Mavzuga doir masalalar yechish
1-misol: 1m2 yuzali po’lat listni korroziyadan saqlash uchun 0,1mg rux sarflansa, 500 m2 yuzali xuddi shunday po’lat listni yuzasini rux bilan qoplash uchun sarflanadigan ruxning miqdorini (g) toping.
Yechish: 1m2 - 0,1 mg
500 m2 - x = 50 mg = 0,05 g Javob: 0,05 g Zn.
2-misol: 4Fe(OH)2 + O2+ 2H2O = 4Fe(OH)3 reaksiyada 180 kg temir (II) gidroksidni qancha hajmdagi kislorod (n.sh.da) to’la temir (III) gidroksidga aylantiradi?
Yechish: 4 · 90=360 kg Fe(OH)2
360 kg - 22,4 m3 O2
180 kg - X = 11,2 m3 Javob: 11,2 m3 O2.
3-misol: 12000 C da 15 kg aluminiy gidroksidni parchalash natijasida necha kg aluminiy oksidi olish mumkin?
Yechish: jarayon reaksiyasi quyidagicha:
2Al(OH)3 = Al2O3 + 3H2O
2 · 78 = 156 kg - 102 kg
15 kg - x = 9,8 kg Javob: 9,8 kg Al2O3.
Do'stlaringiz bilan baham: |