Javob:
a)
o‘ng tomonda yuz nervining periferik falaji
b)
yuz nervi falopiyev kanalida zararlangan
c)
muammo nomi – yuzning qiyshayganligi, sababi – yuz nervining periferik falaji,
xarakterli belgilari – bemor peshanasini tirishtirganda o‘ng tomonda ajinlar paydo
bo‘lmaydi, og‘izning o‘ng burchagi pastlangan, tilda ta‘m sezishning pasayishi.
8-vaziyatli masala:
Ikki hafta oldin o’rmonda bemorni bo’ynidan kanna chaqib oldi. Bemorni bosh og’rig’i,
quvvatsizlik asosan qo’llarda, boshning oldinga osilishi, uni to’g’ri tuta olmaslik bezovta
qiladi.
Obyektiv
ko’rganda,yelkalari pastga tushgan, kurakning pastki burchagi umurtqa
pog’onasidan uzoqlashgan, qo’llarini gorizontal holatdan yuqoriga ko’tara olmaydi. Boshi
ko’kragiga osilib tushgan.
a) Sindromni aniqlang.
b) Zararlanish joyini toping.
Javob:
a) qo’shimcha nervning zararlanish sindromi.
b) qo’shimcha nervning yadrosi ikkala tomonda zararlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |