Adabiyotlar:
Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston tarakkiyetining poydevori. T.1997y. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. T.1997. 3.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.1998 y. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.2008 y. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009.
Glossariy(atamalar):
- Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri.
- Mezonlar yanada umumiy, fundamental “asliy” deb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi.
- Pedagogik faoliyat – ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy madaniy tajribani berishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.
- Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
- Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri.
- Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi.
- Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi.
- Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim
jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
- “Prinsip” so‘zi lotincha principium so‘zidan hosil bo‘lgan va “asos”, “boshlanish”ni bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilishi, muayyan qoidalardan kelib chiqadigan o‘z prinsiplari mavjud. Fanda prinsip va qoidalar, bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat nafaqat befoyda, balki ham zararli bo‘ladi.
- Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi.
- Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr)
bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqti va joyini, bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros.
- “Gumanizm” va “insoniylik” so‘zlari lotincha “humanus” so‘zidan kelib chiqib, “insoniy” degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo‘lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.
- Rahmdillik – achinish, insonparvarlik jihatdan kimgadir yordam ko‘rsatish yoki kimnidir kechirishga tayyorlikdir.
- Hayr-sahovat - muhtoj insonga beg‘araz yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |