O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pеdagogika instituti
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Jizzax davlat pedagogika instituti
Rektori prof. Sh.S.Sharipov
_________________________
“____”__________2021 yil
|
muhandislik grafikasini o`qitish metodikasi
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000
| |
Ta’lim sohasi:
|
110000
| |
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60111200
|
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi.
|
Jizzax-2021
Fan/modul kodi
MMGO`M
(bakalavriat)
|
O‘quv yili
2020-2021
|
Semestr
4
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Muhandislik grafikasini o`qitish metodikasi
|
60
|
60
|
120
|
2
|
I. Fanning mazmuni
I. O‘quv fanining dolzarbligi oliy kasbiy ta`limdagi o ‘rni
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi tasviriy san’at va chizmachilik o’qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyani amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalarini chuqur o’rganishni nazarda tutadi. Bu fanlami o’qitishni tashkil qilishning shakl va metodlari, didaktik tamoyillar, o’qitishning zamonaviy metodlari va tcxnologiyalari, o'qitish vositalari, darslarni loyihalash va modellashtirishning nazariy asoslarini o’rganish bilan bo’lajak o’qituvchilik faoliyatida zarur bo’lgan bilim, konikma va malakalami egallashga qaratilgan.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi fani o'qitish metodikasining nazariy asosi sifatida bo’lajak pedagoglami pedagogik faoliyatga tayorlaydi. Bu bilan: o'qitish metodikasining pedagogika, psixologiya va boshqa fanlar bilan bog'liqlikda fanlaming asosiy bo'lim va mavzularini о rganishning samarali usullarini, darslarni va darsdan tashqari ishlami muvaffaqiyatli tashkil qilishga yndaydi.
1.1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
“Tasviriy san’atni o'qitish metodikasi” fani ta’lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarining mazmunini, o’qitishning hamda o'quv jarayonini samarali tashkil qilishning eng qulay usul lari, shu fanlar bo'yicha puxta bilim bcrish, ko'nikmalami hosil qilish va malakalarini oshirish vositalari, shakl va mctodlarini o'rgatishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Jamiyatdagi zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ta’lim sohasida bo’layotgan inqilobiy o’zgarishlar mutaxassislarga yangi innovatsion talablami qo'ya boshladi. Endilikda malakali mutaxassisdan faqatgina o'zining bevosita xizmat vazifasini yaxshi bajarishgina emas, balki yangi usul va metodlami topib amaliyotga joriy qilish, mustaqil qaror qabul qila bilish va ijodiy ishlay olish kabi ko'nikmalar talab qilinadi. Mulaxassis o’qitishning zamonaviy usul va metodlariga oid mustahkam bilimga ega bo’lishi, o’qitishning tub maqsadini tasavvur qila olishi, unga erishish yo'llari va vositalarini bilishi lozim. Talabalaming bu kabi masalalami puxta egallashiga yordam berish fanning asosiy vazifalaridan biridir. Uning oldida pedagogika fani tarmog'i sifatida quyidagi vazifalar turadi:
- tasviriy san’atni o’qitishning aniq maqsadlarini amalga oshirish bilan uning fan sifatida bilim berish hamda tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash;
- o’qitishning mazmuni va tuzilishini aniqlash:
- o’quvchilaming mustahkam bilim, ko’nikma va malakalarini ta'minlovchi o’qitishning eng samarali metodlari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish;
- o’quvchilaming bilim olish jarayonini tadqiq qilish.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |