O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Omonov, T. M. Qoraliev


Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 – 1931 yy.)



Download 7,09 Mb.
bet209/239
Sana14.01.2022
Hajmi7,09 Mb.
#363048
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   239
Bog'liq
Дарслик ПКБ Омонов Каралиев 02 02 2018

Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 – 1931 yy.).

Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta – pul tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O‘sha davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, yevropa mamlakatlari pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari o‘rtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog‘liq ravishda qaytadan o‘rnatish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda funt sterling 4,86 dollarga teng bo‘lgan oltin birligiga ayriboshlangan bo‘lsa, urush so‘ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi funt sterlingning kursi 3,50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni pullari ham shu tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin standartiga qaytadigan bo‘lsa, funtning haqiqiy qiymati 3,50 dollar nisbatida belgilanishini talab etar edi. O‘z navbatida oltin standarti amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bo‘lishi kerak edi. Lekin bu borada mamlakatlarning bir to‘xtamga kelishi qiyin bo‘ldi. Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda ediki, nafaqat oltin standartini qayta tiklash, balki funtning avval amalda bo‘lgan 4,86 dollar darajadagi kursiga qaytarish edi.91

Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy markazi bo‘lgan Londonning obro‘sini saqlashga qaratilgan edi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya eng avvalo pul taklifini kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga erishishi kerak edi. Lekin, funt kursi 4,86 dollarga tenglashgan holda Buyuk Britaniya tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. Kasaba uyushmalari ta’sirining ortishi va davlat tomonidan ishsizlik uchun nafaqalarni joriy qilinganligi pul taklifini kamaytirish imkonini bermas edi. Deflyatsiyani amalga oshirish (pul taklifini kamaytirish bilan aholi nominal daromadlarini pasaytirish) uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat qurish nazariyasidan voz kechishi yoki ayrim “ijtimoiy kafolat”larni muzlatishi kerak edi. Buning o‘rniga Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifini yanada orttirib bordi, o‘z navbatida inflyatsiya darajasi ham o‘sib bordi.

Yigirmanchi asrning 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada inflyatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa yevropa davlatlarida iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish muammosi ko‘ndalang turgan edi. Shu maqsadda 1922 yili Genuya shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Buyuk Britaniya yangi pul standarti bo‘lgan oltindeviz standartini taklif qildi.

Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standarti saqlangan bo‘lib, Buyuk Britaniya va boshqa yevropa mamlakatlari 1926 yilga kelib klassik oltin standartiga tenglashtirilgan yangi pul tizimiga o‘tishdi. Unga ko‘ra Britaniya funti va boshqa valyutalar oltin tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni amalga oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari fuqarolari kundalik hayotda oltin tangalardan foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va inflyatsiyani rag‘batlantirishga xizmat qilar edi. Yangi oltindeviz standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni so‘ndirishda oltin bilan birga dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o‘zlarining valyutalarini oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yo‘l bilan aksariyat mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun’iy oshirildi va oltin standartiga qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi. Uning asosini qisman funt bilan ta’minlangan Yevropa mintaqasi valyutalari, qisman dollar bilan ta’minlangan funt, qisman oltin bilan ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu “oltindeviz standarti” deb ataldi, dollar va funt esa “tayanch valyutalar” hisoblangan.

Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining ortishi hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday vaziyatda oltin standarti inflyatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo‘ydi. Oltindeviz standarti Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish va inflyatsiya darajasini oshishiga sharoit yaratgan. Yevropaning boshqa davlatlari funtni oltin bilan qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa Yevropa va Buyuk Britaniyada inflyatsiya darajasi tobora chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi ortib borayotgan edi. Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollarni chiqib ketishini oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar taklifini oshirishiga erishgan edi.

Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy piramidaning izdan chiqishi qochib bo‘lmas haqiqat bo‘lgan. AQSh, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig‘ildi. 1931 yilda Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya "qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda yig‘ilgan funt sterling o‘rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi yevropa banklarini bankrot bo‘lishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o‘zini bankrot deb e’lon qildilar.


Download 7,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish