2.1 O`zbekiston xalqining moddiy ahvoli va ijtimoiy turmushini o`rganishning tarixshunosligi
1946-1985 yillar oralig`ida Markaz ideologlari tamonidan o`ylab topilgan “komunizmga erishish uchun rivojlangan sotsializmni qurish g`oyasi ” kabi xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakat – SSSRda bo`lganidek, O`zbekistonda ham maorif, oliy ta`lim, ilm-fan, sanat o`ta siyosiylashgan xolda rivojlanishga majbur qilindi. Madaniyat, ayniqsa milliy madaniyat “rivoji” maxsus qolibga solib qo`yildi. Xalqning moddiy ahvoli va ishtimoiy turmushi nixoyatda qoloq darajada rivojlandi. To`g`ri sinfiylik nuqtaiy nazaridan shaharlardagi turmush darajasi qishloqdagi ahvoldan keskin farq qilar edi. Ammo esdan chiqarmasligimiz kerakki, mamlakat oxolisining 65-70% qishloqlarda istixomat qiladi.
Soxta prolitar baynalminallikni kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotni kengroq o`qitishga o`rg`i beriladi. Natijadi 60 yillarda O`zbekiston tarixi darslari xajmi keskin qisqaradi. Nixoyatda boy va ko`xna O`zbek xalqi tarixini o`rganishga 52 soat ajratilgan xolda boshlang`ich maktablarda rus tili va adabiyot predmentlari uchun 1600 soat ajratildi.7 1970-1980 yillarda xalq ta`limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mavlag` 11% dan 8 % gacha kamayib ketdi. Respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning 20-60% ni zarur o`quv qurollari, asbob – anjomlar bilan jixozlanmay qolaverdi, 50% dan ortiq maktablarda issiq ovqat, bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan guruhlar ishi ayniqsa o`lda –jo`lda qoldi. 70 – 80 yillarda 1 – 8 sinf o`quvchilarning atigi 8-9 % ni bunday guruhlarga jalb etilgan edi, xolos.8 Maktablardagi tarbiya evropa tarixi misolida olib borildi. Maktab bolalarini paxta va boshqa qishloq xo`jalik ishlariga jalb qilinishi natijasida, o`quvchilarning o`quv rejasidagi soatlarni o`zlashtira olmasligi odatiy xol bo`lib qoldi.
Bu davrda xalqning moddiy axvolini o`rganish va ijtimoiy ahvolni o`rganish ochiqchasiga xaqqoniy ravishda olib borilmas edi. Agar ochiqchasiga aytadigan bo`lsak, 2 jaxon urishidan keyin xalq xo`jaligini tiklash xam osanlikcha kechgani yo`q. Nixoyat 60-70 yillarda ham oziq ovqat borasida sezilarli darajada katta qiyinchiliklar ro`y bermadi. Ammo oylik maosh bilan ro`zg`orni bemalol tebratish .xammaga ham, xech bir qo`rqmasdan aytish mumkinki, ko`pchilikka nasib etmagandi. Uzoq yillar davomida etishmovchilik va nochorlikda yashab kelgan halq “qorin to`ysa bas” qabilida kun kechirardi. Bundan umumxalq soniga nisbatan kamchilikni tashkil etgan katta maoshli va nufizli tabaqa vakillari mustasno albatta. Brejnev raxbarligining oxirgi yillariga kelib, nisbatan to`qchilik va arzonchilik sharoiti o`zgara borib oziq-avqat turlari kamayib asta-sekin to`qchilik uyzaga kela boshlaganligini, bazi bir narxlarning oshib borishi xolatlari kuzatildi. Xuddiy manashu davrda sovet davlati chetga milyard-milyard dollorga neft sotib uning xisobiga mamlakatni ma`lum darajada oziq-ovqat bilan taminlashga majbur bo`lgan edi. Jaxon bozorida nevtning narxi arzonlashishi, mamlakatda uni qazib olishdagi qiyinchiliklar orqasida chetdan oziq ovqat keltirish tobara ozayib borganligi ham XX asrning 60-80 yillari tarixi guvoxdir.
Bu tez orada iqtisodiyotda katta qiyinchiliklarni uyzaga keltirib, qammatchilikni boshlanishiga olib keldi. Umuman olganda esa bir necha 10 yillar davomida oviq-ovqat masalasini xal etishni sovet davlati udalay olmadi. Buni qarangki O`zbekiston to`nnalab oltin va shu kabi nodir qazilma boyliklar tashib ketildi, ammo undan baxraman bo`lish u yoqda tursin, xatto xisobini ham aytmay haqiqat egasidan berkitildi. Xalqimiz o`z eri qaridan chiqqan gaz, o`z daryolaridan ichimlik sifatda foydalana olmadi. Tarixshunosligimizning ham eng dolzar vazifaziushbu muammolarni xoqqoniy yoritdi.
O`zbekistonda taraxshunoslik fanining rivojini jahon xalqlari tarixini o`rganmasdan tasavvur qilibbo`lmaydi, albatta. Shuning uchun jaxon mamlakatlari, xususan g`arb davlatchiligi tajribasi to`g`risida, uning davlatchilik an`analargi haqida gap kelganda nusxa ko`chirish emas, balki umuminsoniyat ahamiyat kasb etgan tamoyillarni milliy davlatchilik an`analari bilan uyg`unlashtirish nazarda tutiladi. Biz Angliya, Frantsiya, GFR, RF va boshqa davlatlar tarixini o`rganar ekanmiz o`zimizning davlatchiligimiz tarixshunoslik haqida ham mushoqada qilishimiz mumkin.
Shunday qilib, O`zbekiston Respublikasi siyosiy tizimlarining shakllanishi bir tomondan chuqur milliy tarixiy ildizlar asosida kechayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan jahon, qolaversa G`arb dunyosining eng maqbul tajribalarini o`zlashtirishning zamirida sodir bo`lmoqda. Bu jarayon ham O`zbekistonning jaxon hamjamiyati bilan nechog`liq integratsiyalashuvini nanoyish etmoqda.
Agar biz O`zbekiston tarixini mustaqil davlat tarixi sifatida ko`rishni istasak, unga jahon tarixi bilan bir butunlikda qarashimiz zarur. Uning uchun esa har bir tarixpavis oldigi chet el tarixshunosligini albatta bilish va undan foydalanish talabini qo`yishimiz kerak. Biror – bir muammo tadqiqi faqat mamlakatimiz adabiyotlarigagina asoslanib qolmasligi darkor. Binobarin, faqat ichki emas, balki tashqi manbalardan (masalan arxivlar, taqdir taqozosi bilan chet elda voqealarning bevosita ishtirokchisi bo`lganlarning xotira materiallaridan) ham foydalanish taqoza etiladi. Ham mahalliy, ham chet el manba va adabiyotlarini bilish tadqiqotchini eng xolis xulosalar chiqarish uchun kuchli vosita bilan ta`minlaydi.
Jahan tarixi fani tarixshunosligini o`rganishni rivojlantirishning yana bir tamoyili – tarixshunoslik ilmining ahamiyati va o`rni, sobiq sho`ro davrida bibjografiya yozish bilan cheklangan bu sahago endilikda muhum ahamiyatga ega vazifalar yuklanganligidir. Bu vazifalar tarix fani taraqqiyot yo`nalishlari va istiqbollarning aniqlash, bu taraqqiyoti ta`sir etuvchi muhim omillar, ijtimoiyhsiyosiy tuzim, davlatning fanga munosabati, hur fikrlik imkoni,hukmron mafkuraning ta`sirini o`rganishdan iborat. Shuningdek tarixshunoslik tadqiqodlari muhum va dolzab muammolar haqida fanda shakillangan ilmiy qarashlar munozarali va mavhum masalalarni ham aniqlash imkonini beradi. Bu esa o`z navbatida vatanimiz haqida nafaqat o`z xalqimiz yurtimizda, balki butun jahonda shakllangshan tarixiy bilimlar tasafurini aniqlash va taxlil etish imkoni beradi. Demak, jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rgarish va rivojlantirish birinchi navbatda manbalarni chuqur o`rganish, eski o`zbek yozuvi, arab, fors, tillari mutaxassislarini mujassamlashtirishni talab qilsa, ikkinchidan ingiliz, frantsuz, nemis tarixshunosligiga ixtisoslashgan qadrlarni etishtirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |