Amerika boy mamlakat. Lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga
to‘lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan.
Farzandlarga qarab uyda o‘tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu
onalarning ishi. O‘zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o‘ynaydigan,
uxlaydigan ovqatlanadigan alohida xonalari bo‘lgan bog‘sha va yaslilar Amerikada
odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila ushun haftasiga 200 dollardan kam
tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo‘ljallangan xususiy va davlat
tassarufidagi bog‘shalar mavjud. Ular enaga yolashdan bir oz arzonroqqa tushadi.
Lekin xar ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni yedirishadi, krovatshalar,
ko‘rpa, to‘shak, yostiqni otaonalar olib borishadi.
Amerikada bizdagidek taomnomalar o‘quv dasturlari yo‘q. Bolalar yozda
atrofdagi ko‘klamzorlarida o‘ynab dam oladilar. Bu bog‘chalarda ham bolalar
yoshlarida qarab turli guruhlarda tarbiyalanadilar, ularga tarbiyashi mutaxassis
qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi turli qo‘shiqlar, she`rlar o‘rgatadi, quvnoq
o‘yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o‘uz uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy
qoidalar, o‘quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar ushun haqiqiy ta`lim-
tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to‘lganlaridan keyin boshlanadi.
Amerika maktabgacha ta’lim tashkilotlari.
104
Ana shu yoshda ular «
Kinder garden
» deb ataluvchi tayyorlov bog‘chalariga
jalb etadilar. Ular hukumat tassarufida bo‘lib bog‘chalar yoki maktablar tarkibida
tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «Maktab avtobusida» uyga olib keladilar va
maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo‘l-transport hodisalardan to‘la
muhofaza etilgan; sariq ranga bo‘yalgan uning signallariga barsha transport
vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport
vositalari quvib o‘tishi mumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar. AQSH
televideniyasining alohida kanalida «Sezam ko‘chasi» deb nomlanuvshi
ko‘rsatuvlar dasturi mavjud, u o‘quvshilarga ingliz tili, alifbo, arifmetik amallarini,
bajarish sanash, koinot, tabiat, jugrofiya, tarix, bo‘yisha bilimlarni o‘ta kiziqarli
tarzda singdirishga harakat qiladi. Amerika ko‘pmillatli mamlakat. Lekin har bir
millat o‘z farzandiga milliy urfodatlarini tilini o‘rgatishga jidiy ahamiyat beradi.
Ko‘pinsha bu vazifalarni katta avlod amalga oshiradi. O‘zbeklar ham o‘z ona-tilini,
urf-odatlarini dinini o‘z farzanlariga singdirishga astoydil intiladilar.
O‘zbek bolalari ham Markaziy Osiyoda o‘z mamlakatlari borligini biladilar,
g‘oyibona intiladilar, u haqda ko‘p narsalarni ko‘rish, eshitish, o‘qishni istaydilar.
O‘zbekistonga kelish har bir amerikalik o‘zbeklarning muqaddas orzusidir. Besh
yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning asosini ularni maktabga
tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshli bog‘cha guruhlarida bo‘lsalarda, lekin bu
guruhlardagi ta`lim boshlang‘ish sinfdagi ta`limga yaqin turib, amalda uning
dastlabki bosqiсhi hisoblanadi.
105
Maktabgaсha tarbiya muassasalarning ta`lim dasturi ko‘p jihatdan ota- onalar
bilan hamkorlikda ish olib borishga mo‘ljallangan, u pirovard natijada bolalarni
boshlang‘ish maktablarga puxta tayyorlab berishga xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |