Bobga oid testlar
1. Bimetalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A. bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi bitta metallni (odatda faqat oltin) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
B. bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
V. bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi uchta metallni (odatda oltin, kumush va mis) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi
G. bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni chegaralanmagan miqdorda erkin muomalaga chiqarishga ruxsat beradi
2. Pul tizimi deganda nima tushuniladi?
A. pul tizimining asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi
B. pul tizimining asosini xorijiy valyuta (odatda AQSh dollari) tashkil etadi va xorijiy valyuta orqali tartibga solinadi.
V. pul tizimining asosini erkin konvertirlanadigan valyutalar tashkil etadi va Xalqaro valyuta fondi orqali tartibga solinadi
G. pul tizimining asosini oltin tashkil etadi va oltin fondi orqali tartibga solinadi
3. Haqiqiy pullar to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A. qog‘oz pullar
B. kredit pullar
V. elektron pullar
G. oltin va kumush tangalar
4. Monometalizm tizimining asosiy xususiyati to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A. ikkita qimmatbaho metall (oltin va kumush) umumiy ekvivalent vazifasini bajardi
B. qog‘oz pullar umumiy ekvivalent vazifasini bajardi
V. uchtta qimmatbaho metall (oltin, kumush va mis) umumiy ekvivalent vazifasini bajardi
G. bitta qimmatbaho metall (oltin yoki kumush, asosan oltin) umumiy ekvivalent vazifasini bajardi
5. Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A. muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi
B. tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi
V. milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi
G. erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi
6. Oltin qo‘yma standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A. muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi
B. tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi
V. milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi
G. erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi
7. Oltin deviz standartining asosiy xususiyatlari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A. muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb qilinishi amal qilmaydi
B. tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi
V. milliy valyutalar oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etiladi
G. erkin suzib yuruvchi kurs tizimi amal qiladi
8. Oltin tanga standartidan voz kechilishining asosiy sabablari to‘g‘ri keltirilgan qatorni aniqlang?
A. Ikkinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi
B. Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi
V. 1929-1933 yillarda yuz bergan butun jahon iqtisodiy inqirozi
G. AQSh dollarining jahon puli sifatida tan olinishi
9. Nechanchi yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob-kitoblarda qog‘oz-kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi?
A. – 1920 yillardan
B. – 1940 yillardan
V.– 1930 yillardan
G. – 1950 yillardan
10. Qaysi standartda oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi?
A. Oltin tanga
B. Oltin deviz
V. Oltin qo‘yma
G. Oltin tanga va oltin qo‘yma
11. Pul tizimini asosiy tartibga soluvchi organ qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan?
A. Emission banklar
B. Tijorat banklari
V. Investitsion banklar
G. Davlat banklari
12. Banknotalar qaysi organ tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi?
A. mamlakat tijorat banklari
B. mamlakat davlat banklari
V. mamlakat Markaziy banki
G. mamlakat investitsion banklari
13. Xazina biletlari qanday maqsadlar sharoitida muomalaga chiqariladi?
A. davlat budjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida
B. Markaziy bank daromadini oshirish va xarajatlarini qoplash
V. tijorat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qoplash
G. davlat banklari daromadlarini oshirish va xarajatlarini qoplash
14. Qaysi davrda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog‘oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi?
A. 1973-1975 yillarda
B. 1969-1971 yillarda
V. 1975-1977 yillarda
G. 1971-1973 yillarda
15. O‘zbekistonda 100 so‘m necha tiyinga teng?
A. 100 tiyin
B. 1000 tiyin
V. 10000 tiyin
G. 100000 tiyin
Do'stlaringiz bilan baham: |