O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti



Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet445/735
Sana29.01.2022
Hajmi7,42 Mb.
#418250
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   735
Bog'liq
asab kasalliklarida hamshiralik ishi

Beta ritm. 
Beta ritm deb, bosh miya po‘stlog‘ining peshona bo‘lagidan yozib 
olinadigan 14-30 to‘lqin/sek oralig‘idagi ritm chizig‘iga aytiladi. Bu ritmning amplitudasi 5 
dan 30 mkv gachа bo‘ladi. Beta ritm ham depressiya beradi. Lekin depressiya faqatgina 
ixtiyoriy harakatlar vaqtida yuz beradi. Alfa ritmning depressiyasi beta ritm amplitudasining 
oshuviga olib keladi.
Teta ritm 
deb,bosh miya po‘stlog‘ining chakka va tepa qismlaridan yozib olinadigan 4-7 
to‘lqin/sek oralig‘idagi sekin ritmga aytiladi. Bu ritmning amplitudasi 30 dan 150 mkv gacha 
boradi. Bu ritm asosan normal holatda, bir yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. 
Kattalarda uyg‘oq holatda bu ritm bo‘lmaydi. Lekin pinakka ketib mudray boshlaganda bu ritm 
katta yoshdagilarda ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
Har xil hayajonlar teta ritm paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu ritm xafagarchilik, yomon 
kayfiyat va jahl chiqqan paytlarda ham paydo bo‘ladi.
Delta ritm.
Delta ritm deb, 0,5-3 to‘lqin/sek oralig‘idagi sekin ritmga aytiladi. Sog‘lom 
odamlarning uyg‘oqlik paytida bu ritm bo‘lmaydi. Bu ritmning amplitudasi 50, 500, 1000 mvk 
gacha boradi. Bu ritm normal odamlarda chuqur uyqu vaqtida yozib olinadi. 10 yoshgacha 
bo‘lgan bolalarda normal (uyg‘oqlik) holatda ham uchraydi. Agar bu ritm kattalarning uyg‘oq 
vaqtida ham yozilsa, u bosh miyada patologik jarayon borligidan darak beradi. Shunday qilib, 
bosh miya po‘stlog‘ining hujayralari asosan to‘rtta ritm hosil qilar ekan. Bu ritmlarning paydo 
bo‘lishi jinsga bog‘liq emas, ya‘ni erkaklar bilan xotin-qizlarning bosh miya po‘stlog‘i ritmlari 
bir-biridan farq qilmaydi. EEG (elektroensefalografiya) ning ko‘rinishi bo‘yning baland-
pastligiga, gavdaning vazniga, shaxsning tabiati yoki temperamentiga qarab o‘zgarmaydi.
Bu usul mutlaqo zararsiz bo‘lib, bemor har qanday ahvolda bo‘lgan paytlarda ham yozib 
olinaversa bo‘ladi. Lekin EEG - nevrologik tekshiruvdan keyingina yozilishi kerak. Ya‘ni EEG 
ni yozishga kirishishdan oldin klinik maqsad qo‘yilmog‘i lozim.
EEGning klinik ahamiyati katta. Uning yordamida bosh miyaning zararlanganligi 
to‘g‘risida ob‘ektiv ma‘lumotlar olish mumkin.
EEG yordamida quyidagi masalalar hal qilinadi:
1.
Bosh miyaga diffuz tarqalgan jarayondan (yallig‘lanish) uning ma‘lum qismlarida 
joylashgan jarayonlarni (o‘sma, absess, gematoma) ajratib olish.
2.
Bosh miya yarim sharlarida joylashgan jarayonni miyachada joylashgan jarayondan 
ajratib olish.
3.
Bosh miyaning zararlangan (o‘ng yoki chap) yarim sharini aniqlab olish.
4.
Bosh miyaning ichkarisida joylashgan jarayonni uning yuzasida joylashgan jarayondan 
ajratib olish.
5.
Bosh miyaning umumiy simptomlari qay darajada ekanini aniqlash.
6.
Bosh miyada epileptogen sohani topish.
7.
Qo‘llanilayotgan turli tadbirlarning davolash ta‘sirini ob‘ektiv nazorat qilish.
Shunday qilib, asab kasalliklari klinikasida EEG usulyni qo‘llash har xil kasalliklardan, 
ayniqsa bosh miya o‘smasini va tutqanoqni barvaqt aniqlab diagnoz qo‘yishda, 
shuningdek harbiy meditsina ekspertizasi masalalarini hal qilishda katta ahamiyatga ega.

Download 7,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   735




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish