O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova


O‘ZBEKISTON – Xitoy ta’lim tizimining



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

O‘ZBEKISTON – Xitoy ta’lim tizimining 
qiyosiy tahlili 


99 
Aholining keng qatlami ta’lim olish huquqiga 1949- yildan keyin ega bo‘ldi. 
Unga qadar ta’limning asosiy maqsadi faqat mansabdor shaxslarni tarbiyalashdan 
iborat edi. Hozirgi kunga kelib, avvalgi bob va paragraflarda ko‘rib o‘tganimizday, 
Xitoy ta’lim tizimi o‘z ichiga maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, to‘liq o‘rta 
maktab, universitet, aspiranturalarni oladi.

Doktorantura 25-28 yosh 

Magistratura 22-25 yosh 

Bakalavriat 18-22 yosh 

Kasbiy oliy maktabi 18-22 yosh 

To‘liq o‘rta maktabi 15-18 yosh 

Kasbiy o‘rta maktabi 15-18 yosh 

To‘liqsiz o‘rta maktabi 12-15 yosh 

Kasbiy boshlang‘ich maktabi 12-15 yosh 

Boshlang‘ich ta’lim 6-12 yosh 

Maktabgacha ta’lim 3-6 yosh 
O‘zbekiston ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus 
kasb - hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va 
kadrlami qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni o‘z ichiga oladi. 
- Xitoyda maktabgacha ta’lim 3 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi; 
- O‘zbekistonda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabgacha ta’lim 
muassasalariga boradilar; 
- Boshlang‘ich ta’lim Xitoyda 6 yoshdan 12 yoshgacha ya’ni 6 yil davom etadi, 
- O‘zbekistonda esa 7 yoshdan 11 yoshgacha, ya’ni 4 yil davom etadi. 
- Xitoyda boshlang‘ich ta’limdan keyin to‘liqsiz o‘rta maktabga yoki kasbiy 
boshlang‘ich maktabga boorish mumkin. O‘qish 12 yoshdan - 15 yoshgacha. 
- O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limdan keyin o‘rta ta’limga o‘tiladi. O‘qish 
muddati - 5 yil, 11 yoshdan 16 yoshgacha. 
- Xitoyda to‘liqsiz o‘rta maktabni bitirgan o‘quvchilar to‘liq o‘rta maktabga 
o‘tadilar; kasbiy boshlang‘ich maktabni bitirganlar esa kasbiy o‘rta maktabga 
o‘tadilar. O‘qish muddati 3 yil. 
- O‘zbekistonda o‘rta ta’limdan keyin o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limiga o‘tiladi. Bu 
ta’lim o‘z navbatida o‘rta maxsus ta’lim (AL) va kasb-hunar ta’limi (KXK)lariga 
bo‘linadi. O‘rta ta’lim bitiruvchilari xohishiga ko‘ra akademik litsey yoki kasb-
hunar kollejlariga o‘qishga kirishlari mumkin. O‘qish muddati 3 yil. 
- Xitoyda to‘liq o‘rta maktabni bitirganlar oliy o‘quv yurtining bakalavriat 
bosqichiga topshiradilar. Kasbiy o‘rta maktabni bitirganlar esa kasbiy oliy maktabga 
topshiradilar. O‘qish muddati 4 yil. 
- O‘zbekistonda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini tugatganlar oliy o‘quv yurtlariga 
topshiradilar. O‘qish muddati 4 yil. 
- Xitoyda kasbiy oliy maktabni bitirganlar ishga joylasha oladilar (18-22 yosh). 
- O‘zbekistonda kasb-hunar kollejini bitirganlar ishga joylashishlari mumkin yoki 
oliy o‘quv yurtiga kirib, o‘qishni davom ettirishlari mumkin. 
- Xitoyda oliy ta’limning magistratura va doktorantura bosqichlari mavjud. 


100 
- O‘zbekistonda ham magistratura, doktorantura bosqichlari mavjud. 
- Xitoy 9 yillik majburiy ta’lim joriy etgan. 
- O‘zbekistonda 9 yillik majburiy ta’lim mavjud. 
- Xitoyda 9 yillik majburiy ta’lim olganlar miqdori 99,3 % ni tashkil etadi. 
- O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 99,5 % dan iborat. 
- Xitoyda 9 yillik ta’lim bepul. 
- O‘zbekistonda 9 yillik majburiy ta’lim bepul. 
- Xitoyda oliy o‘quv yurtida faqat iqtidorli talabalargagina stipendiya beriladi. 
- O‘zbekistonda esa 55 % dan ortiq ball to‘plagan barcha talabalar stipendiyalar bilan 
ta’minlanadi. 
- O‘qish yili aynan bizdagiday, Xitoyda ham 1 sentabrdan boshlanadi va iyulgacha 
davom etadi. 
- Xitoy talabalari uzoq qishki ta’tilga chiqadilar: dekabr oxiridan fevralni boshiga 
qadar. 
- O‘zbekistonda esa qishki ta’til 28 dekabrdan - 10 yanvargacha davom etadi, yozgi 
ta’til iyul, avgust oylarida o‘tadi. 
- Xitoyda kattalar uchun ta’lim mavjud. Unda e’tibor savodsizlikni tugatishga ham 
qaratilgan. 
- O‘zbekistonda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limi bor. 
Izchil islohotlar natijasida har ikkala davlat ta’lim tizimining ko‘lami oshib, 
takomillashib bormoqda. Masalan, Xitoyda 1993 yildan birinchi darajali dunyo 
miqyosidagi 100 universitetni yaratishga kirishildi. Natijada 708 ta oliy o‘quv yurti 
302 ta ko‘p tarmoqli universal oliy o‘quv yurtlariga qo‘shib yuborildi. Xususan, 
Amaliy san’at markaziy akademiyasi Xitoyning eng nufuzli bilim o‘chog‘i 
“Tsinxua” universiteti bilan qo‘shildi. 100 yildan beri mavjud bo‘lgan Pekin 
universiteti Xitoydagi eng yaxshi tibbiyot oliy o‘quv yurti Pekin tibbiyot 
akademiyasiga qo‘shildi.
Oliy o‘quv yurtlarining bunday qo‘shilishi oliy ta’limni boshqarish tizimida 
chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish, pedagogik resurslami ratsional joylashtirishi, 
o‘qitish sifati va o‘quv jarayoni darajasini oshirish imkonini beradi. 
Dunyodagi eng nufuzli oliy o‘quv yurtlariga qatoriga kiruvchi 30 ta oliy o‘quv 
yurtlari uchun maxsus davlat qo‘llab-quvvatlash fondi yaratilgan. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish