Patologik reflekslarni tekshirish.
Yozuvchi patologik reflekslar
Babinskiy refleksi.
Oyoq kafti terisini to‘mtoq igna bilan ta‘sirlaganda piramida tizimi
zararlangan bemorlarda oyoq bosh barmog‘i bukilib, qolgan barmoqlar yelpig‘ichday yo‘ziladi.
Oppengeym refleksi.
Katta boldir suyagining yuqori qirrasidan bosh barmoq bilan bosib
turib, barmoq pastga qarab yurgizilsa, bosh barmoq bukilib, qolgan barmoqlar yelpig‘ichday
yoziladi.
Gordon refleksi.
Boldir mushaklari siqilganda, bosh barmoq yuqoriga bukilib, qolgan
barmoqlar yelpig‘ichday yoziladi.
Sheffer refleksi.
Axill payi siqilganda, bosh barmoq yuqoriga bukilib, qolgan barmoqlar
yelpig‘ichday yoziladi.
Bukuvchi patologik reflekslar
Rossolimo refleksi.
Tekshiruvchi qo‘l barmoqlarining uchi bilan bemor kafti 2-5
barmoqlarini pastdan yuqoriga qarab astagina turtadi, bunda barmoqlar bukilib, yana yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |