2-savol.
Yuza sezgini (og’riq sezgisi) tekshirish.
Javob:
Ko’rsatma:
Sezgi sferasi patologiyasini topik tashxislash uchun.
Talabaga topshiriq:
bir vaqtning o‘zida nima qilayotganligingiz haqida gapiring va
ko‘rgan holatni sharxlang
Kerakli asboblar:
to‘g‘nog‘ich.
1.
Bemorga bajarilayotgan usul haqida tushuntirib beriladi.
2.
Bemorda og‘riq sezgisi aniqlanadi:
a)
tekshiruvchi bemor qarshisida o‘tiradi
b)
bemordan ko‘zlarini yumish so‘raladi
c)
to‘g‘nog‘ich tananing simmetrik sohalariga bir xil sanchib tekshiriladi.
d)
olingan natijalar taqqoslanadi
Izoh:
normal holatda tananing barcha sohalarida og‘riq sezgisi saqlangan bo‘ladi va
ta‘sirot tananing simmetrik sohalarda bir xil qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |