O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

Ta’lim bosqichlari: 
Asosiy ta’lim - 4 yil. 
(pedagogik ta’lim bundan mustasno - 3 yil). 
Amaliyot ~ 18 oy. 
Imtihon topshirish va diplom olish. 
Germaniyada nemis va chet ellik talabalar o‘rtasida nafaqat universitetlar, 
balki maxsus oliy o‘quv yurtlariga kirishni hohlovchilar ham ko‘p. Bu maxsus oliy 
o‘quv yiutlarida 22000 chet ellik talabalar tahsil oladilar. Maxsus 0 0 ‘YU 
(Fachhocschulen)larida o‘qish qisqartirilgan va amaliy vazifalarga yo‘naltirilgan. 
Bunday OO‘Yularida muhandislik ishi, iqtisodiyot va menedjment, qishloq 
xo‘jaligi, 
kompyuter 
mutaxassisligi 
bo‘yicha 
yuqori 
bilimlar 
olish 
mumkin.Universitetlardan farqli holda maxsus OO‘YU doktorlik darajasini berish 
huquqiga ega emas. Bu ta’lim muassasasini bitirgach, Diplomgrad (2-bosqich) 
beriladi va bu akademik daraja hisoblanadi. 
Kasbiy akademiyalar (Berufsakademien) ma’lum fanlar bo‘yicha III
bosqich ta’limini beradi. Bu yerda ta’lim ishlab chiqarish muassasalarida amaliy 
tayyorgarlik bilan birga olib boriladi. 
O‘zbekiston va Germaniya ta’lim tizimining o'xshash va farqli 
jihatlari. 


44 
Hech bir mamlakatda ta’lim tizimi xorijiy tajribalardan foydalanmasdan, bir-
biri bilan hamkorlik qilmasdan yangilana olmaydi va zamon talabi darajasida 
rivojlanmaydi.Zero, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga faol qo‘shilib borishi 
milliy ta’lim tizimini jahon andozalariga muvofiqlashtirishni talab qilmoqda.
Hozirgi davrda ta’lim sohasida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Janubiy 
Koreya mamlakatlarida erishilayotgan yutuqlar ibratlidir. Chunonchi, Germaniya 
ta’lim tizimi rivojlangan davlatlar ichida o‘z nufuziga ega bo‘lganligi bois shu 
davlatning ta’lim tizimini o‘rganishga jazm qildik. 
O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya ta’lim tizimining qiyosiy tahlili 
quyidagicha: 
1.O‘zbekistonda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha ta’lim 
muassasalariga boradilar. Ixtiyoriy, pulli. 
- Germaniyada 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha sinflar, 
maktablar qoshidagi bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasiga boradilar. Ixtiyoriy, 
pulli. 
2. O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim 7 yoshdan 11 yoshgacha, ya’ni 4 yil 
davom etadi.Ta’lim majburiy, bepul. 
- Germaniyada boshlang‘ich ta’limga 6 yoshdan qabul qilinadi, o‘qish 4-6 yil 
davom etadi. Ta’lim majburiy, bepul. 
3. 0‘zbekistonda 4 yillik boshlang‘ich ta’limdan so‘ng 5 yillik o‘rta ta’limga 
o‘tiladi. Ta’lim majburiy, bepul. 
- Germaniyada boshlang‘ich ta’limdan so‘ng o‘rta ta’limga o‘tiladi. O‘rta 
maktab tiplari: asosiy, real, aralash, maxsus maktablar va gimnaziyalar. Ta’lim 
majburiy, bepul. 
4. O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’limdan so‘ng AL va KHKlariga kiradilar. 
Ta’lim majburiy, bepul. 
- Germaniyada umumiy o‘rta ta’limdan so‘ng kasbiy ta’lim va
boshqa tipdagi maktabga boradilar. 
5 Germaniyada har bir Felarda ta’lim tizimi haqida o‘zining qonuni mavjud. 
- O‘zbekistonda respublika bo‘yicha yagona “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” 
amalda qo‘llaniladi. 
6. Germaniyada darslik va o‘quv qo‘llanmalar qiymatining ozgina qismiga 
beriladi. 
- O‘zbekistonda maktab tizimida darsliklar, qo‘llanmalar bepul beriladi. 
7. Ma’lum toifadagi o‘quvchilarga har ikkala davlat moddiy yordam 
ko‘rsatadi. 
8. Har ikkala davlatda kasb taTimining “dual tizimi” mavjud: 0 ‘zbekistonda 
kasb-hunar kollejlarida o‘rta ta’lim va kasbiy ta’lim beriladi. Germaniyada kasbiy 
ta’lim va muassasalarda kasbiy ta’lim mavjud. Unda ta’lim va ishlab chiqarishda 
amaliyot 2 yil davomida olib boriladi. 
9. Germaniyada umumiy o‘rta ta’lim turli tiplarga bo‘linadi va ular orasida 
farqlar bor. 


45 
- O‘zbekistonda bunday tiplarga boiinish yo‘q, lekin fanlami chuqurlashtirib 
o‘rg£inishga yo‘naltirilgan maktablar bor. 
10. O‘zbekistonda a’lo baho “5” bo‘lsa, Germaniyada “l”baho a’lo 
hisoblanadi. 
11. O‘zbekistonda lotin tili faqat tibbiyot bilan bog‘liq oliy o‘quv yurtlarida 
o‘rganilsa, Germaniyada klassik gimnaziyalarda o‘rganiladi. 
12. Germaniyada umumiy maktabda “Fanlardan yutuqlari bo‘yicha 
differensiyalash” joriy qilingan. Unga ko‘ra bir guruhda o‘qiydigan o‘quvchilar 
o‘zlashtirishiga ko‘ra va b. guruhlarga bo‘linadi. 
13. Germaniyada oliy o‘quv yurtlarining deyarli ko‘pchiligi davlat tasarrufida 
va hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Xususiy OO‘Yulari ham mavjud (383 
OO‘Yudan 69tasi xususiy.) 
- O‘zbekistonda xususiy OO‘Yulari soni kam. 
14. Har ikkala davlatda talabalar oddiy stipendiyadan tashqari turli fondlar 
tomonidan joriy qilingan stipendiyalami olish imkoniyatiga ega. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish