O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti


Hamshiralik aralashuvini rejalashtirish va uni amalga oshirish



Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet698/735
Sana29.01.2022
Hajmi7,42 Mb.
#418250
1   ...   694   695   696   697   698   699   700   701   ...   735
Bog'liq
asab kasalliklarida hamshiralik ishi

Hamshiralik aralashuvini rejalashtirish va uni amalga oshirish: 
1.
Nafas faoliyati buzilganda
: elektoatsos yordamida og‘izhalqumdan shilliqni tortib 
olish, og‘izdan qusish massalarini olish, protezlarni olish, til orqaga ketgan bo‘lsa, 
uni tortish. Zarurat bo‘lsa, kislorod ingalyatori yoki Bobrov apparati orqali 
kislorod yuboriladi. 


516 
2.
Arterial bosimning oshishi yoki pasayishida
- arterial bosimni doimiy kuzatish va 
standart usulda ikkala qo‘lda o;lchanadi. Bemorlarga dori vositalarini vrach 
ko‘rsatmasi bilan beriladi va tuzni chegaralash bo‘yicha bemorga tushuntirish 
ishlari olib boriladi. 
3.
Tutqanoq xurujlarida
vrach kelgancha, travmatizatsiyani oldini olish uchun 
bemorni ushlab turish va tilning orqaga ketmaslik chorasini ko‘rishi kerak. Vrach 
ko‘rsatmasiga binoan tutqanoqqa qarshi preparatlarni berish, ularning nojo‘ya 
ta‘sirini aniqlash va tutqanoqlar xaraterini hamda necha marta qaytalanishini 
belgilab boorish kerak. 
4.
Falajlangan muchalarda og’riq bo’lganda
yoki bosh og‘riqda bemorga 
analgetiklar yuborish. 
5.
Ko’ngil aynish va qusishda 
bemor boshini yona qilish, qusish qoldiqlarini 
og‘izdan tozalash, og‘iz oldiga lotok qo‘yish, og‘izni illiq suv bilan chayish va 
serukal yuborish. 
6.
Harakat 
faoliyatining 
buzilishida 
bemorni 
birovning 
yordamo 
bilan 
harakatlanishiga majburlash, chunki ular o‘zlarining gavda holatini mustaqil 
o‘zgartira olmaydilar. Shuning uchun hamshira bemor vaziyatini kuzatish rejasini 
tuzadi va bemor holatini har 2 soatda, yotoq yaralar paydo bo‘lishini oldini olish 
maqsadida o‘zgartirib turadi. Kechki muddatlarda, oyoqlardagi kuchsizlik tufayli 
hassa tayoq, nogironlar aravachasi ishlatiladi va bemorlarga ham uni qanday 
ishlatish o‘rgatiladi. Sekin-asta bemorni zinapoyadan mustaqil chiqish yoki uyda 
mustaqil yurishga o‘rgatiladi. 
7.
Insult rivojlanganda, qo‘l va oyoqlarda 
mushak tonusi
o‘zgaradi, qo‘llarda tonus 
bukuvchi mushaklarda baland bo‘lsa, oyoqlarda yozuvchi mushaklarda tonus 
baland bo‘ladi. Agar o‘z vaqtida spastik muchalarda harakat boshlanmasa, 
kontrakturalar rivojlanishi mumkin va Vernike-Manna holatini shakllanishiga olib 
keladi. Mushak tonusini pasaytirish maqsadida, vrach ko‘rsatmasiga binoan, 
bemorlarga baklosan, sirdalud beriladi. Muchalarga to‘g‘ri holat berishni isultdan 
bo‘lgandan 2-3-kundan keyin boshlanadi, 2 vaziyatda: orqasi bilan va sog‘lom 
tomonga yotqizish orqali (1,5-2 soat davomida). 
8.
Hamshira bemorda sezgi buzilishi, asosan og‘riq va harorat sezgisining 
pasayganligini hech qachon unutmasligi kerak. Bunda ovqat harorati, issiq 
muolajalarni o‘tkazishda, ularning haroratini albatta tekshirib turish kerak, 
kuyishlarni oldini olish maqsadida. Sezgi buzilishi tufayli yotoq yaralarning 
paydo bo‘lishini sezmay qolish mumkin. Og‘riq sezgisi oshganda, asosan 
falajlangan 
muchada, 
bemorni 
optimal 
vaziyatga 
yotqizish 
vaog‘riqsizlantiruvchilar yoki yallig‘lanishga qarshi vositalar berish kerak. 
Og‘riqli bo‘g‘im immobilizatsiyani talab qiladi, shuning uchun falajlangan qo‘lga 
bog‘lag‘ichlar, manjetlar taqiladi. 
9.
Yotoq yaralar
tananing bo‘rtib chiqqan sohalarida, dumg‘aza, dum qismi, 
kuraklar, tovon, to‘piqlar va h.larda yuzaga keladi. Yotoq yaralar bemorga bir 
talay muammolarni keltirib chiqaradi, bular: og‘riq, spastiklikning oshishi, 
tiklanish davrining sekinlashuvi hamda statsionarda qolish muddatini cho‘zadi va 
qo‘shimcha davo muolajalari va xarajatni talab qiladi.Yotoq yaralarni 
profilaktikasining eng yaxshi usuli bu yaxshi parvarishdir. Hamshira tomonidan 
yotoq yaralarga qarshi muolajalar olib boorish, uni maxsus o‘qitgandan keyin olib 
boriladi. 
 
Yotoq yaralarni profilaktikasi
quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak: 
a.
Suyak to‘qimasiga bosimni kamaytirish;
b.
Bemor holatini o‘zgartirganda, uning to‘qimasining ishqalanishini 


517 
oldini olish kerak yoki uning to‘shagini tartibga solib turish kerak
c.
Suyak ustidagi terini doim nazorat qilib turish kerak 
d.
Terining tozaligini va namligini me‘yorida saqlab turish (teri toza 
va haddan tashqari quruq yoki haddan tashqari ho‘l bo‘lmasligi 
kerak). 
e.
Bemorga adekvat ovqat va suyuqlik miqdorini ta‘minlash 
f.
Bemorga vaziyatini o‘zgartirish paytida o‘ziga yordam berish 
usullarini o‘rgatish 
g.
Bemor yaqinlarini bu usullarga o‘rgatish. 
Bemorni funksional krovatga, yotoqqa qarshi matrasga yotqiziladi. Xavfli sohalarga bolinchalar 
qo‘yiladi. Tana vaziyatini har 2 soatga o‘zgartirib turish kerak. Xavfli sohalarni kremlar bilan 
massaj va suyuq sovun bilan yuvib turiladi. Yuvgandanso‘ngteriniyaxshilabquritishkerak.Yotoq 
yaralar paydo bo‘lgan bo‘lsa, jarohatni perikis vodorodning 3%li eritmasi bilan 
yuviladi. Agar nekroz sohalari paydo bo‘lsa, jarrohlik yo‘li bilan nekroz sohalari olib 
tashlanib, antibiotiklar bilan jarohat yuviladi va maz qo‘yib jarohat yotoq yaralarga 
qarshi leykoplastir bilan yopiladi. Quyidagimazlardanfoydalaniladi: 5% libioptin, 
aktovegin, salkoseril, levosin. 
10. 
Pnevmoniyanioldiniolishuchun
insultningbirinchisutkalaridanboshlab, bemortanavaziyatinihar2
soatgao‘zgartiribturishkerak, 
ko‘krakqafasinipercussionmassajqilinadi, 
kunigabirnechamartahafasgimnastikasi: 
shar, 
pezinalio‘yinchoqlarshishirish, 
birtomonisuvgasolingannaychagapuflashkabilarbemortomonidanbajariladi. Havoning harorati 18-22 
gradus bo‘lishi kerak, davriy ravishda xona havosini almashtirib turish va xonani namli tozalash 
kerak. Pnevmoniya rivojlanayotganligiga shubha bo‘lsa, antibiotiklar boshlaniladi. Kasallikning 
birinchi kunidan har 6 soatda tana harorati o‘lchab turiladi, harorat ko‘tarilsa, uni pasaytiruvchi 
vositalar qilinadi. 
11. 
Siyish va defekatsiya aktining buzilishi
og‘ir insultlarda doim uchraydi. Ko‘pincha siydikni tuta 
olmaslik kuzatiladi, bu esa yotoq yaralar rivojlanishiga va bemorni psixologik holatining 
yomonlashuviga olib keladi. Parvarishning muhim tomonlaridan biri sutkalik siydik miqdorini, siyish 
va defekatsiya chastotasi va mavjud bo‘lgan siydik kateterini nazorat qilishdir. Bemor to‘shagiga 
kleyonka qo‘yiladi yoki pampers kiydiriladi. Doimiy kateterda uroinfeksiya rivojlanish xavfi yuqori 
bo‘ladi, uni oldini olish uchun siydik pufagini har 4-6 soatda furatsilinning 1:5000 eritmasi bilan 
yuvib turiladi. Siyish aktini regulyatsiya qilish uchun bemorni urinar o‘rgatish yaxshi effekt beradi, 
ya‘ni qat‘iy soat bo‘yicha siyishni mashq qilish, bunda sudno bemor to‘shagiga yaqin joyda turishi 
kerak. 
Qabziyatda diyetaga rioya qilish, zarurat bo‘lsa tozalovchi klizmalarni qilish kerak. 
46.
Tromboemboliyani profilaktikasi uchun bemorni barvaqt faollashtirish kerak, oyoqlarini 
ko‘tarib qo‘yish kerak, compression paypoqlar, boldirni elastic bintlar bilan bog‘lash, antikoagulyant 
yoki antiagregant bositalar qilinish chora-tadbirlari amlga oshiriladi. 
47.
Nutqdagi buzilishlar tufayli bemor gapini tushuntirishga qiynaladi, shuning uchun 
piktogrammalardan yoki so‘zlar yozilgan kartochkalardan foydalaniladi. 
48.
O‘z-o‘ziga xizmat qila olmasligi bemor tomonidan og‘ir qabul qilinadi, shuning uchun hamma 
usullar sekinlik bilan hamshira va bemor yaqinlari tomonidan amalga oshiriladi. Kasallikning 
dastlabki kunlarida hamshira bemorni kuniga 2-3 marta yuvintiradi, sochini taraydi, zarurat bo‘lsa, 
tirnog‘ini oladi. Bemor terisi va shilliq qavatlarining tozaligini nazorat qiladi. 
49.
Eshituv, ko‘ruv va boshqa bosh miya nervlari funksiyasining buzilishi bemor uchun qo‘shimcha 
muammolarni keltirib chiqaradi, shuning uchun hamshira bemorni atrof-muhitga moslashishiga 
yordam berishi kerak. Bemor yaqinlariga ham bu holat tushuntiriladi. 
50.
Bemorningpsixikmuammolarigahamshiratushunuvchanlikvasabr-toqatbilanyondashishikerak. 
Xotirasinitiklashuchunbemorlargako‘proqkitobo‘qibberib, 
o‘qiganinibemorgaqaytaaytibberishso‘raladi, 
turlixiloddiymasalalarniyechishso‘raladi. 
Agar 


518 
depressiya rivojlansa, shifokorni chaqirib, antidepressantlar tavsiyasi so‘raladi. 
51.
Agarbemoruysharoitidaqarovchisibo‘lmasa, 
hamshiraungaxonani, 
uningjixozlarinibemoruchunqandayqulayjoylashtirishinitushuntirishikerak. 
Ba‘zibemorlarinsultdankeyino‘ziningavvalgikasbiyfaoliyatigaqaytishadi, 
shuninguchunmehnatterapevtibemorningavvalgikasbiybilimlarinitiklashbilanshug‘ullanishikerak.

Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   694   695   696   697   698   699   700   701   ...   735




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish