4-savol.
ExoEG ni o’tkazish uslubi
Javob:
Exoensefalografiya deb, bosh miyani ultratovush nurlari yordamida tekshirishga
aytiladi. Ultratovush nurlari bemorning boshiga tik holatda yuboriladi. Kalladan
o‘tayotgan tovush nurlari o‘z yo‘nalishida har xil qarama-qarshiliklarga uchraydi va
natijada aks-sadolar hosil bo‘ladi. Bu aks-sado signallari ichida o‘rta chiziqdagi (III
qorincha, epifiz, gipofizdan akslangan) signallar katta ahamiyatga ega. Bunday o‘rta
chiziq aks-sadosi M- эхо deyiladi. Normal holatda M-exo o‘rta qismda joylashgan
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |