Jukovskiy refleksi.
Bemor oyoq kaftining o‘rta qismiga nevrologik bolg‘acha bilan
urilganda, bunda barmoqlar bukilib, yana yoziladi.
Bexterev refleksi.
Nevrologik bolg‘acha bilan oyoq panjasining tashqi yuzasiga
urilganda, bunda barmoqlar pastga bukilib, yana yoziladi.
Harakat sferasining zararlanish sindromlari.
Aktiv harakatlarning to‘liq yo‘qolishi
falaj
deyiladi. Harakatlarning chegaralanishi yoki
ular kuchining susayishi –
parez
deyiladi. Bitta muchaning falaj yoki parezi
monoplegiya
yoki
monoparez
deyiladi, ikkala qo‘lning falaj yoki parezi
yuqori paraplegiya
yoki
paraparez
deyiladi, ikkala oyoqning falaj yoki parezi
pastkiparaplegiya
yoki
paraparez
deyiladi, bir
tomondagi qo‘l va oyoqning falaj yoki parezi
Do'stlaringiz bilan baham: |