Tekshirish usullari. Uch tarmoqli nerv sezgi qismini tekshirish.
1.
Bemor shikoyatlari aniqlanadi;
2.
Uch tarmoqlari nerv tarmoqlarining sirtga chiqish joylari bosib ko‘riladi (Valle
nuqtalari);
3.
Bemorning yuz terisida og‘riq, harorat va taktil sezgilari tekshiriladi;
4.
Tilning oldingi 2/3 qismida ta‘m bilishni tekshirish.
Uch tarmoqli nerv harakatlantiruvchi qismini tekshirish.
1.
Pastki jag‘ning pastga ochilishi, yuqoriga ko‘tarilishi, o‘ng yoki chap tomonga
og‘ishi, deviatsiya bor yoki yo‘qligini aniqlash;
2.
m.temporalis
va
m.masseter
ning chaynash paytida tarangligini o‘ng va chap
tomonda palpatsiya qilish;
3.
Trizm (chaynov muskullarining tonik tortishuvi) bor-yo‘qligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |