O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti



Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/735
Sana29.01.2022
Hajmi7,42 Mb.
#418250
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   735
Bog'liq
asab kasalliklarida hamshiralik ishi

 
Klinika. 
Epilepsiyaning klinik ko‘rinishlari juda xilma-xil, lekin hamma turdagi 
epilepsiyaga turg‘un paroksizmal holatlar va sekin-asta zo‘rayuvchi buzilishlarning 
(asosan ruhiy sohada) bo‘lishi xos. 
 
Paroksizmal belgilar. 
Ularning juda xilma-xilligiga qaramay,klinik va 
elektroensefalografik ko‘rinishlariga qarab, tarqoq (generalizatsiyalashgan) epileptik 
xurujlar (birlamchi va ikkilamchi tarqoq), partsial epileptik xurujlarga ajratiladi. Ular 
harakat - djekson, adversiv va boshqalar; sezish - somatosensor, ko‘ruv, hid bilish va 
boshqa xurujlarga bo‘linadi. Ko‘rsatilgan tasnifi bo‘yicha murakkab parsial xurujlar - 
hushning holati (avtomatizmlar - hush buzilgan holatda maqsad sari yo‘nalgan tartibli 
harakatlar), disforiya bo‘lishi mumkin. 
Xurujlarning ba‘zi turlarini ko‘rib chiqamiz.
Toniko-klonik tutqanoq (katta shaytonlash talvasali tutqanoq). 
Shartli ravishda 
uning rivojlanishi 4 fazaga bo‘linadi.
Birinchi faza - aura. 
Aura xurujning ikkilamchi tarqoqliginiko‘rsatadi, birlamchi 
tarqoqda aura bo‘lmaydi va xuruj boshida bemor birdaniga yiqilib, shaytonlaydi va 
tutqanoq tutadi. Aura harakat, sezgi, hid bilish, eshituv, ko‘ruv, ruhiy bo‘lishi 
mumkin.
Auraning u yoki bu o‘ziga xosligi katta yarim sharlar bazal o‘zaklar vа ustun 
strukturalarida umumlashgan patologik ritm boshlanadigan epileptic o‘choq 
joylashganini ko‘rsatadi. Masalan, chap mimik mushaklar tortishuvi ko‘rinishida 
harakat aurasi epileptik o‘choqning kontralateral (bu holda o‘ng) yarim sharning 
oldingi markaziy egatchasining pastki qismida joylashganligini ko‘rsatadi. 
Epileptik o‘choqning qayerda joylashganini bilish jarrohlikda - miyaning 
epileptik o‘choq joylashgan qismini olib tashlashda katta amaliy ahamiyatga ega. 
Oqibatda patologik ritm umumlashmaydi. Birinchi fazada bemorning hushi normal 
bo‘lib, undan avvalgi va shu paytdagi hamma narsani eslay oladigan yagona fazadir. 
Aura bir necha lahza davom etadi, so‘ngra xurujning 2 fazasiga o‘tadi.
Ikkinchi faza - tonik xurujlar fazasi. 
Bemor hushidan ketib,birdaniga yiqiladi. 
Bunda bemor o‘ziga xos qichqiradi. Nafasi to‘xtaydi. Yuzi bo‘zarib ketadi, keyin 
qizaradi va ko‘p o‘tmay, ko‘karadi. Nafas buzilishlari nafas mushaklarining birdaniga 
qisqarib, tonik zo‘riqishiga bog‘liq. Bosh bir tomonga o‘giriladi yoki bir oz orqaga 
tashlanadi. Ko‘zlar chetga yoki yuqoriga qarab turadi. Ko‘z qorachiqlari kengayadi, 
yorug‘likdan ta‘sirlanmaydi. Bo‘yin venalar bo‘rtib chiqadi. Tish qattiq siqilgan. 
Og‘izdan so‘lak, shilliq, ba‘zan qon chiqadi. Qo‘li tirsak bo‘g‘imidan yoziladi, 


209 
barmoqlari musht bo‘ladi, oyoqlari son-chanoq va tizza bo‘g‘imlarida yoyiladi. 
Ko‘krak qafaci nafas chiqargan holatda bo‘ladi. Qorin mushaklari taranglashadi. 
Bemor xurujning tonik bosqichida bo‘g‘ilib qolganiga o‘xshaydi. Faza bir necha 
lahzadan 40 lahzagacha davom etadi. Uning oxirida titroq paydo bo‘lib, u xurujning 
uchinchi davriga xos bo‘lgan klonik tutqanoqqa o‘tadi.
Ikkinchi fazaning xavfliligi shundaki, bemor hushidan ketib, yiqiladi, boshi 
bilan pol yoki boshqa qattiq narsaga uriladi, balandlikdan yiqilishi (baland joyda 
ishlaganda) juda xavfli. U harakatlanuvchi mexanizmlar (masalan, metall yoki boshqa 
narsa bilan ishlovchi stanok) bilan, olov, suv bilan ishlaydiganlar uchun hamda 
avtomobil haydovchilari uchun xavfli. Yaxshi sharoitlarda bu faza sog‘liq uchun zarar 
yetkazmasligi ham mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan ko‘p takrorlanadigan xurujlarda 
10-40 sekundda bosh miya gipoksiyasi tuzatib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga olib 
keladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i va bosh miyaning boshqa sohalarida ko‘p 
miqdorda neyronlar nobud bo‘ladi.

Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   735




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish