Oliy ta’lim sohasining o‘ziga xos xususiyatlari.
55
Davlatdagi 79 ta universitetning asosiy qismi ko‘p yo‘nalishli, ammo
ba‘zilari bir yoki ikki mutaxassislik bo‘yicha o‘qitadi. (Parij II: huquq va iqtisodiyot)
Fransuz ta‘lim tizimi davom etishiga ko‘ra:
•
Qisqa muddatli
─ 2 yil davom etadi. Bunday o‘qishlarga dose bo‘yicha
qabul qilinadi, chunki ish joylari kam, xohlovchilar esa ko‘p. Qisqa muddatli
ta‘limning maqsadi ─ oz vaqt oralig‘ida kasbiy bilimlarga ega bo‘lish va ishga
joylashishdir.
•
Uzoq muddatli
─ bakalavrlarning yarmi universitetlarda o‘qiydi, ammo
40%i bir yil ichida u yerni tark etadi. U 3 bosqichdan iborat:
• 1. 2 yil davom etib, umumiy ta‘lim bo‘yicha universitet diplomi qo‘lga
kiritiladi.
• 2. 1 yil davom etib, litsenziya olinadi. Shuningdek, metris
(ixtisoslashish) yana, 1 yil.
• 3. O‘z ichiga ta‘lim hamda amaliyotni oladi va 1 yil davom etadi.
Oliy maktablar
Oliy maktablar fransuz ta‘lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biridir. U davlat tizimidagi oliy universitet ta‘limiga zid hisoblanadi va xalqaro
miqyosda qiyosiy tasnifga kirmaydi. Fransiyada oliy maktabda o‘qish universitetda
o‘qishdan ortiq hisoblanadi.Universitetlarga imtihonsiz qabul qilinadi.Oliy
maktabga esa katta konkurs asosida murakkab kirish imtihonlarini topshirish
zarurdir.
Oliy maktablarga kirish qanchalik qiyin bo‘lsa, kasbiy istiqbollar
shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bitiruvchilarni to‘liq ish bilan ta‘minlash kafolatlanadi,
eng zo‘r ishchi o‘rinlarga joylashadi.
Sorbonna ─ Fransiyaning eng qadimgi va mashhur universiteti.
Sorbonnaning tarixi 1215-yildan boshlanadi. Bu vaqtda Senaning chap
tomonida joylashgan cherkov kollejlari Parij universiteti degan umumiy nom ostida
birlashtirilgan edi. 40 yil o‘tgach qirol Sorbon tashabbusi ostida universitet qoshida
kollej ochildi va u yerda kambag‘al aholi tahsil oldi. 1968 yil universitet bir necha
avtonom institutlarga bo‘lib tashlandi:
1. Panteon Sorbonna ─ bu yerda 40 ming student ta‘lim oladi. Bu erda
huquq, iqtisod, san‘at va arxeologiya tarixi, geografiya, tarix, falsafa, matematika,
informatika, boshqaruv va menejment bo‘yicha diplom beriladi.
2. Yangi Sorbonna ─ Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, gumanitar
yo‘nalishi va nisbatan kichkinaligi bilan ajralib turadi. Bu erda 20 mingga yaqin
talaba fransuz va lotin tillari hamda adabiyoti, nemis tili, ispanshunoslik,
sharqshunoslik, Arabshunoslik yo‘nalishlaridan tahsil oladilar.
3. Rene Dekart nomli universitet /Strasburg Universiteti/
Strasburg Universiteti Fransiyaning tarixiy universitetlaridan biri.Unga
1621 yil asos solingan.Fransiya ─ Prussiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng
universitet Kayzer Vilgelm nomiga o‘tgan. 1918 yil esa yana o‘z nomiga qaytgan.
1970 yillarda Strasburg 3 qismga bo‘lingan:
1.
L.Paster nomidagi Strasburg universiteti ─ o‘z ichiga tibbiy, aniq va
tabiiy, yer haqidagi ta‘limot fakultetlarini, matematika
56
bo‘limini, fizika institutini, Yer fizikasi, kimyo, fiziologiya va bioximiya,
botanika, zoologiya, umumiy biologiya, geologiya, geofizika fakultetlarini va 2 ta
kollejni oladi.
2007-yil
15-yanvar
kuni
Universitetga
1847
talaba
qabul
qilindi.Shulardan 3000 tasi chet ellikdir.
2. Mark Blox nomidagi 2 ─ Strasburg Universiteti ─ 10 ta fakultetni o‘z
ichiga qamrab olgan. Bular: san‘at, tarixiy fanlar, gumanitar fanlar, filologiya,
lingvistika, falsafa, ijtimoiy fanlar, sport ta‘limi, katolik va pravoslav teologiyasi.
Bu yerda 13000 ga yaqin student o‘qib, 25 % i ajnabiylardir.
3. Robert Shuman nomidagi 3 ─ Strasburg Universiteti ─ 160 ta
mutaxassislik bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. 10000 ta‘lim oluvchilar bo‘lib, 1500
chet el talabalaridir.
Fransiyada oliy ta’lim professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida
qaror topdi. Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisoslik beruvchi oliy texnologik
institutlar mavjud. Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari
muassasalar ko‘zda tutilmagan. Biroq maktablarda va liseylarda turli to‘garaklar
mavjud. O‘quvchilar uchun turli sport seksiyalari sayohatlar, musobaqalar o‘quv
muassasasining o‘zida tashkil etiladi. Fransuz yoshlari, Fransiyaga bilim olish uchun
kelgan chet el fuqarolari quyidagi bilim maskanlarida oliy ma’lumot oladilar:
▪
Universitetlar;
▪
Oliy texnologiya maktablari;
▪
Oliy muhandislik maktablari;
▪
Oliy arxitektura maktablari;
▪
Oliy tijorat maktablari;
▪
Siyosiy fanlar oliy maktabi;
▪
Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari;
▪
Oliy tibbiyot o‘quv muassasalari;
▪
Oliy badiiy maktablar;
▪
Uzluksiz ta’lim (malaka oshirish)
Oliy ta’lim beruvchi universitetlar o‘z talabalariga uch siklda bilim
beradilar. Birinchi sikl umumiy yoki biror texnik yoki ilmiy sohada oliy ma’lumot
olish bilan yakunlanib, o‘qish ikki yil davom etadi. Talabalar uni metriz, magistr
darajalari bilan yakunlaydilar. Uchinchi siklda o‘qish bir ikki yil davom etadi.
➢
biron-bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi haqida diplom
(bir yil);
➢
ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom (bir yil);
➢
uchinchi sikl doktorlik dissertasiyasi (bir, ikki yil);
➢
davlat doktorlik dissertasiyasi-biron-bir sohani mukammal
o‘rganib, dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar
mavjud. Ular
odatda
sanoat,
maishiy
xizmat
ko‘rsatish,
informatika
mutaxassisliklariga ixtisoslashtirilgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, darslar haftasiga
30-35 soatni tashkil etadi. O‘qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti
ham ko‘zda tutilgan.
57
Fransiyada mingdan ortiq ana shunday institutlar faoliyat ko‘rsatib,
qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv,
buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunday
insitutlarga kirish imtihonsiz amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |