mushaklar kuchini aniqlash- bemorning aktiv qarshiligi ostida hamma mushaklar
guruhida o‘tkaziladi. Tekshirish natijalarini 5 ballik sistema bo‘yicha tekshiriladi. 5 ball-
mushak kuchi to‘liq hajmda, 4 ball – mushak kuchining ahamiyasiz pasayishi, qarshilik
ko‘rsatilganda mushaklarning charchab qolishi, 3 ball-faol harakat saqlangan, qarshilik
kuchini biroz yengadi. 2 ball- faol harakat saqlangan, ammo mushak ta‘sir etayotgan
qarshilik kuchini yenga olmaydi. 1 ball- faol harakat bir oz saqlangan, og‘irlik kuchini
ko‘tara olmaydi. 0 ball-harakat yo‘qligi, butunlay falajlanish, plegiya. Yuqori
muchalarning zararlanishida qo‘l dinamometridan foydalaniladi. Mushaklar kuchini
263
aniqlash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: bosh va umurtqaning bo‘yin qismi
(boshni oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga egish), yuqori va pastki muchalar
(proksimaldan distal qismgacha), gavda mushaklari.