilan  ya‘ni    jadal  usulda  yoki  

evolyutsion yo’li (tadrijiy) bilan, ya‘ni  bosqichma-bosqich o’tish mumkin. 

  Revolyutsion yo’li  qo’llanganda  tub islohotlarni  o’tkazish, avvalgi tizimni 

va tarkib topgan iqtisodiy  munosabatlarni  birdaniga va  batamom  sindirish talab  

etilib, “karaxt qilib davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb  ataladi. 

  Eski    iqtisodiy    munosabatlarni    bosqichma-bosqich  yangi  bozor  

munosabatlariga  aylantira borib, samarali bozor  iqtisodiyotini  shikatsiz vujudga 

keltirish mumkin. Bu  o’tish davrining  ma‘qul yo’li ekanligini  islohotlar  tajribasi 

ko’rsatadi, ya‘ni  kamroq  ijtimoiy  larzalarga  olib keladi.  

Ma‘muriy – buyruqbozlik  tizimi  ikkita  ahamiyati  kamchilikka ega: 

1. 

Ro’y    berayotgan  o’zgarishlarga  tezda    moslashuvchan  emasligi, 

asta-sekinlik bilan  moslashib borishi; 

2. 


Samaradorlikning o’ta  darajada pasayib ketganligi

  Ma‘muriy-bo’yruqbozlik  iqtisodiyotini    bozor  iqtisodiyotiga    aylantirish 

uchun  tizim  islohotlari  utkazish  amal  qiladi.  O’tish  davrda    bozor    iqtisodiyotini 

shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 

  1.  Iqtisodiyotni    erkinlashtirish.  Bu  xo’jalik    hayotining    barcha  

sohalaridagi  to’liq  hamda    cheklovlarni,  shuningdek,  davlat  nazoratini  keskin 

ravishda  qisqartirish yoki bekor qilishga  yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan  

iborat: 


1. 

xo’jalik  faoliyatini  amalga  oshirishda  davlat manopoliyasini 

bekor  qilish; 

2. 


resurslarning    markazlashgan  ko’rinishidagi  taqsimotini  

to’gatish; 

3. 

narxlarning    asosan  talab  va    taklif  nisbati  asosia  



shakillantirishga o’tish; 

4. 

ichki    va  tashqi    bozorlarda    transaktsion  bitimlar    ustidan 

davlat  nazoratini pasaytirish.  


2. Iqtisodiyotni  monopoliyadan chiqarish va  raqobat  muhitini  yaratish

-  barcha    iqtisoiy    agentlarning    ish    faoliyati  uchun  teng    imkoniyat  va  

sharoitlar  yaratilishi; 

-  bozorga  xorijiy raqobatchilar ham  kirishi uchun  imkon  berilishi; 

-  kichik    biznesning    rivojlanishiga    halaqit  beruvchi  ma‘muriy  to’siqlarni  

olib  tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash

  3.  Instuttsional    o’zgarishlar.    Mazkur  o’zgarishlar  quyidagi  sohalarni 

qamrab oladi; 

-  mulkchilik  munosabatlarini  o’zgartirish,  jumladan,  xususiy    sektorni 

yaratish; 

-  bozor    infratuzilmasini  (tijorat  banklar,    tovar  va  fond  birjalari, 

invesyotitsiya  fondlari va h.k) shakillantirish

-  iqtisodiyotni davlat tomonian  tartibga  solishning  yangi  tizimini  yaratish; 

-  bozor  sharoitlariga  mos  tushuvchi  xo’jalik qonunchiligini qabul  qilish.  

  4.  Tarkibiy    o’zgarishlar.  Tarkibiy    o’zgarishlar    birinchi  navbatda  

iqtisodiyot  va  uning    alohida    tarmoqlari    tarkibida  oldingi    tizimdan  qolgan  

nomutanosibliklarni  yumshatish  yoki    bartaraf  etishga    yo’naltirilgan.  Iqtisodiyot 

tarkibiy    tuzilishini    qayta    kurishdan  asosiy    maqsad-ichki  va  tashqi    bozorlarda  

to’lovga  qadar  talabga  ega    bo’lgan    mahsulotlarni    ishlab    chiqarilishini  

rivojlantrishdan iborat. 

  5.  Makroiqtisodiy,  асосан,  moliyaviy  barqarorlashtirish.  Bu    yo’nalishi 

muhim  ahamiyati  shundan    kelib    chiqadiki,  ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimining  

inqirozi  eng  avvalo  va    kuchli    ravishda    moliyaviy  sohada,  ayniqsa  yuqori  

inflyatsiya  shaklida  namoyon  bo’ladi.  Makroiqtisodiy    barqarorlashtirish    chora-

tadbirlari  tizimiga    pul    emissiyasini    cheklash,  davlat  byudjeti  taqchilligini  

qisqartirish, ijobiy foiz  stavkasini  ta‘minlash va  boshqalar  kiradi. 

  6. Bozor xo’jaligiga mos  bo’lgan  aholini   ijtimoiy himoyalash tizimini 

shakllantirish. 


  Aholining    nisbatan  muhtoj  qatlamini  aniq    ijtimoiy  qo’llab-quvvatlashni 

amalga    oshirishga    yo’naltirilgan.  Ushbu    ko’satib  o’tilgan  bozor  tizimining  

asosiy  unsurlarini shakllanishi  o’tish davri tugaganligini  bildiradi.

 

O’zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  tamoyillari va  



xususiyatlari 

Ma‘lumki,    bir  tizimdan  ikkinchi  tizimga    o’tishning    revolyutsion  va 

evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya bozor iqtisodiyotiga 

o’tishning    revolyutsion  yo’lini    tanlab,  birdaniga  katta    o’zgarishlar    qilishni  

ma‘qul topdilar. 

  O’zbekiston  esa  o’ziga  xos    madaniy,  tarixiy,  iqtisodiy  va    tabiiy  

xususiyatlarini  hamda  bu  yo’ldagi  jahon  tajribasini  hisobga    olgan  holda  

revolyutsion    to’ntarishlarsiz,  itimoiy  to’qnashuvlarsiz,  ijtimoiy  himoyani  

ko’chaytirgan  holda  asta-sekinlik,  lekin  qay‘iyatlilik  bilan  bosqichma-bosqich 

rivojlangan va  boshqariladigan bozor  iqtisodiyotiga  o’tish yo’lini  tanladi. 

  Mamlakatimiz 

Prezidenti 

ko’rsatib 

o’tdiki, 



“Bizning 

 

bozor  

munosabatlariga  o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga  xos  sharoitlari va  

xususiyatlarini,  ananalar,  urf-odatlar  va    turmush  tarzini  har    tomonlama 

hisobga  olishga,  o’tishdagi  iqtisodiyotni  bir    yoqlama,    besunaqay  

rivojlantirishning  mudhush merosiga  barham berishga  asoslanadi”. 

  O’zbekistonda  bozor   munosabatlariga  o’tish yo’li  ijtimoiy  yo’naltirilgan 

bozor    iqtisodiyotini    shakllantirishga  qaratilgan.  Bu  yo’lni  amalga    oshirishga, 

iqtisodiyotni    tubdan  isloh  qilishga    Prezident  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  

chiqilgan 5 ta  tamoyil asos qilib  olingan: 

1.  Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning  ustunligining  ta‘minlash; 

2.  O’tish  davrida  davlatning  bosh  islohotchi bo’lishi; 

 

_____________ 



1

Karimov    I.A.    «O`zbekiston  –  bozor  munosabatlariga  o`tishning  o`ziga  xos  yo`li»  Toshkent 

«O`zbekiston» 1993 y. 

 


 

3.  Butun  yangilanish  va  taraqqiyot  jarayoni  qonunlarga  asoslanishi, 

qonunlar ustuvorligini  ta‘minlanishi; 

4.  Bozor  munosabatlariga  o’tish  bilan  bir  qatorda  aholini    ijtimoiy 

himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga  oshirish; 

5.  Bozor  munosabatlarini  bosqichma-bosqich qaror toptirish.  

Bozor    iqtisodiyotiga  o’tish  uchun    tegishli    huquqiy  negizni,  bozor  

infratuzilmalarini    yaratish,  odamlarda  bozor    ko’nikmalarini    hosil  qilish,  yangi 

sharoitlarda  ishlay  oladigan  kadrlarni  tayyorlash  uchun  vaqt  kerak  bo’ladi.  Shu  

sababli bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi 

deb  ko’rsatib    berilgandir.  Bundan  tashqari,  bozor  munosabatlariga    o’zgartirish 

bilan    cheklanmaydi.  U  ijtimoiy  sohalarni,  shu  jumladan  siyosiy,  ma‘naviy-

axloqiy,  maishiy  va    boshqa    sohalarni  ham    tubdan  o’zgartirishni  ham    taqozo 

qiladi. Bularning hammasi bozor  iqtisodiyotinig  boschiqma-bosqich,  evolyutsion 

yo’li  bilan    o’tish    haqidagi  goya  juda    muhim  va  afzal  ekanligini    ko’rsatadi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  bosqichma-bosqich bo’lishi Prezident I.Karimov 

asarlarida  belgilab  berilgandir. 

Birinchi bosqich quyidagi ikkita  vazifani birdaniga  hal  qilish  maqsad qilib  

quyilganligi  ta‘kidlanadi: 

- totalitar    tizimning    og’ir    oqibatlarini    yengish,    tanglikka  barham  berish,  

iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 

- Respublikaning    o’ziga    xos    sharoitlari  va    xususiyatlarini    hisobga  olgan 

holda  bozor munosabatlarining  negizlarini shakillantirish.



1[2]

 

Bu  vazifani   bajarish  birinchi   bosqichda isloh qilishning   qo’yidagi  muhim   



yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 

- o’tish  jarayonining  haqiqiy  asoslarini    shakillantirish    islohatlarning 

qonuniy-huquqiy negizini  mustahkamlash; 

                                                           



2

Каримов И.А. Ўзбекситон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т.: “Ўзбекистон”, 

1995, 19-бет 


- mahaliiy  sanoat,  savdo,  maishiy  xizmat  korxonalarini,  uy-joy  fondini  

xususiylashtirish,  qishloq  xo’jaligida  va    xalq    xo’jaligining  boshqa  sohalarida  

mulkchilikning yangi shakllarini  vujudga  keltirish

- ishlab chiqarishning  pasayib borishiga  barham berish, moliyaviy ahvolning  

barqarorlashuvini    ta‘minlash.  Bu    vazifalarni    baarilishi    keyingi    bosqichning  

strategik  maqsadlari va  ustun yo’nalishlarini  belgilab  olish  imkonini berdi



Ikkinchi  bosqichда  investitsiya  faoliyatini    ko’chaytirish,  chuqur  tarkibiy 

o’zgarishlarni  amalga oshirish va shuning  negizida iqtisodiy o’sishni  ta‘minlab, 

bozor  munosabatlarini  to’liq joriy qilish  maqsad qilib qo’yiladi. Shu  maqsaddan 

kelib  chiqib I. A. Karimov asarida bu  bosqich uchun  quyidagi bir qator  vazifalar 

ajratib ko’rsatildi: 

davlat    mulklarini    xussiylashtirish  sohasida  boshlangan  ishni    oxiriga  



yetkazish; 

ishlab    chiqarishning    pasayishiga    barham  berish  va    makroiqtisodiy 



barqarorlikni  ta‘minlash; 

milliy valyuta - so’mni yana  ham  mustahkamlash; 

iqtisodiyotning    tarkibiy    to’zilishini    tubdan    o’zgartirish,  xomashyo 

yetkazib  berishdan tayor  mahsulo  ishlab chiqarish o’tish

2[3]

. 

O’tish  davrining    ikkinchi    bosqichida    aholining    kam    ta‘minlangan 

qatlamlarini  ijtimoiy himoyalashni ko’chaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish 

borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’li davom  ettiriladi. 

Prezidentimiz  I.  Karimov  ta‘kidlab    o’tganlaridek,  hozirgi  bosqichda 

“erkinlashtirish  va    islohotlarni    chuqurlashtirish  nafaqat  iqtisodiy,  balki  ham  

ijtimoiy,  ham    siyosiy  vazifalarini    hal  qilishning  asosiy    shartidir”

2

.  Bu  esa  

iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq  vazifalarni  amalga  oshirishni  ko’zda tutadi: 

 

iqtisodiyotning  barcha  sohalari va  tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini  



izchillik bilan o’tkazish  va  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish; 

 

                                                           



3

Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари Т.: Ўзбекистон, 1998, 332-333 бетлар

 


xususiylashtirish  jarayonini    yanada    chuqurlashtirish  va  shu    asosida  

amalda mulkdorlar sinfini  shakllantirish; 

mamlakat  iqtisodiyotiga  xorij  sarmoyasini    avvalo,  bevosita  yo’naltirilgan 



sarmoyalarni    jalb  etish uchun  qo’lay huquqiy  shart-sharoit,  kafolat  va iqtisodiy 

omillarni yanada kuchaytirish; 

kichik  va  o’rta    biznes  iqtisodiy    taraqqiyotda  ustuvor  o’rin    olishiga  



erishish; 

mamlakatning  eksport  salohiyatini  rivojlantirish  va  mustahkamlash, 



iqtisodiyotimizning  jahon  iqtisodiy  tizimiga  keng  ko’lamda  integratsiyalashuvini  

ta‘minlash; 

iqtisodiyotda 



mamlakatimiz 

iqtisodiy 

mustaqilligini 

yanada 

mustahkamlashga  qaratilgan  tarkibiy  o’zgarishlarni  izchil  davom  ettirish  kabi  

vazifalar ikkinchi bosqichda  sobit  qadalik bilan  bajarilmoqda

 

Respublikada  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish 



va uning  asosiy  yo’nalishlari. 

Iqtisodiy    aloqalar  va  iqtisodiy  munosabatlarni    yangi    turiga    o’tish  uchun 

iqtisodiy  islohotlar strategiyasini  ishlab  chiqishni  talab etadi. 

  Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini  shakllantirishga  qaratilgan 

chora-tadbirlar    majmundir.  Iqtisodiy  islohotlardn  ko’zda    tutilgan  maqsad  - 

mamlakat    aholisi  uchun    yashash  va  faoliyat  qilishning  eng  yaxshi  sharoitlarini  

yaratish,  ularning    ma‘naviy-ahloqiy    yetukligiga  erishishi,  iqtisodiy,  ijtimoiy-

siyosiy  barqarorlikni    ta‘minlashdan  iboratdir.  Islohotlarni    amalga    oshirishdan 

oldin bozor  iqtisodiyotiga  utishning  nazariy model yaratildi.  Bu  modelda  yangi  

iqtisodiyotga  utishning  umumiy tomonlari  va milliy xussiyatlari nazarda tutiladi, 

islohotlarning  asosiy  yo’nalishlari  belgilanadi.  Respublikada    iqtisodiy 

islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari  quyidagilardan iborat: 

Mulkiy munosabatlarni  isloh qilish

Agrar  islohotlar; 

Moliya-kredit va narx-navo islohoti; 



Boshqarish tizimini  isloh qilish va  bozor  infratuzilmasini  yaratish; 

Ijtimoiy islohotlar. 



Mulkchilik    munosabatlarini    tubdan    o’zgartirish  -  bu    iqtisodiy  

islohotlarni  bosh  bo’g’inidir, chunki  shu  orqali  ko’p  ukladli  iqtisodiyot  va  

raqobatlashish  muhiti    shakllantiriladi  hamda    bozor    iqtisodiyotiga    utishning  

shart-sharoitlari yaratiladi. 

Iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishining dastlabki  bosqichidayoq qishloq 

ho’jaligini isloh qilishga  ustunlik  berildi. Bunga  quyidagilar sabab bo’ldi: 

- Respublikada    va  uning    iqtisodiyotigsha    agrar  soha    ustunlikka  egaligi, 

aholining    kupchiligi  qishloq  xo’jaligda    bandligi,  iqtisodiy  o’sishning    kup 

jihatdan shu tarmoq  ahvoliga  bog’liqligi; 

- Respublika    butun  sanoat  potentsialining  yarmiga    yaqinini  tashkil 

qiladigaen sanoatning  kupgina  tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, yengil 

sanoat, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq  xo’jaligi  mashinasizligi va boshqalar) 

rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi; 

- Qishloq    xo’jalik  mahsulotlari  paxta  hozirgi  vaqtda  valyuta    resurslari, 

respublika  uchun  zarur  bo’lgan  ozoq-ovqat  mahsulotlari,  dori-darmonlar,  texnika 

va  texnologiya uskunalarini  chetdan sotib olishni  ta‘minlayotgan asosiy  manba  

ekanligi; 

- Mustaqillik    sharoitida    qishloq  xo’jaligining    oziq-ovqat  muammosini  hal 

etishdagi  rolining  ortib borishi



Moliya-kredit sohasini  isloh  qilish  iqtisodiy  tizimni  izchillik  bilan bozor  

munosabatlariga o’sib utishida alohida o’rin  egallaydi. Moliyaviy munosabatlarda 

davlat byudjeti tanqisligini  kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar 

va    subsidiyalarni    bosqichma-bosqich  qisqartirish,  birinchi  darajali,  eng  zarur 

umumdavlat ehtiyojlari uchun ehtiyojlari uchungina  byudjetdan  mablag’ ajratish, 

xalq  xo’jaligini    rivojlantirishda    investitsiya  kreditlaridan  keng    foydalanish  

islohatlarning  asosiy  yo’nalishlari  hisoblanadi. 

Iqtisodiyotni    isloh  qilishning    eng  asosiy  muammolaridan  biri  narxlarni 

erkinlashtirishdir. Narxlarni erkin  shakllanishi uchun  narxlar tizimini  isloh qilish 


ham  zarurdir. Dastlab davlat  xarid  narxlarining  amal  qilish doirasi  qisqartiriladi 

va    keyin  ichki  narxlar  jahon  narxlariga    muvofiqlashtirib  boriladi.  Shuningdek, 

narxlarni  erkinlashtirishda  xomashyo  va    mahsulot  ayrim  turlarining,  narx-navo 

bilan  aholi  va    korxonalar  daromadlari  o’rtasidagi  tenglikka    erishishga    harakat 

qilinadi. Narxlar islohoti boshlangana 1994 yilgacha hamma  turdagi xomashyo va 

mahsulotlar bo’yicha erkin  narxlarga o’tildi, barcha iste‘mol mollari narxi ustidan 

davlat  nazorati bekor  qilindi. 

Isloh  qilishning    dastlabki  davrida  (1992  yil)  keng  doiradagi  ishlab 

chiqarish  –  texnik  vositasi  bo’lgan    mahsulotlar,  ayrim  turdagi  xalq  iste‘mol 

mollari,  bajarilgan ishlar va  xizmatlarning  kelishilgan narxlar va  tariflarga utildi.  

Aholining    hisoyalash  maqsadida  cheklangan  doiradagi  oziq-ovqat  va    sanoat 

tovarlari narxlarning  chegarasi belgilab qo’yildi. 

Narxlar  islohotining    navbatdagi  bosqichida  (1993  yil)  kelishilgan  ulgurji  

narxlarni  davlat tomonidan tartibga  solish  tulig’icha  to’xtatildi.   



Narxlarning    erkinlashtirishning    oxirgi  bosqichida  (1994  yil  oktyabr-

noyabr)  xalq  iste‘mol  mollari  asosiy    turlarining  narxi    erkin  qo’yib  yuborildi. 

Shundan  qilib,  iqtisodiyotni  isloh    qilishning  birinchi  bosqichi  narxlarni  to’liq 

erkinlashtirish bilan  tugadi. 

Iqtisodiy    islohotlarni    amalga    oshirish    boshqarishning    tegishli    tizimni  

yaratishni  talab    qiladi.  Shunga    asosan    kuplab  markaziy  iqtisodiy    organlar  va  

vazirliklar  tugatildi:  



1. Davlat reja  qo’mitasi;  

2. Davlat ta‘minot qo’mitasi;  

3. Davlat  narxlar qo’mitasi;  

4. Davlat agrosanoat qo’mitasi va boshqalar

Boshqarishning  mahalliy  darajasida  (viloyat,  tuman  va  shahar)  ijrosiga 

boshqaruv    vazifalarini  bojorish  uchun  hokimlik  joriy  qilindi.  Bozor  islohotlari 

bozor    infratuzilmasini  yaratish  chora-tadbirlarini  ham    qamrab  oladi.  Bunda  

moliya,  bank-kredit  tizimi    muassasalari,    sug’urta,  auditorlik,  yuridik  va  



konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi. 

Bu birqancha yo’nalishlar bo’yicha bordi. 



Birinchi    yo’nalish  bo’yicha  tovar  xom  ashyo  birjasi  tizimi    rivojlandi.  Bu 

o’z    navbatida,  brokerlik  va    dilerlik    idoralari,  savdo  uylari,    vositachi  firmalar 

paydo  bo’lishiga  olib keldi. 

Ikkinchi  yo’nalishda    kapital  bozorining  ishini    ta‘minlaydigan  tuzilmalar 

vujudga keltirildi. Kredit  resurslari bozori va  valyuta  bozori   vujudga  keltirildi 

hamda davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kompaniyalari tuzildi. 

Uchinchi yo’nalish ishchi  kuchi  bozorini  shakllantirishdan iborat bo’lib, bu  

sohada 240 dan  ortiq mehnat  birjasini  o’z ichga  oluvchi  katta  tarmoq tuzildi. 

Bozor    islohotlari    tashqi    iqtisodiy  aloqalarga  ham    tegishlidir.  Bu    sohada 

islohotlarni  amalga    oshirish    borasidagi    respublikaning    zamonaviy  tashqi 

iqtisodiy  kompleksi  mutlaqo    yangidan    shakllantirildi.  Tashqi  iqtisodiy    faoliyat 

bilan    shug’ullanishi  zarur  bo’lgan    muassasalar  (tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy 

banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. 

Amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  asl  maqsadi  -  insonga  

munosib yashash va faoliyat ko’rsatish  sharoitlarini  vujudga keltirishdan iborat. 

Shu  sababli  iqtisodiy  islohotlarni  amalga    oshirishning  butun    davri    davomida  

aholini  ijtimoiy himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar qo’rish  ob‘ektiv zaruriyatdir. 

Respublikada    aholini    ijtimoiy    himoyalash  chora-tadbirlari  quyidagi 

yo’nalishlar bo’yicha amalga  oshirildi. 

Birinchi  yo’nalish  -  narxlar    erkinlashtirilishi  va    pulning    qadrsizlanishi 

darajasi  ortib  borishi    munosabati  bilan    daromadlarning    eng  kam    va    o’rtacha  

darajasini muntazam oshirib borish. 

Ikkinchi yo’nalish - Respublikaning  ichki  iste‘mol bozorini  himoya qilish 

hamda    ozoq-ovqat  mahsulotlari  va    sanoat    mollari    asosiy  turlari  iste‘molini  

muayyan darajada saqlab turish. 

Uchinchi  yo’nalish  -  islohotlarning    dastlabki  bosqichida  aholining    kam  

ta‘minlangan tabaqalarini  ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash. 



SHunday  qilib,    islohatlarning    barcha    yo’nalishlari    mavjud  iqtisodiy  

tizimning  izchillik bilan bozor  iqtisodiyotiga  o’sib  o’tishiga  qaratiladi. 



 

Asosiy tayanch tushunchalar: 

O’tish  davri  -  bir    iqtisodiy    tizimdan    boshqasiga,  mavjud  iqtisodiy  

munosabatlardan butunlay boshqa, yangi  iqtisodiy  munosabatlarga o’tish  taqozo 

qilinadigan davrdir.  

Bozor  islohotlari  -  bozor  iqtisodiyotini  va  bozor    munosabatlarini  

shakllantirishga  qaratilgan chora-tadbirlar majmundir. 



Iqtisodiy    islohotlar  -  turli    mulkchilikka    asoslangan  xo’jalik    yuritishning  

shakllari va turlari. 



Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  -  nima  va  qancha    ishlab  chiqarishni  qaerga, 

qanday bahoda  sotishni tadbirkorning o’zi  belgilashi  lozim.  



Iqtisodiyotning    barcha    sohalari  va    tamoqlarini    erkinlashtirish  - 

xo’jalik  yurituvchi  sub‘ektlarning    erkinligi    va    mustaqilligini    ta‘minlash,  

tadbirkorlik    faoliyatining    rivojlantirish  uchun    barcha  shart-sharotlarni    yaratish  

demakdir. 



Islohotlar  kontseptsiyasi - itimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va 

yo’nalishlari, uni  amalga  oshirishning  vazifalari va  strategik  yo’llarini  umumiy  

g’oyasidir. 

Iqtisodiyotni    barqarorlashtirish  -  tanglik  holatlariga    barham  berish 

asosida  makroiqtisodiy muvozanatlikni  saqlash va  ishab chiqarishni  yuksaltirish 

uchun shart-sharoitlarni vujudga  keltirishdir.

 

 



 

_____________ 



Rasulov M. Bozoriqtisodiyotiasoslari. T.: Mehnat, 1997. 



IQTISODIY ISLOHOTLAR. BOZOR MUNOSABATLARINING 

SHAKLLANISHI. BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH YO`LI 

 

Bozorning qadimiy an'analari 



Milliy  davlat  mustaqilligini  qo`lga  kiritgan  O`zbekiston  bozor  iqtisodiyoti 

yo`lini  tanladi.  Sho`rolar  davridagi  sotsialistik  tizimning  iqtisodiy  asosini  tashkil 

etgan  rejalashtiruvchi  siyosatdan  voz  kechdi.  Xo`sh,  bozor  iqtisodiyotining  o`zi 

nima? 


Bozor  iqtisodiyotining  asosida  tovar-pul  munosabatlari  yotadi  va  ana  shu 

munosabatlarga  xos  iqtisodiy  qonunlar  harakat  qiladi.  Bozor  iqtisodiyoti 

jamiyatning barcha a'zolarini ishlab chiqarish va iste'mol orqali o`zaro raqobatning 

ishtirokchilariga aylantiradi. 

Shu  boisdan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarish  muttasil 

takomillashib  boradi,  mahsulotning  sifat  darajasi  yaxshilanadi,  uning  miqdori 

ko`payadi va jamiyat taraqqiyoti tezlashadi. 

Tarixan  bozor  munosabatlarining  ikki  turi  mavjud:  birinchisi,  tartibsiz,  o`zi 

bo`larchilik  asosida,  stixiyali  rivojlanadigan  bozor  iqtisodiyoti  munosabatidir.  U 

tarqoq,  maqsadi  va  harakati  oldindan  kelishilmagan  ishlab  chiqaruvchilar  va 

iste'molchilar  o`rtasidagi  oldi-berdi  munosabatlariga  asoslanadi.  Ikkinchisi  esa, 

tartibga 

solinadigan, 

boshqariladigan 

bozor 

iqtisodiyoti 



munosabatidir. 

O`zbekiston o`z taraqqiyot yolining asosi qilib ikkinchi yo`lni — davlat tomonidan 

tartibga  solib  boriladigan  va  boshqariladigan  bozor  iqtisodiyoti  yo`lini  tanladi. 

Bunda jamiyat davlat ofqali bozorga narx, soliq, foiz, foyda, renta, subsidiya kabi 

iqtisodiy vositalar bilan ma'lum bir yo`nalish beradi va ongli ta'sir ko`rsatadi. 

 


Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o`ziga xos sifat belgilari va 

xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

1. Tovar ishlab chiqaruvchi iqtisodiy jihatdan erkin bo`ladi, ya'ni bozor uchun 

mahsulot  ishlab  chiqarayotgan  korxona  yoki  shaxs  erkin  va  mustaqil  faoliyat 

ko`rsatadi. 

2. Tovar ishlab chiqaruvchi mulk egasi bo`ladi yoki ijara mulkiga ega bo`ladi 

va uni o`z bilganicha ishlatadi, unga hech kim monelik qila olmaydi, buyruq bera 

olmaydi. 

3.  Tovar  ishlab  chiqaruvchi  o`zi  ishlab  chiqargan  mahsulotining  egasi, 

xo`jayinidir.  Shu  bois,  o`z  mahsulotini  xohlasa  sotadi,  xohlasa  sotmaydi  yoki  u 

xohlasa o`z tovarini boshqa bir tashkilot, korxona yo biron bir shaxsga sovg`a qilib 

tekinga hadya qilishi ham mumkin. 

4.  Bozorga  chiqarilgan  tovarni  oldi-sotdi  qilish  sotuvchi  bilan  xaridoming 

erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi. 

5.  Bozor  iqtisodiyoti  monopolizmni,  ya'ni  yakka  hukmronlikni  inkor  etadi, 

tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi erkin raqobatini taqozo etadi. 

6.  Bozorda  ishlab  chiqaruvchi  emas,  balki  iste'molchi  o`z  shartini  qo`yadi, 

chunki pul  uning  qo`lida  bo`ladi. Tovar  ishlab  chiqaruvchi  iste'molchining  talabi, 

ehtiyojini  qondiradigan  mahsulot  ishlab  chiqargan  taqdirdagina  daromad  topa 

oladi. 

7. Ishlab chiqarilgan tovarga sarf qilinadigan mehnat xaridorning mahsulotga 



talabi  darajasi  miqdorida  bo`lishi  lozim.  Aks  holda  ishlab  chiqarilgan  tovar 

bozorda kasodga uchraydi. 

8.  Bozorda  qanday  tovarga  talab  oshib  borsa,  o`sha  mahsulotni  ishlab 

chiqarish foyda keltiradi. 



9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyat a'zolari o`z 

daromadlari miqdoriga qarab tabaqalanadilar. 

 

Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  mamlakatimiz  uchun  yangilik  emas.  Uzoq 



yillar  davomida  qadimdan  ajdodlarimiz  jahon  hamjamiyatining  bir  bo`lagi  va 

tarkibiy  qismi  sifatida  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yashab  kelganlar.  Tarixiy 

yozma manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo xalqlari bundan 

ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy 

aloqalar o`rnatganlar. Bu borada «Buyuk ipak yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. 

Miloddan  avval  XI  asrdan  to  milodning  XVI  asriga  qadar  Sharq  va  G`arb 

mamlakatlari  o`rtasida  savdo  iqtisodiy  va  madaniyat  sohalarida  ko`prik  rolini 

o`ynab  kelgan  «Buyuk  ipak  yo'li»  orqali  amalga  oshirilgan.  12  ming  chaqirimni 

tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini kesib o`tgan. 

«Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum, 

Yunoniston  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  bozor  iqtisodiyoti  qonun-qoidalari  va 

talablari  asosida  savdo-sotiq  qilganlar.  o`rta  Osiyo  hududlari  Rossiya  tpmonidan 

bosib  olingach,  xususan  Sho`rolar  hukmronligi  yillarida  bu  tarixiy  an'ana  barham 

topdi. 


Jahon  mamlakatlarining,  shu  jumladan,  o`lkamiz  xalqlarining  tarixiy 

tajribalari  shundan  dalolat  beradiki,  iqtisodiyot  har  doim  faqat  uning  o`ziga  xos 

bo`lgan  qonuniyatlar  bilan  rivojlanadi.  Bu  qonunlar  inson  irodasidan  tashqarida 

harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini 

bajarmaydi.  Shu  bois,  bozor  iqtisodiyoti  qonunlarini  nazar-pisand  qilmaslik  yoki 

uni  buzish  og`ir  iqtisodiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Buni  sobiq  SSSR  deb 

atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi. 

 

O`zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xos yo`li va tamoyillari 


Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o`tish  qonuniyatlari,  albatta,  umumiydir. 

Biroq,  ana  shu  umumiy  qonuniyatlar  asosida  rivojlanib  borayotgan  har  bir 

mamlakat,  u  xoh  Turkiya  yoki  Amerika  Qo`shma  Shtatlari  bo`lsin,  xoh  Janubiy 

Koreya  yoki  Yaponiya  bo`lsin,  ularning  har  biri  o`zining  tarixiy-taraqqiyot 

an'analari,  milliy  o`ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  o`z  yo`li,  &z 

modelini ishlab chiqishi va unga amal qilishi lozim. 

O`zbekiston  ham  ana  shu  umumiy  dastur  va  umumiy  qonuniyat  mezonlari 

asosida  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o`tishga  imkoniyat  beradigan  o`z 

yo`lini  tanlab  oldi.  Bu  yo`lning  asosiy  tamoyillari  va  qoidalari  I.Karimovning 

«O'zbekistonning  o`z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo'li»,  «O'zbekiston  —  bozor 

munosabatlariga  o`tishning  o`ziga  xos  yo'li»,  «O'zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni 

chuqurlashtirish yo'lida» nomli asarJarida, mamlakat parlamentida qilgan ma'ruza 

va nutqlarida bayon qilib berilgan. 

 

Bu yo`lni ishlab chiqishda: 



Birinchidan,  dunyo  davlatlarining  bosib  o`tgan  tarixiy  tajribalari  hisobga 

olindi. 


Ikkinchidan,  O`zbekistonning  xo`jalik  imkoniyatlari,  shart-sharoitlari, 

mustamlakachilik tuzumlaridan meros bo`lib qolgan muammolar asos qilib olindi. 

Chunki 130-yildan ortiqroq davom etgan buyuk saltanat o`lkamizda o`zining og`ir 

va ayanchli oqibatlarini meros qilib qoldirgan edi. Bular: 

• barbod bo`lgan va mutlaqo markazga tobe bo`lib qolgan iqtisod; 

• milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining tugatilganligi, milliy boshqaruv 

tajribasining  yo`qligi,  yakkaboshchilik,  buyruqbozlik,  laganbardorlik,  ko`ngil 

ovlash,  poraxo`rlik,  o`g`rilik,  mansabni  suiiste'mol  qilish  kabilarni  hisobga 

olmaslikning mutlaqo iloji yo`q edi. 


Uchinchidan,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o`tishni  belgilashda 

mamlakatimizning  tarixan  tarkib  topgan  milliy  qadriyatlari,  an'analari, 

xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. 

O`zbekistonning  bozor  munosabatlariga  o`tish  yo`liga  doir  Prezident 

I.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  besh  tamoyil  nafaqat  mamlakatimizda, 

shuningdek jahon jamoatchiligi tomonidan ma'qullandi. Eng muhimi, xalqimizning 

o`zi besh tamoyilni qabul qildi va qo`llab-quvvatladi. 

 

Birinchi tamoyil. 

Na  siyosat,  na  mafkura  iqtisodiyotni  nazorat  qilish,  unga  tazyiq  o`tkazish 

darajasiga  ko`tarilmasligi  zarur.  Ham  ichki,  ham  tashqi  iqtisodiy  munosabatlariii 

mafkuradan xoli qilish zarur. 

Bir qancha mamlakatlaming achchiq tajribasi ko`rsatadiki, iqtisodiyot siyosiy 

manfaatlarga  bo`ysundirilganda  u  barbod  bo`ladi.  Iqtisodiyot  o`ziga  xos  bo`lgan 

ichki  qonunlar  asosida  rivojlanmog`i  zarur.  Iqtisodiyot,—  deb  ta'kidlaydi 

I.Karimov, —siyosatga nisbatan ustuvor mavqeida bo`lishi lozim. 



 

Ikkinchi tamoyil. 

Milliy iqtisodni shakllantirish, mustaqillikni iqtisodiy jihatdan ta'minlash, uni 

himoya  qilish,  jahon  xo`jaligi  bilan  integratsiyaga  erishish  va  xalq  manfaatini 

yuzaga chiqarish uchun iqtisodiyot davlat tomonidan tartibga solib turilishi lozim. 

Jahon  tajribasi  o`tish  davrida  iqtisodiyotni  davlat  yo`li  bilan  tartibga  solib 

turish  zarurligini  ko`rsatdi.  Aks  holda  iqtisodiyot  tanazzulga  uchrashi  mumkin. 

«Bozor munosabatlariga o`tish davrida davlat bosh islohotchisi boiishi, iqtisodiyot 

va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o`zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik 

bilan amalga oshirishi zarur»,— deb ta'kidlaydi I.Karimov. 


Davlat  ixtiyoridagi  iqtisodiy  mexanizmni  yo`qotib,  o`rniga  birdaniga  bozor 

mexanizmini  o`rnatish  mumkin  emas.  Shu  bois,  O`zbekistonda  davlat  tizimi 

birdaniga bo`sh qo`yib yuborilmadi, uning hukmdorligi saqlab qolindi. 

 

Uchinchi tamoyil. 

Bozor iqtisodiyotiga o`tishda qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi 

lozim. 


Bozor  iqtisodiyoti  qonunchilikka  tayanadi.  Uning  qoidalari,  mezonlari  ming 

yillar  davomida  yaratilgan.  Bozor  iqtisodiyoti  huquqiy  normalar  va  qoidalarga 

tayanishi bilan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi. Yaxlit bozor  tizimini 

vujudga keltirish uchun uning qonunchilik tizimi yaratilishi, ularga rioya qilinishi 

shart. Qonunchilik buzilgan joyda bozor iqtisodiyotini amalga oshirib bo`lmaydi. 

Qonunning  ustuvorligi  huquqiy  davlat  barpo  etish  zaruriyatidan  ham  kelib 

chiqadi.  Qonun  oldida  hamma  barobardir.  Barcha  ijtimoiy,  va  iqtisodiy 

munosabatlar  faqat  qonun  bilan  tartibga  solinadi,  uning  barcha  qatnashchilari  esa 

hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo`ladi. Huquqiy 

davlatning  mohiyati  ma'lum  qonunlar  tizimi  borligi  bilan  emas,  balki  ommaning 

shu qonunlarni bilishi, o`z faoliyatida ularga bo`ysunishi bilan belgilanadi. 

 

To`rtinchi tamoyil. 

Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni 

o`tkazish zarur. 

Buning  zaruriyati  iqtisodiy  ahvol  bilan  bog`liq.  Birinchidan,  O`zbekistonda 

aholining  deyarli  to`rtdan  uch  qismi  Sho`rolar  hokimiyatining  so`nggi  yillarida 

ham o`zlarining minimal ehtiyojlarini qondirishga qodir bo`lmay, davlat madadiga 

muhtoj  edi.  Ikkinchidan,  aholi  tarkibida  davlat  va  jamiyat  o`z  himoyasiga  olishi 



zarur bo`lgan bolalar, o`smirlar, qariyalar ko`pchilikni tashkil etadi. Uchinchidan, 

bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  jarayonida  dastlab  aholi  ijtimoiy  jihatdan  tabaqalanadi 

va  himoyaga  muhtoj  bo`lganlar  qatlami  kengayadi.  Shu  boisdan,  iqtisodiy 

islohotlar  jarayonida  avval  odamlarni,  birinchi  navbatda,  himoyaga  muhtoj 

qatlamni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini ko`rish zarurligi 

inobatga  olindi.  Ijtimoiy  siyosat  inflyatsiya  keltirib  chiqargan  qimmatchilik 

sharoitida aholi xarid qobiliyatini himoya qilishni ham ko`zda tutadi. 

 

Beshinchi tamoyil. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  evolyutsion  yo'l  bilan,  puxta  o`ylab  bosqichma-

bosqich amalga oshirilishi lozim. 

Buning sababi shundaki, bozor iqtisodiyoti murakkab tizim, uni birdan yaratib 

bo`lmaydi. Mamlakat aholisining mustamlakachilik tuzumi sharoitida tarkib topib 

shakllangan  hayotiy  qarashlari  va  ko`nikmalarini  darhol,  birdaniga  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitiga  moslab  o`zgartirib  bo`lmaydi.  ChunM,  mustamlakachilik 

tuzumi  davrida,  odamlarning  ongi,  shuuri  va  psixologiyasiga  zo`rlik  yo`li  bilan 

singdirilgan  tobelik, qaramlik, qullik, befarqlik, boqibeg`amlik,  tayyorga  ayyorlik 

kabi  qarashlarni  bir  zarba  bilan  yo`q  qilish  va  aksincha  bozor  iqtisodiyoti  va 

mustaqillik  sharoiti  talablari  asosida  egalik,  yaratuvchilik,  bunyodkorlik, 

ijodkorlik,  faollik  kabi  olijanob  fazilatlarni  ham  darhol  shakllantirishning  iloji 

yo`q.  Buning  uchun  albatta  vaqt,  sabr-toqat  kerak.  Bular  bosqichma-bosqich 

yaratiladi.  Bu  tamoyil  jamiyat  a'zolaridan  bizga  o`tmishdan  meros  bo`lib  qolgan 

barcha  ijobiy  qadriyatlarga  xayrixohlik  bilan  qarash  va  ularni  asrab-avaylab 

rivojlantirish,  sayqal  berishni  talab  qiladi.  Prezident  I.Karimovning  «yangi  uy 

qurmay  turib,  eskisini  buzma»  degan  hikmatli  so`zi  ham  xuddi  ana  shu  g`oyaga 

xizmat qiladi. 

 


Xulosa. 

Xulosaqilibaytganda,   Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mamlakatimiz uchun 

yangilik 

emas. 


Uzoq 

yillar 


davomida 

qadimdan 

ajdodlarimiz 

jahon 


hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida 

yashab  kelganlar.  Tarixiy  yozma  manbalarning  bergan  ma'lumotlariga  qaraganda 

o`rta  Osiyo  xalqlari  bundan  ming  yillar  ilgari  ham  dunyoning  deyarli  barcha 

mamlakatlari  bilan  savdo-iqtisodiy  aloqalar  o`rnatganlar.  Bu  borada  «Buyuk  ipak 

yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. 

Miloddan  avval  XI  asrdan  to  milodning  XVI  asriga  qadar  Sharq  va  G`arb 

mamlakatlari  o`rtasida  savdo  iqtisodiy  va  madaniyat  sohalarida  ko`prik  rolini 

o`ynab  kelgan  «Buyuk  ipak  yo'li»  orqali  amalga  oshirilgan.  12  ming  chaqirimni 

tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini kesib o`tgan. 

«Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum, 

Yunoniston  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  bozor  iqtisodiyoti  qonun-qoidalari  va 

talablari  asosida  savdo-sotiq  qilganlar.  o`rta  Osiyo  hududlari  Rossiya  tpmonidan 

bosib  olingach,  xususan  Sho`rolar  hukmronligi  yillarida  bu  tarixiy  an'ana  barham 

topdi. 


Jahon  mamlakatlarining,  shu  jumladan,  o`lkamiz  xalqlarining  tarixiy 

tajribalari  shundan  dalolat  beradiki,  iqtisodiyot  har  doim  faqat  uning  o`ziga  xos 

bo`lgan  qonuniyatlar  bilan  rivojlanadi.  Bu  qonunlar  inson  irodasidan  tashqarida 

harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini 

bajarmaydi.  Shu  bois,  bozor  iqtisodiyoti  qonunlarini  nazar-pisand  qilmaslik  yoki 

uni  buzish  og`ir  iqtisodiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Buni  sobiq  SSSR  deb 

atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi. 

 

 



Foydalanilganadabiyotlarro’yxati: 

1.  Karimov 

 

I.A. 


 

«O`zbekiston 

– 

bozormunosabatlarigao`tishningo`zigaxosyo`li»  Toshkent  «O`zbekiston» 



1993 y.  

2.  KarimovI.A. 

«O`zbekistoniqtisodiyislohotlarnichuqurlashtirishyo`lida» 

Toshkent «O`zbekiston»  1995 y.  

3.  KarimovI.A. 

«Iqtisodiyotnierkinlashtirish, 

resurslardantejamkorlikbilanfoydalanishboshyo`limiz»  Xalqso`zi.  2002  yil 

15 fevral.  

4.  O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

Qarori 


“O’zbekiston 

Respublikasining 2010 yilgi  asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi 

va  Davlat  byudjeti    parametrlari  to’g’risida“  O’zbekiston  Respublikasi 

qonun hujjatlari to’plami, 2009 y., 52-son, 560-modda)  

5.  Rasulov M. Bozoriqtisodiyotiasoslari. T.: Mehnat, 1997. 

6.  Ibratov B. Tadbirkorlikhuquqi. T.:«Moliya», 2001. 

7.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O’zbekiston” 1992 

8.  O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. “O’zbekitson” 1995 

9.  O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. «O’zbekiston» 1997  

10. Shodmonov Sh. vabosgqalar, “Iqtisodiyotnazariyasi”, T., 2003;  

11. Tojiboyeva D., Iqtisodiyotnazariyasi, T., 2003. 

12. To‘xliev  N.,  Xaqberdiev  Q.,  Ermamatov  Sh.,  Xolmatov  N.  Iqtisodiy  bilim 

asoslari. Qo‘llanma. T. O‘zME. 2004, 96 b.  

13. O.  Atamirzaev,  N.Tuxliev.  Uzbekistan,  priroda,  naselenie,  ekonomika.  T. 

O‘zME. 2009, 240 b. 

14. O’lmasov A., Vahobov A. “Iqtisodiyot nazariyasi”. T “SHarq”- 2006. 

15. 

www.economyfaculty.uz



 

16. 


www.ziyonet.uz

 

17. 



www.gov.uz

 

 



 

Download 494,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish